Ta'limda nima gap?
80.3K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Muvaffaqiyat retsepti:

➡️Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning!

➡️Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang!

➡️Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning!

➡️Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!

Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz!

📌 Yaqinlaringizga yuboring

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤣7🔥54👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba boʻlish imkoniyati hali sizda bor!

⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

👉 https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇

📞+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥1😁1
📌 Nodavlat umumta’lim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 5 mingdan oshdi

Bu ko‘rsatkich 2017-2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 barobarga oshgan.

◀️ 2022-2023-o‘quv yili boshida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2017-2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 barobarga oshgan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar soni:

➡️2017-2018-yilda – 917 kishi;
➡️2018-2019-yilda – 1 633 kishi;
➡️2019-2020-yilda – 2 353 kishi;
➡️2020-2021-yilda – 2 859 kishi;
➡️2021-2022-yilda – 3 578 kishi;
➡️2022-2023-yilda – 5 014 kishi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥1
🗣️ Tez orada magistraturaga qabul qilinganlar va o’qishini “perevod” qilgan talabalar uchun ham elektron to’lov-shartnoma olish imkoniyati yaratiladi.

✍️ Xushnudbek Xudoyberdiyev xabarlariga ko’ra, tez orada kontrakt.edu.uz sayti orqali magistraturaga qabul qilinganlar hamda o’qishini “perevod” qilgan talabalar uchun ham elektron to’lov-shartnoma olish imkoniyati yaratiladi.

👉 Hozirda talabalar bazasini shakllantirish bo’yicha tegishli texnik ishlar yakunlanib qoldi.
👉 Ishga tushushi bilan qo’shimcha xabar qilamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Sentyabr oyi ham kirib keldi, ammo siz hali ham talaba bo’lmadingizmi? Sifatli ta’lim beradigan zamonaviy universitet qidiryapsizmi?

😃 Unda onlayn imtihon topshirib yoki UZBMB (DTM) ballari bilan University of Science and Technologies talabasi bo’ling.

Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha 12 yo‘nalishlardan birida o‘qishingiz mumkin. Bular:

Maktabgacha ta’lim;
Boshlang’ich ta’lim;
Tarix;
Xorijiy til va adabiyoti;
Iqtisodiyot;
Psixologiya;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
Bank ishi va auditi;
Logistika;
Dasturiy injiniring;
Turizm.

📄 Hujjat topshirish: admission.usat.uz

💰Kontrakt narxlari 12,6 mln so‘mdan boshlanadi.

💻 Murojaat uchun: @usat_admins yoki @usatuz_talabalari

📞Istalgan vaqt qo'ng'iroq qiling: +99878-888-38-88

📄 Litsenziya: №048714 (27.07.2022)

🔖 Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi!

📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📌 Mo'ljal: Sobiq Roison binosi
📍Lokatsiya: Yandex, Google
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112😭2
⚡️ O'qishga umuman kira olmaganlarga xushxabar, Super-kontrakt bo'yicha yangilik bo'lishi kutilmoqda

Bunda beshta yo'nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo'nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo'nalishga mumkin), shuningdek ikkinchi yoki undan keyingi yo'nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo'nalishda super-kontraktda o'qish huquqi berilishi mumkin.

‼️Tasdiqlangach, qo'shimcha xabar beramiz, kuzating!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33👏5🤔3
⚡️ Kollejlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni kollejlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 35 088 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
◀️Kunduzgi – 15 820 nafar;
◀️Sirtqi – 15 710 nafar;
◀️Kechki – 120 nafar;
◀️Dual – 3 438 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1
⚡️ Texnikumlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni texnikumlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 140 764 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
◀️Kunduzgi – 125 047 nafar;
◀️Sirtqi – 12 939 nafar;
◀️Kechki – 123 nafar;
◀️Dual – 2 655 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2
🕖 Bugun ham hali kelmadi deb o‘ylayotgangan kunlarimizning bir qismi

Kunni qanday o‘tkazsangiz, hayotingizni ham shunday o‘tkazasiz. Hali oldingizda sizni kutib turgan kunlarga nisbatan bugungi kun unchalik ahamiyatga ega emas, deb o‘ylashdan osoni yo‘q.

