Ta'limda nima gap?
78.6K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🇬🇧 Toshkentda ingliz tilini qayerdan o‘rganish mumkin: bolalar va kattalar uchun 15 ta o‘quv markazlari (1-qisim)

➡️Alpha Academy
— Darslar rus va oʻzbek tillarida (asosan ingliz tilida) olib boriladi. Bolalar alohida yoki guruh bo'lib o'qishlari mumkin.

💰Narxi (oyiga): 525 000 so‘m.
📍Manzil: Sayram 43.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−199−1996.

➡️Boston Academy
— Mashg'ulotlar faqat ingliz tilida, sertifikatlangan o'qituvchilar bilan olib boriladi.

💰Narxi (oyiga): 400 000 so‘m.
📍Manzil: Qurilish, 3.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−111−7767.

➡️Cambridge
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Bolalar Britaniya ta'lim tizimiga amal qilishadi, o'qituvchi bilan bepul qo'shimcha darslar. Onlayn darslar mavjud.

💰Narxi (oyiga):
— 4 yoshdan oshgan bolalar uchun: 440 000 so‘m;
— 13 yoshdan oshgan bolalar uchun: 550 000 so'm.
📍Manzil: Irrigator, 3 (Darxon).
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−777−7774.

➡️Everest
— Darslar rus va oʻzbek tillarida olib boriladi. Speaking klublari, treninglar va ochiq leksiyalar mavjud.

💰Narxi (oyiga): 400 000 so‘m.
📍Manzil:
— Birlik, 78;
— Alisher Navoiy, 37;
— Labzak, 55;
— Osiyo, 84A;
— Bunyodkor shoh ko‘chasi, 52;
— Niyozbek, 1.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−144−9050.

➡️HONG KONG Academy
— Darslar ingliz tilida olib boriladi. Guruh va individual darslar mavjud.

💰Narxi (oyiga): 540 000 so‘m.
📍Manzil:
— Alisher Navoiy, 69;
— Furkata, 14a.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−144−5252.

➡️I Can
— Darslar rus va ingliz tillarida mini-guruhlarda olib boriladi.

💰Narxi (oyiga): 1 000 000 so‘m (30 yoshdan)
📍Manzil: Niyozbek Yo‘li.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−140−4908.

➡️Inter Nation
— Darslar rus va ingliz tillarida olib boriladi. Bolalarni xalqaro darajadagi o'qituvchilar, yakshanba kungi mahorat darslari va treninglar, Co-Working Zone kutmoqda.

💰Narxi (oyiga): 780 000 so‘m (14 yoshdan)
📍Manzil:
— Istiqbol, 14. Vestminster universiteti;
— Shahrisabz, 1;
— Mustaqillik Shox, Oloy massivi, 5;
— Afrosiyob, 16;
— Bunyodkor 52/2. KFC;
— Amir Temur, 86. Qozog‘iston kinosi;
— Islom Karimov 8/1. sobiq UzBowling;
— Yangi Sergeli, 21 “B” uy.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−777−7707.

➡️Mr. Gordon’s Academy
— Mashg'ulotlar rus va ingliz tillarida, ona tilida so'zlashuvchilar bilan olib boriladi.

💰Narxi (oyiga): 1 200 000 so‘m (5 yoshdan)
📍Manzil: Afrosiyob, 41.
☎️ Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−021−3000.

‼️Kurs narxlari nashr vaqtida amal qiladi.

📣 Sizga kontent qanday keldi? Ikkinchi qismini intiqlik bilan kutyapsizmi? 100ta reaksiya to'plasak 2-qismini qilamiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🤯146🤔3👏2🔥1
Ta'limda nima gap? pinned «🇬🇧 Toshkentda ingliz tilini qayerdan o‘rganish mumkin: bolalar va kattalar uchun 15 ta o‘quv markazlari (1-qisim) ➡️Alpha Academy — Darslar rus va oʻzbek tillarida (asosan ingliz tilida) olib boriladi. Bolalar alohida yoki guruh bo'lib o'qishlari mumkin.…»
🚸 O‘zbekistonda bir bolani maktabga yuborish kamida 1 mln so‘mga tushadi

Toshkent shahrida maktab uchun zarur bo‘lgan kanselyariya buyumlarining to‘liq to‘plami qiymati - 600 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha.

