Ta'limda nima gap?
75.1K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
✍️ Inglizlarda “an empty wagon makes the most noise” degan gap bor. Tarjimasi “bo’sh vagon eng ko’p shovqin chiqaradi”

Har birimizni davramizda shunday “bo’sh vagon” lar bor. Hech narsani bilmasa ham, og’zini to’ldirib gapirishdan to’xtamaydi. Odatda shunday insonlar, “qancha ko’p gapirsam shuncha odamlar meni aqlli deb o’ylashadi” deb o’ylashadi. Aslida ko’p gapirish (ayniqsa) erkak kishi uchun, kuchsizlik va aqlsizlik belgisidir.

Robert Grini ning “Hokimiyatning 48 qonuni” kitobi 4-qonuni: Har doim keragidan kamroq gapir!

Chunki bir sohani qancha chuqur o’rganganingiz sari, shu sohani qanchalar bilmasligingizni anglab yetishni boshlaysiz. Va anglab yetish sizni kamtarlikka, kamtarlik esa kamgaplikka olib keladi.

Ko’proq eshitib kamroq gapiring! Chunki inson gapirib emas eshitib o’rganadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥5👏5💯2
💊 Tomoq og'rig'i va yo'tal uchun vosita

Resept:
tozalangan bananni maydalang, silliq bo'lguncha maydalang, 2-3 osh qoshiq kakao qo'shing.

📌 Bu aralashmani bir stakan issiq sut bilan to'kib yaxshilab aralashtiramiz, ta'mga shakar qo'shing, lekin asal yaxshiroq (agar siz unga allergiyangiz bo'lmasa).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤8🔥3👏2
📣 Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi

2030 yilgacha bog'cha va maktablarning pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish rejalashtirilmoqda.

➡️ 10 ta OTMni dunyoning eng nufuzli universitetlari top mingtaligiga kiritish maqsadi ham qo'yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning 2030 yilgacha boʻlgan strategiyasini tasdiqladi. Unda ta'lim tizimida quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

👉 bog'chalarning 100 foizini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash;

👉 olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktablarning o'quvchilari uchun bepul avtobuslarni tashkil etish;

👉 yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;

👉 ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar "til egalari" bo'lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

👉 maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o'rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;

👉 nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, ularda tahsil olayotgan o'quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish;

👉 2024 yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o'rta ta'lim muassasalari qurilishi bo'yicha shartnomalar tuzish;

👉 yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;

👉 10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliygohlari reytingiga kiritishga erishish;

👉 qo'shimcha 120 ming o'rinli o'quv binolari hamda 150 ming o'rinli talabalar turar joylarini qurish;

👉 fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so'm mablag' ajratish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😱4❤3👏1🥱1
📣 Har yili 500 nafar yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

7 yillik strategiyada
, shuningdek, o'rtacha umr ko'rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug'uruq o'rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag'allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o'rin olgan.

🗣️ "O'zbekiston-2030" strategiyasining "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo'nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlaridagi islohotlar
◀️har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborish;
◀️yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4❤3🥰1
😎Biznes va do'stlik

👉 Agar mening do'stim do'kon ochsa, men xaridlarimni uning do'konida qilaman

👉 Agar mening do'stim sartarosh bo'lsa, men faqat unga sochimni oldiraman

👉 Agar do‘stim mashina sotsa, men undan mashina olaman

Balki narxlar boshqa joylarda pastroq, lekin men do'stimning biznesi rivojlanishiga yordam beraman.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰9🔥4🤔2❤‍🔥1🤓1
📣 Rektorlar tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

☝️Unga koʻra 2023-yil oktyabriga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

📌Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥱4❤2
☄️ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3👏3
📣 Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

📌Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤣12❤3
❓ O‘tgan yilgi kafil bilan yana ta’lim krediti olish mumkin

Ipoteka bank
dan xabar berishdi, endi ta'lim krediti olish uchun o'tgan yilgi kafilning o'zi yetadi.

📌 Agar siz o'tgan yili ta'lim krediti olgan bo'lsangiz va kafil ko'rsatgan bo'lsangiz, o'sha kafilning o'zi bilan bu yil ham ta'lim krediti olishingiz mumkin, shu paytgacha yangi kafil topish talabi bor edi, endi shu talab yo'q.

Faqat o'tgan yilgi va joriy yilgi kredit miqdoringiz jami 30 million so'mdan oshib ketmasligi kerak. Menimcha qolgan banklar ham yangi kafil topish talabini olib tashlashsa kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3🔥3
💳 Talabalar plastik kartadan guvohnoma o‘rnida foydalanishi mumkin bo'ladi

Bu hozircha qachondan amalga oshishi aniq emas. Avvalroq Oliy ta’lim vaziri shu masalada bank xodimlari bilan uchrashgandi.

