Ta'limda nima gap?
110K subscribers
374 photos
155 videos
155 files
1.2K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqi ta`lim shakli yopildi endi nima qilaman degan savol sizni o`ylantiryaptimi?

🎓Axborot texnologiyalari va menejment universitetida qabul boshlandi!

📝Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

20 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.

O‘qish shakllari:
✔️ Kunduzgi
✔️ Kechki

📝 Litsenziya (№325325; 30.12.2022y)

📍 Manzillar va murojaat:
+998(55)404-55-55
+998(95)247-55-55

Online ro‘yxat: qabul.atmu.uz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube 🌍Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥1
#tezkor

❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri

Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi!

Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan.

Buyurtma berish uchun qilish kerak?

1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting;

2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing;

3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting;

4️⃣. Buyurtma tayyor!


Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi.

Foydalanish mutlaqo bepul!

Quyidagi botga ID raqamni yuboring:
👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
40😭19👏9🔥51🏆1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija

DIQQAT, E'LON!

YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI


📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥3
Mandat naijasi e’lon qilindi — endi eng muhim tanlov oldida turibsiz!

DTM natijangiz 50 ball bilan Osiyo Xalqaro Universitetida ta’lim olish imkoniga ega bo‘ling. Bu yerda siz nafaqat sifatli bilim, balki xalqaro tajriba va keng imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Sizni kutayotgan afzalliklar:

➡️ Hamyonbop kontrakt narxi—12 mln so'mdan boshlanadi
➡️ WUST Universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturi
➡️ Kipr, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Belarusda xalqaro amaliyot dasturlari;

📍 Manzil: Osiyo Xalqaro Universitetining asosiy binosi

Qabul bo'limining ish vaqti: 08:00dan 18:00gacha

Bugun hujjat topshiring va OXU bilan kelajagingiz sari qadam qo‘ying!


Ro’yxatdan o’tish uchun:
qabul.oxu.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📍Buxoro filiali: +998553050009|Online murojaat
📍Xorazm filiali: +998553100009|Online murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2👏1💯1
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi


📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;

2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.


📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍32
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha


📆 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🎤 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

😎 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

🔶 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1🔥1👏1🏆1😭1
Kasbiy ta'lim muassasalariga tanlov jarayoni davom etmoqda

👥 Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytida kasbiy ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

👨‍💻 Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi.

18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11🔥3👍2👏1
⚡️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.

💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

❗️Super-kontraktga ariza berish sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Arizalar onlayn qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
22😭2
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👏3
Savol:
6-yo'nalish tanlash kerak, qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilasizmi ?

Super-kontrakt narxi qancha?

Barcha savollarga javob: Abituriyentlar uchun @kontraktchibot va edu-talim.uz platformalarida yangi imkoniyatlar ishga tushirildi.

🤖 @KONTRAKTCHIBOT ORQALI:
✔️ tavsiya etilgan OTM va yo‘nalishlar hamda ularning o‘tish ballarini ko‘rish;

2026/2027-yilgi yo‘nalishlarni OTM, yo‘nalish nomi yoki shifr bo‘yicha izlash;

ballga mos bo‘sh kvotalarni topish;

✔️ bazaviy kontrakt va super-kontrakt summasini aniqlash mumkin.


EDU-TALIM.UZ platformasida esa:
🔹 2026/2027-yil uchun 5 718 ta yo‘nalish varianti joylashtirildi.
🔹 1 416 ta yo‘nalishda bo‘sh kvotalar aniqlangan bo‘lib, jami 37 946 ta bo‘sh o‘rin hisoblangan.
🔹 OTM, yo‘nalish, shifr, ta’lim shakli va ta’lim tili bo‘yicha qidirish va filtrlash imkoniyati qo‘shildi.
🔹 O‘z balingizni kiritib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha kontrakt va super-kontrakt summasini hisoblash mumkin.
🔹 2021–2025-yillardagi o‘tish ballari ham alohida sahifada mavjud.

💡 Eslatma: botdagi yo‘nalish qidiruvi va kontrakt vositalaridan foydalanish uchun abituriyent ID raqami talab qilinmaydi.

⚠️ Muhim: ko‘rsatilgan bo‘sh o‘rinlar rasmiy e’lon emas, balki UZBMB ochiq ma’lumotlari asosida hisoblangan. Kontrakt hisob-kitoblarida hozircha eng so‘nggi rasmiy 2025/2026-o‘quv yilidagi stipendiyasiz tariflar qo‘llaniladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda 6-yo'nalish tanlash uchun qaysi OTMda bo'sh joy borligini bilish imkoniyati yaratildi

O'qishga kira olmaganlar www.edu-talim.uz platformasi orqali OTM bo'sh o'rinlarni ko'rishlari mumkin.

37 946 ta bo‘sh oʻrinlar borligini koʻrish mumkin.
15👍81🔥1💯1
❗️6-yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
31😭7🔥5👍4👏21
#SavollargaJavob

O‘zim xohlamagan ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etildim. Yo‘nalishimni o‘zgartirib berish mumkinmi?

Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas.

Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim.

📎 Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, tanlov tartibi bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ENDILIKDA “YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN! 🎓🔥

Hatto hujjat topshirishga ulgurmaganlar va imtihonga kechikkanlar uchun ham imkoniyat bor! 😳

❗️ 56,7 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar ham talaba bo‘lishlari mumkin!

“Sirtqi ta’lim yo‘q, endi ishlaydiganlar qanday o‘qiydi?” deb oliy ma’lumotli kadr bo‘lishni kechiktiryapsizmi?

Siz uchun qulay yechim bor!

Ishingizni tashlamasdan, daromadingizdan voz kechmasdan OLIY MA’LUMOT olish imkoniyati mavjud! 💼📚

Ya’ni, ISHLAB HAM O‘QISH mumkin! 😳🔥

Eng muhimi — ko‘pchilik hali bu imkoniyat haqida bilmaydi!

📌 Qanday imkoniyat?
📌 Shartlari qanday?
📌 Kimlar hujjat topshira oladi?

Barchasini bilish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👇
Havola: https://forms.gle/KCVmRGDjdfFBHrbBA

🎓 Ushbu imkoniyatni sizga Toshkent shahrida joylashgan Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti taklif etadi.

📅 Hujjatlar 31-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998781131717
+998555061277
5🔥1
Vakant-2026.pdf
823.8 KB
❗️Vakant joylar ro’yxati e’lon qilindi
#abituriyent

2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.

Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTTlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.

OTTlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3
🔥 Qaysi yo‘nalishlarda BO‘SH KVOTALAR qolganini bilmoqchimisiz?

Endi yuzlab OTM va yo‘nalishlarni bittalab qidirib chiqish shart emas!

🎓 edu-talim.uz platformasida bir necha soniyada:

🔺 Qaysi yo‘nalishlarda vakant o‘rinlar qolganini
🔺 Sizga mos OTM va yo‘nalishlarni
🔺 2026-yilgi o‘tish ballarini
🔺 Super-kontrakt narxlarini

oson va qulay tarzda aniqlashingiz mumkin

ESLATMA: 6-yo‘nalishni tanlash 28-avgustgacha davom etadi.

👉 edu-talim.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
27_08_test_candidates.pdf
887.9 KB
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 27-avgust kuni o‘tkaziladi.

📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1