Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Bugun DXX akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

✅2023-yil 10-oktabr kuni 2024-2025-o‘quv yili uchun Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limi orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-noyabrga qadar, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish 11-noyabrga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

‼️Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
Ta'limda nima gap?
📣 O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi. 📌Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet…
📣 Qo‘shni Qozog‘istonda talabalar qancha stipendiya oladi?

Qozog‘istonda shu o‘quv yili uchun:

◀️pedagogika va sog‘liqni saqlash yo‘nalishi talabalari uchun stipendiya — 67 200 tenge (1 mln 777 ming so‘m);

◀️oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun (sog‘liqni saqlash va pedagogika yo‘nalishlari bundan mustasno) — 41 898 tenge (1 mln 108 ming so‘m);

◀️texnik va kasb-hunar ta’limi dasturlarida o‘qiyotgan talabalar uchun — 32 681 tenge (864 ming so‘m);

◀️magistratura talabalari uchun — 94 024 tenge (2 mln 486 ming so‘m) stipendiya belgilangan.

Qozog'istonda talabalar biz bilan solishtirganda ancha boy.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌4
📣 Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?

👉 O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

👉 Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

👉 Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

👉 Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)

👉 Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);

👉 Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

👉 Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;

👉 Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📣 O‘qituvchilar ChatGPT'dan qanday samarali foydalanishi mumkin?

🖥 OpenAI kompaniyasi ChatGPT taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirishda qanday qilib foydalanish mumkinligi haqida maʼlumot bergan.

📌 “Teaching with AI“ maqolasida kompaniya oʻqituvchilar tomonidan darslarga tayyorgarlik koʻrish, maktablarda, universitetlarda uy vazifalarini tekshirish va uyda mustaqil oʻqish paytida foydalanish mumkin boʻlgan 4 ta aniq tezkor koʻrsatmalarni taklif qildi.

OpenAI tadqiqotchilari taʼlim jarayonida ChatGPT-dan foydalanishga harakat qilishdi va ushbu tizim quyidagi vazifalar boʻyicha samaraliroq ishlashini aniqladilar:

👉 oʻtilgan mavzu boʻyicha test topshiriqlari va kuizlar yaratish;

👉 uy vazifasini tekshirish uchun aniqlovchi savollar yaratish;

👉 fikr-mulohazalarni bildirish va dalillarning zaif tomonlarini izlash;

👉 ingliz tili zaif oʻquvchilar uchun tarjimon-yordamchisi roli;

👉 tanqidiy fikrlashni oʻrgatish.

‼️ Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ChatGPT xatolarga yoʻl qoʻyishi mumkin va oʻquv dasturini oʻquvchilarga yetkazish uchun unga toʻliq ishonishga hali erta.

Shuning uchun, oʻqituvchilar xatarlar va ularning masʼuliyatini bilishlari va chatbot maʼlum bir mavzuni oʻrganishda qanchalik foydali boʻlishi mumkinligini oldindan baholashlari kerak.

☝️Eslatib o'tamiz, endi O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga ruxsat berildi.

Ro'yxatdan o'tib foydalanib ko'ring(rus yoki ingliz tilida yaxshi ishlaydi): https://chat.openai.com

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Keyingi yildan kollej, texnikum bitiruvchilari xorijiy til sertifikati olishi kerak

Faqat hamma kollej, texnikum bitiruvchilari emas.

Prezident ishtirokida o‘tgan selektorda kasb-hunar o‘qitish tizimi ko‘rib
chiqilgandi.

📌Va unga ko'ra:

Kelgusi o‘quv yilidan har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Ularning bitiruvchilari xalqaro malaka va xorijiy til sertifikatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ilg‘or kasbiy ta’lim va kasbga o‘qitish sifatini ta’minlash mezonlari tatbiq etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱6👍2🔥2❤1🤔1
📣 Omad kaliti qanday ishlatiladi?

1️⃣Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning;
2️⃣Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang;
3️⃣Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning;
4️⃣Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!
5️⃣Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
📣 Alisher Qodirov: ta’limga ajratilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijani bermayapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Davlat dasturining 2023 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi hamda “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Muhokamalarda O‘zMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’lim-tarbiya sohasiga alohida to‘xtalib, bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar kutilayotgan natijalarni bermayotganini ta’kidladi:

— Ta’lim-tarbiya tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar qariyb 3 barobar oshirilgani quvonarli hol. Ammo ushbu ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish lozim.

Kelgusi yilgi Byudjetnomada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilayotgan mablag‘larning 80 foizi o‘qituvchilarning oyligi uchun yo‘naltirilyapti. Haqiqatan o‘qituvchi yuqori maosh olishi kerak. Chunki ular kelajakni yaratadi. Biz yaqinda pedagoglarning maqomi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik va unda o‘qituvchilarning maqomi, huquqiy himoyasi belgilab berildi.

