Ta'limda nima gap?
80.3K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga qanday hujjatlar kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍230😢116❤‍🔥14🔥14🤯12🗿11
👨‍🎓 Akang "uje" kuchaydi, akang talaba uje

👩‍🎓 Opang kuchaydi "uje", opang talaba uje



Jamoamiz nomidan AVATAR va INSTAGRAM STORY uchun ijod mahsuli.

♻️ Barcha talaba bo'lganlarga yuboring!

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍145😭51😁37🥰18😢15🔥12
⚡️ Birinchi kurs talabalari diqqatiga!

Mana o'qishga kirib ham oldingiz, endi tezroq qayerda yashashni ham hal qilish kerak. Hademay o'qishlar boshlanadi.

2023/2024-oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin bo'ldi.

Hoziroq bu xizmatdan foydalaning. O'qish boshlanganda ota-onangizni sarson qilmay to'g'ri yotoqxonaga joylashgan ma'qul.

❗️ Eslatma: yotoqxonalarda 60 foiz joy 1-kurslarga ajratiladi.

➡️ Birinchi o'rinda yotoqxonaga joylashadigan talabalar

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107😢14😁139🔥8🤯2
Ko'pchilik so'rayapti: Yetarli ball to'play olmasa nima bo'ladi?

✔️ O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar oshirilgan kontrakt asosida o'qishlari mumkin, bunda:

👉 Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
👉 Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
👉 Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u 56.7 ball ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi

🎚️ Agar talaba 56.6 va undan kam ball to'plaganlar tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktining minimal miqdorining 2 barobarini to'laydi. Ya'ni super kontrakt 10 barobar bo'lsa, 56.6dan kam to'plaganlar 20 barobar to'laydi.


❗️ Yo'nalishlar uchun kontrakt narxlari hali tasdiqlanmadi chiqqandan so'ng sizlarga qulaylik uchun telegram botimiz orqali javob qaytaramiz. Tez orada sizga bu haqida e'lon qilamiz

@Talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🤯21😁52🥰1
Talaba bo‘lgan abituriyent o‘qishni xohlamasa, undan pastdagi abituriyent tepaga ko‘tariladimi?

Yo‘q, talabalikka qabul qilingan, biroq o‘qishni xohlamagan abituriyentning kvotasi bo‘sh qoladi. Lekin undan keyingi o‘rindagi abituriyent yuqori ko‘tarilmaydi. Bu abituriyent super-kontrakt bilan o'qishi mumkin.

Xullas, bunaqa holatda kimdir talaba bo‘lish baxtidan ayriladi. Shuning uchun ham shunchaki bilimini sinash uchun o‘qishga topshirib ko‘rish kimningdir imkonini olib qo‘yish bilan teng bo‘lishi mumkin.

© Asos

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51😢35🤯11🔥6🌚4😱3
#talabaga_qulaylik

⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi. Endilikda, talabalikka tavsiya etilganlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

➡️ Eslatib oʻtamiz, ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tib, so‘rov yuboradi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
👍53😢138❤‍🔥8🤯3
Faqat eng to'g'ri qarorlarni qoldiring!

Inson bir kunda 35 mingta qaror qabul qilar ekan. Afsuski, ularning ko‘pi qat’iy fikr bo‘lmasdan miyamizni behuda band qilib, vaqtimizni o‘g‘irlaydigan xayollar bo‘lib chiqarkan...

Vaqt o'g'irlaydigan fikrlardan qoching va eng to'g'rilarini tezroq maqsadga aylantiring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍52👏13🔥73🥰3
👨‍🎓 Evropada IELTS siz hujjat topshirsa boʻladigan 20 ta universitet

📌Germaniya 🇩🇪

Evropaning eng arzon universitetlari mavjud boʻlgan davlat. Bu yerdagi ba'zi maktablar, agar oldingi o'quv dasturingiz ingliz tilida o'qitilgan bo'lsa, IELTS imtihonini topshirishingizni talab qilmaydi.

1. University of Siegen
2. University of Koblenz and Landau
3. Esslingen University of Applied Sciences
4. University of Kaiserslautern
5. University of Giessen
6. Free University of Berlin
7. Technical University of Braunschweig

📌Fransiya 🇫🇷

IELTS sertifikatisiz ariza topshirishingiz mumkin bo'lgan ko'plab ta'lim dasturlari mavjud. Buning o'rniga siz ingliz tilida intervyu olishingiz yoki ilgari o'qigan ingliz tilida so'zlashuvchi ta'lim muassasasidan transkript taqdim etishingiz mumkin.

