Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Bilim olish uchun eng samarali yosh

Inson axborotni 17 yoshdan 20 yoshgacha bundan kattaroq yoshi yoki bolaligidagidan ko‘ra osonroq o‘zlashtirar ekan. Bu haqda Nature Communications jurnalida maxsus maqola chop etilgan.

📌Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bilim olish jarayonida miya yo‘l-yo‘l tanasi dorsolateral qismi muhim ro'l o‘ynaydi. Yoshga bog‘liq holda miyaning bu strukturasi faolligi o‘zgarishi avval o‘rganilmagan edi. 

Olimlarning fikricha, 17 yoshdan 20 yoshgacha davr inson miyasi axborotni eng samarali qabul qiladigan bosqich hisoblanar ekan.

☝️Xulosa shuki, ilmni o'z vaqida o'rganishga harakat qiling. Zero, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidur deb bejizga aytishmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤4🔥2🤔1
📣 Qanday qilib dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik mumkin?

Biroz dars tayyorlab telefonga chalg‘ish yoki xayol surib qolish holati hammada ham bo‘lsa kerak. Lekin bu o‘zlashtirish sifati tushishiga, vaqt yo‘qotishga olib keladi. Yaxshisi, chalg‘imaslik kerak.

Qanday qilib?

📚Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping. Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.

📱Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying. Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.

⏳Reja qilib oling. Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.

🗓 Kun tartibini shakllantiring. Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.

🔖 Tanaffus qilib turishni unutmang. Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍3❤2
📣 Yuridikka kirish uchun qaysi fanni o'qish kerak? IELTS nechchi bo'lishi kerak?

Yuridik yo‘nalishlar uchun birinchi fan — huquq. Bu faqat Toshkent davlat yuridik universitetida emas, respublikadagi barcha yuridik kadr tayyorlovchi OTMlar uchun amal qiladi.

📌 IELTS talabi ham yumshatilgan

2023-yilgi imtihongacha Toshkent davlat yuridik universitetiga IELTS balli yozish ko‘nikmasi kamida 5,5 ball bo‘lishi kerak edi. Bu talab olib tashlangan. Endi writing balli nechchi bo‘lsa ham, sertifikat darajasi B2 bo‘lsa, qabul qilinaveradi.

☝️Xabarni yuridik universitetga topshirmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuboring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👍5❤1
📣 IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

💭Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Xulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

✌️Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

📚Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

💪Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🔥1
Nostrifikatsiya - 7-8-noyabr 2023-yil - talabgorlar.pdf
917.8 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 7-8-noyabr kunlari o‘tkaziladi

📆 2023-yil 7-8-noyabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍4❤2🔥2
📣 Toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʻtkaziladi

Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) ga asosan pedagoglarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida tashkil qilinadi.

Tez kunlarda kanalimiz orqali toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʻtkaziladigan tuman va shaharlar roʻyxati hamda tajriba-sinov oʻtkazilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
✈️ O'zbekiston davlat oliy o'quv yurtlari ro'yxati Universitetlarning batafsil nomini topishingiz mumkin

