Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi

Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️ Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4❤3
📌 1-kurslarga eslatma: ularga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✔️ Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

✔️ Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

❗️ To'lab berilarkan deb shartnoma qilmay yuraverish ham yaxshi emas. Hamma harakatni qilib qo'ygan ma'qul.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2👏2
📣 Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.

✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:
➡️25% qismini — 1-kursga tavsia etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha;

➡️50% qismini — 1-yanvargacha;

➡️75% qismini — 1-aprelgacha;

➡️100% qismini — 1-iyulgacha.

Bundan xulosa qilish mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% to‘lov talab qilish amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% to‘lovni 15-sentyabrga qadar amalga oshirishlari lozim.

✔️ Kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥3👏1🎃1
📣 Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?

📌 O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);

📌 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)

📌 Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);

📌 Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;

📌 Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤓5👏4
❓ Nima uchun talaba ilmiy talabalar konferentsiyalarida nutq so'zlaydi?

☝️ Talabalarning ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishi butunlay ixtiyoriydir.

💰Konferentsiyalarda ishtirok etish va ishingizni nashr qilish uchun siz to'lovlar va materiallarni nashr qilish uchun to'lov to'lashingiz kerak bo'ladi.

👨‍🏫 Shuning uchun o'qituvchilar ularni unda ishtirok etishga majburlay olmaydi. Va printsipial jihatdan, ilmiy faoliyat majburiy o'quv rejasiga kiritilmagan va alohida baholanadi.

Biroq, bu faoliyatni foydasiz deb atash qiyin, buning sabablari ko'p. Biz ushbu postda ulardan ba'zilari haqida gaplashamiz.

1️⃣ Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (dissertatsiya) natijalarini aprobatsiya qilish

2️⃣ Notiqlik sifatlarini rivojlantirish

3️⃣ Yangi tanishlar

4️⃣ Ilmiy nashrda hech qanday qiyinchiliklar bo'lmaydi

5️⃣ Tanqidni tinglash qobiliyatini shakllantirish

6️⃣ Obro'-e'tibor

7️⃣ Kuchli aloqalar

🎓 Ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish talabalar uchun foydalidir, chunki bu ularga ko'nikmalarni rivojlantirish va bo'lajak hamkasblar va ish beruvchilar bilan aloqa o'rnatish imkonini beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🆒5❤3
📣 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirish boshlandi

Kecha, 15 sentabrdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi.

📆 2024 yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15 sentabridan 15 oktyabriga qadar yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.

Bunda, stajyor-tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanadi.

📌 Tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Doktorantura fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.

🗣️ Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4❤3❤‍🔥1
‼️ Rezyumeni qanday tuzish kerak? 9 professional rezyume qoidalari!

🚩 kerakli pozitsiyani aniq ifoda eting
— Kerakli pozitsiyaning nomi eng muhim nuqtadir. Rezyumening taqdiri uni qanday shakllantirishingizga bog'liq.

🚩 ish haqi to'g'risida oldindan qaror qabul qiling
— "Daromad darajasi" maydonida siz murojaat qilgan aniq pul miqdorini ko'rsatish yaxshiroqdir.

🚩 hazildan ushlanong
— Rezyume - bu biznes hujjati. Uni tuzayotganda istehzo, hazil va kinoyadan qoching.

🚩 qisqa bo'ling
— Rezyumeni epik romanga o'xshatmang: rezyume bitta sahifaga, ko'pi bilan ikkitasiga to'g'ri kelishi kerak.

🚩 ortiqcha shaxsiy ma'lumotlarni o'chirib tashlang
— O'zingizning xavfsizligingiz uchun rezyumeda shaxsiy ma'lumotlarni – pasport raqamini, yashash va ro'yxatdan o'tishning aniq manzilini va boshqalarni ko'rsatmang.

🚩 ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizga havolalar kerakmi yoki yo'qligini baholang
— Rezyumeda har doim ham o'z sahifangizga havola berishga arzimaydi — ish beruvchi u erda juda ko'p narsalarni bilib olishi mumkin.

🚩 imlo xatolari uchun rezyumeni tekshiring
— Rezyumeda grammatik xatolar va xatolar bo'lmasligi kerak-bu ish beruvchida juda salbiy taassurot qoldiradi.

🚩 ma'lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligini tekshiring
— Rezyumeni tuzishda halol bo'ling. Muayyan dasturlarni bilish, ma'lum ko'nikmalarga ega bo'lish-bularning barchasi juda tez tekshiriladi.

