Ta'limda nima gap?
75.3K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⌛️ Bugun — super-kontrakt uchun chegirmaning oxirgi kuni

Oliy ta'lim vazirligi 15-oktyabrgacha super-kontraktni to‘laganlarga 10 foizlik chegirma berilishini ma'lum qilgandi.

Super-kontraktning qanday turlari bor?

1️⃣talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 5 ta yo'nalishdan istalgan birida o'qish;

2️⃣ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o'qish imkoni bor.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

3️⃣56,7 balldan kam to'plaganlarga belgilangan super-kontraktning 2 baravarini to'lab o'qish imkoni ham berilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
❓ O'tgan yilgi kirish imtihonlarida maksimal ball qancha bo'lgan?

➡️2023-yilgi imtihonda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan imtihon:

📌Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
📌Matematika x 10 ta;
📌O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
📌30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

➡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

📌1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
📌2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
📌60 ta savoldan jami 156,0 ball.

⚡️Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berilgan va bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo'lgan.

‼️Eslatma o‘rnida, 2024-yilgi kirish imtihonlari uchun maksimal ball, baholash mezonlari Qabul komissiyasi tomonidan alohida tasdiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2👏2
📣 Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega o'quv yili boshida chiqarilmaydi?

Kirish imtihonlarida qaysi yo‘nalishda qaysi fandan imtihon olinishi belgilanadigan fanlar majmuasini Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilishi kerak.

O‘tgan yili bu majmua dekabr oyi oxirida tasdiqlanib e’lon qilingan.

📌Qonunchilikda imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi, deyilgan.

‼️Ya’ni "kamida 6 oy oldin", undan oldinroq, masalan, sentyabrda yangi o‘quv yili boshlanishi bilanoq e’lon qilish ham mumkin. Abituriyentlar ham shu paytdan tayyorgarlik boshlashadi, aslida. Yilning o‘rtasida e’lon qilinib, ba'zi yo‘nalishlarda fanlar o‘zgarib ketsa, kimga qiyin — abituriyentga qiyin bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥1
📣 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

📌Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

👉2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi

Oʻzbekiston maktablarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak oʻqishning birinchi kuni 10-noyabrga toʻgʻri keladi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun etib belgilangan.

2023-yilgi oʻquv yili 1-chorak oxirgi oʻqish kuni 3-noyabrga toʻgʻri keladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Maktablarda kuzgi ta’til qachondan boshlanishi aniq bo‘ldi

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi.

📌Maktab vazirligiga ko'ra, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1️⃣ O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2️⃣ Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3️⃣ Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4️⃣ O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5️⃣ Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

📣 Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
📣 Rasman: Milliy ingliz tili sertifikati (CEFR) imtihonlari sanalari e'lon qilindi

📆 Imtihonlar tez orada 2023-yil 21-22 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Sertifikatlash ballarining 60% majburiy blokdan, 85% va undan koʻpi esa asosiy fandan ozod qilinadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish: https://my.uzbmb.uz/login yoki https://my.gov.uz/oz/service/559 sayti orqali 7 oktyabrgacha

💰Narxi: 445 500 so'm va omonat 8 oktyabrgacha

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
❓ Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?

👉 Tajribadan ma’lumki, talabalar, ayniqsa yigitlar hech qachon kelishuvlarni bajarishmaydi. Eng ko‘p uchraydigan holat – 4 kishi turamiz deb 6-7, ba’zan 10 kishi bo‘lib ketishadi. Tekshirishga kelgan uy egasini “bu mehmon” deb aldashga urinishadi;

👉 Ijara berishdan maqsad daromad ko‘rish. Lekin talabalar bilan bu ham o‘ziga xos dahmaza. Deylik 4 kishi 300 dollarga yashaydigan bo‘lishsa, o‘sha 300 odatda chala-yarim undiriladi yoki nasiya bo‘ladi. Izlab borsangiz ikkitasi chiqadi va o‘zlariga tegishli 150 dollarni beradi (bersa uniyam). Yo‘g‘idan talab qila olmaysiz, berganiga hech nima deya olmaysiz, chunki beryaptida.

