Ta'limda nima gap?
75.2K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📣 Nodavlat oliygohlar haqida!

So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.

09.08.2023 yil holatiga ko'ra, Respublikada 80 dan ziyod nodavlat oliygohlar litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda.

◀️Xo'sh xususiy oliygohlarning davlat oliygohlaridan farqi nimada?

🏛 Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan afzalliklari:

👉Xususiy oliygohlarda ta'lim sifati davlat oliygohlaridan kamida 2 barobar yuqori
👉Xorijlik o'qituvchilar, yuqori malakaga ega noyob pedagoglar
👉Darslarning asosan chet tilida olib borilishi
👉Bakalavr daraja bilan birgalikda chet tili o'rganish imkoniyati
👉Ayrim oliygohlari ta'lim davrida IELTS darajasini ham kafolatlaydi
👉Zamonaviy o'quv auditoriyalari va zamonaviy sharoit-muhit
👉Qattiqqo'l o'quv tizimi
👉O'qishga kirishning nisbatan osonligi
👉Deyarli ta'lim davrida ish topish, ayniqsa xorijiy davlat yoki xorijiy kompaniyalardan ish topishning osonligi

🏛Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan kamchiligi:

👉Kontrakt summalarining yuqoriligi (hozirgi raqobat narxlarni keskin tushirmoqda)
👉Ta'lim yo'nalishlarining nisbatan kamligi
👉Davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish imtihon asosida bo'lishi
👉Qattiqqo'l ta'lim tizimi (ayrim talabalar buni kamchilik deb hisoblashadi)

☝️ Aslida moliyaviy imkoniyati ko'targan kishilar nodavlat oliygohlarda o'qiganlari yaxshi. Sababi u yerdagi ta'lim tizimi sizni o'sishingizga majbur qiladi. Sohangizni va til o'rganasiz. Xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalarga ishga kirishga oliygohlarning o'zi sizga ko'maklashadi. Xullas nodavlat OTMlarda o'zaro raqobat borligi sababli ham ular talaba va sharoitlarni juda yuqori qilishga harakat qiladi. Agarda moliyaviy imkoniyatingiz ko'tarsa xususiy oliygohlarda o'qing, ko'tarmasa davlat oliygohlarida.

⚠️ XULOSA: Nodavlat OTMlarda tahsil olayotgan talabalar qo'rqmay tahsilni davom ettiring. Sizga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir daqiqani g'animat biling va shaxsiy karyerangiz uchun harakat qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥4❤3
👀 Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

‼️Unga koʻra 2023-yil noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutiladi:

➡️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiya ajratish;

Amaliyotni davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga muvofiq amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshirish;

‼️ Davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤3🔥3
🔝 Top universitetlar ham foyda evaziga rivojlangan

◀️2005 yillardan buyog‘ini bir tahlil qilsak, kontrakt narxlari tartibsiz o‘zgargan, aynan bir qonun-qoidasi yo‘q. 2007 yilda Yuridik universitetda kontrakt birdaniga 2 barobar oshirilganini yaxshi eslayman.

◀️2019 yilda kontraktlar ilk marta eng kam oylik ish haqiga bog‘landi, shunga mutanosib tarzda oshiriladi, deyildi. Va o‘sha yili kontraktlar 18 foizga oshirildi, ammo ish haqi 10 foizga oshgan edi va ko‘pchilik shu miqdorni kutgandi.

Rosa to‘polon bo‘lgandi. 2020 yilda o‘zgarmadi, darslar onlayn bo‘lgani uchun chegirma ham qilindi. 2021 yilda esa 10 foizga oshdi va vaksina olganlarga 10 foiz chegirma berishdi. Shundan keyin miqdor oshgani yo‘q.

◀️2019 yilda pedagogika yo‘nalishlarida kontrakt 5 mln 900 ming atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 6 mln 400 mingdan ziyodroq. Farq – 500 ming so‘m atrofida.

