Ta'limda nima gap?
91.9K subscribers
351 photos
147 videos
150 files
1.17K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

22-iyul soat 13:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 36 814 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 4 368 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 11 301 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

O‘qishni ko‘chirish va tiklash (davlat)

Respublikaning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun 16 463 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

O‘qishni ko‘chirish va tiklash (nodavlat)

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va o‘qishni tiklash uchun 787 ta ariza kelib tushdi. Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, magistratura, ikkinchi mutaxassislik hamda texnikum bitiruvchilari uchun arizalar my.edu.uz, o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar esa transfer.edu.uz platformalari orqali onlayn qabul qilinmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Har bir abituriyentning titul varaqasini yuklab beradigan telegram-bot ishga tushdi!

Ma'lumot uchun eslatib o'tamiz, mandat chiqqanda abituriyentlarning o'qishga kirgan yoki kirmaganligi to'g'risidagi ma'lumot titul varaqada ham yoziladi.

Titul varaqangizni yuklab oling!

@titulrobot
@titulrobot
@titulrobot
2
#Qabul2026 #Magistratura

Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi

2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;
 
abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.

📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3
❗️Abituriyentlarni qiynayotgan dolzarb 11 ta savolga aniq javob!

1️⃣. Yakuniy mandat qachon chiqadi?
👉 JAVOB

2️⃣. Kechagi natijalar qachon chiqadi?
👉 JAVOB

3️⃣. Bugungi test javobi qachon chiqadi?
👉 JAVOB

4️⃣. Minimum o‘tish ball yana 56.7 mi?
👉 JAVOB

5️⃣. 56.7 ball bilan kontraktga kira oladimi?
👉 JAVOB

6️⃣. 68 ball to‘plagan Grantga kira oladimi?
👉 JABOB

7️⃣. Maqsadli qabul nima degani?
👉 JAVOB

8️⃣. Imtiyozli qizlar hammasi to‘liq grantga kiradimi?
👉 JAVOB

9️⃣. O‘tish ballarini qayerdan ko‘rsa bo‘ladi?
👉 JAVOB

🔟. Grantga kirganlar davlatga necha yil ishlab berishlari kerak?
👉 JAVOB

1️⃣1️⃣. Kontraktga kirganlar yaxshi o‘qisa 2-kursdan grantga o‘tishi mumkinmi?
👉 JAVOB

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

TO’QQIZINCHI KUN NATIJALARINI KUTAYOTGANLAR DIQQATIGA!


📆 2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari bugun 23:59 ga qadar e’lon qilinadi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda aniqlashlari mumkin:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot
👉 @bmba_natija_4bot

Shuningdek, botlarda natijalarga oldindan buyurtma berish imkoniyati ham mavjud!
8
⚡️NATIJALAR E’LON QILINDI!

Vanihoyat, endi tekshirsangiz bo’ladi

2026-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda natijani bilish mumkin:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot
👉 @bmba_natija_4bot
2
Abituriyentlar diqqatiga!

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi!


📆 2026-2027-o‘quv yilida Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lisyeyi, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga hamda davlat oliy ta’lim muassasalari huzuridagi Akademik litseylarga o‘qishga kirish test sinovlari 24-iyul va 25-iyul kunlari (2 kun) bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 09:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

🧾 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.edu.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

📍Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

🆔🧾 Abituriyent test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

👨‍💻 Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11💯3👍2
#abituriyent

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha o‘tish ballari.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
9😭3
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#natija_2026

O‘NINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI


📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 2026-yil 23-iyul (oxirgi) kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.


3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot
👉 @bmba_natija_4bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🎓 2026-yil abituriyentlari diqqatiga!

Ingliz tili sertifikatingiz bilan har oy stipendiya oling! Bu 100% kafolatlanadi!

Quyidagi xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo’lsangiz, TMU sizga oylik stipendiya taqdim etadi:

💎 800 ming so’m — IELTS 6.5+ | TOEFL 87+ | Duolingo 120+ | CEFR 62+

🥇 600 ming so’m — IELTS 6.0 | TOEFL 70–86 | Duolingo 105–115 | CEFR 58–61

🥈 400 ming so’m — IELTS 5.5 | TOEFL 59–69 | Duolingo 95–100 | CEFR 55–57

🥉 200 ming so’m — IELTS 5.0 | TOEFL 41–58 | Duolingo 80–90 | CEFR 50–54

📌 Har bir yo’nalishga atigi 100 ta kvota!

Yo’nalishlar:
⚖️ Yurisprudensiya
💼 Buxgalteriya, Menejment, Marketing
💻 Kompyuter muhandisligi
🌍 Xalqaro biznes, Iqtisodiyot
🗣️ Ingliz tili filologiyasi
🧸 Boshlang’ich va maktabgacha ta’lim

ℹ️ Muhim:
• Stipendiya kontrakt to’lovi asosida ajratiladi.
• To’lov miqdori talabaning GPA ko’rsatkichiga qarab belgilanadi va har semestr qayta ko’rib chiqiladi.

📞 +998 71 200 01 23
🤖 @tmuqabulbot
🌐 www.tmuni.org

🚀 TMU — xalqaro ta’lim sari ishonchli qadam!

#TMU #Qabul2026 #Stipendiya #IELTS #TOEFL #Duolingo #CE
8🔥31👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🔥1
Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi

📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @DTMStat_bot sizga mukammal yordam beradi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7💯1
O’qishga kira olmaslikning sababi har doim ham past ball emas!

Ko’pchilik bunga ishonmaydi.

Lekin har yili minglab abituriyentlar yetarli ball bilan ham talaba bo’la olmaydi.

Sabab?
— Noto’g’ri yo’nalish tanlovi.

Bugun qiladigan bitta qaroringiz keyingi 4 yillik taqdiringizni belgilaydi.

Shoshilmang!

🤖 @DTMSTAT_BOT orqali o’tgan yillardagi o’tish ballarini AI yordamida bir necha soniyada tekshiring.

✔️ Ma’lumotga asoslanib tanlang.
✔️ Tavakkal qilmang.
✔️ Imkoniyatingizni boy bermang.

📲 @DTMSTAT_BOT
3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang!

🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali:
oliy taʼlim tashkiloti;
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart.

📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin.

⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi.

📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
🔥543👏1
⚡️Rasman: Yo‘nalish tanlash 8-avgustgacha davom etadi

Yoʻnalish tanlamagan abituriyent 189 ball toʻplagan boʻlsa ham talaba boʻlmaydi!

Diqqat bilan yoʻnalish tanlang! Shoshilmang!

🤖 @DTMSTAT_BOT orqali o’tgan yillardagi o’tish ballarini sunʼiy intellekt yordamida bir necha soniyada tekshiring.

• Ma’lumotga asoslanib tanlang.
• Tavakkal qilmang.
• Imkoniyatingizni boy bermang.


📌 Bir necha soniya vaqt ajrating. Bu qaror sizning keyingi 4 yilingizni belgilashi mumkin.

👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👏1
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar


Tanlovni o‘tkazish asoslari:

🔺tanlov davlat granti uchun – har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida;
🔺to‘lov-kontrakt uchun – har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida;
🔺maqsadli qabul uchun – har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi.

(Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori)

Tanlov ustuvorligi

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi («ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi») bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir.

(Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1