Ta'limda nima gap?
75.3K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Bu yilgi qishda ayrim OTMlar ko‘mir bilan isitiladi

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, jami 115 ta davlat OTMining 51 tasi ko‘mir bilan isitishga moslashtirildi. Bu qishda ular ko‘mir bilan ham isitilishi mumkin.

🗣️ Kollej, texnikumlar uchun esa 31,7 ming tonna ko‘mir sotib olingan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤯4❤‍🔥2❤1🔥1👏1
📣 2023 yilda eng ko'p murojaat qilingan eng yaxshi 5 ta davlat universitetlari

1️⃣O'zMU – 33 72;
2️⃣TDTU – 28 474;
3️⃣FarDU – 28 188;
4️⃣TDPU – 26 827;
5️⃣QorDU - 26 640.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏2
👍20
📌 The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024-yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi

Top 10 talik quyidagicha
ko‘rinish oldi:

1. Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
2. Stendford universiteti — AQSh;
3. Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
4. Harvard universiteti — AQSh;
5. Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
6. Prinston universiteti — AQSh;
7. Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
8. London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
9. Kaliforniya universiteti — AQSh;
10. Yel universiteti — AQSh.

‼️Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏4❤2🔥1
📣 Bugun 11-sinf o‘quvchilari onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin

Bugun, 6-oktyabr kuni soat 10:00dan 19:00 ga qadar 11-sinf o'quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalar o'tkaziladi.

☝️ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi.

Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro'yxatdan o'tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o'z bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

🧐 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o'quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko'rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi. Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
📣 Rasman: endi maktab va bog‘chalar oldida tezlik qurilmalar bilan nazorat qilinadi

Maktab va bog‘chalar oldida tezlikni 30 km/soatdan oshirish mumkin emas.

Endi maktab va bog‘chalar oldiga tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarini aniqlovchi maxsus qurilmalar o‘rnatiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣10🔥4❤2👍1
💤 Shifokorlar uxlash uchun eng yaxshi vaqtni nomlashdi

Sizning miyangiz soat 21:00 dan 23:00 gacha faol dam oladi. Agar siz soat 23:00 dan keyin yotsangiz, vaqt o'tishi bilan asta-sekin aqliy charchoq paydo bo'ladi. Agar siz soat 23:00 dan 1: 00 gacha uxlamasangiz, unda sizda asab tizimining buzilishi mavjud bo'lib, bu zaiflik, letargiya, og'irlik va zaiflikka olib keladi.

😴 Sizning go'zal miyangiz yaxshi ishlashi uchun dam olishga muhtoj.

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😱5🔥4👏2🎉2🤔1
📣 "3-kurs edim, 1-kursdan qabul qilishyapti"

Bir talaba xorijiy oliygohda 2-kursni tamomlab, 3-kursga o'tgan. O'zbekistonga davlat oliygohiga yetarli ball to'plab o'qishini ko'chirgan. Biroq oliygoh fanlar farqi hamda GPA ballar sababli uni 1-kursdan qabul qilishini aytgan.

📌 Talaba ham kurs masalasida ham kredit to'lattirilayotganidan norozi. Shuncha umri va sarflagan pullariga achishib, o'qishga yangi kirgan 1-kurslardan farqi yo'qligiga xafa bo'lyapti.

P.S. Shu onda bir savol tug'iladi: Kredit-modul tizimi asnosida ta'limni biznesga aylantirish, umuman olganda o'qishni ko'chirishdagi ushbu "islohotlar" ta'lim sifatini yuqori qilib qo'yyaptimi o'zi? Kredit deb pul undirish orqali ta'limimiz rivojlanib ketyaptimi, vazirlik bayonot bera olarmikin?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥10❤1
❓ Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimining hozirgi aspirantura va doktorantura stipendiyasi qanday?

1️⃣tajyor-tadqiqotchi ➖ 4 685 744 so'm

2️⃣sosiy doktorantura (aspirantura ilgari, hozir PhD) ➖5 293 118 so'm

3️⃣oktorantura (DSc uchun) ➖6 6 762 828 so'm

Ushbu stipendiyalar soliqqa tortilmaydi.

🔬Doktorantlarning aksariyati o'z tadqiqotlaridan tashqari kafedra yoki institutlarning boshqa loyihalarida ham ishlashadi, deyarli shuncha kishi hali ham ish haqi olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1😁1
📣 Germaniyada bepul oliy ta’lim olsa bo‘ladi. Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi bor.

❔ Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?
👉 Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);
👉 Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

☝️ Germaniyada o‘qish uchun nemis tilini bilish shartmi?

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

🗣️ Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🎉2👏1
📣 Navoiyda ham medinstitut ochilishi mumkin

Buxoro davlat tibbiyot instituti universitetga aylantirilishiga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilingandi. Loyiha muhokamasi yakunlangan.

👉 Loyihaga ko'ra, Buxoro tibbiyot universitetining Navoiy filiali tashkil etiladi.

Va 2023/2024-o‘quv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga o‘tkaziladi.

‼️ Ma'lumot uchun: "O'zbekiston – 2030" strategiyasida Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro davlat tibbiyot universitetiga, Navoiy davlat pedagogika instituti — Navoiy davlat universitetiga aylantirilishi belgilangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉3❤1
❓ Toshkentda qayerda piknik qilish kerak?

Biz boradigan joylar ro'yxatini tuzdik, u erga borish uchun qisqa vaqt kerak bo'ladi va siz bilan birga ovqat olib, ochiq havoda ovqatlanishingiz mumkin.