1. УзГУМЯ http://www.uzswlu.uz/
2. НУУз https://nuu.uz/
3. Джизакский фл. НУУз http://jbnuu.uz/
4. УЖМКУз https://uzjoku.uz/
5. ТГТУ им И.Каримова http://tdtu.uz/
6. ТерИТИ http://tiet.uz/
7. Алмаликский фл. ТГТУ http://tdtuof.uz/
8. Кокандский фл ТГТУ https://tdtukokand.uz/
9. ТГЭУ http://tsue.uz/ru/
10. Самаркандский фл. ТГЭУ https://sbtsue.uz/uz
11. ТФИ https://tfi.uz/uz-Latn
12. ТИТЛП http://web.ttyesi.uz/
13. ТГУВ https://tsuos.uz/
14. ТХТИ http://tkti.uz/
15. Шахрисабзский фл. ТХТИ http://stict.uz/
16. Янгиерский фл. ТХТИ http://tktiyf.uz/
17. ТГУУзЯЛ https://tsuull.uz/
18. АндМИ http://atm.andmiedu.uz/
19. АндГУ https://adu.uz/
20. АндГПИ https://adpi.uz
21. АндГИИЯ http://adchti.uz/
22. АндИЭС https://eduaiqi.uz/
23. БухГУ https://buxdu.uz/
24. БухГПИ http://buxdupi.uz/
25. БухИТИ http://bmti.uz/
26. ГулГУ http://guldu.uz/index.php
27. ГулГПИ https://gspi.uz/
28. ДжПИ http://jizpi.uz/
29. КГУ https://karsu.uz/ru/
30. КарГУ http://www.karshidu.uz/uz
31. ШГПИ https://qardupi.uz/
32. КарИЭИ https://qmii.uz/uz
33. НамГУ http://namdu.uz/uz
34. НамГПИ https://namspi.uz/
35. НамИСИ https://nammqi.uz/
36. НамИТИ https://nammti.uz/uz/
37. НамИТП №
38. НамГИИЯ https://namsifl.uz/
39. СамГУ http://www.samdu.uz/
40. Каттакорганский фл. СамГУ http://samdukf.uz/
41. Ургутский фл. СамГУ https://samduuf.uz/
42. ИППД при СамГУ https://dtpi.uz/
43. Узб-Фин ПИ http://uzfi.uz
44. СамГИИЯ https://samdchti.uz/
45. СамИЭС http://sies.uz/uz
46. ​​ТерГУ https://tersu.uz/
47. ТерГПИ https://tersupi.uz/
48. ФерГУ https://fdu.uz/
49. ФерГПИ http://www.ferpi.uz/
50. УрГУ https://urdu.uz/
51. УрГПИ https://urspi.uz/uz
52. НГПИ http://nspi.uz/
53. НукусГПИ https://ndpi.uz/uz/
54. ДГПУ https://jdpu.uz/
55. КокандГПИ http://www.kspi.uz/
56. ЧГПУ https://www.cspi.uz/uz
57. НИУ «ТИИИМСХ» https://tiiame.uz/
58. БухИУПР http://tiiamebb.uz/
59. ИИА им. Каршина https://www.tiiamekb.uz
60. НавГГТУ http://nsumt.uz
61. Нукусский горный институт https://ndkinf.uz/
62. ТУАС https://taqi.uz/
63. СамГУАС https://www.samgasi.uz/
64. ТГПУ http://new.tdpu.uz/
65. Университет "Новый Узбекистан" https://newuu.uz/uz
66. ТГАУ https://tdau.uz/
67. КарИСХА http://tdaunukus.uz/uz/
68. ТерИАИР https://tsautb.uz/
69. Самаркандский фл. ТГАУ http://www.samaguni.uz/
70. АндИСХА http://andqxai.uz/
71. МежИПТИ #
72. ТМА https://tma.uz/uz/
73. Ургенчский фл. ТМА https://www.urgfiltma.uz/uz/
74. Термезский фл. ТМА https://ttatf.uz/
75. ФерМИОЗ https://ttaff.uz/
76. ТПМИ https://tashpmi.uz/
77. КарМИ https://kkmi.uz/index.php/uz/
78. ТашФИ https://pharmi.uz/
79. ТГСИ https://tsdi.uz/
80. АндГМИ https://adti.uz/ru/
81. БухГМИ https://bsmi.uz/
82. СамГМИ https://www.sammu.uz/uz
83. ФТУ https://phtu.uz/
84. ГКУз http://konservatoriya.uz/
85. НИЭИГКУз http://uzmesi.uz/
86. Нукусский фл. ГКУз https://uzdknf.uz/
87. ГИИКУз http://dsmi.uz/
88. Нукусский фл. ГИИКУз https://uzdsmi-nf.uz/
89. Ферганский фл. ГИИКУз http://dsmi-qf.uz/
90. ГАХУз http://uzdxa.uz/
91. Ургенчский фл. ГАХУз https://uzdhauf.uz/
92. УзНИМИ https://uzmmsi.uz/
93. МежУТКН «Шелковый путь» https://www.univ-silkroad.uz
94. НИЖД http://mrdi.uz/
95. ТУИТ https://tuit.uz/
96. Каршинский фл. ТУИТ https://www.tuitkf.uz/
97. Нукусский фл. ТУИТ https://tatunf.uz/
98. Самаркандский фл. ТУИТ http://samtuit.uz/uz
99. Ферганский фл. ТУИТ https://tatuff.uz/
100. Ургенчский фл. ТУИТ https://www.ubtuit.uz/
101. Нурафшанский фл. ТУИТ https://nbtuit.uz/
102. ТГЮУ https://tsul.uz/uz
103. АкПОРУз https://proacademy.uz/
104. ТГТУ (транспортный) http://tashiit.uz/
105. УМЭД https://uwed.uz/
106. МежИАУз https://iiau.uz/
107. УзГУФВС https://jtsu.uz/uz
108. Нукусский фл. УзГУФВС https://uzdjtsunf.uz/
109. Ферганский фл. УзГУФВС https://uzdjtsuff.uz/

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥1
❄️ Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

❄️Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba
oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

❄️ oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
❄️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
❄️ pasport nusxasi;
❄️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

➡️Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😢2❤1
📌 Olimlar barcha vazifalar uchun kunning eng yaxshi vaqtini e'lon qilishdi:

1️⃣5:00 - 7:00 - eng qiyin vazifalar vaqti;
2️⃣8:00 - 9:00 - kitob o'qish vaqti;
3️⃣10:00 - 12:00 - miyaning yuqori faolligi vaqti;
4️⃣14:00 - 16:00 - diqqatning pasayishi, uyquchanlik vaqti;
5️⃣16:00 - 18:00 - jismoniy faoliyat vaqti;
6️⃣18:00 - 20:00 - ijodkorlik vaqti.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤‍🔥3❤2👏1
📨 Xorijiy universitetlarga kirish uchun muhim hujjatlar to'plami.

