Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 O'zingizni boringizcha yaxshi ko'ring, tongingiz xayrli bo'lsin

👉 Siz har doim ham baxtli va yuqori kayfiyatda bo‘lishga majbur emassiz.
👉 Siz har doim quvnoq va energiya to‘la bo‘lishga majbur emassiz.
👉 Siz har doim muvaffaqiyatli bo‘lishga majbur emassiz.

📌Doimiy ravishda yuqoriga harakat qilish bosimi odamlarni kasal qiladi. 24 soat ideallikka, pozitivlikka, yuqori kayfiyatda bo‘lishga intilish charchatadi.

‼️O‘zingizni boringizcha qabul qiling va yaxshi ko‘ring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🔥1😁1
📣 Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega ertaroq chiqarilmaydi?

Kirish imtihonlarida qaysi yo‘nalishda qaysi fandan imtihon olinishi belgilanadigan fanlar majmuasini Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilishi kerak.

O‘tgan yili bu majmua dekabr oyi oxirida tasdiqlanib e’lon qilingan.

📌 Qonunchilikda imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi, deyilgan.

‼️ Ya’ni "kamida 6 oy oldin", undan oldinroq, masalan, sentyabrda yangi o‘quv yili boshlanishi bilanoq e’lon qilish ham mumkin. Abituriyentlar ham shu paytdan tayyorgarlik boshlashadi, aslida. Yilning o‘rtasida e’lon qilinib, ba'zi yo‘nalishlarda fanlar o‘zgarib ketsa, kimga qiyin — abituriyentga qiyin bo‘ladi.

📌 Eslatma: fanlardan test tuziladigan darsliklar ro'yxati chiqib bo'ldi. Uni bilimlarni baholash agentligi e'lon qildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥰3❤2
📣 Bugun — kollej, texnikumlardagi bo'sh joylarga qabulning oxirgi kuni

Test topshirgan, biroq o'qishga kirolmaganlarni abul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

📌Buning uchun vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 13-noyabr kunigacha professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishi lozim.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥2
📣 Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?

1️⃣Magistraturada:
— Magistraturaga kontraktga kiradigan barcha qizlarning kontrak pulini davlat to'lab beradi.

2️⃣Kollej, texnikumlarning ba'zi yo'nalishlarida:

Shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤2
📣 Qanday inson bo‘lishni xohlayotganingizni aniq bilasizmi?

Ertaga qanday inson bo‘lmoqchisiz? 5, 10, 20 yildan keyin-chi? 80 yoshga to‘lganda-chi?

➡️ O‘zingizni kelajakda qanday ko‘rishingiz borasida bir qarorga kelsangiz, aynan o‘sha yo‘nalishda harakat qilishni boshlang. Aks holda, o‘zingiz istagandek inson bo‘la olmaysiz.

Shunisi qiziqki, insoniyatning atigi 2 foizi umrining oxirida kim bo‘lishini yodda tutib, o‘z hayotini to‘liq tasavvur qila olar ekan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
📣 Talabalardan lifehack: Shunday qilib pishirsa go'shtni ta'mi kelar ekan-da.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣34🤯8👍2❤1
📣 Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti tashkil etildi

2021-yil Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish topshirigʻini bergan edi.

➡️Mazkur topshiriq asosida Samarqand shahrida umumiy qiymati 5 million AQSH dollari boʻlgan xususiy universitet tashkil etildi.

Yangi universitetda tibbiyot mutaxassisliklari bilan birga arxitektura, iqtisodiyot, pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha ham mutaxassislar tayyorlanadi – deb xabar bemoqda UzA.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥1🥰1
📣 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

➡️Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

👨‍🎓Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida ishga bora olmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4❤1
📣 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2023-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi.

⚡️Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 14:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn Bebras olimpiadasi tashkil qilinadi

1-4 dekabr kunlari — Bebras musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qatʼiy nazar, barcha 4-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi. 

Bebras musobaqasi o‘quvchilarning  savodxonligi va ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

Musobaqa o‘tkazilish jadvali:

📌 4-sinflar, 1-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

📌 5-6-sinflar, 2-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

📌 7-8 sinflar, 3-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha;

📌 9-10-11-sinflar, 4-dekabr soat 10:00 dan 20.00 gacha.

Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

➡️7-11-sinflar eng yuqori ballar olgan ishtiroqchilar uchun ikkinchi bosqich 2024-yil yanvar oyida Toshkent shahrida joylashgan Yangi O‘zbekiston Universitetida offlayn tarzda tashkil etiladi. G‘oliblar uchun sovg‘alar mavjud.


Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida o‘tkaziladi.

Natijalar 4 dekabr soat 22:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Ushbu olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tng
👉 https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📣 Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universitetiga aylantiriladi

Bu haqida prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, akademiyada o‘qiyotgan talabalar universitetga o‘tkaziladi.

📌 Toshkent davlat tibbiyot universitetini 2025-yilgacha xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish belgilangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🔥1
📣 Kunning qaysi qismida inson barakali ishlay oladi?

