Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi loyihasi

28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗿13👏5🤔5👍2❤1
📣 Talabalar turar joylarini qurish ishlari qanday ketmoqda?

Talabalar uchun turar joy barpo etish boʻyicha 7 ta muhim fakt!

1️⃣Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra, 2026-yilga qadar respublika boʻyicha 100 ming oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi quriladi.

2️⃣Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 oʻrinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

3️⃣Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 oʻrinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda:
👉 55 tasi (24 621 oʻrinli ) davlat-xususiy sheriklik;
👉 30 tasi (14 012 oʻrinli) oliygoh va byudjet mablagʻlari, investitsiya dasturi asosida.

4️⃣Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming oʻrinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o‘tgan 9 oy davomida jami 9 014 oʻrinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Shundan:
👉 11 tasi (4 942 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
👉 10 tasi (4 072 oʻrinli) oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.

5️⃣ Yil yakuniga qadar yana 9 469 oʻrinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:
👉 12 tasi (5 429 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
👉 5 tasi (2 400 oʻrinli) oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari;
👉 3 tasi (1 640 oʻrinli) investitsiya dasturi asosida.

6️⃣Hozirda 25 569 oʻrinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.

7️⃣115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 117 646 oʻrinni tashkil etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🥱5🔥3❤1
📣 1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 15-oktabri etib belgilandi.

‼️Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbarining buyrug‘i bilan uzaytirilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Hamroyev Sanjar Samiyevich tomonidan kuni kecha AQSHda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi Davlatimiz rahbarining nutqiga #MUNOSABAT

📹 HD Formatda ko'rish ➡️ https://youtu.be/vH1MPEoL7zM

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏3🤯2❤1
📣 Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
👉 salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
👉 o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
👉 bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
👉 o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
👉 talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
👉 vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤3🔥2
❓ Oʻqishini koʻchirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olishi mumkin?

Bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin. Agar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, unda taʼlim krediti berilmaydi.

✅ Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

⏺Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
⏺Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
⏺bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar bor boʻlgan holatda mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa;
⏺yoʻnalishi va OTMni oʻzgartirmagan holda faqat taʼlim shaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (oʻzbekdan rusga va h.k.) oʻzgartirgan boʻlsa.

❌ Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

◀️Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishni koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir OTM ichida boshqa yoʻnalishga uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda yoki mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤4🔥2
⚡️Rasman: Endilikda Oʻzbekistonda IELTS BEPUL oʻqitiladi

1000 ta GRANT ajratiladi!

Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so'm!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Hujjatlar shu yilning 22-oktyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

✅ Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

© Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥5❤3
🔵 O'zbekiston davlat oliy o'quv yurtlarining Telegram kanallari ro'yxati