👉 Kommunal to‘lovlar ham to‘planib ketadi va ulardan keyin albatta qarzdorlik qoladi. Uyning ta’miri rasvo bo‘lishiku tabiiydek qaraladi;

👉 Alohida masala – tozalik! So‘nggi yillarda nafaqat yigitlar, hatto qizlar ham sarishtalikni deyarli butkul unutishyapti. Ko‘chada yurishlarini, kiyinishlarini ko‘rib, havasingiz keladi. Lekin ijara uy ostonasidanoq asabingiz buziladi. Poyabzallar, paypoqlar hidlanib qalashib yotgan, bir haftalik chiqindi to‘planib qolgan, suvarak bosib ketgan, uyda o‘rinlar yig‘ilmaydi. Yana ishlaydigan toifasi bo‘ladi. Ular charchoq tufayli hatto yotgan o‘rnidan turib so‘rashishni lozim topishmaydi;

👉 Muammolar xonadon doirasida qolmaydi. Albatta qo‘shnilar bezovta qilinadi, shikoyatlar tushadi. Milisiya ham tayyor.

Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.

‼️ Ijarada turadigan talaba tanishlaringizga yuboring. Balki bu yerdagi xatolar ular bilan ham sodir bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘rilab olishar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👀6
❓ IT kasiblardan biri - dizaynerlikdir.

Sen ham frilanser bo'la olasan

😏Bu gapni aytish oson, shunaqa emasmi? Frilans, IT'da biznes qilish, uyda o'tirib pul topish — keng tarqalgan gaplardan biri. Xo'sh, frilanser bo'lish qiyinmi? Yo'q!

Yana osongina javob berdim. Keling, unda qiyin savolga o'tamiz — Frilanser bo'lish uchun nima qilish kerak?

1️⃣Biror IT-sohasini o'rganing.
IT'da biznes qilish uchun IT-sohasini o'rganing. Masalan, dasturlash, grafik dizayn, 3D model yaratish, kopirayting & marketing shular jumlasidan. Sohangiz uchun kamida 3 oy ajratsangiz, ushbu sohada mayda buyurtmalar olib, bajarsangiz bo'ladi.

2️⃣Portfolio yarating
Xohlagan mijozga yozsangiz, birinchi o'rinda sizdan portfolio so'raydi. Portfolio — sizning qilgan ishlaringiz jamlanmasi. Odatda bular kichik sayt yoki telegram-kanal bo'lishadi. Uning ichiga ishlaringizdan eng saralarini tashlang va mijozga ko'rsating. Portfolio mijozning ishonchini oqlashda katta ahamiyatga ega.

3️⃣Frilans-birjalardan ro'yxatdan o'ting
Biror IT-sohani o'rgandik, portfolio yaratdik, ammo yana bir narsa bor — frilans birjalardan ro'yxatdan o'tish. Frilans-birjalar — mijozlar va bajaruvchilar bitta joyga yig'ilgan platforma. Ko'p hollarda bu sayt bo'ladi.

Frilans-platformalar — fl.ru, upwork.com, kwork.com, weblancer.net, freelance.ru

Bor-yo'g'i 3 qadam orqali frilansga kirishimiz mumkin. Hali ham o'ylayapsizmi? O'ylashga vaqt yo'q, frilanserlik tomon harakat qiling va agar dizayn soha o'rqali frilansga kirmoqchi bo'lsangiz @DarmanovCreate blogida dizayni o'rganishingiz mumkin va shu bilan birga frilanserning hayoti haqida umuniy tushuncha o'lishingiz mumkin bo'ladi.

‼️@DarmanovCreate'da ko'rishguncha do'stlar!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🔥1
📣 Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?

📌 O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);

📌 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)

📌 Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);

📌 Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;

📌 Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
📣 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
👉 salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
👉 o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
👉 bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
👉 o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
👉 talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
👉 vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
📣 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-22-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 24-oktabr – 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Rasman

⚡️ Sirtqi ta'limda tahsil olib, oliy ma'lumotli bo'ling!

