Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Bilim olish uchun eng samarali yosh

Inson axborotni 17 yoshdan 20 yoshgacha bundan kattaroq yoshi yoki bolaligidagidan ko‘ra osonroq o‘zlashtirar ekan. Bu haqda Nature Communications jurnalida maxsus maqola chop etilgan.

📌Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bilim olish jarayonida miya yo‘l-yo‘l tanasi dorsolateral qismi muhim ro'l o‘ynaydi. Yoshga bog‘liq holda miyaning bu strukturasi faolligi o‘zgarishi avval o‘rganilmagan edi. 

Olimlarning fikricha, 17 yoshdan 20 yoshgacha davr inson miyasi axborotni eng samarali qabul qiladigan bosqich hisoblanar ekan.

☝️Xulosa shuki, ilmni o'z vaqida o'rganishga harakat qiling. Zero, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidur deb bejizga aytishmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4❤2
📣 Toshkentlik o‘quvchilar Antaliyadagi xalqaro olimpiadada ishtirok etdi

Chilonzor tumanidagi 280-sonli umumta’lim maktabi 4-sinf o‘quvchilari Antaliyada o‘tgan xalqaro fanlar olimpiadasida ishtirok etdi

☝️ Poytaxtlik o‘quvchilar matematika fanidan bitta kumush, beshta bronza, rus tili fanidan ikkita kumush, ingliz tilidan bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, umumjamoa hisobida birinchi va ijodi ishlar tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥2
📣 O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari Podshoh Saud universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mazid at-Tarqaviy bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

☝️ Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Saud universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjatni imzolash bo‘yicha kelishuv Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyatining joriy yil yanvar oyida Saudiya Arabistoniga bo‘lib o‘tgan amaliy safari chog‘ida erishilgan edi.

🗣️ “Saudiya vakili mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi va ushbu sohada o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni hukumati Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolanishini ma’qullagan.

➡️ Uchrashuv yakunida noyabr oyi oxirida mazkur hujjatni imzolash maqsadida Podshoh Saud universiteti rektori Badran bin Abdurrahmon al-Umar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti universitetga aylantirilgan. 2020/21 o‘quv yilidan boshlab universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

‼️ Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Ularning soni 63 ming nafarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali ochildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2🔥1🌚1
📣 O‘zbekiston va Turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

Anjuman doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

🧐 Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlangan.

O‘zA xabariga ko‘ra, ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari bor.

🗣️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, anjuman doirasida muhandislik-texnika ta’lim yo‘nalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 tadan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

‼️ Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📣 O‘zbekiston ingliz tilini «juda past darajada o‘zlashtirgan» mamlakatlar qatoriga kiritildi

2023 yilgi reytingda O‘zbekiston 113 ta mamlakat ichida 93-o‘rinni egalladi.

🇺🇿 O‘zbekiston ingliz tilini «juda past darajada o‘zlashtirgan» mamlakat hisoblanadi. Bu haqda EF Education First tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan (.pdf) ma’lum bo‘lmoqda.

Qayd qilinishicha, 2023 yilgi reytingda O‘zbekiston 113 ta mamlakat ichida 93-o‘rinni egallagan va ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha Falastin, Senegal va Kamerun kabi davlatlar orasidan joy olgan.

💬 Reytingda eng yaxshi ko‘rsatkichni Niderlandiya, Singapur va Avstriya qayd etgan. Shuningdek, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Belgiya, Portugaliya, Janubiy Afrika, Germaniya, Xorvatiya va Gretsiyada bu tilni bilish darajasi «juda yuqori» sifatida baholangan.

EF Education First reytingni tuzishda 2023 yilda EF Standard English Test bepul onlayn test sinovidan o‘tgan 2,2 million kishining natijalariga tayanmoqda. To‘plangan ballar va fuqarolik ma’lumotlariga asoslanib, kompaniya dunyoning 113 davlatining til bilish darajasini 5 ta guruhga ajratgan: juda yuqori, yuqori, o‘rtacha, past va juda past.

☝️ EF Education First tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, test sinovida qatnashganlar reprezentativlikni ta’minlamaydi, chunki unda ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi.

Shaharlararo reytingda O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ham qayd etilgan bo‘lib, ingliz tilini bilish darajasi «juda past» sifatida baholangan. «Juda yuqori» natija Amsterdam (Niderlandiya), Vena (Avstriya) va Kopenhagen (Daniya) shaharlarida kuzatilgan.

🇺🇿O‘zbekiston reytingda ishtirok etgan Osiyoning 23 ta davlati orasida 19-o‘rinda bormoqda va Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston, Myanmar kabi davlatlardan ham ortda.

