Ta'limda nima gap?
75.4K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

📌Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

✍️Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤣1
📣 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

📌 Agentlikka ko‘ra, bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 66 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

💻 Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 O'zbekistondagi OTMlar reytingi e'lon qilindi

Eng yuqori natija ko'rsatgan
OTMlar:

1️⃣"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti;
2️⃣Xalqaro islom akademiyasi;
3️⃣Namangan muhandislik texnologiya instituti;
4️⃣Buxoro davlat tibbiyot instituti;
5️⃣Farg‘ona politexnika instituti.

Eng yomon natija ko'rsatgan OTMlar:

1️⃣Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
2️⃣Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
3️⃣Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
4️⃣Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
5️⃣Andijon davlat chet tillari instituti*

Izoh: * belgisi qo'yilgan OTMlar yangi ochilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😱1
📣 Rasman: bu yil faqat 10-sinflarga 4 ta yo‘nalishda fan tanlash imkoni berildi

Joriy o‘quv yilida faqat 10-sinflarga 4 ta yo‘nalish: matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili bo‘yicha tanlov fanlari belgilab berildi, deb ma’lum qildi Maktab vazirligi.

Hozir respublika bo‘yicha jami 4 mingdan oshiq o‘quvchi shu usulda o‘qiyapti. Ularni baholash tizimi ham o‘zgargan.

📌Tanlov fanlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤣2❤1
Forwarded from SHAKH DARMAN
👀 Brayn Treysidan ishlarni qanday bajarish haqida 4 ta maslahat.

1. "Jadval" tayyorlang. Nimaga intilayotganingizni aniq aniqlik bilan yozing. Maqsadning ravshanligi juda muhimdir. Ishga kirishishdan oldin maqsad va vazifalaringizni qog'ozga qo'ying.

2. Har bir kuningizni oldindan rejalashtiring. Qog'ozda o'ylang. Rejalashtirishga sarflagan har bir daqiqangiz ishingizdan besh-o'n daqiqani tejashga yordam beradi.

3. 80/20 qoidasini hamma narsaga qo'llang. Sizning barcha ishlaringizning 20 foizi siz erishgan natijalarning 80 foiziga to'g'ri keladi. Har doim barcha kuchingizni biznesning "eng yaxshi" 20 foiziga yo'naltirishga harakat qiling.

4. Oqibati haqida o'ylang. Sizning hayotingiz va ishingiz uchun eng jiddiy, ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladigan eng muhim vazifalaringizdir. Ularga ko'proq e'tibor bering.

@maqsadliuz — SIZNING MUVAFFAQIYATINGIZ ✅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

1️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

2️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

⚡️Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

‼️Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
📣 Rasman: endi bog'chaga yo'llanmalar telefonga SMS qilib jo'natiladi

Bog'chalarga yo'llanma olish jarayoni soddalashtirildi.

📌Endi yo‘llanma shakllanishi bilan talabgorga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘chaga borish va mudiraga murojaat etish kifoya.

Shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kod MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiyaga yo'l qo'yilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1
📣 Samarali ishlash va o‘qish uchun atrofimiz qanday bo‘lishi kerak?

Tashqi omillar ham insonning mehnatkashligiga, yaxshi o‘qishiga ta’sir qiladi. Imkon boricha qulaylik yaratish esa vaqtida ishlarimizga ulgurishga yordam beradi. Buni qanday qilib tashkillashtirish mumkin?

➖ Ishxona yoki darsxonada yorug‘likning yaxshi bo‘lishiga erishish;

➖ Harorat va havo sifatining normal bo‘lishi;

➖ Shovqin darajasi yuqori bo‘lmasligi;

➖ O‘tiradigan stulning inson tanasi uchun qulay bo‘lishi;

‼️ Xalaqit beruvchi narsalarni shunchaki "off" qilish. Bular — telefonni uzoqroq qo‘yish, pultni oldingizga olib olmaslik, yoningizda gapirib chalg‘itadigan odam bo‘lsa, shunchaki quloqchin taqib olishdan iborat bo‘lishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 AloqaBank talabalarga ajoyib qulaylik taqdim etibdi.

