Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📨 Xorijiy universitetlarga kirish uchun muhim hujjatlar to'plami.

🌀Talabalar ko'pincha chet el universitetlariga kirishni xohlashadi va ko'pincha chet el universitetlariga kirish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida savol tug'iladi.

Kerakli hujjatlarning standart to'plami mavjud:

◀️Diplom va unga ilova tarjimasi (transcript)
— Ushbu hujjatlar o'qitish rejalashtirilgan mamlakat tiliga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlanishi kerak.

◀️So'rovnoma (ilova shakli)
— a'zi universitetlardan maxsus shaklni qog'oz shaklida to'ldirish va skanerlashni yuklab olish yoki pochta orqali yuborish so'raladi, endi esa asosan anketalar onlayn tarzda to'ldiriladi.

◀️Motivatsion xat (motivation letter)
— Bu erda Abituriyent o'z shaxsini va akademik qiziqishlarini oshkor qilishi kerak. Unda nomzod nima uchun ushbu dasturni tanlaganligi, nima uchun uni tanlashi kerakligi, uning kuchli tomonlari nimada va universitet uchun qanday foydali bo'lishi mumkinligini batafsil tushuntirishi kerak.

◀️Xalqaro imtihon sertifikatlari (sertifikatlar)
— Til (TOEFL yoki IELTS) va akademik (GRE, GMAT yoki SAT) natijalari akademik tayyorgarlikni ko'rsatadi va nomzodlarning imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

◀️Tavsiya xatlari (tavsiya xatlari)
— Tanlangan dastur talablariga qarab, o'qituvchilar, kuratorlar, ilmiy rahbarlar va boshqalardan 2-3 tasi bo'lishi kerak.

◀️Rezume (CV)
— Universitetga kirish uchun akademik rezyume talab qilinadi. Ushbu hujjat ariza beruvchining ko'nikmalari, yutuqlari va yutuqlari, shuningdek, ish tajribasi ma'lumotlarini tavsiflaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏1
📌 Olimlar barcha vazifalar uchun kunning eng yaxshi vaqtini e'lon qilishdi:

1️⃣5:00 - 7:00 - eng qiyin vazifalar vaqti;
2️⃣8:00 - 9:00 - kitob o'qish vaqti;
3️⃣10:00 - 12:00 - miyaning yuqori faolligi vaqti;
4️⃣14:00 - 16:00 - diqqatning pasayishi, uyquchanlik vaqti;
5️⃣16:00 - 18:00 - jismoniy faoliyat vaqti;
6️⃣18:00 - 20:00 - ijodkorlik vaqti.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥2👏1
📣 Talabalar shiori:

— Qiyin fanni o'rganib bo'lmaydi;
— Oson fanni o'zlashtirish shart emas..

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21😁6👏5❤3🤯1
📣 Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi joriy yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:

➖ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;

➖akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;

➖oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

1-oʻrin uchun — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi yozma ish topshiriqlari:

💡 Fizika 9-sinf, 10-sinf
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀 Biologiya 9-sinf, 10-sinf
🖥 Informatika 9-sinf,

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi test topshiriqlari:

💡Fizika 9-sinf, 10-sinf,
🧮Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf,

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3👏2👌1
📣 9-sinf shahodatnomasi bilan kirish imtihonida qatnashsa bo'ladimi?

Ha, imtihonda qatnashsa bo'ladi.
Lekin baribir o'qishga kirishga balli yetsa ham, bu "abituriyent"ga o'qishga ruxsat berilmaydi.

‼️Sababi, O'zbekistonda 11 yillik ta'lim majburiy. Uni tugatmasdan keyingi bosqichga o'tish mumkinmas.

❓Unda qanday qilib imtihonga kira olish mumkin?

Buning sababi sifatida Maktab ta’limi vazirligi bazasida 9-sinf va 11-sinf shahodatnomalari alohida-alohida emas, bitta bazada ekani haqida aytilgandi. Ya’ni 9-sinf shahodatnomasi ham tasdiqdan o‘tadi va uning egasiga ruxsatnoma shakllantiriladi.

📌Lekin ogohlantirish! Agar maktabni tugatmay bilimini sinab ko‘ruvchilar bo‘lsa va o‘qishga kira oladigan ball to‘plashsa, baribir maktabni tugatmasdan o‘qiy olishmaydi, o‘sha kvota kuyib ketadi. Uning o‘rniga boshqasi qabul qilinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏3❤2🔥1
📣 Harakat qilish muvaffaqiyatlarga eshik ochadi

🔥 Qancha ko‘p harakat qilsangiz, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.