8. American Business School, Paris
9. EBS Paris
10. ESAIP School of Engineers
11. EPITA Graduate School of Computer Science
12. ESC Rennes School of Business, France

📌Italiya 🇮🇹

Mamlakat nafaqat pitssa, balki moda, dizayn, kino, opera, arxitektura olamiga qo'shgan hissasi bilan ham tanilgan. Bu yerda dunyodagi eng qadimgi universitetlardan ba'zilari koʻrsatilgan. Agar nomzod so‘nggi uch yil ichida ingliz tilida o‘qiganligini isbotlay olsa, ularning aksariyati IELTS imtihonidan ozod qilinadi.

13. University of Bologna
14. Polytechnic University of Milan

📌Ispaniya 🇪🇸

Ko'pgina ispan universitetlari o'zlarining diplom dasturlari bo'yicha o'qishni IELTS imtihonlarisiz taklif qilishadi.

15. Universidad Antonio de Nebrija
16. Pablo de Olavide University
17. University of Valencia

📌Norvegiya 🇳🇴

Mehmondo'st xalq, yuqori turmush darajasi mavjud, rivojlangan mamlakat. Shuningdek, mahalliy universitetlarga IELTS sertifikatisiz ham kirish mumkin.

18. University of Oslo
19. University of Bergen
20. Norwegian University of Science And Technology

Qiziq, yana qayerda IELTSsiz o'qish mumkin? O'z reaksiyangizni qoldiring, shunda biz ikkinchi qismi kerakligini tushunamiz 👇

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥64👌3
🔔Xususiy oliygohlar ro'yxati - 2023

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta'lim muassasalarining yangilangan ro'yxati bilan tanishing:

1. International Digital University
2. Akfa Universiteti
3. Alfraganus Universiteti
4. Angren Universiteti
5. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
6. Axborot texnologiylari va menejment universiteti
7. British management university
8. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
9. Buxoro innovatsiyalar universiteti
10. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
11. Cambridge International University
12. Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti
13. Central Asian medical university
14. Collegium Humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali
15. Namangan Xalqaro Universiteti
16. Diplomat University
17. Xalqaro Innovatsion Universiteti
18. EMU University
19. Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
20. Farmasevtika ta'lim va tadqiqot universiteti
21. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
22. Impuls tibbiyot instituti
23. International school of finance technology and science
24. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti
25. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
26. IT-PARK University
27. Japan digital University
28. Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali
29. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti
30. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
31. Navoiy innovatsiyalar instituti
32. Nukus innovatsion instituti
33. Oriental Universiteti
34. Osiyo Xalqaro Universiteti
35. PDP University
36. Perfect University
37. Profi University
38. Qarshi innovatsion ta'lim universiteti
39. Qarshi xalqaro universiteti
40. Qo'qon universiteti
41. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
42. Renessans ta'lim universiteti
43. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
44. Sambhram university
45. Sharda university
46. Stars international university
47. Toshkent international university of education
48. Team university
49. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
50. TMC institute
51. Toshkent amaliy fanlar universiteti
52. Toshkent gumanitar fanlar universiteti
53. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
54. Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
55. Toshkent menedjment va iqtisodiyot universiteti
56. Webster university
57. Adju universiteti
58. AMITI universiteti
59. Inha universiteti
60. Puchon universiteti
61. Turin politexnika universiteti
62. Kimyo xalqaro universiteti
63. Toshkent texnologiyalari universiteti
64. Turon zarmed universiteti
65. University of business and science
66. University of economics and pedagogy
67. University of management and future technologies
68. University of science and technologies
69. Urganch innovatsion universiteti
70. Urganch ranch texnologiya universiteti
71. Urganch shahridagi  xalqaro Binary universiteti
72. Xalqaro Nordik universiteti
73. Yangi asr universitet
74. Turan International University
75. Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
76. Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
77. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
78. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
79. Turon universiteti
80. Piza University

🔤Eslatma: Ro'yxatdan ba'zi oliygohlar qolib ketgan bo'lishi mumkin.

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🤪2013🤔10🤯3🥰2
⚡️Magistraturaga qabul natijalari 30 avgustga qadar e'lon qilinadi.

Bu haqda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qabul komissiyasining mas'ul kotibi ma'lum qildi.

