Ta'limda nima gap?
91.1K subscribers
354 photos
147 videos
150 files
1.17K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Bojxona_2foizli_grant_kvota_2026.pdf
233.4 KB
#ImtiyozliKvota #Qabul2026

Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota

Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti.

Jami: 731 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1
Ijtimoiy_reyestr_10foizli_grant_2026.pdf
271.6 KB
#ImtiyozliKvota #Qabul2026

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha kvota

Respublika oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun ajratilgan 10 foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimot.

 Jami: 3 656 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
O‘rmonchilar_va_ularning_farzandlari_kvota_2026.pdf
168 KB
#ImtiyozliKvota #Qabul2026

O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota

O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun “60820100 — O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti.

 Jami: 35 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1
Xorijda_istiqomat_qiluvchi_yoshlar_GRANTI_2026.pdf
146.9 KB
#ImtiyozliKvota #Qabul2026

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun qo‘shimcha kvota

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarining tanlov yo‘nalishlari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti.

 Jami: 30 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5yil_stajga_ega_fuqarolarga_tavsiya_beradigan_tashkilotlar.pdf
189.5 KB
#Qabul2026 #Tavsiyanoma #Vazirlik_idoralar

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega fuqarolarga tavsiyanoma berish huquqiga ega vazirlik, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati

Eslatma: Mazkur tavsiyanomaga ega abituriyentlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kechki ta’lim shakllariga suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1
Maqsadli_qabul_MAKTAB_DAVLAT_GRANTI_2026.pdf
456.4 KB
#Kvota #Bakalavriat #Maqsadli #Kunduzgi #Qabul2026

Maktab ta’limi sohasida maqsadli qabul parametrlari

Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

Jami: 648 ta.

Shundan:

o‘zbek tili – 594 ta;
rus tili – 51 ta;
qozoq tili – 3 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5👍1👏1
SSV_maqsadli_kvota_kunduzgi_2026.pdf
251.6 KB
#Kvota #Bakalavriat #Maqsadli #Kunduzgi #Qabul2026

Sog‘liqni saqlash sohasida maqsadli qabul parametrlari

Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

Jami: 1 031 ta.

Shundan:

o‘zbek tili – 1 008 ta;
qoraqalpoq tili – 23 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5🔥1👏1
San’at_maqsadli_kvota_kunduzgi_2026.pdf
166.4 KB
#Kvota #Bakalavriat #Maqsadli #Kunduzgi #Qabul2026

San’at sohasida maqsadli qabul parametrlari

Bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

Jami: 4 ta.

Shundan o‘zbek tili – 4 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍21🔥1
Maktabgacha_dual_ta’lim_kvota_2026.pdf
204.5 KB
#Kvota #Bakalavriat #Dual #Qabul2026

O‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim shakli bo‘yicha maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga respublika oliy ta’lim tashkilotlari va o‘qitish tillari kesimidagi qabul parametrlari taqsimoti

Jami: 10 000 ta.

Shundan:

o‘zbek tili – 8 900 ta;
rus tili – 900 ta;
qoraqalpoq tili – 200 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3👍21
Maktabgacha_oliy_toifa_kvota_2026.pdf
176.6 KB
#Kvota #Magistratura #MalakaToifasi #Qabul2026

Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

Jami: 200 ta.

Shundan:

o‘zbek tili – 152 ta;
rus tili – 48 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
🔥211
Xotin-qizlar_2500-kvota_2026.pdf
225.7 KB
#Kvota #XotinQizlar #ToʻlovKontrakt #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yili uchun mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun ajratilgan toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari

Oliy taʼlim tashkilotlari kesimida toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining taqsimoti.

 Jami: 2 500 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4🔥1👏1
Xotin-qizlar_4000-kvota_2026.pdf
182.2 KB
#Kvota #Bakalavriat #XotinQizlar #Kunduzgi #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha xotin-qizlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari

Umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun ajratilgan qoʻshimcha davlat granti oʻrinlarining hududlar kesimidagi taqsimoti.

