Ta'limda nima gap?
79K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?

JAVOB: Ha, mumkin.

Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.

Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!

56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

📌 Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.

*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤯11😁6😢3🤣21
‼️Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.

➡️1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➡️1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➡️2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➡️3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.

➡️4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.

O‘tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

☝️Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍146👏4🔥1
Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?

📣 Tajribadan ma’lumki, talabalar, ayniqsa yigitlar hech qachon kelishuvlarni bajarishmaydi. Eng ko‘p uchraydigan holat – 4 kishi turamiz deb 6-7, ba’zan 10 kishi bo‘lib ketishadi.

Tekshirishga kelgan uy egasini “bu mehmon” deb aldashga urinishadi;

📣 Ijara berishdan maqsad daromad ko‘rish. Lekin talabalar bilan bu ham o‘ziga xos dahmaza. Deylik 4 kishi 300 dollarga yashaydigan bo‘lishsa, o‘sha 300 odatda chala-yarim undiriladi yoki nasiya bo‘ladi.

Izlab borsangiz ikkitasi chiqadi va o‘zlariga tegishli 150 dollarni beradi (bersa uniyam). Yo‘g‘idan talab qila olmaysiz, berganiga hech nima deya olmaysiz, chunki beryaptida.

📣 Kommunal to‘lovlar ham to‘planib ketadi va ulardan keyin albatta qarzdorlik qoladi. Uyning ta’miri rasvo bo‘lishiku tabiiydek qaraladi;

‼️ Alohida masala – tozalik! So‘nggi yillarda nafaqat yigitlar, hatto qizlar ham sarishtalikni deyarli butkul unutishyapti. Ko‘chada yurishlarini, kiyinishlarini ko‘rib, havasingiz keladi. Lekin ijara uy ostonasidanoq asabingiz buziladi.

Poyabzallar, paypoqlar hidlanib qalashib yotgan, bir haftalik chiqindi to‘planib qolgan, suvarak bosib ketgan, uyda o‘rinlar yig‘ilmaydi. Yana ishlaydigan toifasi bo‘ladi. Ular charchoq tufayli hatto yotgan o‘rnidan turib so‘rashishni lozim topishmaydi;

📲 Muammolar xonadon doirasida qolmaydi. Albatta qo‘shnilar bezovta qilinadi, shikoyatlar tushadi. Milisiya ham tayyor.

💬 Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.

💬 Agar siz yoki sizning do'stlaringiz ijarada yashovchi talabalar bo'lsangiz, bu tashvishlarni yodda tutib, yaxshi muloqot qilishga, kelishuvlarni bajarishga va qo'shnilarga e'tiborli bo'lishga harakat qilish foydali bo'lishi mumkin.

☝️ Ta'lim haqiqatan ham muhim va bu barcha ishtirokchilar uchun ijobiy va hurmatli yashash muhitini yaratish juda muhim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😁12👏31🔥1
2023-2024 yil “Super kontrakt” narxlari va to'lash tartibi

◀️Qoʻshimcha kontrakda oʻqish uchun necha ball olish kerak?
Farqi yoʻq. Testga kirgan boʻlsa, kifoya. 1 ball olgan boʻlsa ham, qoʻshimcha kontraktda oʻqishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

◀️Qoʻshimcha kontrakda oʻqishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?
Oʻqishga kira olmagan abituriyentlar qoʻshimcha kontraktda oʻqish uchun test natijalari eʼlon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

◀️Ariza qayerga beriladi?
Qoʻshimcha kontraktda oʻqish istagida boʻlganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

◀️Qoʻshimcha kontraktning narxi qancha?
Qoʻshimcha toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

↪️1-toifa: Kirish chizigʻiga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt toʻlaydi Jumladan:

☑️1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
☑️1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
☑️2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
☑️3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

💬 Masalan, kirish bali 140 boʻlgan deylik. 139 ball toʻplagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini toʻlaydi. Masalan, asli 10 mln soʻm kontrakt boʻlsa, 15 mln soʻm toʻlasa kifoya. 138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini toʻlaydi, yaʼni 20 mln soʻm. Va h.k.

