Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

‼️ Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
📣 Muvaffaqiyatli karyera qurish bo'yicha ingliz tilidagi 8 ta podkast

1️⃣ A Podcast for Soulful Entrepreneurs — agar siz hozirgi ishingizga bo'lgan munosabatingizni yaxshilamoqchi bo'lsangiz yoki uni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, qiziqarli bo'ladi. Bo'limlar davomida boshlovchiga martaba bo'yicha mutaxassislar va Metyu Makkonahi kabi mashhurlar qo'shiladi.

2️⃣ Akimbo: A Podcast from Seth Godin — podkast boshlovchisi Set Godin, ko'plab eng ko'p sotilgan kitoblar muallifi va mashhur blog. Uning podkasti zamonaviy ish madaniyati va karyeraga munosabatni o'rganadi.

3️⃣ WorkLife with Adam Grant — eng ko'p sotilgan muallif va tashkilot psixologi Adam Grant sizga to'g'ri savollar berishga va ish hayotingizni qanday yaxshilashni tushunish uchun fikringizni qayta ko'rib chiqishga yordam beradi.

4️⃣ The Growth Mindset Podcast — sertifikatlangan murabbiy qanday qilib qiyin vaziyatlarni o'sish imkoniyatlariga aylantirish haqida gapiradi. Muhokama qilingan mavzular charchashdan samarali ish muloqotigacha bo'lgan mavzularni o'z ichiga oladi.

5️⃣ Happen To Your Career — orzu qilgan ishini topa olmaganlar uchun podkast. Bu erda sizga asboblar o'rgatiladi va professional sayohatingizning keyingi bosqichini boshlashingiz kerak bo'lgan yo'l xaritasi beriladi.

6️⃣ The Break — muallif bir marta korporativ ishini tashlab, boshqa sohada o'z chaqiruvini topdi. Endi u qanday qilib muvaffaqiyatga erishganini aytib beradi va o'zlariga sarmoya kiritishga va yanada to'laqonli hayot kechirishga yordam beradigan ishtiyoqli kariyeristlarni taklif qiladi.

7️⃣Career Talk — karyera bo'yicha murabbiy suhbatga tayyorgarlik bosqichidan tortib, kundalik karyera tartibigacha ish muammolarini hal qilishda yaxlit yondashuvni taklif qiladi.

8️⃣Good Life Project — loyiha qanday qilib "yaxshi" hayot kechirish haqida gapiradi. Bu erda siz o'z maqsadlariga erisha olgan odamlarning hikoyalarini eshitasiz. Va ish bizning hayotimizning katta qismi bo'lganligi sababli, bu erda ko'pchilik sizga faoliyatning turli sohalari o'rtasidagi uyg'unlikka qanday erishish mumkinligini aytadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
📣 Negadir ta'lim tizimidan fayz yo'qolib boryapti

Negadir so'nggi yillarda oliy ta'lim tizimidan fayz yo'qolganday tuyulmoqda. Hech bir narsa avvalgiday emas. Hamma narsa shunchaki kun o'targa bo'lmoqda.

◀️Ayniqsa oliy ta'lim muassasalarida bu narsa yaqqol ko'zga tashlanyapti. Rektordan tortib qorovulgacha kun o'targa yashamoqda. O'qituvchilar ilm berishga, talabalarda esa ilm olishga zavq yo'qolib boryapti.

Biri eson-omon nafaqaga chiqib olishni istasa, boshqasi darsini o'tib qo'ysa bo'ldi. Rahbar hodimlarni esa tadbirbozlikdan boshi chiqmay qolgan. Bema'ni va keraksiz topshiriqlardan boshini ko'tarolmay qolgan rahbar hodimlar ishlayotganini ko'rsatish uchun ham shunchaki foydasiz tadbirlar o'tkazish bilan band.

➖Oliy ta'limda kim ko'proq tadbir o'tkazsa, ana o'sha ko'proq ishlamoqda. Eng faol tadbirboz OTM qolganlaridan yaxshiroq degan tushuncha paydo bo'lgan. OTMlar ta'lim beruvchi emas, tadbir o'tkazuvchi muassasaga aylanib qoldi.

Afsuski bugungi kunda ta'lim tizimida ishlovchi hodimlarning katta qismi o'z ishidan zavq olmay qo'ydi. Chunki ta'lim tizimida avvalgidek birdamlik, o'zaro hurmat, jamoaviylik hamda insoniylik yo'qolib boryapti. O'qituvchi yoki hodimlar o'z ishi qolib keraksiz ishlar bilan band qilinyapti.

✔️Aslida bu faqat OTMlarning emas, butun boshli tizimning ahvoli yaxshi emasligini ko'rsatadi. So'nggi vaqtlarda ko'plab kadrlar ta'lim tizimidan charchaganligi, afsuski oldida boshqa tanlov yo'qligi uchun ham ilojsiz ishlayotgani haqida ko'p gaplarni eshitib turibmiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍6
📣 O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 3 kun dam olishadi

Haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 8, 9, 10 dekabr kunlari dam olishi ma’lum bo‘ldi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar(o'qiydiganlar) uchun esa 9 — dekabr shanba ish(o'qish kuni) kuni hisoblanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁2🥱1
📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

1️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

2️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

✔️ Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

✔️ Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

‼️ Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📣 O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?