😎 Lekin ahamiyatni siz to‘g‘ri baholamasangiz ham, siz qadrsizlagan vaqt shunday tez o‘tib ketadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥1
⚡️ Sirtqi ta’lim shakli masofaviyga o‘tkaziladi. Hozircha qachonligi noma'lum

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov sirtqi ta’lim shakli hozir o‘zini oqlamayotganini, bu ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o‘tkazilishini aytgandi.

🗣️ "Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Internet yaxshi bo‘lishi kerak. Aynan qachon masofaviyga o‘tilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin to‘la sirtqi ta’limdan voz kecharmiz", degandi u.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24😁7😢52👏1🤯1
💲 Super-kontraktchilar uchun xushxabar bo'lishi kutilyapti

Olingan xabarlarga ko’ra, tez orada super-kontrakt bo’yicha ayrim tartiblar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bunda:
👉 beshta yo’nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo’nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo’nalishga mumkin);
👉 ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo’nalishda super-kontraktda o’qish huquqi berilishi mumkin.

© Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🥰65
💰 Xalqaro fan olimpiadalari g'oliblari taqdirlandi

Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan o'quvchilarga yaxshigina pul mukofoti beriladi.

🥇Oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);

🥈 kumush medalni qo‘lga kiritganlarga o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m) pul mukofoti;

🥉 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176😁5🥰2
👨‍💼 Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

‼️ Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤯6😁4
Super yoki tabaqalashtirilgan kontrakt har yili to'lanadimi?

Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43
Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?

Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?

Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?

Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

‼️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 foiz stavkada) ajratiladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤯3🔥2👏1
⚡️ Endi o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olinadi — prezident

Bundan buyon o'qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo'ladi.

📌 Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o'qituvchi-stajyor bo'lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo'ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o'qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤣6🤔4👏31
Super-kontrakt miqdorlari 2023 (1).pdf
1.8 MB
⚡️Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

➡️ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97😢3👏1
⚡️ Konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

"Temir daftar"
ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi.

◀️ Kontraktning qancha qismi to'lab beriladi?
◀️ Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi?
◀️ "Super kontrakt" ham to'lab beriladimi?
◀️ Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

◀️ Xususiy universitetda o'qiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftariga" kiritilgan yoshlar O'zbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda o'qiyotgan bo'lsa, kontrakt bo'yicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida o'qiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yo'nalishi bo'lishi kerak.

◀️Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln so'm, uning kontrakti yarmi 20 mln so'm bo'ladi, lekin unga 20 mln so'm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, ya'ni 16 min 500 ming so'mgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln so'm, uning kontrakti yarmi 10 mln so'm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln so'm to'liq qoplab beriladi.

◀️"Super kontrakt" ham to'lab beriladimi?
Yo'q, "super" kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda o'qiyotganlarga ushbu imtiyoz qo'llanilmaydi.
Kimga murojaat qilish kerak?

Kontrakt "Yoshlar daftari" jamg'armasi hisobidan to'lab beriladi. Jamg'arma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari bo'limi hisoblanadi.

📌 Shu sababli ariza yoshlar ishlari bo'limiga beriladi.

📌 Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

📌 Ariza berishning aniq muddati yo'q, istalgan vaqtda berish mumkin.

◀️ Ariza qancha vaqtda ko'rib chiqiladi?
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz ma'qul.

Sababi Siz ariza berganingizdan so'ng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko'rib chiqish uchun yuboradi.

📌Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to'g'risidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan bo'lishi shart.

📌Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida ko'rib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi o'z tashabbusi bilan kontrakt pulini o'tkazib berishi mumkin.

📌Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan so'ng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga o'tkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza ko'rib chiqilishi kerak.

Arizani ko'rib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi bo'lsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍394🔥2
‼️ Bu sizning hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirishi mumkin:

👉 Shikoyat qilishni to'xtating va sizni o'rab turgan quvonchlarga e'tibor berishni boshlang;

👉 Hayotingizga ijobiylik keltirmaydiganlar bilan xayrlashing;

👉 O'zingiz yaxshilamoqchi bo'lgan mahoratni tanlang va uning rivojlanishiga to'liq sarmoya kiriting;

👉 Muvaffaqiyatsizliklarni muvaffaqiyat sari qadam sifatida ko'ring va har bir xatodan qimmatli saboq oling.