Soha uchun byudjet mablag‘lari kamaymayapti. Ammo yaratilayotgan sharoit kelajakka yangi umidlarni uyg‘otmayapti. Ya’ni, ta’limga berilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijalarni bermayapti. O‘tgan yili OTMlarga topshirgan abituriyentlarning 50 foizga yaqini hatto 2 bahoga loyiq natijani ko‘rsatmadi.

Bugun 500 mingga yaqin o‘qituvchi bor. Ularning oyligi uchun 35 trillion so‘m mablag‘ ajratilayapti. Tahlillarga qaraganda, maktablarda 10-15 foiz ortiqcha, ya’ni zarurat bo‘lmagan o‘qituvchi ishlayapti.

Zamon shunchalar tezlashdiki, bugun o‘qituvchi bir necha kun tayyorlanib beradigan biror ma’lumotini o‘quvchi internetdan bir pasda olyapti. Shuning uchun pedagog ham zamonga moslashishi, zamonaviy bo‘lishi kerak. Taklifimiz ta’limga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik jiddiy bosh qotirishi lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish bilan birga, zamon talablari asosida ularning ishini to‘g‘ri baholash tizimini yaratish zarur.

35 trillion pulning ma’lum bir qismini MTTga ham yo‘naltirishimiz kerak. Bog‘chalarda ham ahvol yaxshi emas. 30-35 ta bolaga 1 ta tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti. Tizimdagi oliy ma’lumotga ega tarbiyachilar bor-yo‘g‘i 25-30 foizni tashkil qilayapti. Bog‘cha tarbiyachilarining oyliklarini ham oshirish lozim. Jahon standartlariga mos ravishda 10-15 ta bolaga bitta tarbiyachini biriktirish haqida o‘ylashimiz kerak,
— dedi Alisher Qodirov.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5😁3🤯2🤷‍♂1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Sessiya yaqin….. Sessiyada guruh "starostalari" GIVE AWAY boshlab yuboradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁12❤5👍5❤‍🔥1👏1
📣 Yuridik texnikumlarga ham bo'sh o'rinlarga qabul bo'lyaptimi?

Ma'lumki, Oliy ta'lim vazirligi texnikumlarda to'lmay qolgan kvotalarga qo'shimcha abituriyentlar olinishi haqida xabar berdi. Med texnikumlarga ham qabul bo'ladi.

Lekin yuridik texnikumlar bundan mustasno deyilgandi xabarda. Ya'ni ularga yana abituriyent olinishi haqida hech qanday yangilik yo'q.

‼️Qolgan texnikumlarda o'qish istagi borlar esa 13-noyabrgacha murojaat qilishlari kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🥰2❤1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Nima deb o'ylaysiz bizdagi barcha bo'sh ish o'rinlari shundaymi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10❤1👍1🔥1
📣 Fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 13-noyabr kuni fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

👨‍💻Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.

📌Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2❤1
📣 Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

⏱Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay e’lon qilinadi.

Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.

Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.

🧮Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).

📥Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

‼️Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🔥1
📣 O‘qituvchilarga ustama va abituriyentlarga imtiyoz beradigan sertifikatlar haqida

Kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:

👉 Ushbu imtihonlarda barcha xohlovchilar (abituriyentlar va o‘qituvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

👉 Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida (450 ming so‘m) to‘lov undiriladi.

👉 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

👉 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

‼️ Milliy sertifikat olish uchun sinovlarda eng yuqori ballning kamida 80 foizini to‘plagan pedagog kadrlarga 20% miqdorida ustama beriladi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlaydi.

‼️Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
📣 "Farzandingizdan pul yuborishni talab qilmang" — xorijda bolalari o‘qiyotgan ota-onalarga

Yaponiyadagi o‘zbek olimi Alisher Umirdinovning o‘zbek ota-onalariga murojaati:

👀 Hurmatli ota-onalar, agar farzandingizni chet elga o‘qish uchun yuborgan bo‘lsangiz, ular kattaroq bir stipendiyani qo‘lga kiritguniga yoki bo‘lmasam, o‘qishini bitirib, ishga joylashib olmaguniga qadar, farzandingizdan pul yuborishini talab qilmang. Nafaqat talab qilish, umid ham qilmang. Chetda o‘qiydigan farzandlaringiz oltin tuxum tug‘adigan tovuq emas.

Ularning mutlaq ko‘pchiligi kontrakt summalarini ishlab topadi, shu bilan birga yashashlari uchun ham ishlashlari kerak bo‘ladi. Talaba sifatida dam ham olishlari lozim axir!