Narx ushlab turish ortidan butunlay noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdik. OTMning xarajati va foydasi uchma-uch bo‘lib qolyapti, foyda yo‘q. Davlatdan pul so‘ralsa, qancha sarflayapsan, deydi, 10 so‘m desa, talabadan 6 so‘m olyapsan, qolgan 4 so‘mni beraman, deydi. Foyda yo‘q.

‼️ Bunaqada universitet yoki institut qanday rivojlanadi? Biz havas qiladigan, andoza olishga urinayotgan top universitetlar ham foyda evaziga rivojlangan. To‘g‘ri, ular daromadining asosiy qismini kontraktlar emas, ilm bilan bog‘liq, lekin ilmdan foyda qiladigan darajaga chiqib olish uchun ham sarmoya kiritish kerak.

Eng katta xarajat oylik maoshlar bo‘lib, eng katta daromad kontraktlardan bo‘lgandan keyin, albatta, bular bir-biriga bog‘liq. Kontraktlardan tushgan mablag‘ oylik maoshga yo‘naltiriladi.

◀️Talabalar 4 yildan beri deyarli bir xil summa to‘layaptimi, o‘qituvchining ham oyligi oshmaydi. Inflatsiya, narx-navo masalasi bor. Talaba uchun yaxshi, lekin o‘qituvchiga yomon. Oxirgi vaqtlarda shaxsan men tanigan o‘nlab ilmli professorlar xususiy oliygohlarga o‘tib ketdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤3🔥3
💲 Markaziy Osiyo davlatlari stipendiyalari miqdori taqqoslandi

Asia-Plus nashri 2023-2024 o‘quv yilida Markaziy Osiyo davlatlari talabalarining stipendiyalarini taqqoslab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, eng ko‘p stipendiyani qozog‘istonlik talabalar oladi. Eng kamini qirg‘izistonliklar.

🇰🇿Qozog‘istonda maxsus stipendiyalar

Qozog‘istonda talabalar o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib stipendiya olishadi.

◀️Pedagogika va tibbiyot yo‘nalishi talabalariga 67 200 tenge (145 dollar yoki 1,8 mln so‘m) miqdoridagi stipendiyalar ajratiladi.
◀️Texnik va kasbiy yo‘nalishdagi talabalarga 32 681 tenge (70 dollar yoki 856 ming so‘m) miqdorida stipendiya beriladi.
◀️Qolgan talabalar 41 898 tenge (90 dollar yoki 1,1 mln so‘m) miqdorida stipendiya oladi.

🇺🇿O‘zbekistonda 3 turdagi stipendiya bor

O‘zbekistonda talabalar yangi o‘quv yilida uch turdagi: prezident, asosiy va shaxsiy stipendiyalarni olishi mumkin.

◀️Prezident stipendiyasi miqdori qariyb 2,2 million so‘mni (180 dollar) tashkil etadi. U a’lo baholarga o‘qigan va faol talabalarga tanlov asosida beriladi.
◀️Asosiy stipendiyani o‘qish semestrida 30 foizdan kam «yaxshi» va «qoniqarli» baholarga ega bo‘lgan talabalar oladi. Uning miqdori 621 ming so‘mni (51 dollar) tashkil etadi.
◀️Shaxsiy stipendiyalar mashhur shaxslar – Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibrohim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomi bilan atalgan. Uning miqdori qariyb 1,5 million so‘mni tashkil etadi va tanlov asosida beriladi.

🇹🇯Tojikistonda to‘rt turdagi stipendiya bor

Tojikistonda stipendiya universitet va institutlarda budjet asosida va kunduzgi bo‘limda ta’lim olayotgan talabalarga beriladi. Tojikiston Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, talabalar 4 turdagi: oliy, o‘rta va qoniqarli, shuningdek, prezident stipendiyasini oladi.