🌀Talabalar ko'pincha chet el universitetlariga kirishni xohlashadi va ko'pincha chet el universitetlariga kirish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida savol tug'iladi.

Kerakli hujjatlarning standart to'plami mavjud:

◀️Diplom va unga ilova tarjimasi (transcript)
— Ushbu hujjatlar o'qitish rejalashtirilgan mamlakat tiliga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlanishi kerak.

◀️So'rovnoma (ilova shakli)
— a'zi universitetlardan maxsus shaklni qog'oz shaklida to'ldirish va skanerlashni yuklab olish yoki pochta orqali yuborish so'raladi, endi esa asosan anketalar onlayn tarzda to'ldiriladi.

◀️Motivatsion xat (motivation letter)
— Bu erda Abituriyent o'z shaxsini va akademik qiziqishlarini oshkor qilishi kerak. Unda nomzod nima uchun ushbu dasturni tanlaganligi, nima uchun uni tanlashi kerakligi, uning kuchli tomonlari nimada va universitet uchun qanday foydali bo'lishi mumkinligini batafsil tushuntirishi kerak.

◀️Xalqaro imtihon sertifikatlari (sertifikatlar)
— Til (TOEFL yoki IELTS) va akademik (GRE, GMAT yoki SAT) natijalari akademik tayyorgarlikni ko'rsatadi va nomzodlarning imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

◀️Tavsiya xatlari (tavsiya xatlari)
— Tanlangan dastur talablariga qarab, o'qituvchilar, kuratorlar, ilmiy rahbarlar va boshqalardan 2-3 tasi bo'lishi kerak.

◀️Rezume (CV)
— Universitetga kirish uchun akademik rezyume talab qilinadi. Ushbu hujjat ariza beruvchining ko'nikmalari, yutuqlari va yutuqlari, shuningdek, ish tajribasi ma'lumotlarini tavsiflaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7😁1
📣 Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

👉 Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

👉 Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

👉 Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

👉 Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

👉 Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🥰1🤯1
📣 AloqaBank talabalarga ajoyib qulaylik taqdim etibdi.

Talabalik guvohnomasi ham, ATTO ham, VISA ham bitta kartada ekan. Ushbu kartadan olgan TATU talabalari juda qulay narsa qilingani haqida yozishmoqda.

‼️Gap yo‘q, chindan ham mana shu ish zo‘r bo‘libdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
Forwarded from Ravshanjon Raxmatullayev
Vanihoyat, OpenAI Oʻzbekistonliklarga rasman ChatGPTʻdan foydalanishga ruxsat berdi.

O'zbekiston nomeri bilan ro'yxatdan o'tib ko'rdim muvaffaqiyatli bo'ldi

@ravshanjonuz
👍5
📣 O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

📌Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

ChatGPT ayniqsa ta'lim sohasida o'qituvchi va talabalar uchun yaxshigina yordamchi bo'lib xizmat qilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🔥1
📣 Ertaga barcha maktablarda 2-chorakning birinchi oʻqish kuni boshlanadi

Maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi, II chorak esa 10-noyabr (juma) kunidan boshlanadi.

📌II chorak darslari esa 27-dekabr kuniga qadar davom etadi, qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥1
📣 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2023-yil 21-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

‼️Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📣 Rasman: Kollej va texnikumlarga kirolmaganlar boʻsh joylarga qabul qilinadi

Oliy ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.

Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.

Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 13-noyabr kunigacha professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
📣 Rasman: medtexnikumlardagi boʻsh joylarga qabul bo'ladi

Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📌Bu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.

➡️Murojaat qilish muddati — 13-noyabrgacha.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Bugun DXX akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

✅2023-yil 10-oktabr kuni 2024-2025-o‘quv yili uchun Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limi orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-noyabrga qadar, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish 11-noyabrga qadar (shu kunlari ham) davom etadi.

‼️Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
Ta'limda nima gap?
📣 O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi. 📌Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet…
📣 Qo‘shni Qozog‘istonda talabalar qancha stipendiya oladi?

Qozog‘istonda shu o‘quv yili uchun:

◀️pedagogika va sog‘liqni saqlash yo‘nalishi talabalari uchun stipendiya — 67 200 tenge (1 mln 777 ming so‘m);

◀️oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun (sog‘liqni saqlash va pedagogika yo‘nalishlari bundan mustasno) — 41 898 tenge (1 mln 108 ming so‘m);

◀️texnik va kasb-hunar ta’limi dasturlarida o‘qiyotgan talabalar uchun — 32 681 tenge (864 ming so‘m);

◀️magistratura talabalari uchun — 94 024 tenge (2 mln 486 ming so‘m) stipendiya belgilangan.

Qozog'istonda talabalar biz bilan solishtirganda ancha boy.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌4
📣 Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?

👉 O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

👉 Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

👉 Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

👉 Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)

👉 Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);

👉 Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

👉 Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;

👉 Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2