↪️2-toifa: 56,7 balldan koʻp toʻplagan, lekin kirish chizigʻiga 4 balldan koʻproq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda toʻlaydi.

💬Masalan, yana oʻsha kirish 140 ball boʻlgan yoʻnalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan koʻp toʻplaganlar 2-toifaga tushadi. Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Oʻtgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan koʻrib olishingiz mumkin. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar oʻzlari belgilashadi.

↪️3-toifa: 56,7 balldan kam toʻplaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini toʻlab oʻqishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar boʻlsa, 56,7 balldan kam toʻplaganlar 30 barobar toʻlab, super-muper kontraktda oʻqishi mumkin.

◀️Qoʻshimcha kontrakt har yili toʻlanadimi yoki bir marta?
Bir marta toʻlanadi. 1-oʻquv yilini tugatgandan soʻng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni toʻlab oʻqishadi.

◀️Magistraturada ham qoʻshimcha qabul bormi?
Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga oʻxshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt toʻlanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha boʻlsa, qoʻshimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha toʻlashadi.

◀️Super-kontraktni boʻlib-boʻlib toʻlasa boʻladimi?
Yoʻq, ming afsuski hozirgi qoidalar boʻyicha super-kontraktni toʻliq toʻlash talab etiladi. 100% toʻlangandan keyingina buyruq chiqariladi. Lekin boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish kerak, menimcha.

◀️Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa boʻladimi?
Yoʻq, super-kontrakt uchun taʼlim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

‼️ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, oʻsha yoʻnalishdagi kontrakt narxiga nisbatan. Yaʼni kontrakt 10 mln soʻm boʻlsa, 15 barobar boʻlganda qoʻshimcha kontraktda 150 mln soʻm toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥31🤔1
🇬🇧Xalqaro Nordik universiteti talabalari uchun yana bir xushxabar!

🖇 Universitetimiz Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bir necha universitetlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Buning ilk samarasi sifatida 2024-yil yanvar oyidan ilk exchange dasturlari boshlanishini ma'lum qilamiz.

Yaqin kunlarda yanada batafsil ma'lumotlar bilan yana bo'lishamiz!

Work and travel dasturi ham ........😎

🔔 Exchange dasturida qatnashish talablari va kerakli hujjatlar ro‘yxati tez orada e'lon qilinadi.
📏📏📏📏

📃 Eslatib o‘tamiz, hujjatlar qabuli davom etmoqda.⬇️

https://admission.nordicuniversity.org

▶️ Hujjat topshirish uchun video qo‘llanma

Bakalavr
Magistratura
O‘qishni ko‘chirish

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

🔥 +998555084400

💻 @nordikedu

🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
🗣️ Talabalar uchun to‘lov-shartnoma (super-kontrakt uchun ham) berish boshlandi

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish talab etiladi.

👉 7 sentabrdan boshlab 1-kursga talabalikka tavsiya qilingan hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish talab etiladi. Ariza oliy ta’lim muassasasi tomonidan 2 kunda ko‘rib chiqiladi. Ariza tadsiqlangach, talaba shaxsiy kabineti orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin.

📣 Shu bilan birga, tanlangan 5 ta yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlar ham super-kontraktda (tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi) o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishi mumkin.

Hozircha, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

🤔 Qayd qilinishicha, 5 ta yo‘nalishga ham kira olmaganlar, istalgan birini tanlab super-kontrakt tuzishga rasman ruxsat berilishi kutilmoqda. Agar abituriyent birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt tuzmoqchi bo‘lsa, u holda ariza bermasdan, kutib turish tavsiya qilinmoqda.

Shu bilan birga, birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt tuza olmaydi. Kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin.

‼️ Ammo keyinchalik birinchi yo‘nalishga ham super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍213🔥2
📆 Hafta davomida biz ko'plab ajoyib yangiliklarni joylashtirdik. Siz hech narsani o'tkazib yubormasligingiz uchun hamma narsani bir joyda to'pladik

✍️ Talabalar uchun kun surati

✍️ Toshkentda qo‘shimcha 7ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Qanday yo‘nalishlarda harakatlanadi?

