Ta'limda nima gap?
80.5K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🗣️ Prezident maktablari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun «tayanch maktab» etib belgilanyapti

Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

📣 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi.

Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

📌 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilansin.

Bunda, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari “tayanch maktablar” tomonidan yangi ta’lim dasturlari, dars o‘tishning ilg‘or metodikalari va o‘quvchi bilimini baholashning zamonaviy usullariga o‘rgatiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43🌚3
📌 2023 yilda O'zbekiston maktab ta'limi tizimida qanday o'zgarishlar kutilmoqda?

🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi tizimini rivojlantirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

Yangi dasturga muvofiq:

◀️informatika fani 1-sinfdan boshlab o'qitiladi;
◀️yuqori sinflardagi fanlar soni 16 tadan 11 taga qisqaradi;
◀️amaliy mashg'ulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi;
◀️ishga kirayotgan o'qituvchi bir yil davomida stajyor o'qituvchi sifatida ishlashi va shu muddatda sertifikat olishi kerak bo'ladi;

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148🔥3
🎉 Ilk marta bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

🗣️ Ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” 2023-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr – dushanba kuniga koʻchiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😁5🎉5
📣 Davlat oliygohlaridagi Professor -o‘qituvchilarning nodavlat oliygohlarga "ko‘chish" davri boshlandi

"Davlat universitetlaridan nodavlat oliy ta’lim maskanlariga o‘tgan ko‘plab yaxshi domlalar haqida eshityapman.

🎓 Universitet rektorat yo dekanat emas, professorlar atrofida birlashishi, qurilishi va ajralishi kerak, bu sog‘lom raqobat paydo qiladi, ustozlar qadrini  oshiradi.

Davlat ta’lim maskanlaridagi qog‘ozbozlik, buyruqbozlik, oylik maoshdagi sezilari farqlar (asosiy) va boshqa turli  to‘siqlar sabab  professorlar qadrdon joylarini tark etmoqdaligi aytilyapti.

🏆Negadir TOP ga harakat qilayotgan Davlat universitetlar oylik maosh borasida ham  TOP  ning o‘z talablari borligini unutishgan.

‼️O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekistonda xususiy ta’lim va Davlat universitetlari o‘rtasida sog‘lom raqobat davri boshlanadi, bunda Davlat universitetlari ish uslubi va professorlar rag‘batiga oid munosabatlarini o‘zgartirmas ekan  shuncha bazaga qaramay kurashda mag‘lub bo‘lishlari tayin!"

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥3🤔3👌2
📣 Davlat oliygohlaridagi Professor -o‘qituvchilarning nodavlat oliygohlarga "ko‘chish" davri boshlandi (2-qism)

Oxirgi vaqtlarda universitet, institut o'qituvchilaridan tizimda byurokratiya ko'paygani, avvalgi vazir Abduqodir Toshqulov davrida bekor qilingan qator keraksiz tekshiruvlar yana qayta boshlangani haqida xatlar olyapman.

📌 Kecha ana shunday tekshir-tekshirlar va byurokratiya sabab universitetdagi ishini xususiy ta'lim muassasasiga almashtirgan bir o'qituvchi bilan gaplashib qoldim.

Filologiya fanlari doktori, professor bo'lgan olimimizning aytishicha, shunday "ortga qaytishlar" sabab 2023-yilning o'zida u ishlayotgan universitetni 6 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi tark etgan.
Quyida suhbat davomida eslab qolganim va olimlarni davlat ta'lim muassasalaridan sovutayotgan omillardan bir nechtasini sanab o'tmoqchiman.