💰Ota-onalar bolaning yoshi va xohishidan kelib chiqib, maktab formasi uchun 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha to‘lashi kerak bo‘lgan.

💬 Siz-chi? o‘quv yili boshlanishi oldi qancha xarajat qildingiz?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2😍2
⚡️ 2023/2024 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi

Unga
ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

◀️1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
◀️1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
◀️2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
◀️3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤯5👀3👌1💯1
🇯🇵 Yaponiyada darsga kelmagan o‘quvchilar o‘rniga robotlar darsda qatnashadi

Yaponiyaning Kumamoto shahrida darsga kelmagan o‘quvchilarni qiziqtirish uchun ularning o‘rniga robotlar darsda qatnashishi loyihasi ishlab chiqildi.

📣 1 metrlik robotlar partada o‘quvchi o‘rniga o‘tiradi. Ularda planshet mavjud, noutbuk orqali uyida o‘tirgan o‘quvchi bemalol darsda qatnashadi, boshqa o‘quvchilar bilan muhokamalarda qatnashishi mumkin.

👀 Havasingiz kelib ketdimi? Agar bizda ham robotlarni o‘ringa-o‘rin yuborishga ruxsat berishsa, sinfda o‘quvchi qolarmikin? Nima deb o‘ylaysiz?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12😁11🔥21
📌 Xorijdan "perevod" qilmoqchi bo'lgan talabgorlarning 11,2 foizi o'tish balini to'play olgan

Joriy
yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan jami 41 ming 122 nafar talabgorning 4 ming 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan edi.

🌐 BBA "perevod"ga oid kengroq statistikani e'lon qildi. Unga ko'ra, talabgorlarning 22 ming 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan "perevod" istagini bildirgan bo'lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o'qishni ko'chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

‼️ O'qishni ko'chirish bo'yicha eng ko'p arizalar Qirg'iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog'iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤔3👏2
📣 Davlat oliygohlari xususiylashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan.

‼️ Bundan tashqari institut maqomidagi oliygohlarning mavjud quvvati bosqichma-bosqich oshirilib, universitet maqomiga o'zgartiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤯7🤔4😱32🔥2
💲 Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi? Bizdan kamida 50% to‘lov qilishni talab qilishmoqda.

JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

Prezidentning 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qaroriga binoan respublika OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.

◀️Bunda muddatlar quyidagicha:

👉 25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;

👉 50% qismini — 1-yanvargacha;

👉 75% qismini — 1-aprelgacha;

👉 100% qismini — 1-iyulgacha.

Bundan xulosa qilish mumkinki, 1-kurslardan dastlab 50% to‘lov talab qilish amaldagi tartibga zid. 1-kursga tavsiya etilganlar kamida 25% to‘lovni 15-sentyabrga qadar amalga oshirishlari lozim, shunda ularni talabalikka qabul qilish haqida buyruq chiqadi.

➡️ kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.

‼️ ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥3👏2
Ta'limda nima gap?
Qaysi savol siz uchun ko'proq muhim va foydali? Shu savolga javob beramiz.
🎓 Talaba bo'lib ham ishlash mumkinmi?

Albatta, siz bir vaqtning o'zida ishlashingiz va talaba bo'lishingiz mumkin.

👉 Buni bajarishga yordam beradigan ba'zi maslahatlarni Ravshanjon Raxmatullayev dan oldik:

1️⃣ Vaqtingizni tartibga soling.
— O'qish, ish va dam olish vaqtini ko'rsatadigan jadval yarating. Ushbu jadvalga rioya qilishga harakat qiling.

2️⃣ Qulay ish vaqti.
— Agar siz o'zingizning ish jadvalingizni tanlashingiz mumkin bo'lsa, unda siz uchun qulay vaqtda ishlashga imkon beradigan ishni qidiring.

3️⃣ Dam olishni unutmang.
— Ish va o'qish ko'p vaqt va kuch talab qilishi mumkin, shuning uchun dam olishni unutmang. Yonib (charchab) ketmaslik uchun muntazam ravishda dam oling.

4️⃣ O'qish uchun bo'sh vaqtingizdan foydalaning.
— Agar ishda bo'sh vaqtingiz bo'lsa, undan o'qish uchun foydalaning. Bundan tashqari, ishdan oldin yo'lda yoki jamoat transportida o'qishingiz mumkin.

