Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🎓 Talabalar eshiting: talaba kim?

👨‍🎓 Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

👀 Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

✨ Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

💭 Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

💤 Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

🥪 Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

🗣Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

👎 Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

👌 Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

🙀 Qo‘rqadi – Sessiyadan.

💪 Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

🫠 Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

🤤 Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

🎯 Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁30👍10🔥4❤1👏1
📣 Muvaffaqiyatli taqdimot materiallari uchun 7 ta asosiy omil

Agar siz allaqachon PowerPoint-da taqdimotingizni tayyorlagan bo'lsangiz.

😱 Qolgan eng yomon narsa - taqdimotingizni qilish.

◀️Tomoshabinlar oldida asabiy, ammo qat'iyatli turganingizda nimaga e'tibor berishingiz kerak?

✅American Journal of Medical Sciences jurnalida chop etilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, materialni muvaffaqiyatli topshirishning 7 ta asosiy omili aniqlandi:

👉 Aniqlik 59%
👉 Tezlik 52%
👉 Ovoz 47%
👉 Tomoshabinlar bilan aloqa 43%
👉 Savollarga javoblar 34%
👉 Ko'z bilan aloqa 22%
👉 Hazil 11%

😂 Agar siz qo'rqoq va uyalchan odam bo'lsangiz va yorqin hazillar bilan porlamasangiz, sizda qo'rqadigan hech narsa yo'q.

Nutqingizning ravshanligi va tushunilishi eng muhimi. Oddiy jumlalar bilan gapiring va murakkab professionallikdan qoching. O'qituvchilar ham murakkab atamalardan charchashadi.

🗣️ Aytgancha, slaydlardan o'qimang. Bu juda yomon.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤔2👏1
❓ O‘tgan yilgi kafil bilan yana ta’lim krediti olish mumkin

Ipoteka bank
dan xabar berishdi, endi ta'lim krediti olish uchun o'tgan yilgi kafilning o'zi yetadi.

📌 Agar siz o'tgan yili ta'lim krediti olgan bo'lsangiz va kafil ko'rsatgan bo'lsangiz, o'sha kafilning o'zi bilan bu yil ham ta'lim krediti olishingiz mumkin, shu paytgacha yangi kafil topish talabi bor edi, endi shu talab yo'q.

Faqat o'tgan yilgi va joriy yilgi kredit miqdoringiz jami 30 million so'mdan oshib ketmasligi kerak. Menimcha qolgan banklar ham yangi kafil topish talabini olib tashlashsa kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📌 Stipendiyalar har oyning 5-sanasigacha talabalarga tashlab berilishi kerakmi?

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtirilishi belgilangan.

❌ Bu yerda talabalarga to'lanadigan stipendiyalar emas, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan nochor va ishsizlar uchun ta'sis etilgan yordam puli stipendiyasi nazarda tutilgan.

Davlat oliy ta'lim muassasalarida buxgalterlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yildagi 245-son qaroriga asosan oylik va stipendiya tayinlaydilar. Ya'ni har oyning 5-sanasigacha OTM xodimlariga avvalgi oy ishlagani uchun oylik ish haqqi tashlab beradilar, har oyning 20-sanasigacha esa talabalar uchun joriy oyning stipendiyasi tashlab beriladi.

⭕️ Masalan hozir sentabr, 5-sentabrga qadar xodimlar uchun avgust oyligi tashlab berilishi shart, buxgalterlar 5-sentabrga qadar faqat shu xodimlarni oyliklarini vaqtida tashlab berish bilan shug'ullanadilar. Shundan so'ng buxgalterlar 20-dekabrga qadar talabalarga sentabr oyi stipendiyasini tashlab berish bilan shug'ullanadilar. Shu tartibda har oy davom etaveradi.

◀️Stipendiyalar nega kechikadi?
Stipendiya kechikishining asosiy sabablaridan biri bu dekan o'rinbosarlari talabalarning vedmost qog'ozlarini o'z vaqtida buxgalteriyaga taqdim etmasligi hamda talabalar o'z vaqtida kontrakt to'lamasligidir. Har oy dekan o'rinbosarlari buxgalteriyaga stipendiyali kontrakt to'laganlar to'g'risida ma'lumot kiritib boradi, barcha fakultetlarda ushbu ma'lumotlar to'liq jamlanmaguniga qadar stipendiyalar tayinlanmaydi, shu tariqa har oyning 1-sanasidan 20-sanasigacha bo'lgan oraliqda dekan o'rinbosarlaridan stipendiyali kontrakt to'laganlar va akademik qarzdor bo'lmaganlar, chetlashtirilmaganlar haqida umumlashgan ma'lumot kelishini kutishadi.

