Ta'limda nima gap?
75.1K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📌 4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

4 ballgacha boʻlganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15- oktabriga qadar to'liq to'lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (bu chegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yo'q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo'lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo'llanmaydi.

‼️ Eslatib o'taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo'ladi:

◀️o'tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - bazaviy to'lov-
kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
◀️1,06 balldan 2,05 ballgacha - 2 barobari;
◀️2,06 balldan 3,05 ballgacha - 2,5 barobari;
◀️3,06 balldan 4,05 ballgacha - 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100% to'lov qilsa ham, ularga chegirma yo'q. Shu sababli avval 50 %ini to'lab, qolganini o'quv yili davomida bo'lib to'lasa bo'ladi.

‼️ ELATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko'pchilik chalg'imoqda va buni 4,5 ball deb o'ylayapti. Ammo unaqa emas.

4,05 (to'rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to'rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig'iga 4,1 (to'rt-u bir) balldan ko'p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥3👏3❤1
‼️ Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1️⃣ O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2️⃣ Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3️⃣ Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4️⃣ O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5️⃣ Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

📣 Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤩7😁4❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Iqtisodchi Otabek Bakirov Kun.uz'ga bergan intervyusida OTMlardagi to'lov- kontrakt narxlari sun'iy ushlab turilishi salbiy oqibatlar tug'dirishini ta'kidladi.

Uning fikricha, uzoq muddat davomida bozordagi oʻzgarishlar, talab va taklif inobatga olinmasa, tartibga solinadigan segmentda salbiy oqibatlar paydo bo'ladi.

👉 "Bu faqat oliy ta'lim bilan bog'liq holat emas.

Deylik, siz uzoq vaqt bug'doy narxlarini ushlab tursangiz, bozorda yo bug'doy defitsiti, yoki sifat pasayishi yuzaga keladi", - deydi u.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3🤯2
📣 Rasman: Qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi. Tartibi qanday?

Bu yil magistraturaga kontraktga kirgan talaba xotin-qizlar — 2,1 ming. Ularning hammasiga kontrakt to'lab beriladi.

◀️Buning tartibi qanday?
Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

📌 Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗️Eslatma: hozircha, magistrlarga kontrakt qog'ozini onlayn olish imkoni berilmadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2❤‍🔥2
👀 Toifa berishning yangi tartibi 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

◀️Unga ko'ra:

👉 2023-yilning noyabr oyiga qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

👉 2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi;

Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.

👉 Toifa sertifikatini yuklab olish uchun telegram-bot: @uztdibot

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤3🔥2
✍️ Inglizlarda “an empty wagon makes the most noise” degan gap bor. Tarjimasi “bo’sh vagon eng ko’p shovqin chiqaradi”

Har birimizni davramizda shunday “bo’sh vagon” lar bor. Hech narsani bilmasa ham, og’zini to’ldirib gapirishdan to’xtamaydi. Odatda shunday insonlar, “qancha ko’p gapirsam shuncha odamlar meni aqlli deb o’ylashadi” deb o’ylashadi. Aslida ko’p gapirish (ayniqsa) erkak kishi uchun, kuchsizlik va aqlsizlik belgisidir.

Robert Grini ning “Hokimiyatning 48 qonuni” kitobi 4-qonuni: Har doim keragidan kamroq gapir!

Chunki bir sohani qancha chuqur o’rganganingiz sari, shu sohani qanchalar bilmasligingizni anglab yetishni boshlaysiz. Va anglab yetish sizni kamtarlikka, kamtarlik esa kamgaplikka olib keladi.

Ko’proq eshitib kamroq gapiring! Chunki inson gapirib emas eshitib o’rganadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥5👏5💯2
💊 Tomoq og'rig'i va yo'tal uchun vosita

Resept:
tozalangan bananni maydalang, silliq bo'lguncha maydalang, 2-3 osh qoshiq kakao qo'shing.

📌 Bu aralashmani bir stakan issiq sut bilan to'kib yaxshilab aralashtiramiz, ta'mga shakar qo'shing, lekin asal yaxshiroq (agar siz unga allergiyangiz bo'lmasa).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤8🔥3👏2
📣 Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi

2030 yilgacha bog'cha va maktablarning pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish rejalashtirilmoqda.