5️⃣ Yordam so'rashdan qo'rqmang.
— Agar siz o'qish yoki ishlashda qiynalayotgan bo'lsangiz, o'qituvchilar yoki hamkasblaringizdan yordam so'rashdan tortinmang.

6️⃣ Maqsadlaringiz haqida unutmang.
— Maqsadlaringizga erishish uchun ishlayotganingizni va o'rganayotganingizni unutmang. Ulardan chalg'itmaslikka harakat qiling va doimo ularga qarab harakat qiling.

7️⃣ Qadriyatlaringizga mos bo'lgan insonlar bilan bo'ling.
— Siz yoningizdagi odamlarga juda e'tiborli bo'lishingiz kerak. Qanday xarakterdagi insonlar bilan ko'p vaqt o'tkazsangiz siz shu inson kabi fikrlay boshlaysiz. Uning fikrlari sizga ko'chishni boshlaydi. Shuning uchun sog'lom fikrlaydigan va doim olg'a intiladigan insonlar bilan birga bo'ling.

8️⃣ Amaliyot juda muhim.
— Siz oliy ta'lim muassasasida o'qigan bilimlaringizni tezda amaliyotda qo'llashingiz mumkin. Yoki aksincha ish jarayonida qiynalgan narsalaringizga universitetda javob topishingiz mumkin.

Ushbu ma'lumotlar siz uchun foydali bo'ldimi?
Izohlarda albatta bu haqida yozib qo'ying...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥64
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁23👍6🌚6
📊 Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!

📌O'zingiz rivojlantirmoqchi bo'lgan qobiliyatingiz haqida o'qing!
📌Ustoz toping!
📌Har kuningizni sarhisob qiling!
📌Kundalik rejalar daftarini tuting!
📌Yaxshi odatlarni shakllantiring!
📌O'zingiz havas qiladigan odamlardan o'rnak oling
📌Doimiylikka amal qiling!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍243🔥2🤯1
1-yo‘nalishga kirolmagan lekin undan keyingilariga kirganlar ham super qilsa bo‘ladimi?

O‘tgan yili
1-yo‘nalishga emas, undan keyingilariga kirgan talabalarga 1-yo‘nalishga super qilishga ruxsat berilgandi. Lekin bu yil Qabul komissiyasining bunga oid bayonoti chiqqani haqida xabar berilmadi.

⚡️ Biroq X.Xudoyberdiyevga ko‘ra, bu toifadagi talabgorlar uchun ham super-qilishga ruxsat berish ko'rib chiqilyapti.

Agar siz ham shunday turdagi super-kontraktni tanlagan bo‘lsangiz, hozircha kutib turganingiz ma’qul. Shartnomalar olish boshlandi, agar ruxsat berilsa, yaqin orada 1-yo‘nalish super-kontrakti uchun ham shartnomalar ochilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍242🔥2
⚡️Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✔️ Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

✔️ Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🤔5🔥2
📆 Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2023-yil 10-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

10-sentabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

👨‍💻 Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🥱42🔥1
Oʻqishini koʻchirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olishi mumkin?

Bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin. Agar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, unda taʼlim krediti berilmaydi.

Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar bor boʻlgan holatda mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa;
yoʻnalishi va OTMni oʻzgartirmagan holda faqat taʼlim shaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (oʻzbekdan rusga va h.k.) oʻzgartirgan boʻlsa.

Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

◀️Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
◀️Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishni koʻchirgan boʻlsa;
◀️bir OTM ichida boshqa yoʻnalishga uzrli sabablar yoʻq boʻlgan holda yoki mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥2🤔2
🤖 Yaponiyada darslarga kelmagan talabalarni qiziqtirish uchun loyiha ishlab chiqildi, uning o'rniga robotlar darslarga qatnaydi.

Robot dars paytida talaba o'rniga o'tiradi. Unda planshet mavjud bo'lib, talaba uyda o'tirganda, noutbuk orqali darslarga bemalol qatnashishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24😁106🤯1
Ingliz tilida vaqtni boshqarish bo'yicha 8 ta qiziqarli podkast ️ ️

1️⃣The Productivity Show — mualliflar vaqtni boshqarish va mahsuldorlik haqida yozadigan ta'lim platformasidan podkast.

2️⃣Take Back Time — uy egasi, eng ko'p sotilgan muallif va biznes murabbiyi vaqtni sodda va amaliy boshqarish bo'yicha podkastni olib boradi, bu esa yanada samarali bo'lishga yordam beradi.