Filologik taʼlimda kutilgan Innovatsiya amalga oshirilmadi.
Taʼlim sifati koʻtarilmadi va, hatto, muammo oʻlaroq, bir marta ham kun tartibiga qoʻyilmadi.
Ilgʻor fikrlar kesiladi, tashabbuslar boʻgʻiladi, yangiliklar e'tiborga olinmaydi.
Boshqaruvda ayirmachilik va nepotizm kuchayib ketdi.
Qoʻl boshqaruvi ustuvorlashdi.
Piar (xoʻjakoʻrsin ishlar, koʼzboʻyamachilik) avjiga chiqdi.
"Istalmagan shaxs"lar paydo boʻldi va ular muttasil taʼqib qilinmoqda.
Rahbariyat "istalmagan shaxs"lar gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlamaydi, mehnatlari koʻzga ilinmaydi, ular oldiga sunʼiy toʻsiqlar qoʻyiladi.
Isteʼdodli olimlar universitetni tark etishmoqda yoki ketkazilmoqda, aksar xodimlarda inert kayfiyat, loqaydlik shakllandi.
Laganbardorlik va xushomadgoʻylik muqim ishlab qolish shartiga aylandi.
Nosogʻlom muhit shakllandi (gʻiybat, fisq-fasod, chaqimchilik, hasad, oʻch olish, badnom qilish).
Universitet kengashi amalda bir ovozli boʻlib qoldi.
Xorij eshiklari "istalmagan shaxs"lar uchun yopildi. Xalqaro aloqalarda bu holat yaqqol kuzatiladi.
Boshqaruv toʻliq lavozimiga nomunosib kadrlar qoʻliga oʻtdi.
Ilgʻor xorijiy tajribalar oʻrganilmadi va oʻzlashtirilmadi. Aksar hollarda taʼlim mazmuni, usul va vositalari 80-yillar darajasida qoldi.
Ilmning obroʻyi, olimlarning qadri butunlay tushib ketdi. Dissertatsiyalar boʻyicha himoya kengashlari tarkibi "yumshoq" olimlardan iborat qilib qoʻyildi. Ijtimoiy foydali tadqiqotlarga deyarli yoʻl yoʻq.

Bir necha kun avval taniqli biolog olim Baxtiyor Sheraliyev ham o'zi ishlayotgan universitetda byurokratiya yana ko'payib ketayotgani (masalan, o'qituvchilar yillik, oylik, haftalik va kunlik ish rejalari haqida rahbariyatga hisobot berib turishi bo'yicha yangi topshiriq olingani) va shu tufayli boshqa ishga o'tmoqchi ekani haqida post joylagandi.

‼️Agar oliy ta'lim tizimida ko'zlagan maqsadlarimizdan voz kechmagan bo'lsak, dasturlar asosida 2030-yilgacha qilgan rejalarimizga hali ham erishmoqchi bo'lsak, tizimni tezkorlik bilan qayta ko'rish, byurokratiyasiz ish qilolmaydigan rahbarlardan voz kechish talab qilinadi. Ular qanchalik qadrli shaxslar bo'lmasin. Qaytaraman, agar maqsad chindan islohotlarni davom ettirish bo'lsa - deya yozmoqda Ilyos Safarov

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍193🔥3
😇 Lahzalar qadri

Nonushta qilyapman. Salatimga qaradim. Qaynatilgan makkajo’xori. Tuproq, suv, o’g’itlar yig’indisidan shirin sabzavot hosil bo’lgan.

Kimdur ekkan. Boshqasi sotgan. Uchinchi odam tashib, to’rtinchisi maydalab, aralashtirib oldimizga qo’ygan.

Go’shtga qaradim. Yuqoridagi usulda yetib kelgan jo’xorini tovuq yegan. Yegan narsasining 10% qismini mushak massasi sifatida yig’gan.

Kimdur so’yib, tozalab, muzlatib qo’ygan. Keyingi odam sotib olgan. Keyingisi pishirib oldimizga olib kelgan.

Mazali sabzavot yanada mazali go’shtga aylangan.

Sut, qaymoq, non, asal, yong’oq. Hammasini shunday tahlil qilib chiqdim. Nonushtamga qarab vaqt qanday o’tganini bilmay qoldim.

Bitta dasturxonimizda shuncha mehnat. Shunchaki mazza qildim. Nega bismillah deyishimizni tushundim.

Hayotdan zavq olishimiz uchun, sayohat, qimmat sovg’alar, ko’p pul kerak emas. Lahzalarga e’tibor yetarli.

Chunki

Lahzalarining qadriga yetmaydiganlar, butun hayotini ham qadriga yetmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍307🔥4👏1🤔1
📣 Hozirda kontrakt.edu.uz sayti orqali beshala yo’nalishga ham kira olmaganlar uchun istalgan beshta yo’nalishdan birini tanlash imkoniyati ochilgan.

Lekin 2, 3, 4, 5-yo’nalishdan biriga kirganlar uchun birinchi yo’nalishni tanlab, super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoni yo’q.

🗣️ Bu xatolik emas, shunchaki saytda hozirda texnik ishlar ketmoqda.

Tez orada bunday imkoniyat ochiladi. Biroz sabr qilib, keyinroq urinib ko’ring.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🤣5🥰4
📲 Siz bilmagan ingliz tilini o'rganish uchun 6 ta mobil ilova

📌 Words — bu kartalar yordamida so'zlarni o'rganish uchun ajoyib dastur. Bu erda deyarli 10 000 kishi bor, ular kundalik nutqdan tortib biznes ingliz tiliga qadar turli mavzularda. Siz turli xil mini-o'yinlar yordamida so'zlarni yodlashingiz mumkin.
🍏 iOS
🤖 Android

📌 LearnEnglish Grammar — bu ingliz tilini mukammal qilishni istaganlar uchun yaratilgan bepul grammatika dasturi. Ilova ingliz tili grammatikasi bo'yicha amaliy bilimlaringizni mustahkamlaydigan minglab savollarni o'z ichiga oladi.
🍏 iOS
🤖 Android

📌 English Galaxy — ilova yangi boshlanuvchilar uchun ham, asoslarni allaqachon biladiganlar uchun ham mos keladi. Ingliz tili grammatikasi, so'z boyligi va tinglash bo'yicha juda ko'p turli xil mashqlar mavjud. Va boshlashdan oldin, sizning darajangizni aniqlash uchun testdan o'tishingiz so'raladi.
🍏 iOS
🤖 Android

📌 Quizlet — kartalardagi so'zlar va iboralarni yodlash uchun dastur. O'zingizning tanlovlaringizni yaratishga yoki kutubxonadan tayyor modullardan foydalanishga imkon beradi.
🍏 iOS
🤖 Android

📌 Simpler — ingliz tilini bilishning turli yo'nalishlarini qiziqarli tarzda tortib olishga imkon beradi.
🍏 iOS
🤖 Android

📌 Lingvist — bu erda siz matnlarni o'qishingiz, tinglashni tekshirishingiz, grammatik maqolalarni ko'rishingiz va testlarda o'zingizni tekshirishingiz mumkin. Materiallarning aksariyati ingliz tilining asoslari bilan tanishish uchun mo'ljallangan.
🍏 iOS
🤖 Android

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏3🤣2
👀 C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134🔥3
⚡️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot xizmati rahbari Otabek Ibragimov Bolgariya kinofestivalida Gran-pri sohibiga aylandi

Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida Bolgariya kino akademiyasi va internet kommunikatsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan XI Xalqaro “Slavyan ertagi” kinofestivalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi tomonidan suratga olingan “Dilozor” seriali rejissorlari Otabek Ibragimov hamda Aziz Mardonov rejissorlik ishi bo‘yicha Gran-priga loyiq ko‘rildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏13👍75🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko’plab abituriyentlar o‘qishga kira olmasa, tushkunlikka tushib qoladi va ta’limdan ko‘ngli soviydi. Shu kabi yoshlarga motivatsiya bo‘ladigan O‘zbekistonlik.Students hujjatli filmi suratga olinibdi.

O‘zbekistonlik turkum filmlari orqali ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Uzbekistan’s Club jamoasining yangi loyihasi dunyoning eng nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar haqida hikoya qiladi.

Seriyali hujjatli filmning ilk qahramonlari - Oksford Universiteti talabasi Mushtariy Madrahimova va East London Universiteti talabasi Azizbek Ahmadjonov bu muvaffaqiyatga qanday erishgani haqida o‘z tengdoshlariga so‘zlab beradi.

Film premyerasi ertaga, 16-sentyabr kuni, soat 18:00da MY5 telekanali hamda Uzbekistan’s Club Youtube-kanalida bo‘lib o‘tadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍16🔥43
🌐 Dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga oʻqishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari qoʻshimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliyglohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turar joy xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

👉 Bu borada 2023-yil dekabr oyiga qadar "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Yoshlar ishlari agentigi tegishli qaror loyihasi ishlab chiqadi.

Asos: Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13😢5👏3
📣 O'qishdan yiqilgan 6,5 ming qoraqalpog‘istonlik abituriyent talaba bo'ldi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha 3 mingta kvota, shuningdek to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 6,5 mingta kvota ajratilishi belgilangan edi.

☝️ Joriy yilgi o‘quv yili uchun ushbu kvotalar taqsimoti oxiriga yetkazildi.

Bunda eng avvalo Qoraqalpog‘iston hududlari hamda yo‘nalishlar kesimidagi mavjud ehtiyojga asosan to‘plagan balining yuqoriligi bo‘yicha ketma-ketlikda 3 mingta grant o‘rinlari ajratib olindi.

📌 Ya‘ni yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan o‘qishdan yiqilgan abituriyentlar grantga o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, o‘qishdan yiqilgan 6,5 ming nafar abituriyent to‘plagan balining ketma-ketligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏24👍12😭12🤯21
☝️ Dushanba dam olish kuni bo‘ladi

Ilk marta bayram kuni yakshanbaga to'g'ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi

📌 Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi "1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni" 2023-yilda yakshanba - dam olish kuniga to'g'ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr - dushanba kuniga ko'chiriladi.

👀 Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to'xtatib qo'yish mumkin bo'lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko'chirilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥4👏31
O‘tgan yilgi kafil bilan yana ta’lim krediti olish mumkin

Ipoteka bank
dan xabar berishdi, endi ta'lim krediti olish uchun o'tgan yilgi kafilning o'zi yetadi.

📌 Agar siz o'tgan yili ta'lim krediti olgan bo'lsangiz va kafil ko'rsatgan bo'lsangiz, o'sha kafilning o'zi bilan bu yil ham ta'lim krediti olishingiz mumkin, shu paytgacha yangi kafil topish talabi bor edi, endi shu talab yo'q.

Faqat o'tgan yilgi va joriy yilgi kredit miqdoringiz jami 30 million so'mdan oshib ketmasligi kerak. Menimcha qolgan banklar ham yangi kafil topish talabini olib tashlashsa kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏5🔥3
🇷🇺 Rus tili savodxonlikni oshirishga yordam beradigan 10 ta bepul dastur

Грамотей! Тест русского языка
— Oddiy, ammo qiziqarli viktorina ko'p vaqt talab qilmaydi va so'zlarning to'g'ri yozilishini eslab qolishga yordam beradi. Plyuslardan-ilova bepul va tushuntirish va imlo lug'atlarida yaratilgan.

Har bir test "savodxonlik!"20 ta savoldan iborat bo'lib, ularning har birida qiyin so'zning to'rtta imlosi mavjud. Siz to'g'ri birini tanlashingiz kerak. O'yin oxirida 1 dan 5+gacha ball qo'yiladi.
🍏 iOS
🤖 Android

Карта слов
— Ilova "so'zlar xaritasi" -rus tilining lug'at-tezariysi. Bu sizga so'zlarning mosligini eslab qolish va sinonimlarni topish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu bepul dasturda barqaror iboralarning ma'nolari mavjud va so'zlarning morfemik tahlili berilgan.
🍏 iOS
🤖 Android

Глазарий языка
— Rus tilining tuzilishi va tarixi haqida eng to'liq ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yagona dastur. Loyiha ustida zamonaviy tilshunoslar ishlagan.