◀️Prezident stipendiyasi Tojikistondagi eng oliy stipendiya bo‘lib, mablag‘ prezident jamg‘armasidan ajratiladi. U faqat a’lo baholarga o‘qigan talabalarga beriladi. Uning miqdori 1130 somoniyni (103 dollar yoki 1,3 mln so‘m) tashkil qiladi.
◀️Oliy stipendiya semestrni «a’lo» baholar bilan tugatgan talabalarga beriladi va uning miqdori 448 somoniyni (41 dollar yoki 501 ming so‘m) tashkil qiladi.
◀️O‘rtacha stipendiyani semestrni yaxshi va a’lo baholar bilan yakunlagan talabalar oladi. Uning miqdori 324 somoniyni (29 dollar yoki 355 ming so‘m) tashkil qiladi.
◀️Bir semestrda 20 foizgacha qoniqarli baho olgan talabalarga qoniqarli stipendiya beriladi. Ikki semestr ketma-ket o‘qishni qoniqarli baholar bilan tugatgan taqdirda, bunday stipendiya berilmaydi. Uning miqdori 120 somoniyni (11 dollar yoki 135 ming so‘m) tashkil qiladi.

Universitet va institutlarda kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga stipendiya berilmaydi.

🇰🇬Qirg‘izistonda stipendiyalar miqdori kam

Qirg‘izistonda stipendiya to‘lashning butunlay boshqacha tizimi mavjud. Ushbu mamlakat Ta’lim va fan vazirligi qaroriga ko‘ra, a’lochi talabalarga 1600 qirg‘iz so‘mi (18 dollar yoki 220 ming so‘m) miqdorida stipendiya ajratiladi.

◀️Biroq abituriyentlarni pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga rag‘batlantirish maqsadida yuqori miqdorda stipendiya ajratiladi. Xususan, bu yo‘nalishda 1-kurs talabalariga 1000 qirg‘iz so‘mi (11 dollar yoki 134 ming so‘m), 2-kurs talabalariga 2000 qirg‘iz so‘mi (22 dollar yoki 268 ming so‘m), 3-kurs talabalariga 3000 so‘m (33 dollar yoki 404 ming so‘m) va 4-kurs talabalariga 4000 qirg‘iz so‘mi (44 dollar yoki 538 ming so‘m) miqdorida stipendiya beriladi.

Qirg‘izistonda prezidentlik stipendiyasi ham bor. U faol talabalarga, ammo yiliga bir marta, 50 ming qirg‘iz so‘mi (566 dollar yoki qariyb 7 mln so‘m) miqdorida beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3👏3🔥1
📣 Talabalar bilan ijara shartnomalari qanday tuziladi

Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin.

👉 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish sayti orqali
Bunda ijaraga beruvchi platforma orqali “Talabalar ijarasi” bo‘limini tanlab “Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma’lumot” oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda “Qo‘shish” tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

📲So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi.

Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

👉 “Soliq” mobil ilovasi orqali
Ilovaning “Ijaraga berish” undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Unda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi.

👌 Talabalar “Face ID” yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

🗣️ Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma’lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi.

☝️ Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

Shuningdek, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Uy-joyni ijaraga beruvchilar shartnomani portal orqali davlat hisobiga bepul qo‘yishi mumkin.

‼️ Bu ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️UBS’ni tanlashga besh sabab!

Kontrakt qimmatligi, DTM ballingiz pastligi va ish bilan o‘qishga ulgurmaslik
kabi muammolar bilan o‘zingizni qiynashni bas qiling va “University of Business and Science”ga keling!

❓ Nega deysizmi?

➖ Universitet diplomi davlat miqyosida tan olinadi
➖ Oliygohda sirtqi ta’limning o‘zida 180 ta grant ajratilgan
➖ Uyingizga yaqin, qulay hududda joylashgan
➖ Zamonaviy va ta’lim sifati yuqori, eng muhimi, malakali ustozlar saboq beradi
➖ Iste’dodingizni namoyon qilish, quvnoq do‘stlar davrasida talabalik zavqini his qilish

✅ Hoziroq hujjatlaringizni topshiring, qabul tugashiga oz qoldi!

Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari

📥 Hujjat topshirish: Onlayn (qabul.ubsu.uz) va oflayn (qabul ofisida)

☎️ Murojaat uchun: +998781132626, +998907894242

🗺 Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy

📄 Litsenziya (№041778, 05.10.2022-y)

Telegram: @ubsuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1🔥1
📌 Qaysi kursdan boshlab talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin?

Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤4👏2
158.2023 yil.11.09.pdf
2.2 MB
📣 “O‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASI TASDIQLANDI.
PF-158
2023-yil 11-sentabr

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥱13👍5👏2❤1😁1
📣 Ikkinchi mutaxassislikka kirganlar uchun ham taʼlim krediti berilishi boshlanibdi

Bu haqda obunachilarimiz xabar berishdi. Mazkur maʼlumotni Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼullaridan tekshirdim, ular ham tasdiqlashdi.

📌 Taʼlim krediti berish jarayoni ilk boshlangan vaqtlarda ikkinchi mutaxassislikka taʼlim krediti berilmas edi. Ammo keyinchalik talabalardan kelgan so‘rovlarning ko‘pligi sabab bunga ruxsat berilibdi.

‼️ Shunday qilib, ikkinchi mutaxassislikka kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlimga o‘qishga kirgan talabalar banklarga taʼlim krediti olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🔥2👏2
👀 Rasman: Sentyabrdan 10-11-sinf o‘quvchilari oʻzi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishi kerak

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritildi.

📣 Bunda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilingan.

10–11-sinflardagi 14 ta majburiy fanlar takomillashtirilgan yangi o‘quv reja asosida o'quvchilar 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlaydi.

💬 Siz 10-11-sinf o'quvchisi bo'lsangiz, fanlarni tanlab o'qiyapsizmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁13👍6🥱4👌2🔥1👀1
💲Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

◀️Kredit olish imkoniga kimlar ega?
Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

📄Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

❌ Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3🔥2😢1
🗂Ta'lim krediti olish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

➖Ariza;
➖Pasport;
➖Kreditni qaytarish bo‘yicha ta’minot;
➖Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma.

‼️Ta'lim kreditlarini banklardan olish mumkun.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤3👏2
✔️Ta'lim kreditlarini qaysi banklardan olsa bo'ladi?

Yangi tartib asosida beriladigan ta’lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin degan savol bugungi kunda talabalar uchun juda dolzarbdir. Moliya Vazirligi e’lon qilgan ta’lim krediti ajratadigan banklar ro’yxatiga ko’ra quyidagi 11 ta bank hozidgi vaqtda ta’lim kreditini ajratadi:

🗣️Talaba yigitlarga 14%, xotin-qizlarga esa 0% dan kredit ajratuvchi banklar ro'yxati

🏦Agrobank
🏦Aloqabank
🏦Asakabank
🏦Ipoteka-bank
🏦MKBank
🏦Orient finans bank
🏦Turonbank
🏦Xalq banki
🏦O‘zmilliybank
🏦O‘zsanoatqurilishbank
🏦Qishloqqurilishbank
🏦Hamkorbank

Ushbu banklarning istalgan filialiga ta’lim krediti olish uchun murojaat qilish mumkin. Qanday hujjatlar talab etilishini bu yerda o'qishingiz mumkin.

Ta’ilim krediti uchun arizalar sentyabr oyidan boshlab qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤2🔥1
⚡️ Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

JIDUga 6 nafar talaba maksimal 189 ball to'plagan bo'lsa-da, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi. Bu talabalar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha grantga o'tkaziladi. «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilmoqda.

◀️O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga asosan ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Unga ko'ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro munosabatlar≫ yo'nalishi (o'zbek guruhi)ga eng yuqori - 189 ball to'plangan, ammo to'lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz bo'yicha davlat granti asosida o'qiydi:

👉 Ahatova Aziza Shuhrat qizi;
👉 Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;
👉 Xoʻjabekov Ubaydullo Ne'matovich;
👉 Ergasheva Muxlisa Azizbek qizi;
👉 Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon o'g'li.

Eslatib o'tamiz, «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga harbiy ta'lim muassasalarida o'zlari to'plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boshqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qo'shimcha ballar beriladi. Aynan shu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga o'qishga topshirgan 6 nafar abituriyent 189 ball to'plasa ham, kontrakt asosida o'qishga qabul qilingandi.

