Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Nodavlat oliygohlar haqida!

So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.

09.08.2023 yil holatiga ko'ra, Respublikada 80 dan ziyod nodavlat oliygohlar litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda.

◀️Xo'sh xususiy oliygohlarning davlat oliygohlaridan farqi nimada?

🏛 Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan afzalliklari:

👉Xususiy oliygohlarda ta'lim sifati davlat oliygohlaridan kamida 2 barobar yuqori
👉Xorijlik o'qituvchilar, yuqori malakaga ega noyob pedagoglar
👉Darslarning asosan chet tilida olib borilishi
👉Bakalavr daraja bilan birgalikda chet tili o'rganish imkoniyati
👉Ayrim oliygohlari ta'lim davrida IELTS darajasini ham kafolatlaydi
👉Zamonaviy o'quv auditoriyalari va zamonaviy sharoit-muhit
👉Qattiqqo'l o'quv tizimi
👉O'qishga kirishning nisbatan osonligi
👉Deyarli ta'lim davrida ish topish, ayniqsa xorijiy davlat yoki xorijiy kompaniyalardan ish topishning osonligi

🏛Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan kamchiligi:

👉Kontrakt summalarining yuqoriligi (hozirgi raqobat narxlarni keskin tushirmoqda)
👉Ta'lim yo'nalishlarining nisbatan kamligi
👉Davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish imtihon asosida bo'lishi
👉Qattiqqo'l ta'lim tizimi (ayrim talabalar buni kamchilik deb hisoblashadi)

☝️ Aslida moliyaviy imkoniyati ko'targan kishilar nodavlat oliygohlarda o'qiganlari yaxshi. Sababi u yerdagi ta'lim tizimi sizni o'sishingizga majbur qiladi. Sohangizni va til o'rganasiz. Xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalarga ishga kirishga oliygohlarning o'zi sizga ko'maklashadi. Xullas nodavlat OTMlarda o'zaro raqobat borligi sababli ham ular talaba va sharoitlarni juda yuqori qilishga harakat qiladi. Agarda moliyaviy imkoniyatingiz ko'tarsa xususiy oliygohlarda o'qing, ko'tarmasa davlat oliygohlarida.

⚠️ XULOSA: Nodavlat OTMlarda tahsil olayotgan talabalar qo'rqmay tahsilni davom ettiring. Sizga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir daqiqani g'animat biling va shaxsiy karyerangiz uchun harakat qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏6❤3🤣1
📣 Talabalar bilan ijara shartnomalari qanday tuziladi

Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.

👉 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish sayti orqali
Bunda ijaraga beruvchi platforma orqali “Talabalar ijarasi” bo‘limini tanlab “Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma’lumot” oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda “Qo‘shish” tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

📲So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi.

Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

👉 “Soliq” mobil ilovasi orqali
Ilovaning “Ijaraga berish” undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Unda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi.

👌 Talabalar “Face ID” yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

🗣️ Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi.

☝️ Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Shuningdek, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Uy-joyni ijaraga beruvchilar shartnomani portal orqali davlat hisobiga bepul qo‘yishi mumkin.

‼️ Bu ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤5👏4🔥3
📣 Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.

Unga koʻra:
◀️Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.

‼️Ijtimoiy taʼminot yordami talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5❤3
📣 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

‼️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4🔥3
📍 Hududlarda davlat universitetlari yotoqxonalarining joylashuvi

1️⃣ Buxoro
2️⃣ Andijon
3️⃣ Farg'ona
4️⃣ Jizzax
5️⃣ Namangan
6️⃣ Navoiy
7️⃣ Qashqadaryo
8️⃣ Qoraqalpog'iston
9️⃣ Samarqand
1️⃣0️⃣ Sirdaryo
1️⃣1️⃣ Surxondaryo
1️⃣2️⃣ Toshkent viloyat
1️⃣3️⃣ Xorazm

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤11👏6🔥2🤔1
Ta'limda nima gap? pinned «📍 Hududlarda davlat universitetlari yotoqxonalarining joylashuvi 1️⃣ Buxoro 2️⃣ Andijon 3️⃣ Farg'ona 4️⃣ Jizzax 5️⃣ Namangan 6️⃣ Navoiy 7️⃣ Qashqadaryo 8️⃣ Qoraqalpog'iston 9️⃣ Samarqand 1️⃣0️⃣ Sirdaryo 1️⃣1️⃣ Surxondaryo 1️⃣2️⃣ Toshkent viloyat 1️⃣3️⃣ Xorazm…»
👍20🤔14🤣8
‼️ Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1️⃣ O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2️⃣ Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3️⃣ Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4️⃣ O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5️⃣ Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

📣 Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰4🤯3
📣 2-oktyabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi

Yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

◀️Ilgari bunaqa qoida yo‘q edi, masalan, Navro‘z bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda 2 ta dam olish kuni bittada o‘tib ketardi. Endi bunday bo‘lmaydi va dam olish kuni bayramga to‘g‘ri kelsa, unda ko‘chiriladi.