Oylik va stipendiya tushurib berish nozik masala bo'lib juda katta hujjatbozlik va ko'p mehnat talab qiladi, shuning uchun bu amaliyot 1 oyda 1 marotaba o'tkaziladi. Shu sababli bo'lim boshliqlari tabellarni dekan o'rinbosarlari esa vedmostlarni kadrlar bo'limi va buxgalteriyaga o'z vaqtida yetkazishlari muhim ahamiyatga egadir.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🥱10❤3
📣 Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirish muxlati tugamoqda

Oshirilgan kontrakt asosida o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun muxlat tugamoqda. Oliygohlarning o'zi ham jarayonni to'xtatib qo'yish huquqiga ega.

📌 Oshirilgan kontrakt uchun shartnomalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. Bir yillik oshirilgan kontrakt summasining 50%ini to'lagan talabgorlar uchun darslarda qatnashish imkoni beriladi.

☝️Agarda 15-oktabr qadar oshirilgan kontrakt summasini to'liq amalga oshirsangiz 10%lik chegirmaga ega bo'lasiz.

Shoshiling muxlat yakunlanmoqda. Davlat oliygohlar moddiy-texnik baza imkoniyati cheklanganligi sababi bilan xoxlagan vaqtda "perevod"chilarni qabul qilmaslik huquqiga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2👏2
📣 Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida qabul yakunlanmoqda.

👨‍💻 Bakalavriat yo'nalishlari
👨‍🎓 Magistratura yo'nalishlari

▫️ UMFT universitet afzalliklari.
▫️ Imtiyozli qabul.
▫️ O'qishni ko'chirish
▫️ Shartnoma narxlari

✔️Diplom haqida ma'lumotlar

🎥 Universitetga virtual sayohat.

🔴 Hujjat topshirish uchun: @umft_support 👈 shu yerga murojaat qiling.

☎️ Telefon +998555068888
🌐 Veb-sayt: umft.uz
📍 Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, Diydor 71

📄 Litsenziya (№056206, 09.11.2022 y.)
👍14❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli universitet talabasi bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat!

🔴 Alfraganus universitetida 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul yakunlanmoqda.

Universitetning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (shulardan 5 tasi tibbiyot sohasiga oid) va 10 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘zbek yoki rus tilida ta’lim olish uchun hujjat topshiring.

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida olib boriladi.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

🌎 O‘qishingizni boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ko‘chirish hamda UZBMB (DTM) ball bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.

Hujjat topshirish:
🔵 O’qishga kirish uchun
🔵 O‘qishni ko‘chirish uchun
🔵 Magistratura uchun
🔵 DTM ball bilan hujjat topshirish

🗳 Murojaat uchun:
+998781227557 | @Alfraganus_callcenter

📍 Lokatsiya

📄 Litsenziya (№ 056557 taqdim etilgan sana 12.08.2022)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
📣 Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktabr kuni eʼlon qilinadi

2023-2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari joriy yil 26-29-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

⌛️Sinovlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

Bir smenada 21 060 nafar, bir kunda esa 42 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.

‼️Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 2023-2024-oʻquv yili uchun 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.

Texnikumlarda 25-sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

➡️Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥2
📣 Majburiy fanlar 2 tadan 3 taga ko‘paytirilmaydi

Kelasi yildan mutaxassislik fanlari 2 tadan 3 taga ko‘payib, jami 6 ta fandan imtihon bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz.

👉Huquqshunos X.Xudoyberdiyevning mas’ullardan aniqlik kiritishiga ko‘ra, bunday reja yo’q. Kelgusi yilda ham har galgidek 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan imtihon bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤔2🔥1
📣 "Perevod" sekin-asta yo'qoladimi?

So'nggi vaqtlarda o'qishni ko'chirish (perevod) masalasi sekin-asta yo'qolib ketishi haqida turli xil gap-so'zlar urchimoqda.

◀️Xo'sh aslida ham shundaymi?
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarga ko'ra, bu strategik jihatdan u qadar haqiqatga yaqin emas. Sababi hozirgi Oliy ta'lim vazirligi rahbariyatida bu mavzuda dadil o'zgarish kiritishga strategiya ham jur'at ham yo'q.