4 ta:
➖ Kunduzgi;
➖ Kechki;
➖ Sirtqi;
➖ Masofaviy.

Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥱4
📣 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

➡️Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

👨‍🎓Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida ishga bora olmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Nima uchun repetitordagi o‘quvchi kaltaklansa ota-ona jim turadi, maktabda shunday qilinsa ota-ona yugurib boradi?

Yuqoridagi qiziq savolga "O‘quvchini kaltaklash eng oxirgi chorami?" mavzusida o'tkazgan suhbatda amaliyotchi psixolog, konsultant Akobr Abdullayev javob berdi.

📺 Javob bu yerda
👉https://www.youtube.com/watch?v=5ND5uoJUnBA&t=2763s

©️ Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3❤1
📣 Ish beruvchi talabani ishga olishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

Bu holatda siz rad etish sababini bilish huquqiga egasiz. Mehnat kodeksining 119-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra 3 kunlik muddatda taqdim etishi shart.

‼️ Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan yoki ish o‘rinlarini yashirgan bo‘lsa ma’muriy, hattoki jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥2
📣 Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

🇺🇿Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9😢4👍3❤2
📣 Nodavlat universitetda ham davlat granti asosida o‘qish mumkinmi?

Ha, albatta, mumkin.
Faqat sharti: bitirgandan so‘ng ishlab berish kerak bo‘ladi. Talab esa grant olish uchun yuqori ball to'plash kerak.

💵Davlat har yili xususiy va xorijiy OTMlar va ularning filiallarida o‘qiyotgan talabalar uchun mingta grant o‘rin ajratadi.

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy universitetlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, 1-iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinadi.

📌 Xususiy universitetlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar orasidan grant olishni istagan shaxslar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi.

Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 Qanday qilib tongdanoq motivatsiyani his qilish mumkin?

✔️ Tonggi badantarbiya qiling: ertalabki badantarbiya tanada dopomin va serotonin ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu gormonlar kayfiyat va uzoq muddatli xotira yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.
✔️ Budilnikni kechiktirmang – turadigan soatni kechroq qilib qo‘yish kayfiyatga aks ta’sir qilishi mumkin.
✔️ Budilnik ovozi yoqimsiz bo‘lmasligiga e’tibor qarating;
✔️Yorug‘lik bo‘lishiga e’tiborli bo‘ling;
✔️ O‘zingizga yoqqan qulay kiyimni tanlang;
✔️ Chiroyli nonushta;
✔️ Suv iching;
✔️ Ayni bugunga mo‘ljallangan ishlarning kunlik jadvalini qiling.

— Mana shularni qiladigan yerliklarga yangi tong muborak bo‘lsin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1
📣 Rasman: endi kollej, texnikumlarga kirish imtihonlari ham jonli efirga uzatiladi

Yangi tartibga ko‘ra:

➖ falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) imtihonlari;

➖ o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

➖OTMlar bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilishdagi saralash tanlovlarining umumjismoniy tayyorgarlikni baholash va chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash bosqichlari jonli efirga uzatiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega?

Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim.

💲Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod.

I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini (56,7 ball) to‘plashi kerak.

✔️ Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

➡️ OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 2024-yildan abituriyentlar avval testda qatnashadi, soʻng tanlov qiladi!

Oʻzbekistonda 2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib OTM, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

➡️Umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
📣 2025-yil 1-sentyabrgacha barcha maktablarga nazorat kameralari o‘rnatiladi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturda belgilangan.

📌 Dastlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024-yil 1-yanvargacha "Xavfsiz maktab" loyihasi kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, 2025-yil 1-sentyabrgacha bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
📣 Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 O'z vaqtida qilishga qanday odatlanish mumkin?

✔️To'g'ri tartib o'rnatish: Bir kunni boshlashdan oldin kun davomida qilish kerak bo'lgan vazifalarni va majburiyatlarni belgilang.

✔️ Vazifalarni taqsimlash: O'z vaqtida ulgurish uchun vazifalarni taqsimlang. Ularning darajasi va urg'uli bo'lganlarini ajratib oling.

✔️ Muhimligiga ko'ra saralash: Bunda sizning fokus va samaradorlik darajangiz oshadi.

✔️ Zamonaviy vositalardan foydalanish: Zamonaviy vositalar, masalan, elektron kalendarlar, vazifalar ro'yxati dasturlari yoki vaqtni boshqarish dasturlari sizga vaqtni boshqarishda yordam berishi mumkin.

✔️ Muddat belgilash: Har bir vazifa uchun to'g'ri muddatlar belgilang. Bu sizning vazifalaringizni vaqtli bajarish uchun sizga yo'rdam beradi.

Postni ishlariga vaqtida ulgurolmaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf
148.6 KB
📣 O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥2❤2👏1
📣 Keyingi yil qabulda nimalar o‘zgaradi?

Prezident qaroriga ko'ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:

➖ oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

➖ umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;

➖ yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar («International Advanced Levels», «International Baccalaureate») asosida ishlab chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2🔥1