Ko‘pchilik ota-onalar va oila a’zolar buni tushunishmaydi – ulardan pul jo‘natmalarini kutishadi, uylar, mashinalar olishni, to‘ylar qilishni istashadi. Hatto, bu oyda yuborilgan pul o‘tgan oydan sal kamroq bo‘lsa, “o‘g‘iltoy, bu safar sal cho‘g‘i kammi-a?” deya hazil aralash dakki berib qo‘yishni ham kanda qilishmaydi.

Nodon ota-onalar, aka-ukalarning ilm yo‘lida safarga chiqqan talabaga munosabatini ko‘rib, dod deb yuborging keladi. Axir ular o‘qishga ketishgan! Mardikorlik qilish uchun emas!

‼️Olimning fikriga ko‘ra, o‘qishga diqqat qaratmay pul topish harakatida yurganlar 7-8 yildan keyin ham taksichi, sotuvchi darajasida qolib ketadi.

Shuning uchun:

👉 ota-onalar bolasi o‘qishni tugatguncha kutishi;
👉 talabalar hovliqib pul ishlashga shoshmasligi lozim. O‘qish tugab yaxshi joydan ish topilsa undan ko‘proq foyda ko‘riladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3❤2
📣 O'zingizni boringizcha yaxshi ko'ring, tongingiz xayrli bo'lsin

👉 Siz har doim ham baxtli va yuqori kayfiyatda bo‘lishga majbur emassiz.
👉 Siz har doim quvnoq va energiya to‘la bo‘lishga majbur emassiz.
👉 Siz har doim muvaffaqiyatli bo‘lishga majbur emassiz.

📌Doimiy ravishda yuqoriga harakat qilish bosimi odamlarni kasal qiladi. 24 soat ideallikka, pozitivlikka, yuqori kayfiyatda bo‘lishga intilish charchatadi.

‼️O‘zingizni boringizcha qabul qiling va yaxshi ko‘ring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🔥1😁1
📣 Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega ertaroq chiqarilmaydi?

Kirish imtihonlarida qaysi yo‘nalishda qaysi fandan imtihon olinishi belgilanadigan fanlar majmuasini Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilishi kerak.

O‘tgan yili bu majmua dekabr oyi oxirida tasdiqlanib e’lon qilingan.

📌 Qonunchilikda imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi, deyilgan.

‼️ Ya’ni "kamida 6 oy oldin", undan oldinroq, masalan, sentyabrda yangi o‘quv yili boshlanishi bilanoq e’lon qilish ham mumkin. Abituriyentlar ham shu paytdan tayyorgarlik boshlashadi, aslida. Yilning o‘rtasida e’lon qilinib, ba'zi yo‘nalishlarda fanlar o‘zgarib ketsa, kimga qiyin — abituriyentga qiyin bo‘ladi.

📌 Eslatma: fanlardan test tuziladigan darsliklar ro'yxati chiqib bo'ldi. Uni bilimlarni baholash agentligi e'lon qildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥰3❤2
📣 Bugun — kollej, texnikumlardagi bo'sh joylarga qabulning oxirgi kuni

Test topshirgan, biroq o'qishga kirolmaganlarni abul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

📌Buning uchun vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 13-noyabr kunigacha professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishi lozim.

Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥2
📣 Xotin-qizlar qayerlarda tekin o'qiydi?

1️⃣Magistraturada:
— Magistraturaga kontraktga kiradigan barcha qizlarning kontrak pulini davlat to'lab beradi.

2️⃣Kollej, texnikumlarning ba'zi yo'nalishlarida:

Shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤2
📣 Qanday inson bo‘lishni xohlayotganingizni aniq bilasizmi?

Ertaga qanday inson bo‘lmoqchisiz? 5, 10, 20 yildan keyin-chi? 80 yoshga to‘lganda-chi?

➡️ O‘zingizni kelajakda qanday ko‘rishingiz borasida bir qarorga kelsangiz, aynan o‘sha yo‘nalishda harakat qilishni boshlang. Aks holda, o‘zingiz istagandek inson bo‘la olmaysiz.

Shunisi qiziqki, insoniyatning atigi 2 foizi umrining oxirida kim bo‘lishini yodda tutib, o‘z hayotini to‘liq tasavvur qila olar ekan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
📣 Talabalardan lifehack: Shunday qilib pishirsa go'shtni ta'mi kelar ekan-da.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣34🤯8👍2❤1
📣 Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti tashkil etildi

2021-yil Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chogʻida Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish topshirigʻini bergan edi.

➡️Mazkur topshiriq asosida Samarqand shahrida umumiy qiymati 5 million AQSH dollari boʻlgan xususiy universitet tashkil etildi.

Yangi universitetda tibbiyot mutaxassisliklari bilan birga arxitektura, iqtisodiyot, pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha ham mutaxassislar tayyorlanadi – deb xabar bemoqda UzA.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥1🥰1