A.Toshqulov davrida ta'lim sohasida bir qancha islohotlar amalga oshirildi va u keyingi bosiqchlardan ham iborat edi. Biroq, vazir lavozimni tark etganidan so'ng jarayon to'xtab qoldi.

📌 Yangi vazir kelganidan so'ng, avvalo vazirlikning rasmiy logotipini almashtirishdan boshladi. Undan so'ng ta'lim sohasida sezilarli o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Hozirgi vazirlik rahbariyatining nazari asosan nodavlat oliygohlarga qaratgan. Asosiy maqsad ham shu.

Shu sababli ham ularda o'qishni ko'chirish masalasida ko'zga ko'rinarli o'zgarish qilish amrimahol. Na bir foydali, na bir zararli tomonga siljishdan darak ham yo'q...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
💻 IT mutaxassislarga qancha ish haqi taklif etilmoqda?

Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi (RITM) IT mehnat bozorini tahlil qildi, deya xabar berdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

☝️ Tahlilda “Headhunter”, “Ish ko‘p”, “IT Market”, “OLX” hamda “Fintech Jobs” saytlarida IT sohasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganilgan.

Xususan, “Headhunter” saytida IT sohasidagi jami vakansiyalar 771tani, “Ish ko‘p"da 601ta, “IT Market"da 157ta, “OLX"da 145ta hamda “Fintech Jobs” saytida 81tani tashkil etadi.

👉 Yo‘nalishlar kesimida vakansiyalar soni ham farq qiladi. Jumladan, “Headhunter” saytida eng ko‘p qidirilayotgan mutaxassislar dasturchilar bo‘lgan. Jami 503ta e’lon mavjud.

Bu ish o‘rinlariga turli yo‘nalish va dasturlash tillari bo‘yicha dasturchilar qidirilmoqda. Bu ko‘rsatkich “Ish ko‘p” saytida 269tani tashkil etgan.

‼️ Shuningdek, mazkur platformalarda 1−3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif etilayotgan eng yuqori maosh ham dasturchilarga to‘g‘ri keladi — 28 mln so‘m.

Eng yuqori taklif etilayotgan maoshning past miqdori (8 mln so‘m) esa IT mutaxassislariga va tizim administratsiyalariga taklif etilgan.

👀 1−3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif etilayotgan eng yuqori maosh:

👉 dasturchi — 28 mln so‘m;
👉 tahlilchi — 25 mln so‘m;
👉 1C dasturchi — 24 mln so‘m;
👉 Project menejerlar — 13,5 mln so‘m;
👉 dizayner — 13,2 mln so‘m;
👉 axborot xavfsizligi mutaxassisi — 10 mln so‘m;
👉 T mutaxassis va tizim administratori — 8 mln so‘m.

Bundan tashqari, markaz 3−6 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif qilinayotgan eng yuqori ish haqini tahlil qilgan.

🗣️ Natijada, eng yuqori maosh dasturchilarga taklif etilmoqda — 55 mln so‘m. Bunda past miqdor 10 mln so‘m bilan IT mutaxassislariga to‘g‘ri kelgan.

👀 3−6 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif qilinayotgan eng yuqori ish haqi:

👉 dasturchi — 55 mln so‘m;
👉 Project menejer va 1C dasturchi — 42 mln so‘m;
👉 tahlilchi — 36 mln so‘m;
👉 dizayner — 30 mln so‘m;
👉 tizim administratori — 23 mln so‘m;
👉 IT mutaxassislar — 10 mln so‘m.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12😱4🤯1
#Rasman

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

🏛 Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

Kontrakt narxlari 9mlndan boshlanadi va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.

🏆 420 ta Grant o'rniga ega.

DTMdan olgan balingiz bilan imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

⚠️ Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun: qabul.namxu.uz

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
📣 Biz ajoyib podkastlarning to'plamini to'pladik-ular ingliz tilida, shuning uchun ularni tinglash orqali siz bir vaqtning o'zida o'zingiz va dunyo haqida ko'p narsalarni bilib olasiz, shuningdek tinglash ko'nikmalarini oshirasiz.