✍️ Yurtimizdagi bir qator banklarning qisqa "Call"-markazi raqamlari:

✍️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari

✍️ Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

✍️ Xususiy OTMda o‘qiyotgan talabalarning kontraktini ham davlat to‘lab beradi

✍️ 2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari

✍️ Uyqusizlik bilan qanday kurashish kerak?

✍️ Ko'plab xususiy universitetlarda endi imtihon bo'lmaydi.

✍️ Tibbiyot sohasida o‘qish mumkin bo‘lgan nodavlat (xususiy) oliygohlarning kontrakt narxlari

✍️ O‘zbekistonda talabalar qancha stipendiya oladi?

✍️ O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

✍️ Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

✍️ Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

✍️ Davlat grantida o'qiydiganlar uchun

✍️ Talabalar to'lov-kontrakt olishidagi qiyinchiliklar

✍️ O'qishini ko'chirgan talabalar hujjatlarini qaysi muddatgacha olib kelishlari kerak?

✍️ Xususiy oliygohda tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi

✍️ Dars davomida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi

✍️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.

✍️ 70 ball bilan qaysi oliygohlarga grand asosida o'qishga kirish mumkin edi?

✍️ Toshkentda ingliz tilini qayerdan o‘rganish mumkin: bolalar va kattalar uchun 15 ta o‘quv markazlari (1-qisim)

✍️ Davlat oliygohlari xususiylashtiriladi

✍️ Talaba bo'lib ham ishlash mumkinmi?

✍️ Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!

✍️ Ingliz tilida vaqtni boshqarish bo'yicha 8 ta qiziqarli podkast

✍️ Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👌43🔥2🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁27👍12🤣82❤‍🔥1
⚡️ Talabalar uchun har oy 2 mln so‘mdan to'lanadigan yangi stipendiya joriy etildi

Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023-yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi

🌳 Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏4😁4
Muvaffaqiyat retsepti:

➡️Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning!

➡️Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang!

➡️Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning!

➡️Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!

Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz!

📌 Yaqinlaringizga yuboring

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤣7🔥54👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba boʻlish imkoniyati hali sizda bor!

⚡️Rasman: Abituriyentlar kirish imtihonlarida to'plagan bali bilan "Navoiy innovatsiyalar universiteti" talabasi bo'lishi mumkin!

Siz kirish imtihonlarida to'plagan DTM ballingiz bilan ushbu havola orqali ro’yxatdan o'ting va talaba bo'ling!

👉 https://www.niuedu.uz

Call-markazimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritadi, hoziroq qong’iroq qiling👇

📞+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥1😁1
📌 Nodavlat umumta’lim tashkilotlaridagi o‘qituvchilar soni 5 mingdan oshdi

Bu ko‘rsatkich 2017-2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 barobarga oshgan.

◀️ 2022-2023-o‘quv yili boshida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5 014 nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2017-2018-o‘quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,5 barobarga oshgan.

Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritgan o‘qituvchilar soni:

➡️2017-2018-yilda – 917 kishi;
➡️2018-2019-yilda – 1 633 kishi;
➡️2019-2020-yilda – 2 353 kishi;
➡️2020-2021-yilda – 2 859 kishi;
➡️2021-2022-yilda – 3 578 kishi;
➡️2022-2023-yilda – 5 014 kishi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥1
🗣️ Tez orada magistraturaga qabul qilinganlar va o’qishini “perevod” qilgan talabalar uchun ham elektron to’lov-shartnoma olish imkoniyati yaratiladi.

✍️ Xushnudbek Xudoyberdiyev xabarlariga ko’ra, tez orada kontrakt.edu.uz sayti orqali magistraturaga qabul qilinganlar hamda o’qishini “perevod” qilgan talabalar uchun ham elektron to’lov-shartnoma olish imkoniyati yaratiladi.

👉 Hozirda talabalar bazasini shakllantirish bo’yicha tegishli texnik ishlar yakunlanib qoldi.
👉 Ishga tushushi bilan qo’shimcha xabar qilamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Sentyabr oyi ham kirib keldi, ammo siz hali ham talaba bo’lmadingizmi? Sifatli ta’lim beradigan zamonaviy universitet qidiryapsizmi?