👉 EcoPark

👉 Botanika bog'i

👉 Yapon bog'i

👉 "Jasorat" yodgorligi yaqinidagi Park

👉 "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi yonidagi Park

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1🔥1
📣 Milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlashiga

‼️Chet tillaridan oktabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlashiga 3 kun qoldi (7-oktabr) (my.gov.uz)

‼️Chet tillaridan oktabr oyida boʻlib oʻtadigan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 17 kun qoldi (21-22-oktabr)

‼️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 5 kun qoldi (9-15-oktabr) (my.uzbmb.uz)

‼️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 25 kun qoldi (29-oktabr)

‼️Biologiya va qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 26 kun qoldi (30-oktabr-5-noyabr) (my.uzbmb.uz)

‼️Biologiya va qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 46 kun qoldi (19-noyabr)

‼️Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 40 kun qoldi (13-19-noyabr) (my.uzbmb.uz)

‼️Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 60 kun qoldi (3-dekabr)

‼️Matematika va rus tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishiga 61 kun qoldi (4-10-dekabr) (my.uzbmb.uz)

‼️Matematika va rus tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari boshlanishiga 81 kun qoldi (24-dekabr)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
💰 Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha?

Umumta’lim maktablarida oylik maoshi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi:

Direktor:
➖3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi);
➖4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq).

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
➖3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi);
➖3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi);
➖4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi);
➖4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq)

Oʻqituvchilar:
➖Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 575 ming 884 soʻm;
➖Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm;
➖Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm;
➖Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm;
➖Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm.

Psixologlarning maoshi:
➖ Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m;
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m;
➖ Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m;
➖ Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m;
➖ Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m.

Kutubxonachilarning maoshi:
Kutubxona mudiri:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m.
Kutubxonachi:
👉 O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m;
👉 Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m.

CHQBT rahbari:
2 mln 755 ming 648 soʻm.

Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢11👍8😁4🤔3🙊2🤷‍♀1
⚡️ Xususiy bogʻcha uchun olingan kreditlarning imtiyozli davri uzaytirildi

Prezident qaroriga (2023 yil, 27 sentyabr, PQ-316) asosan 2018-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik(DXSH) asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati 2024 yil 1 oktyabrgacha uzaytirildi. Bunda:

➖imtiyozli davr davomida tadbirkorlik subʼektlari tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;

➖imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥2🔥1
⌛️ Vaqt - bu asosiy boylik!

☝️ Siz o'ylanib o'tirganingizda kimdur tavakkal qilib muvaffaqiyatga erishmoqda.
☝️ Ba'zida tavakkal qilishning ham foydalari bor.
☝️ Qo'rquv esa sizga halaqit beradi.
☝️ Qo'rquv keraksiz fikrlar to'plami.
☝️ Bunday fikrlardan o'zingizni tiying.
☝️ O'ylab o'tirishga esa vaqt yo'q!
☝️ O'sha ishingizni bugun va hozir qiling!

©️Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4❤‍🔥2
📌 Talabalar va doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish portali

Marhamat kirib tanishib chiqishingiz mumkin 👇
https://stipendiya.edu.uz/

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6👍3❤1
⚡️ O'qishni ko'chirishda kredit to'lash ta'lim sifatini oshiryaptimi?

O'qishni ko'chirish jarayonlarida fanlar farqi hamda GPA ballar sababli kredit summalarini to'lash hamda kurslar pasayishi avj ola boshladi.

🗄 Vazirlik tomonidan oliygohlarga yuborilgan ko'rsatma haqida ushbu holatlar inobatga olish lozimligi ta'kidlangan edi. Biroq, bu yerda o'ylaydigan bir masala shu-ki, kredit (pul) to'lattirish orqali ta'lim sifatiga qanday ta'sir o'tkazilyapti? Talabadan pul undirish shundoq ham cho'kib borayotgan oliy ta'lim tizimiga sifat olib kiryaptimi? Yoki o'qishini ko'chirayotgan talaba pul to'laganidan so'ng bilimli bo'lib qolyaptimi?

🎓 Ta'lim ochiqdan-ochiq biznes manbaiga aylanib qolayotgani, turli xil qarorlar orqali hamma jarayonlar mablag'ga borib taqalayotgani, sifat emas summa muhim o'ringa chiqib qolayotgani alal-oqibati nimalarga olib kelishini tasavvur qilish qiyin emas.

Hozirgi tizim talabalarni talayotgan bo'lsa, tizimning mevalari kun kelib xalqni talashi tabiiy.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥5👏2
♻️ Ekolog va tibbiyotchilar uchun mlnlik stipendiyalar bor

— 2023 yil 1-sentyabrdan
ekologiya vaziri stipendiyasi talabalarga to‘lana boshlangani xabar berilgandi.

🌳Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi talabalar uchun.

🎓Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

— Tibbiyot OTMlari talabalari uchun

Tibbiyot OTMlari va medtexnikumlarda o‘qiyotgan talabalar uchun BHMning 3 baravari miqdorida — 990 ming so‘mlik stipendiya joriy etilgan.

IELTS darajasi kamida 7,5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo‘lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥3👏2
📣 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

✅ 2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥2👏2😁1
📣 Rasman: Milliy ingliz tili sertifikati (CEFR) imtihonlari sanalari e'lon qilindi

📆 Imtihonlar tez orada 2023-yil 21-22 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Sertifikatlash ballarining 60% majburiy blokdan, 85% va undan koʻpi esa asosiy fandan ozod qilinadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish: https://my.uzbmb.uz/login yoki https://my.gov.uz/oz/service/559 sayti orqali 7 oktyabrgacha

💰Narxi: 445 500 so'm va omonat 8 oktyabrgacha

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1👏1🤣1