Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤🔥3🔥2
Resept: tozalangan bananni maydalang, silliq bo'lguncha maydalang, 2-3 osh qoshiq kakao qo'shing.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥2🥰1😁1
JIDUga 6 nafar talaba maksimal 189 ball to'plagan bo'lsa-da, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi. Bu talabalar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha grantga o'tkaziladi. «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilmoqda.
Unga ko'ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro munosabatlar≫ yo'nalishi (o'zbek guruhi)ga eng yuqori - 189 ball to'plangan, ammo to'lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha davlat granti asosida o'qiydi:
Eslatib o'tamiz, «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga harbiy ta'lim muassasalarida o'zlari to'plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boshqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qo'shimcha ballar beriladi. Aynan shu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o'qishga topshirgan 6 nafar abituriyent 189 ball to'plasa ham, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi.
«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boshqa OTMda bunday muammo yo'q. Maksimal ball to'plab ham kontraktga o'qishga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpog'istonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal bo'ladi», degan u.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏6❤3🤔1🤓1
Ipoteka bankdan xabar berishdi, endi ta'lim krediti olish uchun o'tgan yilgi kafilning o'zi yetadi.
Faqat o'tgan yilgi va joriy yilgi kredit miqdoringiz jami 30 million so'mdan oshib ketmasligi kerak. Menimcha qolgan banklar ham yangi kafil topish talabini olib tashlashsa kerak.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥4
So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.
09.08.2023 yil holatiga ko'ra, Respublikada 80 dan ziyod nodavlat oliygohlar litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏6❤3🤣1
Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.
Bunda ijaraga beruvchi platforma orqali “Talabalar ijarasi” bo‘limini tanlab “Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma’lumot” oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari avtomatik shakllanadi.
Keyingi jarayonda “Qo‘shish” tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.
Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.
Ilovaning “Ijaraga berish” undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.
Unda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi.
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi.
Shuningdek, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
Uy-joyni ijaraga beruvchilar shartnomani portal orqali davlat hisobiga bepul qo‘yishi mumkin.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤5👏4🔥3
Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.
Unga koʻra:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5❤3
2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:
🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4🔥3
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤11👏6🔥2🤔1
Ta'limda nima gap? pinned «📍 Hududlarda davlat universitetlari yotoqxonalarining joylashuvi 1️⃣ Buxoro 2️⃣ Andijon 3️⃣ Farg'ona 4️⃣ Jizzax 5️⃣ Namangan 6️⃣ Navoiy 7️⃣ Qashqadaryo 8️⃣ Qoraqalpog'iston 9️⃣ Samarqand 1️⃣ 0️⃣ Sirdaryo 1️⃣ 1️⃣ Surxondaryo 1️⃣ 2️⃣ Toshkent viloyat 1️⃣ 3️⃣ Xorazm…»
P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰4🤯3
Yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
O‘zbekistondagi birinchi ana shunday amaliyot 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Yaʼni ushbu bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun, 2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni sifatida belgilandi.
Maʼlumot uchun: 2024-yilda 2 ta bayram dam olish kuniga to‘g‘ri keladi, bular: 1-sentabr — Mustaqillik kuni hamda 8-dekabr — Konstitutsiya kuni. Demak, mana shu ikkala bayramda ham 2-sentyabr hamda 9-dekabr dushanba kunlari dam olish kuni bo‘ladi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏3❤2🔥1
Sertifikatlash ballarining 60% majburiy blokdan, 85% va undan koʻpi esa asosiy fandan ozod qilinadi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🌚3❤2🔥1
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3🥰3
2023/2024-o‘quv yilidan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-ko‘nikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏5❤3🔥2
2024/2025-o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👍6🔥5❤3🥰1🤣1
📓 Kundalik rejalar daftarini tuting!
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥3👏1
Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥3👏1
🇯🇵 Yaponiya universiteti MEXT stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Yaponiyaning Tokio texnologiya instituti MEXT stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.
◀️ Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura va PhD darajasi uchun ariza jo‘natishlari mumkin.
🗣️ Institutda matematika, fizika, kimyo, mashinasozlik, axborot va kommunikatsiya muhandisligi, sanoat muhandisligi va iqtisodiyoti, kompyuter fanlari, arxitektura va qurilish muhandisligi, ijtimoiy va gumanitar fanlar kabi akademik soha va mutaxassisliklar mavjud.
Bunda, oldingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirish talab qilinadi. Nomzodlar 35 yoshdan oshmagan, a’lo darajadagi ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishlari, ingliz tilini bilishlari kerak.
☝️ Bundan tashqari, eng so‘nggi ta’lim bosqichida 3,00 shkalasi bo‘yicha GPA kamida 2,30 bo‘lishi zarur.
🗣️ Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovlaridan to‘liq ozod etilib, magistratura uchun oyiga 147 ming yen ($980), PhD uchun 148 ming yen ($990) miqdorida stipendiya ajratiladi. Bundan tashqari, borish-qaytish aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.
Dastur uchun onlayn ariza berish jarayoni mavjud emas. Nomzodlar kerakli hujjatlar bilan universitetga pochta orqali ariza topshirishlari kerak.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Yaponiyaning Tokio texnologiya instituti MEXT stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda.
Bunda, oldingi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirish talab qilinadi. Nomzodlar 35 yoshdan oshmagan, a’lo darajadagi ilmiy yutuqlarga ega bo‘lishlari, ingliz tilini bilishlari kerak.
Dastur uchun onlayn ariza berish jarayoni mavjud emas. Nomzodlar kerakli hujjatlar bilan universitetga pochta orqali ariza topshirishlari kerak.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥2
Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4❤3