Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Texnikumlarga kirish imtihonlarining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

👨‍💻 Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

27-sentyabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥2
📣 2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari toʻrtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Imtihonlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha oʻtkazilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3❤1
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (4-Savol)

◀️Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilib, kredit ajratish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Ariza rad etilganda uning sababi ko‘rsatilishi kerak.

Kredit berish ma’qullanganda, talaba va bank o‘rtasida bir yillik kontraktni to‘lash haqida shartnoma tuziladi.

Keyingi o‘quv yili uchun kredit olishda talaba o‘sha yil uchun shartnomani olib keladi va qo‘shimcha kelishuv tuzilib, kredit ajratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (5-Savol)

◀️Kredit foizi qancha?

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida, ya’ni 14 foiz miqdorda ajratiladi. Barcha xotin-qizlar uchun esa kredit foizlari jamg‘armaning o‘zi tomonidan qoplanadi. Bu degani xotin-qizlarga kredit FOIZSIZ ajratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (6-Savol)

◀️Kredit naqd ko‘rinishda beriladimi?

Kredit talabaning plastigiga yoki naqd ko‘rinishda o‘ziga berilmaydi, kredit OTM shartnomasida yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kredit kontrakt miqdorini to‘rtga bo‘lib o‘tkaziladi. Masalan kontrakt 20 mln bo‘lsa, har chorakda 5 mlndan o‘tkaziladi.

Kontraktni har yarim yilda yoki birdaniga to‘lash kerak bo‘lsa, talabaning yozma arizasiga asosan kontrakt 2 ga bo‘lib yoki birdaniga to‘lanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2
📣 "Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi

Bunda daftarga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo'nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.

👀 Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.

✔️ Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.

👉 Ro‘yxat

‼️ Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

📌 Xabarni repetitorga borishga qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🥰3👏1
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (7-Savol)

◀️Kredit qachon qaytariladi?

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Foiz to‘lovlari esa bank tomonidan belgilangan muddatda to‘lanadi.

Bu nima degani? Masalan, talaba 20 mln kredit oldi va u o‘qishni 2026 yil 1 iyulda tugatadi. Talaba 20 mln so‘mni 2027 yil 1 fevraldan boshlab 7 yil davomida (2034 yilgacha) to‘laydi. 20 mlnning ustiga qo‘yilgan yillik 14 foizni esa bank belgilagan vaqtdan boshlab to‘laydi.

Talaba kreditning asosiy qarzi va (yoki) foizini 180 kundan ko‘p muddat to‘lamay yursa, bank garov hisobidan qarzdorlikni qoplaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🥰3👏3
📣 Sun'iy intellekt bilan universitetlarda forma talablari to'g'risida bir o'z suhbat

Kecha men sun'iy intellekt bilan universitetlarda forma talablari to'g'risida bir oz suhbatlashdim va nima uchun davlat universitetlarida ta'lim sifatiga emas, balki tashqi ko'rinishga e'tibor qaratilayotganining mohiyatini tushuntirishni so'radim.

😁 Men shunaqa javob oldim...
— Nima uchun O'zbekiston davlat oliy o'quv yurtlarida tashqi ko'rinishga e'tibor qaratilayotgani va ular ta'lim sifatiga ahamiyat bermayotganiga kelsak, bu erda bir nechta omillarni ajratib ko'rsatish mumkin:

An'analar. O'zbekistonda davlat oliy o'quv yurtlarida kiyim-kechak shakli uzoq vaqtdan beri odatiy hol bo'lib kelgan. Bu jamiyatda ildiz otgan an'ana.

Madaniy qadriyatlar. O'zbekistonda tashqi ko'rinishga katta ahamiyat beriladi. Odamlar ko'pincha bir-birlarini tashqi ko'rinishiga qarab baholaydilar va bu talabalarga ham tegishli.

Moliyalashtirishning etishmasligi. O'zbekistondagi davlat universitetlari ko'pincha mablag' etishmayapti. Bu oliy o'quv yurtlari uchun ta'lim sifati ustuvor emasligiga olib kelishi mumkin.

🎓 Albatta, barcha talabalar kiyim kiyish talabiga rozi emaslar. Ba'zilar, bu ularning so'z erkinligini cheklaydi, deb hisoblashadi. Boshqalar buni ta'lim sifati bilan hech qanday aloqasi yo'q deb hisoblashadi.

🤩 So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida liberallashtirish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu kelajakda davlat universitetlarida kiyim kiyish talabining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

🚩Shakl talabi qachon butunlay bekor qilinadi deb o'ylaysiz?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤‍🔥2👏2
🔝Times Higher Education butun dunyo bo'ylab universitetlar reytingini e'lon qildi

👉 Barcha reytingni ko'rish: https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/world-ranking

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤‍🔥3❤2👏2
✔️ Talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

‼️Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

Zoomrad ilovasini havola orqali yuklab oling

🍏 IOS
🤖 Android

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥2
🔥Talabamizdan Zoomrad ilovasi bilan shartnoma uchun foizsiz to'lash bo'yicha ko'rsatmalar

📲 Agar siz onlayn pul to'lamoqchi bo'lsangiz, Play Market-da Zoomrad dasturini yuklab olishingiz kerak. Ro'yxatdan o'ting, ma'lumotlaringizni kiriting.