✔️ Agar amalga oshsa, birgina bank kartasining o‘zidan talabalar guvohnoma sifatida foydalanishi, kutubxona, yotoqxona, sport zallariga kirish, mikroqarzlar olish, elektron hamyon ochish va boshqalarda ishlata olishi mumkin bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🥰6👏3❤1
💊Sentyabrdan tibbiyot yo'nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

"IELTS" darajasi kamida 7.5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo'lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

✔️Barcha tibbiyot yo'nalish talabalarini xabardor qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4🔥4
☄️ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥2💘1
⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

‼️ Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

➡️ Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5❤‍🔥4
⚡️ Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 129-modda):

👉homilador ayollar;
👉uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

❗️Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥5🤯2
🇬🇧 Ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning Kipr Fanlar Universitetida tan olinadi

Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda.

🤝 Buning uchun test formatini yanada takomillashtirish va xalqaro talablar doirasida shakllantirish yuzasidan bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatni xorijiy universitetlar tomonidan tan olinishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Natijada Turkiyaning Kipr Fanlar Universiteti (Kibris Ilim Üniversitesi –Cyprus Science University) tomonidan agentlikning ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikati rasman tan olindi.

Endilikda Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyentlar Kipr Fanlar Universitetida tahsil olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥1
☝️ Maqsadli intizom haqida

Intizomingiz darajasi, siz necha marta komfort zonangizga yo’q deganingiz bilan o’lchanadi.

Necha marta issiqqina o’rningizga yo’q dedingiz?

Necha marta fast food ga yo’q dedingiz?

Necha marta shirinlikka yo’q dedingiz?

Xulosa o’zingizdan!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤2🔥1
📌 Stipendiyalar har oyning 5-sanasigacha talabalarga tashlab berilishi kerakmi?

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan moddiy yordam pullari har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtirilishi belgilangan.

❌ Bu yerda talabalarga to'lanadigan stipendiyalar emas, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan nochor va ishsizlar uchun ta'sis etilgan yordam puli stipendiyasi nazarda tutilgan.

Davlat oliy ta'lim muassasalarida buxgalterlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yildagi 245-son qaroriga asosan oylik va stipendiya tayinlaydilar. Ya'ni har oyning 5-sanasigacha OTM xodimlariga avvalgi oy ishlagani uchun oylik ish haqqi tashlab beradilar, har oyning 20-sanasigacha esa talabalar uchun joriy oyning stipendiyasi tashlab beriladi.

⭕️ Masalan hozir sentabr, 5-sentabrga qadar xodimlar uchun avgust oyligi tashlab berilishi shart, buxgalterlar 5-sentabrga qadar faqat shu xodimlarni oyliklarini vaqtida tashlab berish bilan shug'ullanadilar. Shundan so'ng buxgalterlar 20-dekabrga qadar talabalarga sentabr oyi stipendiyasini tashlab berish bilan shug'ullanadilar. Shu tartibda har oy davom etaveradi.

◀️Stipendiyalar nega kechikadi?
Stipendiya kechikishining asosiy sabablaridan biri bu dekan o'rinbosarlari talabalarning vedmost qog'ozlarini o'z vaqtida buxgalteriyaga taqdim etmasligi hamda talabalar o'z vaqtida kontrakt to'lamasligidir. Har oy dekan o'rinbosarlari buxgalteriyaga stipendiyali kontrakt to'laganlar to'g'risida ma'lumot kiritib boradi, barcha fakultetlarda ushbu ma'lumotlar to'liq jamlanmaguniga qadar stipendiyalar tayinlanmaydi, shu tariqa har oyning 1-sanasidan 20-sanasigacha bo'lgan oraliqda dekan o'rinbosarlaridan stipendiyali kontrakt to'laganlar va akademik qarzdor bo'lmaganlar, chetlashtirilmaganlar haqida umumlashgan ma'lumot kelishini kutishadi.

Oylik va stipendiya tushurib berish nozik masala bo'lib juda katta hujjatbozlik va ko'p mehnat talab qiladi, shuning uchun bu amaliyot 1 oyda 1 marotaba o'tkaziladi. Shu sababli bo'lim boshliqlari tabellarni dekan o'rinbosarlari esa vedmostlarni kadrlar bo'limi va buxgalteriyaga o'z vaqtida yetkazishlari muhim ahamiyatga egadir.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤔3🔥2
📣O‘tish ballini 89,2 foiz talabgor to‘plolmadi – bu yilgi «perevod» mavsumi haqida

Davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishga faqat 2 holatda: talaba turmush qurganda turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash joyiga, talabaning ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarganda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.