➡️ Qabul komissiyasi a'zosi, Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimovning so'zlariga ko'ra, «Temurbeklar maktabi»ning ham kvotalarini alohidalashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ma'lum qilinishicha, shunga o'xshash keyingi holatlarning ham oldini olish uchun muntazam ishlovchi tartib ishga tushirilyapti.

«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boshqa OTMda bunday muammo yo'q. Maksimal ball to'plab ham kontraktga o'qishga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpog'istonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal bo'ladi», degan u.

‼️ Mandat e'lon qilingach, maksimal ball to'plab ham kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlar mavzusi va «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga berilgan imtiyoz jamoatchilik etirozlariga sabab boʻlgandi. Kun.uz ham bu mavzuda bir qancha materiallar e'lon qilgandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤3🔥1🤔1
📣 Super kontrakt asosida o'qishni ko'chirish muxlati tugamoqda

Oshirilgan kontrakt asosida o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar uchun muxlat tugamoqda. Oliygohlarning o'zi ham jarayonni to'xtatib qo'yish huquqiga ega.

📌 Oshirilgan kontrakt uchun shartnomalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin. Bir yillik oshirilgan kontrakt summasining 50%ini to'lagan talabgorlar uchun darslarda qatnashish imkoni beriladi.

☝️Agarda 15-oktabr qadar oshirilgan kontrakt summasini to'liq amalga oshirsangiz 10%lik chegirmaga ega bo'lasiz.

Shoshiling muxlat yakunlanmoqda. Davlat oliygohlar moddiy-texnik baza imkoniyati cheklanganligi sababi bilan xoxlagan vaqtda "perevod"chilarni qabul qilmaslik huquqiga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤2😭2
‼️ ESLATMA

Talabaning shaxsiy yigʼma jildi belgilangan muddatda taqdim etilmaganda fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi murojaatiga rad javobi beriladi!

📌 Asos: (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😭7❤3👍1🔥1
📣 Prezident grantining afzalligi nimada?

Har yili davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti beriladi.

👀 Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Prezident granti sovrindorlari 1-kursda barcha fanlarni “aʼlo” baholarga o‘qisa, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan bo'lsa, unda stipendiya tanlovida qatnashadi.

📌 O‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi.

Prezident granti uchun belgilangan stipendiya 2-kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi va shuning uchun unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.

⚡️ Agar grant sovrindori o‘quv semestri yakuniga ko‘ra kamida bitta fandan “aʼlo” baho olmasa, kelgusi o‘quv semestri mobaynida unga umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi.

Navbatdagi o‘quv semestri yakuniga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “aʼlo” baho bo‘lganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va to‘lab boriladi.

‼️ O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤7😱3🤣3
📣 Prezident maktabi bitiruvchilari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
topshiriqlariga asosan ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni qabul qilindi.

‼️Unga ko'ra, Prezident, Ijod, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasining tegishli Bayoni bilan Davlat oliy ta'lim muassasalariga umumiy qabul kvotasidan tashqari qoʻshimcha kvotalar asosida talabalikka tavsiya etildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤯11🔥3❤1
📣 Milliy sertifikat qanday imtiyoz beradi?

👉 Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qoʻlga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

👉 Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

👉 Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

👉 Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qoʻlga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤4🔥3
‼️ "Temurbeklar maktabi"ga berilgan imtiyoz ham umumiy kvotadan chiqariladi

Bilimlarni baholash agentligi direktori Majid Karimovning ma'lum qilishicha, abituriyentlar maksimal ball olib kontraktga tushib qolmasliklari uchun alohida tizim ustida ishlanyapti.

👉 Eslatib o'tamiz, hozirgi tartib bo'yicha, "Temurbeklar maktabi"ni tugatgan o'quvchilarga harbiy OTMlarda 30 foiz, boshqa davlat OTMlarida esa 15 foiz ball qo'shib beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4👏4
📣 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

🔹 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
🔹 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
🔹 majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

‼️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5🔥3