Ta'limda nima gap?
78.8K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🎓 Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

✔️ O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

✔️ Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?
Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?
Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

◀️Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?
Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

‼️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 % stavkada) ajratiladi.

Imtiyozli kredit xotin-qizlarga ajratilganda kreditning foiz to‘lovi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

📌“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🌚53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍284🔥3🦄1
📌 "Biz oldin juda yuqori ball bilan kirganmiz, buncha past ball bilan kiribsiz" deganlarga yuboring

Bu yil kirish imtihonlarida kirish ballarining o‘ta pastligi jamoatchilikni xavotirga qo‘ydi. "Biz 187 bilan talaba bo‘lolmaganmiz, biz boshqacha o‘qirdik..." mazmunidagi gaplar urchidi.

➡️ Lekin, ayrim jihatlarni inobatga olishimiz kerak, deb o‘ylayman. Avval kimning bilimi emas xotirasi kuchli bo‘lsa, X variant olsa, "gaplashib qo‘ygan" bo‘lsa yuqori ball olardi. "Axborotnoma" ni qoridek yodlab o‘qishga kirganmiz o‘zimiz ham.

◀️Haqqoniy bilim bilan 10-15% abituriyent o‘qishga kirsa qolgan aksariyat "tanka" orqali kirardi. Testlar sotilardi.

Hozir esa bu narsalar sezilarli kamaygan. Savollar o‘ta ko‘pligidan yodlashning imkoni yo‘q. Kimga qanday test tushishini avvaldan uyushtirib bo‘lmaydi. Tabiiy ki, bunda kirish balli pasayadi.

🔥 Yangi o‘quv yili boshlandi. Bolalarim, jiyanlarim, yaxshi o‘qing! Shunday o‘qingki, sizni bilimi pastlikda ayblaganlar hijolatdan yorilay desin!

Kuch — bilimda!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥8😁5🥰42🤔2
🇺🇿 Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan

Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan.

ℹ️ Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida ma’lum qildi.

Ikkinchi va undan yuqori kursda 950 ming nafar, birinchi kursda 250 ming nafar talaba tahsil oladi.

👉 Talabalarga 39 533 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Oliygohlarning o‘rtacha ilmiy salohiyati 39,8 foizni tashkil etadi.

Hozirgi kungacha 116 ta davlat oliy ta’lim muassasalariga 193 761 nafar yoshlar birinchi bosqichga qabul qilindi va yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 42 foizga yetkazildi.

🎓 Magistraturaga 105 ta davlat oliygohiga ajratilgan 17 128 ta qabul parametrlari doirasida 7 232 nafar yoshlar o‘qishga qabul qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥2🤯1
☝️ Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida yotoqxonaga qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son)ga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

👉 “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

👉 I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

👉 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

👉 xalqaro fan olimpiadalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

👉 oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍235🔥2
O‘qishga kirishga ozgina ball yetmay qolgan abituriyentlar "super" uchun qancha to‘laydi?

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

✔️ 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
✔️ 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
✔️ 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
✔️ 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar to'laydi.

❗️ Eslatma: 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt to‘lab o‘qishni xohlaganda ular to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida qabul qilinadi. Ya’ni kim yuqoriroqda bo‘lsa o‘shanda talaba bo‘lish imkoni ko‘proq.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283🔥3
📣 Rasman: oyiga salkam 2 mln so‘m to'lanadigan yangi stipendiya ta’sis etildi

💲Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023 yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi.

🌳Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

🎓 Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥42
Direktorlar Kengashi 270-son buyrug'i.pdf
3.6 MB
⚡️Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

➡️Direktorlar kengashi toʻgʻrisida NIZOM

➡️Direktor lavozimiga ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida TARTIB

➡️Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarining malaka tavsiflari

➡️Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari lavozimiga nomzodlarni ochiq tanlov asosida saralash va lavozimga tayinlash SXEMASI

📝 Direktorlar kengashi ROʻYXATI

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123🔥2
‼️Talabalarga eslatma

Talabaning shaxsiy yigʼma jildi belgilangan muddatda taqdim etilmaganda fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi murojaatiga rad javobi beriladi!

📌Asos: (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥2
O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi.

O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182🔥2
⚡️15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

👉 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi:
◀️15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
◀️tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
◀️qo‘shma taʼlim uchun.

📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

☝️ To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203🔥3
🤔Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

Kecha 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

◀️Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?
Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.

☝️ Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya olishni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.

📌 Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.

➡️Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🤔5🤯4
📣 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➡️ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➡️ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

‼️ Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➡️ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➡️ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283🔥2
🎁 Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

🗣️Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

‼️ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

◀️magistraturaga kirganlar;
◀️super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
◀️“perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
◀️“perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏4😁3🤔1
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?

JAVOB: Ha, mumkin.

Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.

Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!

56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

📌 Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.

*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤯6👏3😘1
⚡️NOSTRIFIKATSIYA O'ZI NIMA?

“Nostrifikatsiya" soʻzi lotincha “noster" - “bizniki" hamda “facere" - “qilmoq" soʻzlaridan olingan. Amalda ushbu atama xorijda berilgan diplomlarni davlat darajasida tan olish, ekvivalentligini qayd etishni bildiradi.