📌 Yaqinlaringizga yuboring. Siz buni uddalisiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍162🔥2
🇺🇿 O'zbekistonda ingliz tilida o'qishingiz mumkin bo'lgan 10 ta universitet

Ko'pgina xorijiy universitetlar, agar siz ingliz tilida ta'lim olgan bo'lsangiz, IELTS yoki TOEFL sertifikatlarini taqdim etishni talab qilmaydi. Bunday imkoniyat O'zbekiston universitetlarida tahsil olayotganlar uchun ham mavjud.

Inha University in Tashkent
— Inha University in Tashkent 2014 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda uning devorlarida 1500 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Bu erda bakalavr darajasini kompyuter va axborot muhandisligi maktabi va biznes va logistika maktabida olish mumkin. 2021 yildan boshlab universitetda MBA in digital transformation magistrlik dasturi ochildi. Universitetdagi barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Amity University in Tashkent
— Amity University in Tashkent Foundation, bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi. Bu erda turli xil fanlar o'qitiladi: axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm. Universitetda 750 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitetga kirish uchun siz 5.0 va undan yuqori ball bilan IELTS sertifikatini taqdim etishingiz kerak.

Westminster International University in Tashkent
— Westminster International University in Tashkent O'zbekistondagi birinchi xalqaro universitet bo'lib, 2002 yilda Buyuk Britaniya ko'magida tashkil etilgan. 15 dan ortiq bakalavriat va magistratura ta'lim dasturlari mavjud. Bundan tashqari, ingliz tili va matematika ko'nikmalarini oshirish uchun Pre-Foundation Studies-dan o'tish mumkin. Xalqaro Foundation Studies yillik kursini tamomlagan abituriyentlar esa xalqaro darajadagi universitetlarga kirish imkoniyatini beruvchi sertifikatga ega bo'ladilar.

British Management University
— British Management University O'zbekistondagi eng yangi oliy o'quv yurtlaridan biridir. U 2020 yilda ish boshlagan va Foundation, bakalavr va magistr darajalarida turli yo'nalishlarda ta'lim beradi. Ko'pgina ta'lim dasturlari sifatni nazorat qiluvchi Britaniya universitetlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

TEAM University in Tashkent
— TEAM University in Tashkent xususiy tadbirkorlik universiteti. Uning asoschilari tadbirkorlar, quyidagi kompaniyalarning asoschilari bo'lishdi Korzinka.uz, HM Partners, Batiskaf Consulting. Universitetning hamkori London South Bank University. Barcha mashg'ulotlar ingliz tilida olib boriladi, shuning uchun qabul qilishda kamida 5.5 ball bilan IELTS sertifikati talab qilinadi.

Management Development Institute of Singapore in Tashkent
— Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2007 yilda Toshkentda ish boshladi. Universitetda siz bakalavr va magistr darajalarini olishingiz mumkin va diplomlar xalqaro miqyosda tan olinadi. Muassasa bir nechta xalqaro sheriklarga ega: universitet, Sanderlend universiteti va Tissayd universiteti.

Webster University in Tashkent
— Webster universiteti Amerikaning etakchi universitetidir. 2019 yilda oliy o'quv yurti Toshkentda ish boshladi. Bugungi kunda u ingliz tilida bakalavriat va magistratura dasturlariga ega bo'lgan to'liq akkreditatsiyadan o'tgan muassasadir. Qabul qilish uchun abituriyentlarga 6.0 balli IELTS sertifikati kerak bo'ladi.

Kimyo International University in Tashkent
— Kimyo International University in Tashkent beshta ta'lim maktabi tarkibida 28 ta bakalavriat va 20 ta magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlaydi. Universitetda darslar o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Turin Polytechnic University in Tashkent
— Turin Polytechnic universiteti Toshkentda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda avtomobil, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, energetika, sanoat va fuqarolik qurilishi korxonalari va tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Uning bitiruvchilari ikki darajali diplomga ega bo'lishadi, sherik esa italiyalik Politecnico di Torino.

Central Asian University
— Markaziy Osiyo universiteti talabalarni muhandislik, biznes, tibbiyot, stomatologiya, mehmonxonalarni boshqarish va turizm yo'nalishlari bo'yicha o'qitadi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍213🔥3👏1
📌 Rasman: Super-kontraktning bir qancha turlariga ruxsat berildi

➡️ talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati;

➡️ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq to‘plagan bali tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

‼️ Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, belgilangan minimal o‘tish balidan (56,7 balldan) kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham1-o‘quv yiliga muayyan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥5👏3😁2