O‘zbekistondagi birinchi ana shunday amaliyot 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni ushbu bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun, 2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni sifatida belgilandi.

Maʼlumot uchun: 2024-yilda 2 ta bayram dam olish kuniga to‘g‘ri keladi, bular: 1-sentabr — Mustaqillik kuni hamda 8-dekabr — Konstitutsiya kuni. Demak, mana shu ikkala bayramda ham 2-sentyabr hamda 9-dekabr dushanba kunlari dam olish kuni bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏3❤2🔥1
📣 Rasman: Milliy ingliz tili sertifikati (CEFR) imtihonlari sanalari e'lon qilindi

📆 Imtihonlar tez orada 2023-yil 21-22 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Sertifikatlash ballarining 60% majburiy blokdan, 85% va undan koʻpi esa asosiy fandan ozod qilinadi.

✍️ Roʻyxatdan oʻtish: https://my.uzbmb.uz/login yoki https://my.gov.uz/oz/service/559 sayti orqali 7 oktyabrgacha

💰Narxi: 445 500 so'm va omonat 8 oktyabrgacha

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🌚3❤2🔥1
☄️ O'qishni davlat universitetlariga ko'chirish uchun yana uchta xususiy universitetdan ariza topshirildi

1️⃣ Toshkent amaliy fanlar universiteti – 3466.
2️⃣ Toshkent xalqaro universiteti (Toshkentdagi Yeoju texnika instituti) – 1784.
3️⃣ Xalqaro moliya va texnologiya maktabi – 1447.

🔴 Turli sabablarga ko'ra ko'plab talabalar davlat universitetlariga o'tishni xohlashdi. Biroq, ularning taxminan 8 foizi transferga muvaffaq bo'ldi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3🥰3
📣 Rasman: endi tibbiyot OTMlarida talabalardan robot-simulyatorlar imtihon oladi

2023/2024-o‘quv yilidan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.

‼️Shuningdek, keyingi yildan boshlab tibbiyot OTMlarini tugayotgan talabalar shifokor bo'lib ishlash uchun ham imtihon topshiradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏5❤3🔥2
📣 Rasman: medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

2024/2025-o‘quv yilidan
barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

1️⃣-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
2️⃣-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

☝️ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👍6🔥5❤3🥰1🤣1
📊 Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!

📖 O'zingiz rivojlantirmoqchi bo'lgan qobiliyatingiz haqida o'qing!

👨‍🏫 Ustoz toping.

⏳Har kuningizni sarhisob qiling!

📓 Kundalik rejalar daftarini tuting!

😊 Yaxshi odatlarni shakllantiring!

👀 O'zingiz havas qiladigan odamlardan o'rnak oling.

✍️ Doimiylikka amal qiling!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥3👏1
❓ Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?

👉 Tajribadan ma’lumki, talabalar, ayniqsa yigitlar hech qachon kelishuvlarni bajarishmaydi. Eng ko‘p uchraydigan holat – 4 kishi turamiz deb 6-7, ba’zan 10 kishi bo‘lib ketishadi. Tekshirishga kelgan uy egasini “bu mehmon” deb aldashga urinishadi;

👉 Ijara berishdan maqsad daromad ko‘rish. Lekin talabalar bilan bu ham o‘ziga xos dahmaza. Deylik 4 kishi 300 dollarga yashaydigan bo‘lishsa, o‘sha 300 odatda chala-yarim undiriladi yoki nasiya bo‘ladi. Izlab borsangiz ikkitasi chiqadi va o‘zlariga tegishli 150 dollarni beradi (bersa uniyam). Yo‘g‘idan talab qila olmaysiz, berganiga hech nima deya olmaysiz, chunki beryaptida.

👉 Kommunal to‘lovlar ham to‘planib ketadi va ulardan keyin albatta qarzdorlik qoladi. Uyning ta’miri rasvo bo‘lishiku tabiiydek qaraladi;

👉 Alohida masala – tozalik! So‘nggi yillarda nafaqat yigitlar, hatto qizlar ham sarishtalikni deyarli butkul unutishyapti. Ko‘chada yurishlarini, kiyinishlarini ko‘rib, havasingiz keladi. Lekin ijara uy ostonasidanoq asabingiz buziladi. Poyabzallar, paypoqlar hidlanib qalashib yotgan, bir haftalik chiqindi to‘planib qolgan, suvarak bosib ketgan, uyda o‘rinlar yig‘ilmaydi. Yana ishlaydigan toifasi bo‘ladi. Ular charchoq tufayli hatto yotgan o‘rnidan turib so‘rashishni lozim topishmaydi;

👉 Muammolar xonadon doirasida qolmaydi. Albatta qo‘shnilar bezovta qilinadi, shikoyatlar tushadi. Milisiya ham tayyor.

Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.

‼️ Ijarada turadigan talaba tanishlaringizga yuboring. Balki bu yerdagi xatolar ular bilan ham sodir bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘rilab olishar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥3👏1
🇯🇵 Yaponiya universiteti MEXT stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Yaponiyaning Tokio texnologiya instituti MEXT stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.

◀️Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura va PhD darajasi uchun ariza jo‘natishlari mumkin.

🗣️Institutda matematika, fizika, kimyo, mashinasozlik, axborot va kommunikatsiya muhandisligi, sanoat muhandisligi va iqtisodiyoti, kompyuter fanlari, arxitektura va qurilish muhandisligi, ijtimoiy va gumanitar fanlar kabi akademik soha va mutaxassisliklar mavjud.

Bunda, oldingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirish talab qilinadi. Nomzodlar 35 yoshdan oshmagan, a’lo darajadagi ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishlari, ingliz tilini bilishlari kerak.

☝️ Bundan tashqari, eng so‘nggi ta’lim bosqichida 3,00 shkalasi bo‘yicha GPA kamida 2,30 bo‘lishi zarur.

🗣️ Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovlaridan to‘liq ozod etilib, magistratura uchun oyiga 147 ming yen ($980), PhD uchun 148 ming yen ($990) miqdorida stipendiya ajratiladi. Bundan tashqari, borish-qaytish aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.

Dastur uchun onlayn ariza berish jarayoni mavjud emas. Nomzodlar kerakli hujjatlar bilan universitetga pochta orqali ariza topshirishlari kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥2
📣 Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi

Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️ Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4❤3
📌 1-kurslarga eslatma: ularga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga
qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

❌ Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✔️ Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

✔️ Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

❗️ To'lab berilarkan deb shartnoma qilmay yuraverish ham yaxshi emas. Hamma harakatni qilib qo'ygan ma'qul.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2👏2
📣 Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.

✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Bunda muddatlar quyidagicha:
➡️25% qismini — 1-kursga tavsia etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha;

➡️50% qismini — 1-yanvargacha;

➡️75% qismini — 1-aprelgacha;

➡️100% qismini — 1-iyulgacha.

Bundan xulosa qilish mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% to‘lov talab qilish amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% to‘lovni 15-sentyabrga qadar amalga oshirishlari lozim.

✔️ Kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥3👏1🎃1
📣 Qaysi fanlardan qachon milliy sertifikat imtihoni bo‘ladi?

📌 O‘zbek tili va adabiyoti — 29-oktyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 16-oktyabrgacha);

📌 Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Biologiya — 19-noyabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 30-oktyabr-5 noyabr);

📌 Tarix — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari)

📌 Fizika — 3-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 13-19-noyabr kunlari);

📌 Matematika — 24-dekabr kuni (ro‘yxatdan o‘tish 4-10-dekabr kunlari);

📌 Geografiya — 2024-yil yanvar oyida;

📌 Kimyo — 2024-yil yanvar oyida imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤓5👏4
❓ Nima uchun talaba ilmiy talabalar konferentsiyalarida nutq so'zlaydi?

☝️ Talabalarning ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishi butunlay ixtiyoriydir.

💰Konferentsiyalarda ishtirok etish va ishingizni nashr qilish uchun siz to'lovlar va materiallarni nashr qilish uchun to'lov to'lashingiz kerak bo'ladi.

👨‍🏫 Shuning uchun o'qituvchilar ularni unda ishtirok etishga majburlay olmaydi. Va printsipial jihatdan, ilmiy faoliyat majburiy o'quv rejasiga kiritilmagan va alohida baholanadi.

Biroq, bu faoliyatni foydasiz deb atash qiyin, buning sabablari ko'p. Biz ushbu postda ulardan ba'zilari haqida gaplashamiz.

1️⃣ Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (dissertatsiya) natijalarini aprobatsiya qilish

2️⃣ Notiqlik sifatlarini rivojlantirish

3️⃣ Yangi tanishlar

4️⃣ Ilmiy nashrda hech qanday qiyinchiliklar bo'lmaydi

5️⃣ Tanqidni tinglash qobiliyatini shakllantirish

6️⃣ Obro'-e'tibor

7️⃣ Kuchli aloqalar

🎓 Ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish talabalar uchun foydalidir, chunki bu ularga ko'nikmalarni rivojlantirish va bo'lajak hamkasblar va ish beruvchilar bilan aloqa o'rnatish imkonini beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🆒5❤3