Ta'limda nima gap?
75.1K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
✍️ to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
✍️ bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
✍️ OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
✍️ pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥3❤2🥰1
📣 Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

◀️stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

◀️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

◀️doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

◀️mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

‼️Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3👏3
📣 Germaniyani KFW banki bilan professional taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi

Germaniyada xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning KFW banki bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🇩🇪Hududlarda professional taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlashga koʻmak berish uchun Germaniya KFW banki bilan loyihani amalga oshirish masalalari bank vakillari bilan muhokama qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥3💯1
🫠 Bu yil 2-oktyabr — dam olish kuni hisoblanadi

📣 Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram sanalari dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi ish kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.

1-oktyabr o‘qituvchilar kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sabab 2-oktyabr kuni dam olinadi.

✔️ Shu kuni OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏20👍13🤣12
💸 2023-2024 o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilindi

"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari uchun “GTL stipendiyalar dasturi - 5” tanlovi e’lon qilindi.

☄️ Unda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Gʻoliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

👀 Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va telegram-boti orqali o‘zlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi video yuborishlari so‘raladi.

👀 Joriy yilning 20 oktyabridan 15 noyabriga qadar onlayn anketalar va videolar orqali saralangan talabalar o‘rtasida mutaxassisliklari va ingliz tili bo‘yicha yozma ish yoki test shaklida imtihon o‘tkaziladi.

👀 Joriy yilning 20 noyabridan 15 dekabriga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.

Tanlov doirasida o‘tkaziladigan har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

🗣️ Dastur g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning dekabr oyida o‘tkaziladi.

Gʻoliblarga 1 yil mobaynida har oy 1 000 000 so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi.

📌 Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. (Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.)

☝️ Eslatib o‘tamiz: ushbu stipendiya dasturi 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. O‘tgan o‘quv yillarida dasturda jami 5714 nafar talaba qatnashib, 70 ga yaqin iqtidor egalari g‘olib va faol ishtirokchi sifatida e’tirof etilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3🔥3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas!

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
👉 kontrakt;
👉 nodavlat bog’cha va maktablar;
👉 ipoteka kreditlari.

‼️ Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

✍️ Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤3🔥3🤯1
💰 Kontrakt narxi oshmagani aslida yaxshi emas. Iqtisodchi negalini tushuntirdi

Iqtisodchi Otabek Bakirov 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagani yaxshi emasligini tushuntirdi.

1️⃣Kontrakt oshmagan, lekin pul qadrsizlangani hisobga OTMlar zarariga ishlayapti. Bu esa ularda ta’lim sifati tushishiga sabab bo‘ladi.

2️⃣OTMlar talabalar sonini oshirishga, super-kontrakt talabalarni ko‘proq qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash imkonsiz.

3️⃣Kontrakt oshmasa, stipendiyalar ham oshmaydi. Stipendiya 2021-yildan beri oshmagan. "Har bir stipendiya oladigan talabani endi rasman kambag‘al deb hisoblash ham mumkin", deb yozadi iqtisodchi.

4️⃣Narxlarni uzoq vaqt sun’iy raviishda o‘zgartirmay ushlab turish, bu elektr yo gaz bo‘ladimi, oliy ta’limda kontrakt bo‘ladimi yo aytaylik, bu kartoshka bo‘lsa ham masala yechimini va o‘sha tovar-xizmatni siyosiylashtiradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😭19😁10🤔5💯5🤯3
📣 Xususiy oliygohlar hozir kvotalarni mustaqil belgilamoqda. Ammo...

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilingan.

✅ Unga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

➡️nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;

➡️oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤5🔥3
📌 4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

4 ballgacha boʻlganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15- oktabriga qadar to'liq to'lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (bu chegirmani oddiy kontraktlarga aloqasi yo'q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo'lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo'llanmaydi.

‼️ Eslatib o'taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo'ladi:

◀️o'tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - bazaviy to'lov-
kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
◀️1,06 balldan 2,05 ballgacha - 2 barobari;
◀️2,06 balldan 3,05 ballgacha - 2,5 barobari;
◀️3,06 balldan 4,05 ballgacha - 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi 100% to'lov qilsa ham, ularga chegirma yo'q. Shu sababli avval 50 %ini to'lab, qolganini o'quv yili davomida bo'lib to'lasa bo'ladi.

‼️ ELATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko'pchilik chalg'imoqda va buni 4,5 ball deb o'ylayapti. Ammo unaqa emas.

4,05 (to'rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to'rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig'iga 4,1 (to'rt-u bir) balldan ko'p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥3👏3❤1
‼️ Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1️⃣ O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2️⃣ Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3️⃣ Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4️⃣ O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5️⃣ Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

📣 Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤩7😁4❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Iqtisodchi Otabek Bakirov Kun.uz'ga bergan intervyusida OTMlardagi to'lov- kontrakt narxlari sun'iy ushlab turilishi salbiy oqibatlar tug'dirishini ta'kidladi.

Uning fikricha, uzoq muddat davomida bozordagi oʻzgarishlar, talab va taklif inobatga olinmasa, tartibga solinadigan segmentda salbiy oqibatlar paydo bo'ladi.