Kontrakt narxlari atigi 9 mln so'm va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud🤩

✅ Sirtqi ta'lim uchun GRANT o'rinlari ham mavjud.

Mavjud yo'nalishlar:

✔️ Tarix
✔️ Maktabgacha ta'lim
✔️ Pedagogika va psixologiya
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, hoziroq ro'yxatdan o'ting!

📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz

📞 78-113-21-22

Eslatma: Kelasi o'quv yilidan boshlab, pedagogik sohalarda sirtqi ta'lim to'xtatilishi mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
📣 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha istisno tariqasida qo‘shimcha imtihon o‘tkazish sanasi 2023-yil 28-oktabrga belgilandi.

📌Test sinovlari turk tilidan 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘tkazilib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali 2023-yil 19–23-oktabr kunlari onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 23-oktabr soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

✍️Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan 2023-yil 27-oktabr kuni bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤣1
📣 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

📌 Agentlikka ko‘ra, bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 66 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

💻 Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 O'zbekistondagi OTMlar reytingi e'lon qilindi

Eng yuqori natija ko'rsatgan
OTMlar:

1️⃣"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti;
2️⃣Xalqaro islom akademiyasi;
3️⃣Namangan muhandislik texnologiya instituti;
4️⃣Buxoro davlat tibbiyot instituti;
5️⃣Farg‘ona politexnika instituti.

Eng yomon natija ko'rsatgan OTMlar:

1️⃣Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
2️⃣Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
3️⃣Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
4️⃣Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
5️⃣Andijon davlat chet tillari instituti*

Izoh: * belgisi qo'yilgan OTMlar yangi ochilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6😱1
📣 Rasman: bu yil faqat 10-sinflarga 4 ta yo‘nalishda fan tanlash imkoni berildi

Joriy o‘quv yilida faqat 10-sinflarga 4 ta yo‘nalish: matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili bo‘yicha tanlov fanlari belgilab berildi, deb ma’lum qildi Maktab vazirligi.

Hozir respublika bo‘yicha jami 4 mingdan oshiq o‘quvchi shu usulda o‘qiyapti. Ularni baholash tizimi ham o‘zgargan.

📌Tanlov fanlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤣2❤1
Forwarded from SHAKH DARMAN
👀 Brayn Treysidan ishlarni qanday bajarish haqida 4 ta maslahat.

1. "Jadval" tayyorlang. Nimaga intilayotganingizni aniq aniqlik bilan yozing. Maqsadning ravshanligi juda muhimdir. Ishga kirishishdan oldin maqsad va vazifalaringizni qog'ozga qo'ying.

2. Har bir kuningizni oldindan rejalashtiring. Qog'ozda o'ylang. Rejalashtirishga sarflagan har bir daqiqangiz ishingizdan besh-o'n daqiqani tejashga yordam beradi.

3. 80/20 qoidasini hamma narsaga qo'llang. Sizning barcha ishlaringizning 20 foizi siz erishgan natijalarning 80 foiziga to'g'ri keladi. Har doim barcha kuchingizni biznesning "eng yaxshi" 20 foiziga yo'naltirishga harakat qiling.

4. Oqibati haqida o'ylang. Sizning hayotingiz va ishingiz uchun eng jiddiy, ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladigan eng muhim vazifalaringizdir. Ularga ko'proq e'tibor bering.

@maqsadliuz — SIZNING MUVAFFAQIYATINGIZ ✅
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

1️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

2️⃣Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

⚡️Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

‼️Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
📣 Rasman: endi bog'chaga yo'llanmalar telefonga SMS qilib jo'natiladi

Bog'chalarga yo'llanma olish jarayoni soddalashtirildi.

📌Endi yo‘llanma shakllanishi bilan talabgorga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘chaga borish va mudiraga murojaat etish kifoya.

Shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kod MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiyaga yo'l qo'yilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏1