Ta'limda nima gap?
75.3K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
❄️ Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

❄️Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba
oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

❄️ oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
❄️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
❄️ pasport nusxasi;
❄️ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

➡️Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1👏1🕊1
🔝 Dushanba kunidan omon qolishning eng yaxshi 5 ta oson usuli

Dushanba
- bu og'ir kun va siz buni o'zingiz bilasiz. Ammo, agar siz haftani to'g'ri boshlasangiz va darhol samarali ishlashga moslashsangiz, buning oldini olish mumkin.

◀️Shoshilmang
— Dushanba kuni ertalab nonushta bilan boshlash yaxshidir. Iloji bo'lsa, piyoda ishga boring va piyoda yurish — fikrlaringizni to'plash uchun ajoyib imkoniyat.

◀️Chiroyli kiyining
— Dushanba kuni o'zingizga yoqadigan va muvaffaqiyatli ko'rinadigan narsalarni kiying.

◀️Juma kunidan tayyorgarlikni boshlang
— Uyga ketishdan oldin, dushanba kuni ertalabni tozalash bilan emas, balki muhimroq va yoqimli vazifalar bilan boshlash uchun narsalarni qismlarga ajrating.

◀️Kechqurun reja tuzing
— Hech qanday maxsus narsa ixtiro qilishning hojati yo'q, ideal variant — birgalikda kechki ovqat, yaxshi kino yoki do'stlar bilan uchrashuv.

◀️Ishlar ro'yxatini qisqartiring
— Dushanba kungi rejangizni diqqat bilan ko'rib chiqing va faqat muhim narsalarni qoldiring.

P.S Tabriklayman dushanbani a'lo darajada o'tkazib oldingiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10😁4👏2
🎖 Nobel mukofoti sovrindorlari soni, mamlakatlar bo'yicha bog'langan:

🇺🇸USA - 409
🇬🇧UK - 138
🇩🇪Germany - 115
🇫🇷France - 75
🇸🇪Sweden - 33
🇷🇺Russia - 32
🇯🇵Japan - 29
🇨🇦Canada - 28
🇨🇭Switzerland - 25
🇦🇹Austria - 23
🇳🇱Netherlands - 22
🇮🇹Italy - 21
🇵🇱Poland - 19
🇭🇺Hungary - 15
🇩🇰Denmark - 14
🇳🇴Norway - 13
🇮🇱Israel - 13
🇦🇺Australia - 12
🇮🇳India - 11
🇧🇪Belgium - 11
🇮🇪Ireland - 11
🇿🇦 South Africa - 11
🇨🇳China - 8
🇪🇸Spain - 8
🇨🇿Czechia - 6
🇦🇷Argentina - 5
🇫🇮Finland - 5

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤷‍♂8👏2
📌 Olimlar barcha vazifalar uchun kunning eng yaxshi vaqtini e'lon qilishdi:

1️⃣5:00 - 7:00 - eng qiyin vazifalar vaqti;
2️⃣8:00 - 9:00 - kitob o'qish vaqti;
3️⃣10:00 - 12:00 - miyaning yuqori faolligi vaqti;
4️⃣14:00 - 16:00 - diqqatning pasayishi, uyquchanlik vaqti;
5️⃣16:00 - 18:00 - jismoniy faoliyat vaqti;
6️⃣18:00 - 20:00 - ijodkorlik vaqti.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3❤2❤‍🔥1
📚 Kunning qaysi qismida dars qilish samaraliroq?

⌛️ Ertalabki 10 dan soat 14 gacha, peshin soat 16 dan kechki soat 22 gacha o‘qish uchun juda qulay vaqtlar hisoblanadi.

Ertalabki 04 dan 07 gacha bo‘lgan vaqt esa dars qilish uchun unchalik samarali hisoblanmaydi.

💬 Lekin hammaning o'ziga qulay dars qilish soati bo'ladi. Sizga kunning qaysi qismi o'qish uchun qulayroq?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥1
🎓 Hech qanday ishda tajribasi yo'q talabalar uchun daromadli ishlar ro'yxati

◀️Talabaga nima uchun ish kerak va kim bo'lib ishlashi mumkin?

Kimdir yotoqxona uchun pul to'lashi kerak, kimgadir yotoqxona umuman berilmagan va u ijaraga kvartira olib yashashga majbur, ijara puli to'lashi kerak. Yana yo'l kira uchun pul kerak, yeb-ichish, ba'zida uyga ham borib kelishni xohlashadi va hokazo. Xullas, talabaning kundalik xarajatiga ham ancha pul kerak bo'ladi. Bunday vaqtda, qo'shimcha daromad hech kimga xalaqit qilmasa kerak.

🗣️ Sirtqi bo'limda o'qiydiganlar qayerdadir ishlashadi albatta. Bugungi kunda sirtdan o'qiydiganlarga o'qish va ishni birga olib borish juda oson. Kunduzgi ta'limda o'qiydiganlar uchun esa, biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bunday talabalar, har kun dars tugaganidan keyin, kechqurun yoki, dam olish kunlari ishlashlari to'g'ri keladi. Agar sizda ham, qo'shimcha daromad olish istagi bo'lsa, xavotirlanmang, bunday ishlar juda ko'p.

Rasmiy ravishda ishga joylashish va qo'shimcha daromad olish, bu alohida masala albatta.

➡️ Talabalar uchun ishni har bir shaharda topsa bo'ladi. Lekin siz, kunduzgi ta'limda o'qiydigan bo'lsangiz, rasmiy ravishda ishga joylashishning iloji yo'q. (Albatta bitiruvchi kurslar bundan mustasno) Shuning uchun siz, yengil qilib aytadigan bo'lsak, "norasmiy" tarzda ishlashingiz mumkin. Chunki, kunduzgi ta'limda o'qiydigan talabani hech kim rasmiy ravishda ishga olmaydi.

Biroq, kunduzgi talabalar uchun ham qo'shimcha ishlarni topish mumkin. Mana shunday ishlarning eng haqiqiy va oddiy variantlarini ko'rib chiqamiz. Keling hozir, talaba qanday qilib ish topish kerakligini, u qayerda va kim bo'lib ishlashi mumkinligini aniqlab olaylik. Bo'sh ish o'rinlarini topish uchun siz qidiruv tizimiga kerakli so'rovni kiritishingiz kifoya!

📌 Maqola mudarijasi:

1️⃣Ofitsiant bo'lib ishlash.
2️⃣Farroshlik qilish.
3️⃣Kuryer yoki afisha osuvchi (e'lon yopishtiruvchi).
4️⃣Yuk ko'taruvchi kuchli bolalar uchun kasb.
5️⃣Freelancer, boshqacha qilib aytganda, internetda ishlas.

‼️Har bitta kasb haqida to'liq ma'lumot.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏2
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ 2024-2025-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2😁1
📍 Hududlarda davlat universitetlari yotoqxonalarining joylashuvi

1️⃣ Buxoro
2️⃣ Andijon
3️⃣ Farg'ona
4️⃣ Jizakem
5️⃣ Namangan
6️⃣ Navoiy
7️⃣ Qashqadaryo
8️⃣ Qoraqalpog'iston
9️⃣ Samarqand
1️⃣0️⃣ Sirdaryo
1️⃣1️⃣ Surxondaryo
1️⃣2️⃣ Toshkent viloyat
1️⃣3️⃣ Xorazm

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
😌 Qanday qilib negativlardan uzoq bo‘lish mumkin?

👣 O‘zingizni tushunishga yordam beradigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning. Masalan, meditatsiya salbiy fikrlardan uzoq bo‘lishga yordam berishi mumkin. Har tong shunchaki chuqur nafas olib, hozirgi daqiqalarni his qilishga harakat qiling.

🔥 O‘z qadringizni biling. Agar o‘zingizga to‘g‘ri baho bera olsangiz, har qanday salbiy fikrlar sizni tushkunlikka tushura olmaydi.

🏃‍♂️ Jismoniy faol bo‘ling. Muntazam jismoniy faoliyat sizni salbiy fikrlardan xalos qilish va umumiy sog'lig'ingizni yaxshilashga yordam beradi.

🤲 Shukur qilishga vaqt ajrating. Har kuni o‘zingizda bor narsalar uchun shukur qilishda davom eting.

👥 Pozitiv odamlar bilan birga bo‘lishga harakat qiling. Noshukur va salbiy fikrlovchi odamlar ruhan charchatadi. Optimist odamlar esa ijobiy fikrlashingizga yordam beradi.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤‍🔥2🥰2
❓ Oʻqishini koʻchirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olishi mumkin?

Bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin. Agar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, unda taʼlim krediti berilmaydi.

✅ Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

⏺Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
⏺Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
⏺bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar bor boʻlgan holatda mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa;
⏺yoʻnalishi va OTMni oʻzgartirmagan holda faqat taʼlim shaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (oʻzbekdan rusga va h.k.) oʻzgartirgan boʻlsa.

❌ Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

◀️Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishni koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir OTM ichida boshqa yoʻnalishga uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda yoki mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤‍🔥1
💻 Talabalar masofadan turib pul ishlashlari mumkin — buni men sizga o'rgataman.

Agar siz dizaynerlik kasbini o'rganishni va masofadan turib pul ishlashni istasangiz, unda mening blogim sizga kerak!

☝️ Men muntazam ravishda chiroyli va funktsional dizaynlarni yaratish bo'yicha foydali maslahatlar, darisliklar va qo'llanmalarni joylab bormoqdaman.

Siz dizayn olamidagi eng soʻnggi tendentsiyalar va texnologiyalar haqida bilib olasiz, shuningdek, oʻz sohangizda eng yaxshi boʻlishingizga yordam beradigan amaliy koʻnikmalarga ega boʻlasiz.

‼️ Endi siz o'z mahoratingiz orqali pul ishlashni boshlash uchun universitetni bitirguningizcha kutishingiz shart emas - bugun mening blogimga qo'shiling va masofadan turib ajoyib loyihalar yaratishni o'rganing!

Bundan tashqari, men 4 yillik frilanserlik tajribam bilan o'rtoqlashaman va mijozlarni topish va loyihalarni boshqarish bo'yicha maslahatlar beraman. Siz yangi mijozlarni jalb qilish uchun portfolioni qanday yaratishni, shuningdek, ishingizni qanday to'g'ri baholashni va xizmatlar uchun narxlarni belgilashni o'rganasiz.

📌 Muvaffaqiyatli dizayner bo'lish va masofadan turib pul ishlash imkoniyatini qo'ldan boy bermang - mening blogimga obuna bo'ling va muvaffaqiyat sari bugundan boshlang!

👉 Mening dizaynerlik blogim: @DarmanovCreate

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3❤‍🔥1👏1
Super-kontrakt miqdorlari 2023 (1).pdf
1.8 MB
⚡️Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

➡️ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🥰1👏1
⚡️ "El-yurt" umidi grantlari uchun tanlov boshlandi

Bugun, 10-oktyabrdan 10-noyabrgacha 354 ta vakant o‘rin uchun tanlovda qatnashish mumkin.

Bunda:
👉 bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 o‘rin;
👉 magistratura ta’lim dasturi uchun 193 o‘rin;
👉 doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 o‘ringa stipendiyalar ajratiladi.

‼️Nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Lyettyer of accyeptancye yoki Lyettyer of conditional accyeptancye) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥2
📣 Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga.

✅ Maktab oʻqituvchilariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (980 ming soʻm) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan:

🔘sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:

➖15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz;
➖16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz;
➖21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz;
➖26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz;
➖31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz;

🔘daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz.

🔘 informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥1👏1
📣 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

✅ 2023-yil 10-oktabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.

📚Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2👏1
📣 Rasman: abituriyentlarni DXX akademiyasiga ro'yxatdan o'tkazish boshlandi

✅ 2024-2025 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Amir Temur nomidagi davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida bakalavriat bosqichining kunduzgi shakliga nomzodlarni tanlash uchun abituriyentlarni ro'yxatdan o'tkazish boshlandi.

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan abituriyentlar veb-sayt orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin my.uzbmb.uz joriy yilning 10 noyabrigacha.

📌 Abituriyentlarni tanlash Vazirlar Mahkamasining 241-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan va abituriyentlar Nizomning 3-bandida ko'rsatilgan talablarga javob berishi kerak, ushbu qaror bilan tasdiqlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
⏰ Kunning qaysi qismida nima bilan mashg‘ul bo‘lish kerak?

⏰Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.

⏰6:00 dan keyin - tanamizni faol uyg‘onishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.

⏰7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.

⏰10:00 - 14:00 oralig‘ida neyrogormon darajasi cho‘qqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.

⏰14:00 - 16:00 oralig‘ida - 20 daqiqa uxlash o‘sish, yoshlik va go‘zallik gormonini rag‘batlantiradi.

⏰17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashg‘ulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin bo‘ladi.

⏰21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor bo‘ladi.

‼️ Shaxsiy rivojlanish va samaradorlika tegishli ya'nada ko'piroq kontentlar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3🔥2
📣 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni

📆2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📚Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣“Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣“Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣“Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣“Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣“Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Rasman: medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

2024/2025-o‘quv yilidan
barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

1️⃣-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
2️⃣-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

✔️ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😭12❤2
📣 Andijon davlat universitetida 40 mlrd so‘mga yaqin pul talon-taroj qilingan

Hisob palatasi o‘rganishiga ko‘ra, o‘g‘rilik quyidagicha amalga oshirilgan:

👉 Kontraktda o‘qiydigan 8,7 ming talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;

👉 To‘langan 9,3 mlrd so‘m kontrakt universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan.

👉 2,2 ming talabaga talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;

👉 Yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisobraqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan.

👉 Talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

‼️Xullas, talabalar haqidan ham urib qolishgan va ulardan ham foydalanishgan. Ma'lumotlar tegishli organlarga yuborilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1
❓ Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi nega o'quv yili boshida chiqarilmaydi?

Kirish imtihonlarida qaysi yo‘nalishda qaysi fandan imtihon olinishi belgilanadigan fanlar majmuasini Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilishi kerak.

O‘tgan yili bu majmua dekabr oyi oxirida tasdiqlanib e’lon qilingan.

📣 Qonunchilikda imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi, deyilgan.

‼️Ya’ni "kamida 6 oy oldin", undan oldinroq, masalan, sentyabrda yangi o‘quv yili boshlanishi bilanoq e’lon qilish ham mumkin. Abituriyentlar ham shu paytdan tayyorgarlik boshlashadi, aslida. Yilning o‘rtasida e’lon qilinib, ba'zi yo‘nalishlarda fanlar o‘zgarib ketsa, kimga qiyin — abituriyentga qiyin bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🌚5