📖 Chunki hatto muvaffaqiyatsizliklar ham sizni yangi bilim va tajriba bilan boyitadi. Maqsadingizga erishguningizcha harakat qiling.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🔥1
📣 Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣Va nihoyat, test.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
📣 Isroildagi OTMda tahsil olayotgan talabalar Oʻzbekistonga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar qildi.

📌Xabarga koʻra, Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institut bilan talabalarning Oʻzbekistonda oʻqishini onlayn formatda davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

‼️Elchixona talabalarni vatanga joʻnatishda Xolon texnologiya instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini alohida qayd etib oʻtgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Ertalab charchab uyg‘onmaslik uchun nima qilish kerak?

◀️Doimiy 7 soatdan kam bo‘lmagan uyqu vaqti bo‘lishi (agar imkoni bo‘lsa);

◀️Uyqu rejimiga amal qilish. Ya’ni har kuni kechasi bir vaqtda uxlab tongda bir xil vaqtda uyg‘onish kerak;

◀️Imkon qadar tushlikkacha shakar iste’mol qilmaslik kerak;

◀️Chiroyli sabablar bilan tongni qarshi olish lozim;

◀️Uyg‘oniboq eng avval bir stakan suv ichish;

◀️Tongda xona yorug‘ bo‘lishiga ahamiyat berish;

◀️Nonushta qilish lozim.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni.pdf
132.8 KB
📣 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📊 Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:

🔹 esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
🔹 essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
🔹 esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.

‼️Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.

📚Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥2
📣 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

📌Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

‼️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2👏1
📣 Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

👉 Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

👉 Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

👉 Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

👉 Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

👉 Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
📣 Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

✅Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
💫 Biz qachon kuch toʻplaymiz, energiyaga to'lamiz

👉 Yangi odamlar bilan tanishganimizda.
👉 Yangi bilimlar olganimizda.
👉 Sayohat qilganimizda.
👉 Oʻz qoʻrquvlarimizni yengganimizda.
👉 Biror bir yangi narsaga urunib koʻrganimizda.
👉 Sayr qilganimizda (ishga yoki oʻqishga shoshib yugurib borish yoki do'konga chiqish emas, aynan maqsadsiz sayr qilish)
👉 Ijod bilan shugʻullanganimizda.
👉 Yoqimli insonlar bilan suhbatlashganimizda.
👉 Bizni qoʻllab quvvatlaydigan va bizga ishonadigan insonlar bilan muloqot qilganimizda.
👉 Tanamizga gʻamxoʻrlik qilganimizda ( basseyn, massaj yoki kontrast dush qabul qilganimizda)
👉 ‍Istaganimizda yoʻqʼ deya olganimizda.
👉 Oʻzimiz istagan mashg'ulot bilan shug'ullanganimizda.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3❤1🤯1
📣 IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

💭Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Xulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

✌️Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

📚Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

💪Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🤯2
❄️ Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

❄️Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba
oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

❄️ oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
❄️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
❄️ pasport nusxasi;
❄️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

➡️Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1🏆1
📣 1-noyabrdan Toshkentda jamoat transporti yo‘lkira narxi oshadi

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi 1-noyabrdan Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxi oshishini ma'lum qildi.

➡️Bir turdagi jamoat transportida qatnov uchun qat’iy belgilangan yo‘l haqi naqd va bank kartalari bilan to‘lashda 2000 so‘m, ATTO transport kartasi bilan to‘lashda 1700 so‘m etib belgilandi.

Bir soat ichida bir avtobusdan ikkinchisiga o‘tish va ATTO kartasi bilan to‘lashda yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Bir soat ichidagi uchinchi va to‘rtinchi avtobuslarda harakat uchun bepul bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni.pdf
132.8 KB
📣 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📊Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.

Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:

🔹 esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
🔹 essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
🔹 esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.

‼️Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.

📚Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1
💳 ATTO transport kartalarida kunlik tarif rejalari haqida batafsil ma'lumot ushbu infografikamizda!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤯8❤2
📣 Rasman: endi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

👉Bu degani, maktabni bitirayotganda qizlar ham o‘qishga kirishga imtiyoz ola olishi mumkinligini anglatadi. "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Lekin keyingi qabulgacha imtiyozlar butunlay tugatib yuborilsa ham yaxshi bo‘lardi. Biroq reja bo‘yicha hozircha imtiyozlarni faqat umumiy kvotadan ajratish belgilangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🥰2👏1
Forwarded from Ta'limda nima gap?
❄️ Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

❄️Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba
oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

❄️ oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
❄️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
❄️ pasport nusxasi;
❄️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

➡️Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10😱2❤1🔥1👏1🤣1