EF Education First bunday tadqiqotni 2011 yildan buyon o‘tkazmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱9❤2👍1🔥1🌚1😭1
📣 O'zbekistondagi qaysi OTMlarning reytingi baland, qaysilari pastroq?

Eng yuqori natija ko'rsatgan OTMlar:

1️⃣"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti
2️⃣Xalqaro islom akademiyasi
3️⃣Namangan muhandislik texnologiya instituti
4️⃣Buxoro davlat tibbiyot instituti
5️⃣Farg‘ona politexnika instituti

Eng yomon natija ko'rsatgan OTMlar:

➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
➖ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
➖ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
➖ Andijon davlat chet tillari instituti*

Izoh: * belgisi qo'yilgan OTMlar yangi ochilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
📣 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3❤1👏1
📣 Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:

👉 harbiy xizmatni oʻtash uchun;
👉 salomatligini tiklash uchun;
👉 homiladorlik va tugʻish uchun;
👉 bolalarni parvarish qilish uchun;
👉 oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

❌ Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

❌ Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

❌ Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤‍🔥1👏1👌1
📣 Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

‼️ Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
📣 Muvaffaqiyatli karyera qurish bo'yicha ingliz tilidagi 8 ta podkast

1️⃣ A Podcast for Soulful Entrepreneurs — agar siz hozirgi ishingizga bo'lgan munosabatingizni yaxshilamoqchi bo'lsangiz yoki uni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, qiziqarli bo'ladi. Bo'limlar davomida boshlovchiga martaba bo'yicha mutaxassislar va Metyu Makkonahi kabi mashhurlar qo'shiladi.

2️⃣ Akimbo: A Podcast from Seth Godin — podkast boshlovchisi Set Godin, ko'plab eng ko'p sotilgan kitoblar muallifi va mashhur blog. Uning podkasti zamonaviy ish madaniyati va karyeraga munosabatni o'rganadi.

3️⃣ WorkLife with Adam Grant — eng ko'p sotilgan muallif va tashkilot psixologi Adam Grant sizga to'g'ri savollar berishga va ish hayotingizni qanday yaxshilashni tushunish uchun fikringizni qayta ko'rib chiqishga yordam beradi.

4️⃣ The Growth Mindset Podcast — sertifikatlangan murabbiy qanday qilib qiyin vaziyatlarni o'sish imkoniyatlariga aylantirish haqida gapiradi. Muhokama qilingan mavzular charchashdan samarali ish muloqotigacha bo'lgan mavzularni o'z ichiga oladi.

5️⃣ Happen To Your Career — orzu qilgan ishini topa olmaganlar uchun podkast. Bu erda sizga asboblar o'rgatiladi va professional sayohatingizning keyingi bosqichini boshlashingiz kerak bo'lgan yo'l xaritasi beriladi.

6️⃣ The Break — muallif bir marta korporativ ishini tashlab, boshqa sohada o'z chaqiruvini topdi. Endi u qanday qilib muvaffaqiyatga erishganini aytib beradi va o'zlariga sarmoya kiritishga va yanada to'laqonli hayot kechirishga yordam beradigan ishtiyoqli kariyeristlarni taklif qiladi.

7️⃣Career Talk — karyera bo'yicha murabbiy suhbatga tayyorgarlik bosqichidan tortib, kundalik karyera tartibigacha ish muammolarini hal qilishda yaxlit yondashuvni taklif qiladi.

8️⃣Good Life Project — loyiha qanday qilib "yaxshi" hayot kechirish haqida gapiradi. Bu erda siz o'z maqsadlariga erisha olgan odamlarning hikoyalarini eshitasiz. Va ish bizning hayotimizning katta qismi bo'lganligi sababli, bu erda ko'pchilik sizga faoliyatning turli sohalari o'rtasidagi uyg'unlikka qanday erishish mumkinligini aytadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👍1
📣 Negadir ta'lim tizimidan fayz yo'qolib boryapti

Negadir so'nggi yillarda oliy ta'lim tizimidan fayz yo'qolganday tuyulmoqda. Hech bir narsa avvalgiday emas. Hamma narsa shunchaki kun o'targa bo'lmoqda.

◀️Ayniqsa oliy ta'lim muassasalarida bu narsa yaqqol ko'zga tashlanyapti. Rektordan tortib qorovulgacha kun o'targa yashamoqda. O'qituvchilar ilm berishga, talabalarda esa ilm olishga zavq yo'qolib boryapti.