😃 Unda onlayn imtihon topshirib yoki UZBMB (DTM) ballari bilan University of Science and Technologies talabasi bo’ling.

Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli bo’yicha 12 yo‘nalishlardan birida o‘qishingiz mumkin. Bular:

Maktabgacha ta’lim;
Boshlang’ich ta’lim;
Tarix;
Xorijiy til va adabiyoti;
Iqtisodiyot;
Psixologiya;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
Bank ishi va auditi;
Logistika;
Dasturiy injiniring;
Turizm.

📄 Hujjat topshirish: admission.usat.uz

💰Kontrakt narxlari 12,6 mln so‘mdan boshlanadi.

💻 Murojaat uchun: @usat_admins yoki @usatuz_talabalari

📞Istalgan vaqt qo'ng'iroq qiling: +99878-888-38-88

📄 Litsenziya: №048714 (27.07.2022)

🔖 Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi!

📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📌 Mo'ljal: Sobiq Roison binosi
📍Lokatsiya: Yandex, Google
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112😭2
⚡️ O'qishga umuman kira olmaganlarga xushxabar, Super-kontrakt bo'yicha yangilik bo'lishi kutilmoqda

Bunda beshta yo'nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo'nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo'nalishga mumkin), shuningdek ikkinchi yoki undan keyingi yo'nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo'nalishda super-kontraktda o'qish huquqi berilishi mumkin.

‼️Tasdiqlangach, qo'shimcha xabar beramiz, kuzating!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33👏5🤔3
⚡️ Kollejlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni kollejlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 35 088 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
◀️Kunduzgi – 15 820 nafar;
◀️Sirtqi – 15 710 nafar;
◀️Kechki – 120 nafar;
◀️Dual – 3 438 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91🔥1
⚡️ Texnikumlarga hujjat qabul qilish yakunlandi

10-sentabr kuni texnikumlarga hujjat topshirish yakunlandi. Yakuniy natijaga ko‘ra, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali jami 140 764 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
◀️Kunduzgi – 125 047 nafar;
◀️Sirtqi – 12 939 nafar;
◀️Kechki – 123 nafar;
◀️Dual – 2 655 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

☝️Imtihon sanasi hamda vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2
🕖 Bugun ham hali kelmadi deb o‘ylayotgangan kunlarimizning bir qismi

Kunni qanday o‘tkazsangiz, hayotingizni ham shunday o‘tkazasiz. Hali oldingizda sizni kutib turgan kunlarga nisbatan bugungi kun unchalik ahamiyatga ega emas, deb o‘ylashdan osoni yo‘q.

😎 Lekin ahamiyatni siz to‘g‘ri baholamasangiz ham, siz qadrsizlagan vaqt shunday tez o‘tib ketadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥1
⚡️ Sirtqi ta’lim shakli masofaviyga o‘tkaziladi. Hozircha qachonligi noma'lum

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov sirtqi ta’lim shakli hozir o‘zini oqlamayotganini, bu ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o‘tkazilishini aytgandi.

🗣️ "Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Internet yaxshi bo‘lishi kerak. Aynan qachon masofaviyga o‘tilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin to‘la sirtqi ta’limdan voz kecharmiz", degandi u.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24😁7😢52👏1🤯1
💲 Super-kontraktchilar uchun xushxabar bo'lishi kutilyapti

Olingan xabarlarga ko’ra, tez orada super-kontrakt bo’yicha ayrim tartiblar tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bunda:
👉 beshta yo’nalishga ham kira olmaganlarga istalgan yo’nalishni tanlash huquqi (hozirda faqat birinchi yo’nalishga mumkin);
👉 ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga kirganlar uchun birinchi yo’nalishda super-kontraktda o’qish huquqi berilishi mumkin.

© Manba | @talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🥰65
💰 Xalqaro fan olimpiadalari g'oliblari taqdirlandi

Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan o'quvchilarga yaxshigina pul mukofoti beriladi.

🥇Oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);

🥈 kumush medalni qo‘lga kiritganlarga o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m) pul mukofoti;

🥉 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍176😁5🥰2