🚩 rezyumega fotosuratiz bo'lishi kerak
— Rezyumeda fotosuratga ega bo'lish shart emas, lekin agar siz uni qo'shishga qaror qilsangiz, esda tuting: rasmda faqat bitta odam bo'lishi kerak — siz, yuzingiz aniq ko'rinishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥3❤‍🔥1
📣 O‘zbekistonda eng ko‘p oylik maoshni qaysi kasbdagilar olyapti?

2023-yilning 1-yarmida eng ko‘p maoshni moliya va sug‘urta sohasi xodimlari olgan. O‘rtacha 12,4 mln so‘m. Keyingi o‘rinda esa axborot va aloqa yo‘nalishida ishlovchilar, ular o‘rtacha 9,5 mln so‘m olishadi.

👩‍⚕️ Eng kam maoshni esa doimgiday ta’lim va tibbiyot xodimlari oladi: ta’lim sohasidagilar o‘rtacha 3 mln, tibbiyot sohasidagilar esa 2,8 mln so‘m oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗿9👍6❤‍🔥4🤯2🔥1😱1
📣 Qaysi fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi?

Qonunchilikka ko‘ra, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

◀️o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida "Chet tili" fani;

◀️ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

◀️V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

◀️VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

◀️V — IX sinflarda "Texnologiya";

◀️X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik" fanlari;

◀️ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida "O‘zbek tili" fani;

◀️ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🤔2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (1-Savol)

◀️Ta’lim krediti qay tartibda ajratiladi?

Talabalarga ta’lim krediti ajratish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil qilingan.

Mazkur jamg‘arma orqali ajratilgan kreditlar foizi Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi, bugungi kunda 14 foiz.

Jamg‘arma kreditlarni banklar orqali ajratadi. Kredit ajratadigan banklar ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytida e’lon qilinadi.

Boshqa ta’lim kreditlarning foiz stavkasi, ularni olish, qaytarish tartibini banklar mustaqil belgilaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2👏2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (2-Savol)

◀️Kreditlar kimlarga ajratiladi?

Ta’lim krediti o‘qish muddati bir yil va undan ko‘p bo‘lgan barcha OTMlarda, texnikum va kollejlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi.

Bunda ta’lim tashkilotining davlatniki yoki xususiyligining ahamiyati yo‘q, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga ham ta’lim krediti ajratiladi.

“Super kontrakt”ni to‘lash uchun ta’lim krediti berilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (3-Savol)

◀️Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Kredit olish uchun banklarga quyidagi hujjatlar beriladi:

📌 ariza;
📌 shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda).
shartnomada o‘qishni tamomlashning muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
📌 garov va kafillik bo‘yicha hujjat.
📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi;
📌 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilganlar uchun);
📌 bankning ichki hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar.

Mazkur hujjatlar bilan bir vaqtda pasport yoki ID-karta ko‘rsatiladi (mazkur hujjatlarning nusxalarini arizaga qo‘shib topshirgan ma’qul).

Arizani istalgan vaqtda berish mumkin, aniq cheklovlar mavjud emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2👏2
📣 Texnikumlarga kirish imtihonlarining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

👨‍💻 Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

27-sentyabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥2
📣 2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari toʻrtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Imtihonlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha oʻtkazilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏3❤1
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (4-Savol)

◀️Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilib, kredit ajratish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi. Ariza rad etilganda uning sababi ko‘rsatilishi kerak.

Kredit berish ma’qullanganda, talaba va bank o‘rtasida bir yillik kontraktni to‘lash haqida shartnoma tuziladi.

Keyingi o‘quv yili uchun kredit olishda talaba o‘sha yil uchun shartnomani olib keladi va qo‘shimcha kelishuv tuzilib, kredit ajratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3❤2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (5-Savol)

◀️Kredit foizi qancha?

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida, ya’ni 14 foiz miqdorda ajratiladi. Barcha xotin-qizlar uchun esa kredit foizlari jamg‘armaning o‘zi tomonidan qoplanadi. Bu degani xotin-qizlarga kredit FOIZSIZ ajratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (6-Savol)

◀️Kredit naqd ko‘rinishda beriladimi?

Kredit talabaning plastigiga yoki naqd ko‘rinishda o‘ziga berilmaydi, kredit OTM shartnomasida yoki hisob varaqasi/fakturasida ko‘rsatib o‘tilgan hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Kredit kontrakt miqdorini to‘rtga bo‘lib o‘tkaziladi. Masalan kontrakt 20 mln bo‘lsa, har chorakda 5 mlndan o‘tkaziladi.

