Ta'limda nima gap?
78.8K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⛅️ Yangi o‘quv yilining 1-haftasi sovuqroq bo‘ladi, talabalar qiynalmayapsizmi?

Bu hafta 1-yarmida kunduzlari 29 darajagacha iliq, kechalari 13 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilindi.

Haftaning 2-yarmida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi.

🤒 Salqin havoga mos kiyining va shamollab qolishdan saqlaning. Shamollab qolsangiz, cho'ntakka zarar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4113🔥7
‼️ Talabalar uchun muhum xabar

Moliya yo‘nalishiga superkontrakt uchun hujjat topshirgandim. Men topshirmoqchi bo‘lgan OTM kontrakt narxini belgilanganidan sezilarli darajada oshirib yuboribdi. Oliygoh bunga haqlimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq tabaqalashtirilgan (“superkontrakt”) toʻlov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam boʻlmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

👉 Masalan, “Moliya” yoʻnalishi boʻyicha oshirilgan kontrakt bazaviy miqdorning 10 barobari etib belgilangan boʻlsa, Toshkent moliya instituti mazkur koʻrsatkichni 15 barobar etib belgilashi, Termiz davlat universiteti esa oʻzgartirmasligi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔8😭76
⚡️ Rasman: Ko'plab xususiy universitetlarda endi imtihon bo'lmaydi.

🎓 Talabalar uchun SIRTQI, KUNDUZGI ta'lim shakllarida STOMOTOLOGIYA, DAVOLASH ISHI, FARMATSEVTIKA, PEDAGOGIKA va PSIXOLOGIYA, INGLIZ TILI va ADABIYOTI hamda boshqa ko'plab yo'nalishlar va fakultetlar mavjud xususiy universitetlar kvota ajratishgan.

🇺🇿 Bu dasturlar boʻyicha olingan diplom Oʻzbekistonda tan olinadi.

✔️ 10 milliondan 25 milliongacha bo'lgan to'lov shartnomasi mavjud.

☝️ Agar aniq savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot zarur boʻlsa, koʻrsatilgan telefon raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
☎️ +998996879909 | ☎️ +998996749909
☎️ +998976439999 | ☎️ +998996739909
💬 Xabar orqali yozish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🤯10❤‍🔥3👏2
💊Tibbiyot sohasida o‘qish mumkin bo‘lgan nodavlat (xususiy) oliygohlarning kontrakt narxlari:

🏛 Akfa universiteti (Toshkent)
👉 58 000 000 so'm

🏛 Yevropa tibbiyot universiteti (Toshkent)
👉 36 000 000 – 45 000 000 so'm

🏛 Impuls tibbiyot instituti (Namangan)
👉 33 000 000 so'm

🏛 Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti (Farg'ona)
👉 30 360 000 so'm

🏛 Buxoro innovatsion tibbiyot instituti (Buxoro)
👉 30 360 000 so'm

🏛 Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent)
👉 29 900 000 so'm

🏛 Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti (Toshkent)
👉 26 000 000 – 29 000 000 so'm

🏛 Turon Zarmed universiteti (Buxoro)
👉 27 000 000 so'm

🏛 Osiyo xalqaro universiteti (Buxoro)
👉 26 000 000 so'm

🏛 Alfraganus universiteti (Toshkent)
👉 24 000 000 – 25 000 000 so'm

🏛 Valley innovatsion universiteti (Farg'ona)
👉 24 000 000 so'm

📈 Yuqoridagi narxlari 2023/2024 o'quv yili uchun belgilangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤯142🥰2
💲O‘zbekistonda talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

😢 Ya’ni ko‘plab talabalar hech qanday stipendiya olmay o‘qiydi.

◀️Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
◀️Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

📌 Nomdor stipendiyalar:

◀️Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
◀️Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari – 1 461 028 so‘m.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30😁42
O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

‼️ Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉123🔥1
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 2.6 ball yetmay qoldi. Shu ko‘rsatkich bilan o‘qishga qabul qilinishim uchun qancha miqdorda kontrakt to‘lashim kerak bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan.

Тo‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

➡️1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
➡️1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
➡️2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
➡️3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Demak, Siz o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2,5 barobar to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2🤯1
Super-kontrakt miqdorlari 2023 (1).pdf
1.8 MB
⚡️Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

➡️ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤔4🤯31🔥1🥰1
🎓 Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

✔️ O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

✔️ Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?
Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?
Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

◀️Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?
Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

‼️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 % stavkada) ajratiladi.

Imtiyozli kredit xotin-qizlarga ajratilganda kreditning foiz to‘lovi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

📌“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🌚53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍284🔥3🦄1
📌 "Biz oldin juda yuqori ball bilan kirganmiz, buncha past ball bilan kiribsiz" deganlarga yuboring

Bu yil kirish imtihonlarida kirish ballarining o‘ta pastligi jamoatchilikni xavotirga qo‘ydi. "Biz 187 bilan talaba bo‘lolmaganmiz, biz boshqacha o‘qirdik..." mazmunidagi gaplar urchidi.

➡️ Lekin, ayrim jihatlarni inobatga olishimiz kerak, deb o‘ylayman. Avval kimning bilimi emas xotirasi kuchli bo‘lsa, X variant olsa, "gaplashib qo‘ygan" bo‘lsa yuqori ball olardi. "Axborotnoma" ni qoridek yodlab o‘qishga kirganmiz o‘zimiz ham.