1. СамГИИЯ
@samdchtijamoasi
2. СамГАСИ
@samdaqi_uz
3. СамИЭС
@SamISI_CHANNEL
4. СамИВМ
@otmsamvmi
5. СамГМУ
@sammu_education
6. СамГУ
@samduuz
7. МежУТ Шелкового пути
@univ_silkroad_uz
8. Сам.фил. ТГЭУ
@TDIUSamfilial
9. Сам.фил. ТУИТ
@sbtuit2005
10. АндГУ
@adu_uz
11. Денауский филиал ТерГУ
@dtpi_uz
12. ТХТИ (химтех)
@tktimatbuotxizmati
13. БухГМИ
@BSMI_UZ
14. АндИМ
@diceduandmi
15. Ургенч. фил. ТУИТ
@ubtuit_uz
16. НукГПИ
@nmpi1934
17. НавГПИ
@navdpi_edu_uz
18. ТГЭУ (нархоз)
@tsueuzofficial
19. ТФИ (финансовый)
@moliyauz_official
20. КаркалГУ
@www_karsu_uz
21. КокандГПИ
@kspi_official
22. Тер.фил. ТГТУ (политех)
@TMTI379
23. БухИТИ (технологический)
@bmtiuz
24. Фер.фил. ТМА
@ferghana_medical_institute
25. ТМА (ТашМИ)
@tma_official
26. ТУИТ (институт связи)
@tuituz_official
27. ТИТЛП (текстильный)
@TTYeSI_channel
28. ЧирГПИ
@tvchdpi2017
29. ТГЮУ
@tsulofficial
30. Нук. фил. ТГАУ
@ToshDAU_Nukus_filiali
31. ТГАУ
@tdau_news
32. Ургенч. фил. ТМА
@ttauf
33. ТашГТУ (транспортный)
@tstu_news
34. БухГУ
@buxdu_uz
35. ФерПИ
@farpiyoshlar
36. УзГИИК (институт культуры)
@dsmi_uz
37. ТерГУ
@TERDU340
38. ДжПИ
@jdpuuz
39. УзУФКС (физкультурный)
@uzdjtsu_rasmiy
40. ГулГУ
@Gulduuz
41. Ферг.фил. УзИИК
@uzdsmifmf
42. Карши.фил. ТУИТ
@tuitkf_uz
43. Бух. фил. НацИУ "ТИИИМСХ" (ирригационный)
@BuxTRBI.
44. Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы
@prTSUULL
45. Анд. фил. ТГАУ
@AndQXAI_yoshlar
46. НавГГИ (горный)
@ndkiofficial
47. УзГУМЯ
@UzSWLU
48. Шахрисабз. фил. ТГПУ
@shahrisabz_ped_instituti
49. Ургенч. фил. ТМА
@TTAUF.
50. КарГУ
@qarduuz
51. ТГСИ (стоматологический)
@tdsi_uz_2019
52. ТГУВ (восточка)
@Tsuos
53. Алмалык. фил. ТГТУ (политех)
@tdtuofuz
54. КарИЭИ
@QMI_Instituti
55. НацИУ "ТИИИМСХ" (ирригационный)
@tiiamekb_uz
56. ТПМИ (сампи)
@tashpmi_press
58. ТГПУ (педагогический)
@TDPU_uz
59. ТГТУ (политех)
@TDTU_YOSHLARI_YI
57. НамИСИ
@NamMTInews
60. Шахрисабз. фил. ТХТИ (химтех)
@Shahrisabz_TKTI
61. ТашФИ (фамацевтика)
@Farmatsevtika_Instituti
62. НУУз (национальный)
@nuu_uz

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4🔥4👏1
📣 B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilariga 2-tildan dars berishga ruxsat berildi

Bu istisno tariqasida faqat shu yilgi o‘quv yili uchun. Yengillik birinchi til sifatida o‘qitiladigan chet tili uchun emas. 2-til o‘qituvchilari uchun. 2-til o‘qitiladigan maktablar hozircha har bir tuman/shaharda faqat bittadan.

🗣️ Bu turdagi dars o‘tadigan o‘qituvchilardan ham keyingi 2024/25-o‘quv yilida sertifikat so‘raladi.

‼️Eslatib o‘tamiz, shu o‘quv yilidan boshlab chet tili sertifikati B2 bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarga ishga kira olmaydi. Keyingi yildan esa barcha chet tili o‘qituvchilarida (oldin ishga kirganlarda ham) B2 sertifikat bo‘lishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9😁4🔥3❤2🤯1
❓ Talabaning dam olish kunlarining taxminiy tartibi qanday bo'lishi kerak?

1️⃣Ertalab (8: 00-10: 00):
◀️Uyg'onish va ertalabki gigiena.
◀️Nonushta.

2️⃣Ertalab (10: 00-12: 00):
◀️Sport bilan shug'ullanish (yurish, yugurish, sport zalida mashq qilish).

3️⃣Peshin (12:00-13: 00):
◀️Tushlik.

4️⃣Peshin (13:00-15: 00):
◀️O'qish yoki shaxsiy rivojlanish bilan shug'ullanish (ma'ruzalar o'qish, yangi materiallarni o'rganish).

5️⃣Peshin (15:00-17: 00):
◀️Do'stlar bilan uchrashish yoki ijtimoiy tadbirlarda qatnashish.

6️⃣Kechqurun (17:00 - 18:00):
◀️Xobbi yoki ijodiy faoliyat uchun vaqt.

7️⃣Kechqurun (18:00 - 19:00):
◀️Kechki ovqat.

8️⃣Kechqurun (19:00 - 21:00):
◀️Kino tomosha qilish yoki video o'yinlar o'ynash kabi o'yin-kulgilar uchun bo'sh vaqt.

9️⃣Kechqurun (21:00 - 22:00):
◀️Kelgusi haftaga tayyorgarlik (vazifalarni rejalashtirish).

1️⃣0️⃣Kechqurun (22:00 - 23:00):
◀️Dam olish (kitob o'qish, ochiq havoda sayr qilish).