☝️ Yuklab olingandan so'ng, sizga kerak bo'ladi sizning 25%, 50%,75% yoki 100% shartnoma miqdorini va foizini ko'rsating.

📌 O'zim ham o'qish paytlari shu ilova orqali to'lardim (komissiyasiz) — bo'shqa ilovalarda komissiyasi bor!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2👏2🤔1
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar

➡️Ta’lim krediti qay tartibda ajratiladi?

Talabalarga ta’lim krediti ajratish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil qilingan.

Mazkur jamg‘arma orqali ajratilgan kreditlar foizi Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi, bugungi kunda 14 foiz.

Jamg‘arma kreditlarni banklar orqali ajratadi. Kredit ajratadigan banklar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.

Boshqa ta’lim kreditlarning foiz stavkasi, ularni olish, qaytarish tartibini banklar mustaqil belgilaydi.

➡️Kreditlar kimlarga ajratiladi?

Ta’lim krediti o‘qish muddati bir yil va undan ko‘p bo‘lgan barcha OTMlarda, texnikum va kollejlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi.

Bunda ta’lim tashkilotining davlatniki yoki xususiyligining ahamiyati yo‘q, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga ham ta’lim krediti ajratiladi.

“Super kontrakt”ni to‘lash uchun ta’lim krediti berilmaydi.

➡️Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Kredit olish uchun banklarga quyidagi hujjatlar beriladi:

— ariza;
— shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda).
shartnomada o‘qishni tamomlashning muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
— garov va kafillik bo‘yicha hujjat.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilganlar uchun);
— bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.

Mazkur hujjatlar bilan bir vaqtda pasport yoki ID-karta ko‘rsatiladi (mazkur hujjatlarning nusxalarini arizaga qo‘shib topshirgan ma’qul).

Arizani istalgan vaqtda berish mumkin, aniq cheklovlar mavjud emas.

➡️Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilib, kredit ajratish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Ariza rad etilganda uning sababi ko‘rsatilishi kerak.

Kredit berish ma’qullanganda, talaba va bank o‘rtasida bir yillik kontraktni to‘lash haqida shartnoma tuziladi.

Keyingi o‘quv yili uchun kredit olishda talaba o‘sha yil uchun shartnomani olib keladi va qo‘shimcha kelishuv tuzilib, kredit ajratiladi.

➡️Kredit foizi qancha?

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida, ya’ni 14 foiz miqdorda ajratiladi. Barcha xotin-qizlar uchun esa kredit foizlari jamg‘armaning o‘zi tomonidan qoplanadi. Bu degani xotin-qizlarga kredit FOIZSIZ ajratiladi.

➡️Kredit naqd ko‘rinishda beriladimi?

Kredit talabaning plastigiga yoki naqd ko‘rinishda o‘ziga berilmaydi, kredit OTM shartnomasida yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kredit kontrakt miqdorini to‘rtga bo‘lib o‘tkaziladi. Masalan kontrakt 20 mln bo‘lsa, har chorakda 5 mlndan o‘tkaziladi.

Kontraktni har yarim yilda yoki birdaniga to‘lash kerak bo‘lsa, talabaning yozma arizasiga asosan kontrakt 2 ga bo‘lib yoki birdaniga to‘lanishi mumkin.

➡️Kredit qachon qaytariladi?

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Foiz to‘lovlari esa bank tomonidan belgilangan muddatda to‘lanadi.

Bu nima degani? Masalan, talaba 20 mln kredit oldi va u o‘qishni 2026 yil 1 iyulda tugatadi. Talaba 20 mln so‘mni 2027 yil 1 fevraldan boshlab 7 yil davomida (2034 yilgacha) to‘laydi. 20 mlnning ustiga qo‘yilgan yillik 14 foizni esa bank belgilagan vaqtdan boshlab to‘laydi.

Talaba kreditning asosiy qarzi va (yoki) foizini 180 kundan ko‘p muddat to‘lamay yursa, bank garov hisobidan qarzdorlikni qoplaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏3🔥2🤔1
📣 Nodavlat universitet ham xalqaro reytingga kirishga da’vogar bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

☝️ E’tiborlisi, unda ilk bor O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta‘lim muassasalaridan biri – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ham "Reporter" maqomida o‘rin oldi.

Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.

👉 Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.

Toshkent kimyo xalqaro universiteti universitetning ilmiy-pedagogik jamoasi va talabalarini nufuzli reytingga kirish yo‘lidagi kichik g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤣7🕊4
📌 Ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanadi(Mehnat kodeksi).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3👏3