3️⃣Time Management Ninja — vaqtni rejalashtirish bo'yicha maslahatlar va lifexaklar bilan 20 ta epizod.

4️⃣Time Management Tips — samarali ishlash uchun vaqtni boshqarish bo'yicha maslahatlar va texnikalar.

5️⃣The Systemize Your Life Podcast — odat kuchi vaqtingizni boshqarishda sizga qanday yordam berishi haqida podkast.

6️⃣It’s About Time — vaqtni boshqarish bo'yicha maslahatlar, samaradorlikni oshirish strategiyalari va har hafta amaliy tavsiyalar.

7️⃣Before Breakfast — vaqtni boshqarish strategiyalari haqida qisqa epizodlar.

8️⃣Taking Your Time — vaqtni boshqarish bo'yicha maslahatlar va strategiyalar. Bu erda siz bor vaqtingizdan maksimal darajada foydalanish nimani anglatishini bilib olasiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍142🔥1👏1👌1
🤔 Super-kontraktda 2-3-4-5-yoʻnalishlardan birini tanlasa bo‘ladimi?

Hozirgi vaqtda faqat tanlangan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun imkoniyat berilgan.

🤔 Biroq o‘tgan yili Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beril super kontraktda oʻqishiga ruxsat berilgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍168👏4👌4
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?

JAVOB: Ha, mumkin.

Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.

Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!

56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

📌 Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.

*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤯11😁6😢3🤣21
‼️Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.

➡️1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➡️1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➡️2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➡️3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.

➡️4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.

O‘tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

☝️Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍146👏4🔥1
Nima uchun talabalarga, ayniqsa yigitlarga ijara berishni xohlashmaydi?

📣 Tajribadan ma’lumki, talabalar, ayniqsa yigitlar hech qachon kelishuvlarni bajarishmaydi. Eng ko‘p uchraydigan holat – 4 kishi turamiz deb 6-7, ba’zan 10 kishi bo‘lib ketishadi.

Tekshirishga kelgan uy egasini “bu mehmon” deb aldashga urinishadi;

📣 Ijara berishdan maqsad daromad ko‘rish. Lekin talabalar bilan bu ham o‘ziga xos dahmaza. Deylik 4 kishi 300 dollarga yashaydigan bo‘lishsa, o‘sha 300 odatda chala-yarim undiriladi yoki nasiya bo‘ladi.

Izlab borsangiz ikkitasi chiqadi va o‘zlariga tegishli 150 dollarni beradi (bersa uniyam). Yo‘g‘idan talab qila olmaysiz, berganiga hech nima deya olmaysiz, chunki beryaptida.

📣 Kommunal to‘lovlar ham to‘planib ketadi va ulardan keyin albatta qarzdorlik qoladi. Uyning ta’miri rasvo bo‘lishiku tabiiydek qaraladi;

‼️ Alohida masala – tozalik! So‘nggi yillarda nafaqat yigitlar, hatto qizlar ham sarishtalikni deyarli butkul unutishyapti. Ko‘chada yurishlarini, kiyinishlarini ko‘rib, havasingiz keladi. Lekin ijara uy ostonasidanoq asabingiz buziladi.

Poyabzallar, paypoqlar hidlanib qalashib yotgan, bir haftalik chiqindi to‘planib qolgan, suvarak bosib ketgan, uyda o‘rinlar yig‘ilmaydi. Yana ishlaydigan toifasi bo‘ladi. Ular charchoq tufayli hatto yotgan o‘rnidan turib so‘rashishni lozim topishmaydi;

📲 Muammolar xonadon doirasida qolmaydi. Albatta qo‘shnilar bezovta qilinadi, shikoyatlar tushadi. Milisiya ham tayyor.

💬 Bu — talabalarga ijara uylar topib berish bilan shug‘ullanadigan kishining fikrlari.

💬 Agar siz yoki sizning do'stlaringiz ijarada yashovchi talabalar bo'lsangiz, bu tashvishlarni yodda tutib, yaxshi muloqot qilishga, kelishuvlarni bajarishga va qo'shnilarga e'tiborli bo'lishga harakat qilish foydali bo'lishi mumkin.

☝️ Ta'lim haqiqatan ham muhim va bu barcha ishtirokchilar uchun ijobiy va hurmatli yashash muhitini yaratish juda muhim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27😁12👏31🔥1