📌 «Perevod» uchun minimal ball 1 yil oldingi o‘tish ballidan anchayin past

Lekin imtihon asosida istalgan xorijiy va mamlakat ichidagi xususiy OTMda o‘qiyotgan talabalar o‘qishini davlat OTMga ko‘chirish mumkin. Ular buning uchun o‘tish ballini to‘plasa yetarli. O‘tish balli esa bir yil oldingi kirish imtihonlaridagi o‘tish balliga qaraganda ancha pastroq.

‼️ Masalan, 2022 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi «Davolash ishi» yo‘nalishida o‘tish balli 159,4 ball bo‘lgan bo‘lsa, bu yil o‘qishni ko‘chirish uchun sog‘liqni saqlash sohasi yo‘nalishlarida belgilangan minimal o‘tish balli 129 ball etib belgilangan.

🗣️ Yoki ta’lim yo‘nalishida o‘tish balli 94 ball etib belgilangan, aksar ta’lim yo‘nalishlarida esa o‘tish ballari bundan anchayin baland bo‘ladi. Toshkent davlat pedagogika universitetining «Tarix» yo‘nalishida o‘tish balli 159,1 ball, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida esa 125,7 ball bo‘lgan. Ta’lim yo‘nalishida o‘tish balli 94 balldan pastroq bo‘lgan yo‘nalishlar ham bor, lekin talabgir yo‘nalishlarda ball anchayin baland bo‘lgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 To'lov kontraktidan davlat grantiga o'tgan talabalar

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏10👍3🔥2
📣 Oliy ta'lim muassasalaridagi yana bir global muammolardan biri: Kursdan-kursga o'tgani haqidagi buyruq kech chiqishi!

Har yili barcha OTMlarda yangi o'quv yili boshlanishi bilan talabalardagi eng katta muammo bu tizimlarda avvalgi kursi ko'rsatilishi.

‼️ Masalan kontrakt.edu.uz da kerak bo'lsa noyabrgacha sizni kursingiz bir kurs past qilib ko'rsatiladi, bunda ta'lim krediti yoki ishxonadan pul o'tkazishda muammolar tug'iladi, proyezdnoy olish uchun guvohnoma kerak bo'ladi, guvohnomaga keyingi kursni pechatini urish uchun esa siz keyingi kursga ko'chirilganingiz haqida buyruq chiqishi kerak bo'ladi. Yoz ichi OTMdagilar 1 kun vaqt ajratib buyruq chiqarib qo'yishni iloji yo'qmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤4🔥3
📌 O‘tish ballini 89,2 foiz talabgor shu minimal ballga ham yetolmaganlar

O‘tish balli ancha past bo‘lgani sabab bir yildan keyin xususiy yoki xorijiy OTMda o‘qib turib, o‘qishini ko‘chirish niyatida bo‘ladiganlar yetarlicha bo‘ladi. Masalan, bu yil xorijiy va xususiy OTMdan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun 54,2 ming kishi ariza topshirgan. Ularning 41,1 ming nafari Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan imtihonda qatnashgan.

👀 Lekin testda ishtirok etganlarning 89,2 foizi o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan minimal ballarni to‘play olmagan. Faqat 4,3 ming nafar talabgor o‘tish ballini to‘plab davlat OTMda o‘qish imkoniga erishgan. Lekin 4,3 ming soni ham kichkina raqam emas. Bu – davlat shuncha shaxsning oliy ta’limda o‘qishi uchun sharoit qilib berishi kerakligini anglatadi.

O‘qishni ko‘chirish imtihonlari ham xuddi kirish imtihonlari kabi shaffof imtihon tarzida o‘tkazilayotgani yaxshi, albatta. Lekin har ikkala holatda OTMga kirish va o‘qishni ko‘chirishdagi ballarda katta farq bo‘lishi qanchalik to‘g‘ri? Ballar o‘rtasida sezilarli farq bo‘lishi bir yil oldin yuqori ball to‘plab davlat OTMga o‘qishga kirgan talabalarga nisbatan adolatsizlik bo‘lmaydimi? Agar hammasi shu tartibda davom etsa, o‘qishga kirib bir yildan keyin ko‘chirish uchun talabgor bo‘ladiganlar soni oshib borishiga sabab bo‘lmaydimi?

‼️ Masalan, Bilim va malakalarni baholash agentligi tahlillariga ko‘ra, ayrim xususiy universitetlardan mingdan oshiq talabgor o‘qishini davlat OTMga ko‘chirish uchun ariza bergan.

Bundan tashqari, OTMda qancha talabgor o‘tish ballini to‘plab «perevod» qilishini, qancha talabaga o‘qish joyi ajratishlari kerakligini oldindan prognoz qilish va ularga sharoit qilish imkoni mavjudmi?

➖ OTMga kutilmagan tarzda yuk tushmasligi va avvalroq talaba bo‘lganlarga nisbatan adolatsizlik bo‘lmasligi uchun bularni ham bir o‘ylab ko‘rish kerakdir balki.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😢7🔥3