Kontraktni har yarim yilda yoki birdaniga to‘lash kerak bo‘lsa, talabaning yozma arizasiga asosan kontrakt 2 ga bo‘lib yoki birdaniga to‘lanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏2
📣 "Yoshlar daftari"ga kirganlarning o‘quv markazida o‘qish pullari to‘lab beriladi

Bunda daftarga kirgan yoshning ilm-fan, sport, madaniyat yo'nalishlarida o‘qishi uchun uzog‘i 6 oygacha, har oy 1 BHM — 330 ming so‘m to‘lab beriladi. Bunda mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi kerak bo‘ladi.

👀 Bundan tashqari, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha, har oy 4 BHM — 1,3 mln so‘mgacha pul ajratiladi.

Kursda o‘qimoqchi bo‘lgan yosh o‘zi va o‘quv markazi o‘rtasidagi shartnomani taqdim etishi kerak.

✔️ Respublika bo‘yicha "Yoshlar daftari"ga kirganlar o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘quv markazlari ro‘yxatlari mavjud. Undan hamma o‘z hududiga yaqinini topib tanishishi mumkin.

👉 Ro‘yxat

‼️ Eslatma: 6 oygacha pul ajratilgach, bu muddatda subsidiya olayotgan shaxs o‘quv kursida o‘qishi kerak. Buni yoshlar yetakchisi tekshirib turadi.

📌 Xabarni repetitorga borishga qiynalayotgan tanishlaringizga yuboring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🥰3👏1
📣 Kontrakt uchun foizsiz kredit. Ta’lim krediti bo‘yicha muhim savollarga javoblar (7-Savol)

◀️Kredit qachon qaytariladi?

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Foiz to‘lovlari esa bank tomonidan belgilangan muddatda to‘lanadi.

Bu nima degani? Masalan, talaba 20 mln kredit oldi va u o‘qishni 2026 yil 1 iyulda tugatadi. Talaba 20 mln so‘mni 2027 yil 1 fevraldan boshlab 7 yil davomida (2034 yilgacha) to‘laydi. 20 mlnning ustiga qo‘yilgan yillik 14 foizni esa bank belgilagan vaqtdan boshlab to‘laydi.

Talaba kreditning asosiy qarzi va (yoki) foizini 180 kundan ko‘p muddat to‘lamay yursa, bank garov hisobidan qarzdorlikni qoplaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🥰3👏3
📣 Sun'iy intellekt bilan universitetlarda forma talablari to'g'risida bir o'z suhbat

Kecha men sun'iy intellekt bilan universitetlarda forma talablari to'g'risida bir oz suhbatlashdim va nima uchun davlat universitetlarida ta'lim sifatiga emas, balki tashqi ko'rinishga e'tibor qaratilayotganining mohiyatini tushuntirishni so'radim.

😁 Men shunaqa javob oldim...
— Nima uchun O'zbekiston davlat oliy o'quv yurtlarida tashqi ko'rinishga e'tibor qaratilayotgani va ular ta'lim sifatiga ahamiyat bermayotganiga kelsak, bu erda bir nechta omillarni ajratib ko'rsatish mumkin:

An'analar. O'zbekistonda davlat oliy o'quv yurtlarida kiyim-kechak shakli uzoq vaqtdan beri odatiy hol bo'lib kelgan. Bu jamiyatda ildiz otgan an'ana.

Madaniy qadriyatlar. O'zbekistonda tashqi ko'rinishga katta ahamiyat beriladi. Odamlar ko'pincha bir-birlarini tashqi ko'rinishiga qarab baholaydilar va bu talabalarga ham tegishli.

Moliyalashtirishning etishmasligi. O'zbekistondagi davlat universitetlari ko'pincha mablag' etishmayapti. Bu oliy o'quv yurtlari uchun ta'lim sifati ustuvor emasligiga olib kelishi mumkin.

🎓 Albatta, barcha talabalar kiyim kiyish talabiga rozi emaslar. Ba'zilar, bu ularning so'z erkinligini cheklaydi, deb hisoblashadi. Boshqalar buni ta'lim sifati bilan hech qanday aloqasi yo'q deb hisoblashadi.

🤩 So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida liberallashtirish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu kelajakda davlat universitetlarida kiyim kiyish talabining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

🚩Shakl talabi qachon butunlay bekor qilinadi deb o'ylaysiz?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤‍🔥2👏2
🔝Times Higher Education butun dunyo bo'ylab universitetlar reytingini e'lon qildi

👉 Barcha reytingni ko'rish: https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/world-ranking

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤‍🔥3❤2👏2