📍O'z-o'zini rivojlantirish

1. On Purpose with Jay Shetty
2. Kwik Brain with Jim Kwik
3. The Minimalists Podcast
4. Happier with Gretchen Rubin
5. We Can Do Hard Things
6. Unlock Your Best Self
7. How to Be a Better Human
8. WorkLife with Adam Grant
9. Ten Percent Happier
10. Unlocking Us
11. How To Fail
12. The Tim Ferriss Show

📍Vaqtni boshqarish

13. The Productivity Show
14. Take Back Time
15. Time Management Ninja
16. Time Management Tips
17. The Systemize Your Life Podcast
18. It’s About Time
19. Before Breakfast
20. Taking Your Time

📍Soft Skills

21. Soft Skills Engineering Podcast
22. Think Fast, Talk Smart
23. Hardcore Soft Skills Podcast
24. The Strategy Skills Podcast
25. Hacking Your Leadership Podcast
26. Life Skills 101
27. 7 Skills For The Future
28. Graduate at Work
29. Soft Skills Salon
30. The Soft Skills Guy

📍Dasturlash

31. Software Engineering Daily
32. The Real Python Podcast
33. Talk Python To Me Podcast
34. JavaScript Jabber Podcast
35. Hanselminutes With Scott Hanselman
36. Software Engineering Radio
37. Test and Code
38. Coder Radio Podcast
39. Coding Blocks
40. Code Newbie
41. Front End Happy Hour
42. Programming Throwdown
43. Fragmented
44. Future of Coding
45. Learn to Code With Me Podcast

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktabr kuni eʼlon qilinadi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6👍2
📣 Yilning 2-yarmida qaysi fanlardan milliy sertifikat imtihonlari bo'ladi?

2023-yilning 2-yarmida:
✔️o‘zbek tili va adabiyoti;
✔️rus tili va adabiyoti;
✔️qoraqalpoq tili va adabiyoti;
✔️fizika;
✔️matematika;
✔️tarix;
✔️biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

➡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
📣 Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

✔️ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣“Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

👨‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
📣 Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to'liq davlat grantiga o'tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda
:

☝️ bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash toʻliq davlat grantiga oʻtkaziladi. Magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, toʻliq davlat hisobidan boʻladi;

☝️ kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati ogʻir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi;

☝️ kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha fanni tanlab, test sinovlaridan oʻtadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi;

☝️ korxonalarning oʻziga zarur kadrlarni tayyorlash uchun ajratgan grant mablagʻlari soliq bazasiga kiritilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥2
📣 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

✅ 2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤‍🔥3🔥2
💊 Tomoq og'rig'i va yo'tal uchun vosita

Resept:
tozalangan bananni maydalang, silliq bo'lguncha maydalang, 2-3 osh qoshiq kakao qo'shing.

📌 Bu aralashmani bir stakan issiq sut bilan to'kib yaxshilab aralashtiramiz, ta'mga shakar qo'shing, lekin asal yaxshiroq (agar siz unga allergiyangiz bo'lmasa).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🔥2🥰1😁1
⚡️ Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

JIDUga 6 nafar talaba maksimal 189 ball to'plagan bo'lsa-da, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi. Bu talabalar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha grantga o'tkaziladi. «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilmoqda.

◀️O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga asosan ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Unga ko'ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro munosabatlar≫ yo'nalishi (o'zbek guruhi)ga eng yuqori - 189 ball to'plangan, ammo to'lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha davlat granti asosida o'qiydi:

👉 Ahatova Aziza Shuhrat qizi;
👉 Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;
👉 Xoʻjabekov Ubaydullo Ne'matovich;
👉 Ergasheva Muxlisa Azizbek qizi;
👉 Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon o'g'li.

Eslatib o'tamiz, «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga harbiy ta'lim muassasalarida o'zlari to'plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boshqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qo'shimcha ballar beriladi. Aynan shu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o'qishga topshirgan 6 nafar abituriyent 189 ball to'plasa ham, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi.

➡️ Qabul komissiyasi a'zosi, Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimovning so'zlariga ko'ra, «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ma'lum qilinishicha, shunga o'xshash keyingi holatlarning ham oldini olish uchun muntazam ishlovchi tartib ishga tushirilyapti.

«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boshqa OTMda bunday muammo yo'q. Maksimal ball to'plab ham kontraktga o'qishga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpog'istonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal bo'ladi», degan u.

‼️ Mandat e'lon qilingach, maksimal ball to'plab ham kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlar mavzusi va «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga berilgan imtiyoz jamoatchilik etirozlariga sabab boʻlgandi. Kun.uz ham bu mavzuda bir qancha materiallar e'lon qilgandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16👏6❤3🤔1🤓1