1️⃣1️⃣Kecha (23:00 - 24:00):
◀️Uyquga tayyorgarlik.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🥱20🤯7😁5😭5❤1
☝️ Chiroyli boshlash, barakali harakat tilaymiz!

Boshlash doim hammada boshqacha bo'lgan. Kimgadir oson, kimgadir qiyin. Oxirini esa faqat davomiylik belgilaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤3🔥2
🔝 So'nggi yillarda muhim yutuqlar ro'y berayotgan ilm-fanning eng yaxshi 7 sohasi

🧠 Sun'iy intellekt va mashinani o'rganish
— Mashinani o'rganish va chuqur o'rganish tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuterni ko'rish, avtonom navigatsiya va tibbiyot kabi ko'plab sohalarda inqilob qilishni davom ettirmoqda.

🧬 Genomik tadqiqotlar
— DNK sekvensiyasi texnologiyalarining rivojlanishi bilan genetik kasalliklarni aniqroq tashxislash va davolash mumkin bo'ldi.

⚛️ Kvant hisoblash
— Kvant kompyuterlari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar klassik kompyuterlar yordamida hal qilib bo'lmaydigan murakkab muammolarni hal qilishda sezilarli tezlashishni va'da qilmoqda.

🔬 Nanotexnologiya
— Atom va molekulyar darajadagi materiallarni yaratish va manipulyatsiya qilish elektronika, tibbiyot va energetika sohalarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

👨‍⚕️Biotexnologiya
— Biotexnologiyaning rivojlanishi dori-darmonlarni yaratishga, organizmlarning genomlarini o'zgartirishga va ko'plab kasalliklarni davolashning yanada samarali usullarini ishlab chiqishga imkon beradi.

🚀 Kosmik tadqiqotlar
— Marsga yangi missiyalar, kosmik galaktikani o'rganish va kosmosda sayohat qilish texnologiyasini ishlab chiqish bilan kosmik fan jadal rivojlanmoqda.

🧹Atrof-muhit barqarorligi
— Iqlim o'zgarishi va tabiiy resurslarni muhofaza qilish nuqtai nazaridan iqlim, qayta tiklanadigan energiya va ekologiya bo'yicha tadqiqotlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

👨‍🎓Ilmiy hamjamiyat doimiy ravishda yangi kashfiyotlar va innovatsiyalarga intilmoqda, bu esa oxir-oqibat texnologiyani rivojlantirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤4🔥4
📣 15-oktyabr kimlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati?

✔️ Bakalavriat 1-kurslar;
✔️ Magistratura 1-kurslar;
✔️ Super-kontrakt bilan kirganlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 15-oktyabrgacha uzaydi.

Bunda kontraktning 50 foiz miqdorini to‘lash kerak. Shundan keyin 1-kurslar talabalar safiga rasman qabul qilinadi.

‼️Eslatma: katta kurslar kontraktni qachon to‘lashini OTMning o‘zi belgilaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥3
💳 Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun qancha toʻlov bor?

✅ Oʻzbek tili — 495 ming soʻm
✅ Rus tili — 495 ming soʻm
✅ Qoraqalpoq tili — 495 ming soʻm
✅ Matematika — 495 ming soʻm
✅ Fizika — 495 ming soʻm
✅ Kimyo — 495 ming soʻm
✅ Biologiya — 495 ming soʻm
✅ Tarix — 495 ming soʻm
✅ Geografiya — 495 ming soʻm
✅ Chet tillari – 445 ming soʻm

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4👏2
maktab bosqichi.pdf
154.9 KB
📣 2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari

16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

👉 9-sinflar uchun: 2023-yil 15-20-sentyabr;
👉 10-sinflar uchun: 2023-yil 21-25-sentyabr;
👉 11-sinflar uchun: 2023-yil 26-30-sentyabr.

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

‼️ Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤3🔥2
📣 Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishingiz mumkin

Prezidentning 2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi:

◀️Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
◀️Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
◀️Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
◀️Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2👏2
Yilning_eng_yaxshi_oqituvchisi.pdf
4.4 MB
📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.

➡️ Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.

➡️ Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

➡️ Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Toshkent metrosida Face-ID orqali to‘lov sinovdan o‘tkazilmoqda

Mazkur texnologiya yo‘lovchilarga kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔11👍7❤3
‼️ Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1️⃣ O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2️⃣ Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3️⃣ Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4️⃣ O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5️⃣ Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

📣 Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4❤3👏2🤔1
⚡️Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.

Hujjatlar shu yilning 30-sentyabr qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥1🤯1