Talabalik guvohnomasi ham, ATTO ham, VISA ham bitta kartada ekan. Ushbu kartadan olgan TATU talabalari juda qulay narsa qilingani haqida yozishmoqda.

‼️Gap yo‘q, chindan ham mana shu ish zo‘r bo‘libdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda yashovchi doimiy aholi soni🥶

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
😁15👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba bo'lish orzuligicha qolmasin!

🤩 Sizda hali sirtqi ta'limda imtihonsiz talaba imkoni bor

Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud😉

Mavjud yo'nalishlar:

✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📲 Onlayn hujjat topshirish

📞 78-113-21-22
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8😁3❤1
⚡️Qo'shma ta'lim dasturidan nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirish mumkin

Qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar o'qishini nodavlat oliygohlariga ko'chirishi mumkin. Bu bo'yicha cheklov yo'q, quyidagi qarorda ham faqatgina davlat oliygohiga ko'chirish mumkin emasligi keltirilgan.

📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarorining 4-bob, 28-bandida qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan talabalar "...boshqa O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim tashkilotiga ko'chirishiga ruxsat etilmaydi" deyilgan.

⚠️ Shunday ekan, nodavlat oliygoh rasmiylari bemalol qo'shma ta'lim dasturi talabalarini o'qishga qabul qilishingiz (o'qishini ko'chirishingiz) mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🎉2
🎓 Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

📝“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

◀️Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

⚡️Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.

◀️Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

ℹ️Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.

◀️“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?
Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

◀️Kimga murojaat qilish kerak?
Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

‼️Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

◀️Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.

Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

📣Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

✍️Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza koʻrib chiqilishi kerak.

☝️Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
📨 Xorijiy universitetlarga kirish uchun muhim hujjatlar to'plami.

🌀Talabalar ko'pincha chet el universitetlariga kirishni xohlashadi va ko'pincha chet el universitetlariga kirish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida savol tug'iladi.

Kerakli hujjatlarning standart to'plami mavjud:

◀️Diplom va unga ilova tarjimasi (transcript)
— Ushbu hujjatlar o'qitish rejalashtirilgan mamlakat tiliga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlanishi kerak.

◀️So'rovnoma (ilova shakli)
— a'zi universitetlardan maxsus shaklni qog'oz shaklida to'ldirish va skanerlashni yuklab olish yoki pochta orqali yuborish so'raladi, endi esa asosan anketalar onlayn tarzda to'ldiriladi.

◀️Motivatsion xat (motivation letter)
— Bu erda Abituriyent o'z shaxsini va akademik qiziqishlarini oshkor qilishi kerak. Unda nomzod nima uchun ushbu dasturni tanlaganligi, nima uchun uni tanlashi kerakligi, uning kuchli tomonlari nimada va universitet uchun qanday foydali bo'lishi mumkinligini batafsil tushuntirishi kerak.

◀️Xalqaro imtihon sertifikatlari (sertifikatlar)
— Til (TOEFL yoki IELTS) va akademik (GRE, GMAT yoki SAT) natijalari akademik tayyorgarlikni ko'rsatadi va nomzodlarning imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.

◀️Tavsiya xatlari (tavsiya xatlari)
— Tanlangan dastur talablariga qarab, o'qituvchilar, kuratorlar, ilmiy rahbarlar va boshqalardan 2-3 tasi bo'lishi kerak.

◀️Rezume (CV)
— Universitetga kirish uchun akademik rezyume talab qilinadi. Ushbu hujjat ariza beruvchining ko'nikmalari, yutuqlari va yutuqlari, shuningdek, ish tajribasi ma'lumotlarini tavsiflaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2👏1
📌 Olimlar barcha vazifalar uchun kunning eng yaxshi vaqtini e'lon qilishdi:

1️⃣5:00 - 7:00 - eng qiyin vazifalar vaqti;
2️⃣8:00 - 9:00 - kitob o'qish vaqti;
3️⃣10:00 - 12:00 - miyaning yuqori faolligi vaqti;
4️⃣14:00 - 16:00 - diqqatning pasayishi, uyquchanlik vaqti;
5️⃣16:00 - 18:00 - jismoniy faoliyat vaqti;
6️⃣18:00 - 20:00 - ijodkorlik vaqti.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2🔥2👏1
📣 Talabalar shiori:

— Qiyin fanni o'rganib bo'lmaydi;
— Oson fanni o'zlashtirish shart emas..