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍19😢1452
⚡️Rasman: Yuqori ball olmagan barcha abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

🗂 Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;

Hujjatlar shu yilning 30-avgustiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🤣17😁5👀3❤‍🔥1🔥1
‼️O'zbekistondan 1000 dan ortiq hamshiralar, medsestralar, felsherlar, amaliyotchi vrachlar, laboratoriya yordamchilari Janubiy Koreya, Turkiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlarga o'qishga yuboriladi.

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48😁7🔥65🤯4
📌Rasmiy statistika: abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etish natijalari

2023-2024 o'quv yili uchun 948 000 dan ortiq abituriyentlardan 888 660 nafari oliy o'quv yurtlari bakalavriatga kirish sinovlarida ishtirok etdi 59 831 nafari ishtirok etmadi.

67 nafar ariza beruvchi hududga kirishda tartibni buzgani uchun, 148 nafari esa sinov paytida sinovlardan chetlatilgan.

📻Qoidabuzarliklarning aksariyati taqiqlangan qurilmalarni, shu jumladan telefonlar va planshetlarni joriy etish yoki amalga oshirishga urinish va boshqa abituriyentlar o'rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishlari bilan bog'liq.

✔️Top 3 huquqbuzarlar:

➡️34 (23%) — Samarqand viloyati;
➡️31 (20,9%) — Toshkent shahri;
➡️ulardan 20 tasi (13,5%) — Farg'ona viloyatiga tegishli.

😑Qoraqalpog'iston Respublikasi (1), Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida eng kam qoidabuzarliklar qayd etilgan (har biri 3 tadan).

© Manba

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62😢9🔥3🥰3🤯2
👀Talabalarga yangillik: kontrakt pulining bir qismi kimlarga to‘lab beriladi?

Xususan, yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan talabalarga to‘lov-kontraktining 50%igacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdori qoplab beriladi.

O‘zbekistonda ayrim toifaga kiruvchi talabalarning to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi. Bu bo‘yicha 2022-yilning iyun oyida qabul qilingan hukumat qarorida qayd etilgandi.

📌Xususan, quyidagi toifaga kiruvchi talabalarning kontrakt summalari qoplab beriladi:
— “Temir daftar"ga kiritilgan oila farzandi;
— “Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar farzandi;
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
— Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
— Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlagan o‘quvchi-talaba;
— Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
— Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
— Oilasi kam ta’minlangan talaba.

📌Professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida ta’lim olayotgan quyidagi talabalarga kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi:
— bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
— magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida.

🗣️Mazkur xarajatlar yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50%igacha, biroq BHMning 50 baravari (16,5 mln so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq to‘lab beriladi.

📌To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagi toifalarlarga amal qilmaydi:
— ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
— qo‘shma ta’lim dasturlari;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlar.

Nima qilish kerak?
Bunda talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etish lozim.

Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi.

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi 3 ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi 5 ish kuni ichida to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi.

Bunda to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

🗣️Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng 3 ish kuni ichida belgilangan miqdordagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional ta’lim yoki oliy ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥4🤔32😁1
🗓4 sentyabrdan boshlab metro stansiyalari yonidagi 31 ta oliy o'quv yurtida o'quv jarayoni boshlanish vaqti e'lon qilindi.

Ⓜ️Toshkent metropolitenida yo'lovchilar oqimini to'g'ri taqsimlash maqsadida stansiyalar yaqinida joylashgan oliy o'quv yurtlarining soddalashtirilgan ish jadvali tasdiqlandi, shunda talabalar darslarga o'z vaqtida kelishlari osonroq bo'ladi.

Unga ko'ra 2023 yil 4 sentabrdan boshlab yuqoridagi 31 ta oliy o'quv yurti talabalari (suratda) o'zgartirilgan jadval asosida darslarga qatnaydilar.

‼️Eslatib o'tamiz, Prezident Farmoniga binoan 2 sentyabr — shanba Mustaqillik kuni munosabati bilan qo'shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan, shuning uchun 1-3 sentyabr kunlari hamma uchun dam olish kunlari bo'ladi. Shu munosabat bilan yangi 2023/2024 o'quv yili 4 sentabr (dushanba) kuni respublikamizning barcha davlat oliy va kasb-hunar ta'limi muassasalari va akademik litseylarida boshlanadi.

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40🌚43🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 O'qishga kirolmagan bola dadasiga habar yubormoqda

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣98😁19👍173🗿2😢1