◀️NOSTRIFIKATSIYA QANDAY OLINADI?
Bir narsani bilishingiz kerakki, xorijda olingan har qanday diplom Oʻzbekistonda tan olinishi uchun nostrifikatsiya qilinishi kerak. Faqat hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil etilgan OTMlarning diplomi bundan mustasno (Vestminstr, MDIS, Turin, Inxa va h.k.).

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilishning 2 xil yoʻli bor:
👉 biri imtihon asosida,
👉 ikkinchisi imtihonsiz.

◀️IMTIHONSIZ NOSTRIFIKATSIYA

👉 2019-yil 1-martdan boshlab quyidagi shaxslarning xorijiy davlatlarda berilgan diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi:

➡️ Oʻzbekiston hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning;

➡️ QS, THE, ARWU reytingida TOP-1000 talikka kirgan xorijiy OTMlarda taʼlim olganlarning (ilgari TOP-500 edi);

➡️ tasarrufida OTMlari boʻlgan Oʻzbekiston vazirlik va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

➡️ 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;

➡️ Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Higher Education) toʻlaqonli aʼzolari - vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

➡️ AQSH, Avstraliya, Isroil, Kanada, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning, ayrim istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

➡️ Xorijiy OTMlarda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekistonning vazirlik va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼlim olgan fuqarolarning;

Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

☝️Diplomni nostrifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

◀️MAXSUS IMTIHON BILAN NOSTRIKATSIYA

Agar siz oʻqigan OTM ushbu roʻyxatda boʻlmasa, demak, Sizning diplomingiz maxsus imtihondan keyingina Oʻzbekistonda tan olinadi.

◀️Qanday hujjatlar zarur? 
👉 diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan soʻng egasiga qaytariladi);

👉 diplom va ilovani aslini davlat (oʻzbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);

👉 pasport va pasport nusxasi;

👉 davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya (bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari – 735 ming so'm).

Hujjatlarni topshirish onlayn tizimida amalga oshiriladi.

☝️Taʼlim shakli ham mos boʻlishi kerak

Diplomingiz nostrifikatsiya qilinishi uchun albatta Siz oʻqigan xorijiy OTMdagi taʼlim shakli Oʻzbekistonda ham mavjud boʻlishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍238😁3
‼️ Davlat grantida o'qiydiganlar uchun:

Umumiy qoidaga ko'ra, davlat grantida o'qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so'm stipendiya oladi;

Agar davlat grantida o'qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan "a'lo" (5) baho (reyting ko'rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya'ni hozirda 621 ming 456 so'm miqdorida stipendiya tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3310🤷‍♂4🤔2😱1
⚡️O‘zbekistonda talabalar soni 1,2 mlnga yetdi

Bu yil davlat va xususiy OTMlarda kkinchi va undan yuqori kursda 950 ming nafar, birinchi kursda 250 ming nafar talaba tahsil oladi.

‼️ Oliy ta’lim bilan qamrov esa 42 foizga yetgan.

🎓 Talabalarning o‘zi ham yirik jamiyatga aylanib ulgurdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍296😁5
‼️E’lon!

2023-yil 8-sentabr kuni soat 11:00da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkaziladi:

◀️Dual ta’lim shakli bo‘yicha modulli ta’lim dasturlari taqdimoti;
◀️O‘quv jarayonini tashkil etish;
◀️Mehnat bozori va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash;
◀️“O‘zbekistonda professional ta’lim” jurnali taqdimoti.

Mazkur seminarda professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥2
⚡️ Talabalar to'lov-kontrakt olishidagi qiyinchiliklar

Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Bankdan ta'lim krediti olmoqchi bo'lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥42
⚡️O'qishini ko'chirgan talabalar hujjatlarini qaysi muddatgacha olib kelishlari kerak?

O'qishi ko'chirishga tavsiya etilgan talabalar aloqa xatini olganidan so'ng o'qishini ko'chirgan oliygoh tomonidan belgilangan muddatga qadar aloqa xatida ko'rsatilgan kerakli hujjatlarini olib kelishi shart.

➡️ Talaba hujjatlar yig'ma jildini o'z vaqtida taqdim etmasligi o'qishini ko'chirilishini rad etilishiga asos bo'ladi.

🎓 Kontrakt to'lovlarining to'lash muddatining oxirgi sanasi esa 1-noyabr etib belgilandi. Agarda siz ushbu vaqtga qadar hujjatingizni olib kelishga ulgurmasangiz ham kontrakt to'lovini to'lab qo'yishga ulguring. Bu orqali siz vaqtdan yutasiz.

Barcha oliygohlarda ish hajmiga qarab o'qishini ko'chirgan tabalardan hujjatlarni taqdim etish muddati har xil bo'lishi mumkin. Sababi o'qishi ko'chirilgan talabalar soni hamma joyda har xil.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍152🔥2