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21😁6👏5❤3🤯1
📣 Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan sanalar e'lon qilindi

Asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi joriy yilning 4-10-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Asosiy olimpiadalarning uchinchi bosqichida:

➖ikkinchi bosqichda 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;

➖akademik litseylar hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha oʻquvchilar;

➖oʻtgan oʻquv yilida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida 1-oʻrinni egallagan va hozirda maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktablarining oʻquvchilari oʻtgan oʻquv yilida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fani boʻyicha ishtirok etadi.

Uchinchi bosqichda har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) gʻoliblar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning olimpiadalar boʻlib oʻtadigan manzilga xavfsiz kelib-ketishlarini taʼminlashga tuman (shahar) hokimlari va maktabgacha va maktab ta`limi boʻlimi mudirlari shaxsan masʼul hisoblanadi.

Mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

1-oʻrin uchun — 1 mln 980 ming soʻm;
2-oʻrin uchun — 1 mln 320 ming soʻm;
3-oʻrin uchun — 990 ming soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi yozma ish topshiriqlari:

💡 Fizika 9-sinf, 10-sinf
🧮 Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪 Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀 Biologiya 9-sinf, 10-sinf
🖥 Informatika 9-sinf,

Oʻtgan yilgi fan olimpiadasining viloyat (III-) bosqichi test topshiriqlari:

💡Fizika 9-sinf, 10-sinf,
🧮Matematika 9-sinf, 10-sinf
🧪Kimyo 9-sinf, 10-sinf
🍀Biologiya 9-sinf, 10-sinf,

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤3👏2👌1
📣 9-sinf shahodatnomasi bilan kirish imtihonida qatnashsa bo'ladimi?

Ha, imtihonda qatnashsa bo'ladi.
Lekin baribir o'qishga kirishga balli yetsa ham, bu "abituriyent"ga o'qishga ruxsat berilmaydi.

‼️Sababi, O'zbekistonda 11 yillik ta'lim majburiy. Uni tugatmasdan keyingi bosqichga o'tish mumkinmas.

❓Unda qanday qilib imtihonga kira olish mumkin?

Buning sababi sifatida Maktab ta’limi vazirligi bazasida 9-sinf va 11-sinf shahodatnomalari alohida-alohida emas, bitta bazada ekani haqida aytilgandi. Ya’ni 9-sinf shahodatnomasi ham tasdiqdan o‘tadi va uning egasiga ruxsatnoma shakllantiriladi.

📌Lekin ogohlantirish! Agar maktabni tugatmay bilimini sinab ko‘ruvchilar bo‘lsa va o‘qishga kira oladigan ball to‘plashsa, baribir maktabni tugatmasdan o‘qiy olishmaydi, o‘sha kvota kuyib ketadi. Uning o‘rniga boshqasi qabul qilinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏3❤2🔥1
📣 Harakat qilish muvaffaqiyatlarga eshik ochadi

🔥 Qancha ko‘p harakat qilsangiz, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.

📖 Chunki hatto muvaffaqiyatsizliklar ham sizni yangi bilim va tajriba bilan boyitadi. Maqsadingizga erishguningizcha harakat qiling.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🔥1
📣 Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣Va nihoyat, test.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
📣 Isroildagi OTMda tahsil olayotgan talabalar Oʻzbekistonga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar qildi.

📌Xabarga koʻra, Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institut bilan talabalarning Oʻzbekistonda oʻqishini onlayn formatda davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

‼️Elchixona talabalarni vatanga joʻnatishda Xolon texnologiya instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini alohida qayd etib oʻtgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5