📌Bu avvalo hamma insonning turmush tarziga qarab farqlanadi. Soat nechchida uxlab nechchida uyg‘onish, shaxsiy xususiyatlarimiz bunga ta’sir qiladi.

Biroq olimlar o‘rganishicha, ko‘plab insonlarda erta tongdan to kunduzgi paytgacha samaradorlik ham aqliy, ham jismoniy jihatdan ancha yuqori bo‘ladi.

➡️Kunning shu qismida inson diqqatni jamlashi, qiyinroq muammolarni hal qilishi osonroq bo‘ladi.

👀Agar haliyam uxlayotgan bo‘lsangiz, uyg‘oning. Barakali vaqtingizni uxlab o‘tkazib yubormang.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥1
📣 Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Davlat bayrog‘i va konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish musobaqalari sabab quyidagi vaqtlarda ayrim ko‘chalar yopiladi.

♾2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

👉 Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

♾2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

👉 Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti

Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

TALABALAR JAVOBI: rost24.uz/uz/news/1744

Yutubda: https://www.youtube.com/watch?v=7DarFRGwFxs

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤‍🔥1
📣 Litsenziya olmagan nodavlat ta‘lim tashkilotlaridan ehtiyot bo'ling!

Bizdagi ma‘lumotlarga ko'ra, litsenziya olmay turib ham fuqarolarimiz o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishayotgan, oliygoh deb hisoblanmaydigan tashkilotlar hali ham mavjud va aldanib qolayotganlar kam emas.

🗣️ Fuqarolarimizni ogohlantirish maqsadida quyidagilarni ma‘lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasining Taʼlim to‘g‘risidagi Qonunning 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

❌ Ya'ni, Oliygoh litsenziya olmagan davrda bergan ta‘lim — oliy ta‘lim sifatida tan olinmaydi va hech qanday huquqiy kuchga ega emas! Hatto kontrakt to'lagan bo‘lsangiz ham.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari
ushbu ogohlantirishni e'tiborsiz qoldirmasliklari hamda litsenziya olmagan nodavlat oliygohlar bilan o'zlari tushunib-tushunmay shartnoma qilmasliklarini so‘rab qolamiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Channel name was changed to «Taʼlimda nima gap? | Talim Yangiliklari»
📣 Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆 2023-yil 19-noyabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

‼️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
📣 Xatolar va yo'qotishlarsiz maqsadga erishib bo'lmaydi, harakatdan to'xtamang

Hayotda yiqilishing mumkin, voz kechilishing mumkin, qo‘lingdagi hamma narsangni yo‘qotishing mumkin. Hatto bularning hammasi uchun o‘zingni dunyodagi eng omadsiz va keraksiz insondek his qilishing mumkin.

👉 Ammo unutmaki, hech kim maqsadiga xatolarsiz va yo‘qotishlarsiz erishmagan. Hech kim bir necha bor yiqilmasdan ko‘zlaganiga yetmagan.

Har bir yiqilganingdagi olgan zarbalaring seni yanada kuchli bo‘lishingga undaydi. Bugun seni tark etgan soxtalar kun kelib muvaffaqiyatingni ko‘rib attang qiladi. Yo‘lga chiqdingmi, to‘xtama.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤3🔥2
📣 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni!

Bayramingiz muborak aziz talabalar. Hayotingizni eng oltin davrini maroqli va bir umr yaxshi xotiralar bilan yodda qoladigan holda o'tkazishingizni tilaymiz...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉5❤1
📣 2024-yildagi dunyoning eng top universitetlari

Birinchi top 10
talikda quyidagi OTMlar bor:

1️⃣Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
2️⃣Standford universiteti — AQSH;
3️⃣Massachusets texnologiyalar universiteti — AQSH;
4️⃣Garvard universiteti — AQSH;
5️⃣Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
6️⃣Prinston universiteti — AQSH;
7️⃣Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSH;
8️⃣London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
9️⃣Kaliforniya universiteti — AQSH;
1️⃣0️⃣Yel universiteti — AQSH.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1
👀 Samarali ishlash va o‘qish uchun atrofimiz qanday bo‘lishi kerak?

Tashqi omillar ham insonning mehnatkashligiga, yaxshi o‘qishiga ta’sir qiladi. Imkon boricha qulaylik yaratish esa vaqtida ishlarimizga ulgurishga yordam beradi. Buni qanday qilib tashkillashtirish mumkin?

1️⃣Ishxona yoki darsxonada yorug‘likning yaxshi bo‘lishiga erishish;

2️⃣Harorat va havo sifatining normal bo‘lishi;

3️⃣Shovqin darajasi yuqori bo‘lmasligi;

4️⃣O‘tiradigan stulning inson tanasi uchun qulay bo‘lishi;

5️⃣Xalaqit beruvchi narsalarni shunchaki "off" qilish. Bular — telefonni uzoqroq qo‘yish, pultni oldingizga olib olmaslik, yoningizda gapirib chalg‘itadigan odam bo‘lsa, shunchaki quloqchin taqib olishdan iborat bo‘lishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3👏2