Bepul ilovada 600 dan ortiq mualliflik maqolalari, 2000 ta lingvistik tushunchalar va ilmiy-ommabop insholar mavjud. Atamalar va lingvistik tushunchalarning ko'rsatkichi mavjud.
🍏 iOS

Скороговорун: Русский язык
— Ushbu bepul dastur sizning shaxsiy nutq terapevtingizdir. Bu nutqni yaxshilashga, so'zlardagi stressni eslab qolishga va til burmalari, she'rlar va nafas olish mashqlari yordamida diksiyani ishlab chiqishga yordam beradi.
🍏 iOS
🤖 Android

Слово дня
— Есть много слов, которые мы слышим, но значения которых не знаем. Это бесплатное приложение каждый день знакомит с новым сложным словом и его значением. Так тренируется память и пополняется словарный запас.
🍏 iOS
🤖 Android

Филворды
— Harflardan so'zlarni tuzish o'yini. Bu oddiy tuyulishi mumkin, ammo harflar soni oshgani sayin, o'yinning murakkabligi oshadi. Aql-idrokni o'rgatadi va so'z boyligini oshiradi.
🍏 iOS
🤖 Android

Орфография: игра-тест на знание русского языка
— Ushbu bepul dastur so'z boyligini kengaytirishga yordam beradi va so'zlardagi stressning to'g'ri shakllanishini eslab qoladi. Do'stingiz bilan o'ynash ham mumkin: ushbu rejimda har bir o'yinchi bir xil 20 ta savolga navbatma-navbat javob beradi.
🍏 iOS
🤖 Android

Отличник по русскому 6 в 1
— O'yin bir nechta bo'limlardan iborat: grammatika, stress, talaffuz, tinish belgilari. Kuniga besh daqiqa o'ynab, savodxonligingizni sezilarli darajada oshirishingiz mumkin.
🍏 iOS

Найди ошибку: русский
— O'yin so'z boyligini oshirishga va diqqatni jamlashga yordam beradi. Qoidalar oddiy: har bir turda so'zlardan birida xato qilingan, uni ma'lum vaqt ichida topishingiz kerak. Buni qanchalik tez qilsangiz, shuncha ko'p ball olasiz.
🍏 iOS

Telegram-bot «Камбала и фетиш»
— Har kuni siz savodxonlikni oshirish uchun 5 ta mashq olasiz. Ular savolga javob berishdi, memni ko'rishdi, qoidani eslashdi. Qattiq marafonga tayyorlaning: hech bo'lmaganda bir kunni o'tkazib yuboring — "kambala va fetish" sizni boshiga tashlaydi. Agar siz barcha lingvistik hazillarni ko'rishni istasangiz, hafta oxirigacha davom etishingiz kerak bo'ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85🔥3👏1
📣 Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

👉 respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;

👉 viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

✔️Bunda:

👉 davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;

👉 bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkazilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥8🤷‍♂71
📣 2030-yilgacha ta'limda kutilayotgan top o'zgarishlar

💵 Maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilarining oyligi 2 baravar oshiriladi;

🥛2024-yil boshidan davlat bog‘chalarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

🗣️ Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida kvota ajratiladi;

🏢 120 ming o‘rinli o‘quv binosi, 150 ming o‘rinli yotoqxona quriladi;

🛫 Har yili 500 kishi chet elga o‘qishga yuboriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍236🔥3🤩1
📣 Rasman: Endi ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘liq grant kvota ajratiladi

Prezident farmoni bilan"O‘zbekiston — 2030" strategiyasi tasdiqlandi.

Unda:
👉 ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida kvota ajratish;

👉 120 ming o‘rinli o‘quv binosi, 150 ming o‘rinli yotoqxona qurish;

👉 har yili 500 nafar yoshni chet elga o‘qishga yuborish qayd etilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20😁4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega!

Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
✍️ to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
✍️ bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
✍️ OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
✍️ pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥32🥰1
📣 Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

◀️stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

◀️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

◀️doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

◀️mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

‼️Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3👏3