◀️Haqqoniy bilim bilan 10-15% abituriyent o‘qishga kirsa qolgan aksariyat "tanka" orqali kirardi. Testlar sotilardi.

Hozir esa bu narsalar sezilarli kamaygan. Savollar o‘ta ko‘pligidan yodlashning imkoni yo‘q. Kimga qanday test tushishini avvaldan uyushtirib bo‘lmaydi. Tabiiy ki, bunda kirish balli pasayadi.

🔥 Yangi o‘quv yili boshlandi. Bolalarim, jiyanlarim, yaxshi o‘qing! Shunday o‘qingki, sizni bilimi pastlikda ayblaganlar hijolatdan yorilay desin!

Kuch — bilimda!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥8😁5🥰42🤔2
🇺🇿 Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan

Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan.

ℹ️ Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida ma’lum qildi.

Ikkinchi va undan yuqori kursda 950 ming nafar, birinchi kursda 250 ming nafar talaba tahsil oladi.

👉 Talabalarga 39 533 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Oliygohlarning o‘rtacha ilmiy salohiyati 39,8 foizni tashkil etadi.

Hozirgi kungacha 116 ta davlat oliy ta’lim muassasalariga 193 761 nafar yoshlar birinchi bosqichga qabul qilindi va yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 42 foizga yetkazildi.

🎓 Magistraturaga 105 ta davlat oliygohiga ajratilgan 17 128 ta qabul parametrlari doirasida 7 232 nafar yoshlar o‘qishga qabul qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥2🤯1
☝️ Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida yotoqxonaga qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son)ga ko‘ra, quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

👉 “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

👉 I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

👉 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

👉 xalqaro fan olimpiadalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;

👉 oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

👉 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍235🔥2
O‘qishga kirishga ozgina ball yetmay qolgan abituriyentlar "super" uchun qancha to‘laydi?

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

✔️ 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
✔️ 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
✔️ 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
✔️ 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar to'laydi.

❗️ Eslatma: 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt to‘lab o‘qishni xohlaganda ular to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida qabul qilinadi. Ya’ni kim yuqoriroqda bo‘lsa o‘shanda talaba bo‘lish imkoni ko‘proq.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283🔥3
📣 Rasman: oyiga salkam 2 mln so‘m to'lanadigan yangi stipendiya ta’sis etildi

💲Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023 yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi.

🌳Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

🎓 Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥42
Direktorlar Kengashi 270-son buyrug'i.pdf
3.6 MB
⚡️Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Direktorlar kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

➡️Direktorlar kengashi toʻgʻrisida NIZOM

➡️Direktor lavozimiga ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida TARTIB

➡️Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarining malaka tavsiflari

➡️Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari lavozimiga nomzodlarni ochiq tanlov asosida saralash va lavozimga tayinlash SXEMASI

📝 Direktorlar kengashi ROʻYXATI

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123🔥2
‼️Talabalarga eslatma

Talabaning shaxsiy yigʼma jildi belgilangan muddatda taqdim etilmaganda fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi murojaatiga rad javobi beriladi!

📌Asos: (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥2
O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi.

O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182🔥2
⚡️15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

👉 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi:
◀️15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
◀️tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
◀️qo‘shma taʼlim uchun.

📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

☝️ To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍203🔥3
🤔Stipendiyali kontrakt qanaqa bo‘ladi?

Kecha 2023/24-o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari oshirilmasligi eʼlon qilindi. Kontraktlar jadvalida bazaviy, yaʼni stipendiyasiz miqdorlar ko‘rsatilgan. Yaʼni ushbu miqdordagi kontrakt to‘lagan talabalarga stipendiya berilmaydi.

◀️Kontraktdagilar ham stipendiya olish uchun nima qilish kerak?
Buning uchun 12 oylik stipendiya pulini ham kontraktga qo‘shib to‘lash kerak.

☝️ Masalan, hozirda bir oylik stipendiya 517 ming 880 so‘m. Buni 12 oyga ko‘paytirsak, 6 mln 214 ming 560 so‘m bo‘ladi.

Talabaning 1 yillik bazaviy kontrakti 6 mln 412 ming 610 so‘m deb tasavvur qilaylik. Shunda agar talaba har oy stipendiya olishni istasa, unda 12 mln 627 ming 170 so‘m kontrakt to‘lashi kerak bo‘ladi.

📌 Shunda o‘zi to‘lagan pulni har oy bo‘lib-bo‘lib stipendiya shaklida qaytarib oladi.

Bu oddiy holatda unchalik ham manfaatli taklif emas, lekin ayrimlarda hozir imkon bo‘lsa, stipendiyali shaklda to‘lab qo‘ygani yaxshi. Bundan tashqari ishxonasidagi oylikdan to‘laydiganlar ham stipendiyali qilib o‘tkazsa, soliq imtiyozidan 745 ming so‘m qo'shimcha foyda qiladi.

➡️Bundan tashqari taʼlim krediti olganda ham stipendiyali kontraktga shartnoma olish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Ayniqsa qizlarda bu yana-da foydali bo‘ladi, chunki ularga foizsiz kredit beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🤔5🤯4
📣 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➡️ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➡️ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

‼️ Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➡️ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➡️ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283🔥2