 Jami: 4 000 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
71👍1🔥1👏1😭1
⚡️5-kun natijalari e’lon qilindi

2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda natijani bilish mumkin:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot
👉 @bmba_natija_4bot
3
⚡️ Abituriyentlar uchun imkoniyat: joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin

mandat.uzbmb.uz saytining Qo‘shimcha sahifasida joriy to‘plagan ballar bo‘yicha 2025-yilgi o‘tish ballarini ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritgandan so’ng abituriyent haqida ma’lumotlar chiqib keladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin.

Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.

Eslatma: joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.

🟢 Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi

🟠 Olovrang — kontrakt uchun ball yetmaydi


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10🔥3👏2
Natijangiz 60+ ball bo‘lsa — siz allaqachon talabasiz. Shunchaki hali bilmaysiz. 🎓

BMBA natijalari e’lon qilinmoqda — va bu yakun emas, boshlanish. Tashkent Metropolitan University sizga bu yil talaba bo‘lishning ikkinchi imkoniyatini beradi:

BMBA testidan 60 ball va undan yuqori — kirish imtihonisiz qabul
Har yo‘nalishda 100 ta o‘rin
25% dan 100% gacha GRANT yutib olish imkoniyati
🔥 IELTS 6.5+ sertifikatingiz bormi? Birinchi semestr — 100% GRANT!

Kunduzgi ta’lim
📚 Yo‘nalishlar: Yurisprudensiya • Kompyuter injiniringi • Buxgalteriya va moliya • Menejment • Marketing • Xalqaro biznes • Iqtisodiyot • Ingliz filologiyasi • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

O‘rinlar cheklangan — hujjatlar hozir qabul qilinmoqda!

👉 Hujjat topshirish: t.me/tmuqabulbot

📞 71 200 01 23

💾 Saqlab qo‘ying va BMBA testini topshirgan do‘stingizga yuboring — balki aynan shu post uning talabalik yo‘lini ochar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👏1
Green_University_kvota_2026.pdf
179.6 KB
#Kvota #GreenUniversity #Grant #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yilida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”) uchun davlat granti asosida ajratilgan qabul koʻrsatkichlari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining taqsimoti.

 Jami: 1 030 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Qirg‘iz_grant_kvota_2026.pdf
172.3 KB
#Kvota #QirgʻizistonFuqarolari #Grant #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yilida Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari uchun respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan grant asosidagi qabul kvotalari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida grant asosidagi qabul kvotalarining taqsimoti.

 Jami: 20 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4
Qozoq_grant_kvota_2026.pdf
204.1 KB
#Kvota #QozogʻistonFuqarolari #Grant #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yilida Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari uchun respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan grant asosidagi qabul kvotalari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida grant asosidagi qabul kvotalarining taqsimoti.

 Jami: 20 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Tojik_grant_kvota_2026.pdf
175.8 KB
#Kvota #TojikistonFuqarolari #Grant #Qabul2026

2026/2027-oʻquv yilida Tojikiston Respublikasi fuqarolari uchun respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan grant asosidagi qabul kvotalari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida grant asosidagi qabul kvotalarining taqsimoti.

 Jami: 20 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
2
Mo‘g‘uliston_grant_kvota_2026.pdf
171 KB
#Kvota #MoʻgʻulistonFuqarolari #Grant #Qabul2026

Moʻgʻuliston Respublikasi fuqarolari uchun 2026/2027-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan grant asosidagi qabul kvotalari

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida grant asosidagi qabul kvotalari taqsimoti.

 Jami: 10 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
51👍1🔥1
#natija_2026

OLTINCHI KUN NATIJALARINI KUTAYOTGANLAR DIQQATIGA!

Natijani hammadan avval aniqlang!

📆 2026-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari bugun 23:59 ga qadar e’lon qilinadi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda aniqlashlari mumkin:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot
👉 @bmba_natija_4bot

Shuningdek, botlarda natijalarga oldindan buyurtma berish imkoniyati ham mavjud!
4