➡️ 10 ta OTMni dunyoning eng nufuzli universitetlari top mingtaligiga kiritish maqsadi ham qo'yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning 2030 yilgacha boʻlgan strategiyasini tasdiqladi. Unda ta'lim tizimida quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

👉 bog'chalarning 100 foizini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash;

👉 olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktablarning o'quvchilari uchun bepul avtobuslarni tashkil etish;

👉 yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;

👉 ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar "til egalari" bo'lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

👉 maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o'rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;

👉 nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, ularda tahsil olayotgan o'quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish;

👉 2024 yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o'rta ta'lim muassasalari qurilishi bo'yicha shartnomalar tuzish;

👉 yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;

👉 10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliygohlari reytingiga kiritishga erishish;

👉 qo'shimcha 120 ming o'rinli o'quv binolari hamda 150 ming o'rinli talabalar turar joylarini qurish;

👉 fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so'm mablag' ajratish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😱4❤3👏1🥱1
📣 Har yili 500 nafar yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

7 yillik strategiyada
, shuningdek, o'rtacha umr ko'rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug'uruq o'rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag'allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o'rin olgan.

🗣️ "O'zbekiston-2030" strategiyasining "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo'nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlaridagi islohotlar
◀️har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborish;
◀️yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4❤3🥰1
😎Biznes va do'stlik

👉 Agar mening do'stim do'kon ochsa, men xaridlarimni uning do'konida qilaman

👉 Agar mening do'stim sartarosh bo'lsa, men faqat unga sochimni oldiraman

👉 Agar do‘stim mashina sotsa, men undan mashina olaman

Balki narxlar boshqa joylarda pastroq, lekin men do'stimning biznesi rivojlanishiga yordam beraman.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰9🔥4🤔2❤‍🔥1🤓1
📣 Rektorlar tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

☝️Unga koʻra 2023-yil oktyabriga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

📌Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥱4❤2
☄️ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3👏3
📣 Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

📌Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤣12❤3
❓ O‘tgan yilgi kafil bilan yana ta’lim krediti olish mumkin

Ipoteka bank
dan xabar berishdi, endi ta'lim krediti olish uchun o'tgan yilgi kafilning o'zi yetadi.

📌 Agar siz o'tgan yili ta'lim krediti olgan bo'lsangiz va kafil ko'rsatgan bo'lsangiz, o'sha kafilning o'zi bilan bu yil ham ta'lim krediti olishingiz mumkin, shu paytgacha yangi kafil topish talabi bor edi, endi shu talab yo'q.

Faqat o'tgan yilgi va joriy yilgi kredit miqdoringiz jami 30 million so'mdan oshib ketmasligi kerak. Menimcha qolgan banklar ham yangi kafil topish talabini olib tashlashsa kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3🔥3
💳 Talabalar plastik kartadan guvohnoma o‘rnida foydalanishi mumkin bo'ladi

Bu hozircha qachondan amalga oshishi aniq emas. Avvalroq Oliy ta’lim vaziri shu masalada bank xodimlari bilan uchrashgandi.

✔️ Agar amalga oshsa, birgina bank kartasining o‘zidan talabalar guvohnoma sifatida foydalanishi, kutubxona, yotoqxona, sport zallariga kirish, mikroqarzlar olish, elektron hamyon ochish va boshqalarda ishlata olishi mumkin bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🥰6👏3❤1
💊Sentyabrdan tibbiyot yo'nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

"IELTS" darajasi kamida 7.5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo'lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

✔️Barcha tibbiyot yo'nalish talabalarini xabardor qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤4🔥4
☄️ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤2🔥2💘1
⚡️ Magistraturaga hujjatlar qabuli o‘z yakuniga yetdi

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn 20 054 nafar abituriyent ariza yuborgan.

‼️ Hozirda kelib tushgan hujjatlar tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida. Bunda abituriyentlarning bakalavriat diplomi ilovasidagi ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanib, yuklangan til sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilmoqda.

Talabgorlar magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali o‘z arizalarining bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish holatini kuzatib borishlari mumkin.

➡️ Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilganidan so‘ng, yakuniy natija yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5❤‍🔥4
⚡️ Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 129-modda):

👉homilador ayollar;
👉uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

❗️Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥5🤯2
🇬🇧 Ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning Kipr Fanlar Universitetida tan olinadi

Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda.

🤝 Buning uchun test formatini yanada takomillashtirish va xalqaro talablar doirasida shakllantirish yuzasidan bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatni xorijiy universitetlar tomonidan tan olinishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Natijada Turkiyaning Kipr Fanlar Universiteti (Kibris Ilim Üniversitesi –Cyprus Science University) tomonidan agentlikning ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikati rasman tan olindi.

Endilikda Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyentlar Kipr Fanlar Universitetida tahsil olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥1
☝️ Maqsadli intizom haqida

Intizomingiz darajasi, siz necha marta komfort zonangizga yo’q deganingiz bilan o’lchanadi.

Necha marta issiqqina o’rningizga yo’q dedingiz?

Necha marta fast food ga yo’q dedingiz?

Necha marta shirinlikka yo’q dedingiz?

Xulosa o’zingizdan!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤2🔥1