👉 "Bu faqat oliy ta'lim bilan bog'liq holat emas.

Deylik, siz uzoq vaqt bug'doy narxlarini ushlab tursangiz, bozorda yo bug'doy defitsiti, yoki sifat pasayishi yuzaga keladi", - deydi u.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3🤯2
📣 Rasman: Qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi. Tartibi qanday?

Bu yil magistraturaga kontraktga kirgan talaba xotin-qizlar — 2,1 ming. Ularning hammasiga kontrakt to'lab beriladi.

◀️Buning tartibi qanday?
Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

📌 Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗️Eslatma: hozircha, magistrlarga kontrakt qog'ozini onlayn olish imkoni berilmadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2❤‍🔥2
👀 Toifa berishning yangi tartibi 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

◀️Unga ko'ra:

👉 2023-yilning noyabr oyiga qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

👉 2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi;

Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.

👉 Toifa sertifikatini yuklab olish uchun telegram-bot: @uztdibot

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤3🔥2
✍️ Inglizlarda “an empty wagon makes the most noise” degan gap bor. Tarjimasi “bo’sh vagon eng ko’p shovqin chiqaradi”

Har birimizni davramizda shunday “bo’sh vagon” lar bor. Hech narsani bilmasa ham, og’zini to’ldirib gapirishdan to’xtamaydi. Odatda shunday insonlar, “qancha ko’p gapirsam shuncha odamlar meni aqlli deb o’ylashadi” deb o’ylashadi. Aslida ko’p gapirish (ayniqsa) erkak kishi uchun, kuchsizlik va aqlsizlik belgisidir.

Robert Grini ning “Hokimiyatning 48 qonuni” kitobi 4-qonuni: Har doim keragidan kamroq gapir!

Chunki bir sohani qancha chuqur o’rganganingiz sari, shu sohani qanchalar bilmasligingizni anglab yetishni boshlaysiz. Va anglab yetish sizni kamtarlikka, kamtarlik esa kamgaplikka olib keladi.

Ko’proq eshitib kamroq gapiring! Chunki inson gapirib emas eshitib o’rganadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥5👏5💯2
💊 Tomoq og'rig'i va yo'tal uchun vosita

Resept:
tozalangan bananni maydalang, silliq bo'lguncha maydalang, 2-3 osh qoshiq kakao qo'shing.

📌 Bu aralashmani bir stakan issiq sut bilan to'kib yaxshilab aralashtiramiz, ta'mga shakar qo'shing, lekin asal yaxshiroq (agar siz unga allergiyangiz bo'lmasa).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤8🔥3👏2
📣 Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi

2030 yilgacha bog'cha va maktablarning pedagog xodimlari oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish rejalashtirilmoqda.

➡️ 10 ta OTMni dunyoning eng nufuzli universitetlari top mingtaligiga kiritish maqsadi ham qo'yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning 2030 yilgacha boʻlgan strategiyasini tasdiqladi. Unda ta'lim tizimida quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

👉 bog'chalarning 100 foizini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash;

👉 olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktablarning o'quvchilari uchun bepul avtobuslarni tashkil etish;

👉 yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;

👉 ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar "til egalari" bo'lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

👉 maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o'rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;

👉 nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, ularda tahsil olayotgan o'quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish;

👉 2024 yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o'rta ta'lim muassasalari qurilishi bo'yicha shartnomalar tuzish;

👉 yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;

👉 10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliygohlari reytingiga kiritishga erishish;

👉 qo'shimcha 120 ming o'rinli o'quv binolari hamda 150 ming o'rinli talabalar turar joylarini qurish;

👉 fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so'm mablag' ajratish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😱4❤3👏1🥱1
📣 Har yili 500 nafar yoshlar xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

7 yillik strategiyada
, shuningdek, o'rtacha umr ko'rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tug'uruq o'rinlari sonini 35 foizga oshirish, 2026 yilgacha kambag'allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga qisqartirish kabi maqsadlar ham o'rin olgan.

🗣️ "O'zbekiston-2030" strategiyasining "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo'nalishidagi maqsadlari belgilandi.

Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlaridagi islohotlar
◀️har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborish;
◀️yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4❤3🥰1
😎Biznes va do'stlik

👉 Agar mening do'stim do'kon ochsa, men xaridlarimni uning do'konida qilaman

👉 Agar mening do'stim sartarosh bo'lsa, men faqat unga sochimni oldiraman

👉 Agar do‘stim mashina sotsa, men undan mashina olaman

Balki narxlar boshqa joylarda pastroq, lekin men do'stimning biznesi rivojlanishiga yordam beraman.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰9🔥4🤔2❤‍🔥1🤓1
📣 Rektorlar tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

☝️Unga koʻra 2023-yil oktyabriga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

📌Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥱4❤2
☄️ Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

✅ Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi va unda apellatsiya arizasi bergan jami 6 052 nafar talabgordan 866 nafari (14,3 %) ishtirok etdi. Ularning:

👉 790 nafari (5 482 nafardan) — OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga;

👉 76 nafari (570 nafardan) — xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlariga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤3👏3
📣 Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

📌Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤣12❤3