Biri eson-omon nafaqaga chiqib olishni istasa, boshqasi darsini o'tib qo'ysa bo'ldi. Rahbar hodimlarni esa tadbirbozlikdan boshi chiqmay qolgan. Bema'ni va keraksiz topshiriqlardan boshini ko'tarolmay qolgan rahbar hodimlar ishlayotganini ko'rsatish uchun ham shunchaki foydasiz tadbirlar o'tkazish bilan band.

➖Oliy ta'limda kim ko'proq tadbir o'tkazsa, ana o'sha ko'proq ishlamoqda. Eng faol tadbirboz OTM qolganlaridan yaxshiroq degan tushuncha paydo bo'lgan. OTMlar ta'lim beruvchi emas, tadbir o'tkazuvchi muassasaga aylanib qoldi.

Afsuski bugungi kunda ta'lim tizimida ishlovchi hodimlarning katta qismi o'z ishidan zavq olmay qo'ydi. Chunki ta'lim tizimida avvalgidek birdamlik, o'zaro hurmat, jamoaviylik hamda insoniylik yo'qolib boryapti. O'qituvchi yoki hodimlar o'z ishi qolib keraksiz ishlar bilan band qilinyapti.

✔️Aslida bu faqat OTMlarning emas, butun boshli tizimning ahvoli yaxshi emasligini ko'rsatadi. So'nggi vaqtlarda ko'plab kadrlar ta'lim tizimidan charchaganligi, afsuski oldida boshqa tanlov yo'qligi uchun ham ilojsiz ishlayotgani haqida ko'p gaplarni eshitib turibmiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍6
📣 O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan 3 kun dam olishadi

Haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar 8, 9, 10 dekabr kunlari dam olishi ma’lum bo‘ldi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar(o'qiydiganlar) uchun esa 9 — dekabr shanba ish(o'qish kuni) kuni hisoblanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁2🥱1
📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

1️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

2️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

✔️ Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

✔️ Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

‼️ Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📣 O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?

4 ta:
➖ Kunduzgi;
➖ Kechki;
➖ Sirtqi;
➖ Masofaviy.

Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥱4
📣 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

➡️Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

👨‍🎓Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida ishga bora olmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Nima uchun repetitordagi o‘quvchi kaltaklansa ota-ona jim turadi, maktabda shunday qilinsa ota-ona yugurib boradi?

Yuqoridagi qiziq savolga "O‘quvchini kaltaklash eng oxirgi chorami?" mavzusida o'tkazgan suhbatda amaliyotchi psixolog, konsultant Akobr Abdullayev javob berdi.

📺 Javob bu yerda
👉https://www.youtube.com/watch?v=5ND5uoJUnBA&t=2763s

©️ Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3❤1
📣 Ish beruvchi talabani ishga olishdan bosh tortsa nima qilish kerak?

Bu holatda siz rad etish sababini bilish huquqiga egasiz. Mehnat kodeksining 119-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga ko‘ra 3 kunlik muddatda taqdim etishi shart.

‼️ Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan yoki ish o‘rinlarini yashirgan bo‘lsa ma’muriy, hattoki jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥2
📣 Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

🇺🇿Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9😢4👍3❤2
📣 Nodavlat universitetda ham davlat granti asosida o‘qish mumkinmi?

Ha, albatta, mumkin.
Faqat sharti: bitirgandan so‘ng ishlab berish kerak bo‘ladi. Talab esa grant olish uchun yuqori ball to'plash kerak.

💵Davlat har yili xususiy va xorijiy OTMlar va ularning filiallarida o‘qiyotgan talabalar uchun mingta grant o‘rin ajratadi.

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy universitetlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, 1-iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinadi.

📌 Xususiy universitetlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar orasidan grant olishni istagan shaxslar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi.

Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 Qanday qilib tongdanoq motivatsiyani his qilish mumkin?

✔️ Tonggi badantarbiya qiling: ertalabki badantarbiya tanada dopomin va serotonin ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu gormonlar kayfiyat va uzoq muddatli xotira yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.
✔️ Budilnikni kechiktirmang – turadigan soatni kechroq qilib qo‘yish kayfiyatga aks ta’sir qilishi mumkin.
✔️ Budilnik ovozi yoqimsiz bo‘lmasligiga e’tibor qarating;
✔️Yorug‘lik bo‘lishiga e’tiborli bo‘ling;
✔️ O‘zingizga yoqqan qulay kiyimni tanlang;
✔️ Chiroyli nonushta;
✔️ Suv iching;
✔️ Ayni bugunga mo‘ljallangan ishlarning kunlik jadvalini qiling.

— Mana shularni qiladigan yerliklarga yangi tong muborak bo‘lsin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1