Ta'limda nima gap?
94.2K subscribers
355 photos
147 videos
152 files
1.17K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
#Qabul2026: Abituriyentlar statistikasi

2026-yil 20-iyun kuni soat 18:20 holatiga ko‘ra, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni:
Jami: 432 805 nafar
Muhim eslatma:
Ro‘yxatdan o‘tish joyi: Ariza topshirish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Muddat: Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi joriy yilning 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
24👍9🔥4👏2
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi

Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 22 751 ta ariza kelib tushdi.

📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍5🔥2
Fanlar majmuasi-2026(@talimgaoid).pdf
649.9 KB
⚡️Fanlar majmuasi yangilandi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi


Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
12👍5🔥3
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi


23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: Onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10👍10👏5😭5💯1
Forwarded from Abituriyentga Xos
Abituriyentlarga tavsiyalar

🔹 Hujjat topshirish jarayonini oxirgi kunlarga qoldirmang. Sertifikatlar, imtiyozlar va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri aks etganini oldindan tekshirib chiqing.

🔹 SAT, milliy yoki xalqaro sertifikatlardan foydalanishda tanlagan ta’lim yo‘nalishingizga qaysi sertifikat tatbiq etilishini aniqlab oling.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tishda faol foydalaniladigan telefon raqamini kiriting. Barcha muhim xabarnomalar va tasdiqlash kodlari shu raqamga yuboriladi.

🔹 Test sinovlariga ruxsatnoma shakllantirilganidan keyin uni o‘z vaqtida yuklab oling va unda ko‘rsatilgan sana, vaqt hamda manzilga e’tibor bering.

🔹 Test sinovlari yakunlangach, tanlov bosqichini o‘tkazib yubormang. Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlamasangiz, tanlovda ishtirok etmagan hisoblanasiz.

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ustuvorliklarni puxta o‘ylab belgilang. Birinchi ustuvorlik sifatida eng ko‘p o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlash maqsadga muvofiq.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!
27🔥43😭3💯1
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi


☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.

➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

📝 Bunda:

🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;

🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;

🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;

🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥2👏2👍1
⚡️Rasman: 25-iyun, ya’ni bugun qabul jarayonlari yakunlanadi!

25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

📚 Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga Bilim va malakalarni baholash agentligi standartlariga muvofiq tuzilgan mutaxassislik hamda majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash tavsiya etiladi.

❗️Bu abituriyentlarga test sinovlari formatiga moslashish, bilimlarini mustahkamlash va imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Hozirdanoq bilimingizni tekshiring va olgan balingiz bilan qaysi yo‘nalishlarga kirish imkoniyatingiz borligini bilib oling.

📲 Testga kirish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10💯4👍3👏1
Ta'limda nima gap?
⚡️Rasman: 25-iyun, ya’ni bugun qabul jarayonlari yakunlanadi! 25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 📚 Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan…
👍👍👍👍👍🕸

Bugun ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni, agar hali ham ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz so’nggi daqiqalarni kutmang, tezroq topshiring.

Sababi oxirgi kunni kutgan bir nechta abituriyentlar bor va hamma bir vaqtda saytga kirishi hisobidan sayt qotib qolishi, sekin ishlashi yoki ishlamay qolish xolatlari kuzatilishi mumkin. Shu sababli ham tezroq harakat qiling)

Bugun to’lov qilishning ham so’nggi kuni. E’tiborli bo’ling! Agar siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz-u, vaqtida to’lov qilmagan bo’lsangiz siz imtihonda qatnasha olmaysiz.


📌 Ta’limga oid yangiliklar albatta @talimkanali da!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29💯73
Abituriyentlar! Qaroringizni qabul qildingizmi?

Qaysi yo‘nalishni tanlaysiz? Kim bo‘lasiz?
Grant olasizmi? Chet elda amaliyotga chiqasizmi?


💙 Osiyo Xalqaro Universiteti — bu savollarga javob izlayotganlar uchun izlanish yakunlanadigan manzil. 35 ta bakalavriat va 14 magistratura yo‘nalishlari, 24 ta ordinatura va 11 ta doktorantura bosqichlarida qabul davom etmoqda.

Bu yerda:
Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan zamonaviy kampuslar
Turar joy bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan
Iqtidor egalariga stipendiyalar va rag‘batlar mavjud
Xalqaro amaliyot dasturlari orqali chegaralarning o‘zi yo‘q
Har bir dars – bilim, har bir ustoz – yo‘l ko‘rsatuvchi
Talabalar va abituriyentlar uchun 320 ta grant imkoniyati

Kunduzgi, Kechki va Masofaviy ta’lim — siz uchun qulay shaklda.

📥 Hujjat topshirishni bugundan boshlang!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Buxoro filiali:
+998553050009
Xorazm filiali:
+998553100009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
112👍2🔥2👏1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi

25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍11🔥5💯3
Ta'limda nima gap?
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi 25-iyun kuni soat 08:05 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681…
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

❗️ 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bugun yakunlanadi.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
18👏4👍3🔥2
1 soat qoldi!!!
27😭2113🏆10👏2💯1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

❗️ 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5415👏9👍8🔥3💯2
❗️ Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirish tartibi belgilandi
 
Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026 y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
 
🏛 Reglamentga koʻra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
 
📝 Ariza beruvchi har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar YaIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.
 
⛔️ Quyidagilar arizani rad etishga asos boʻladi:
 — soʻrovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagani;
 — soʻrovnomada notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangani;
— belgilangan miqdordagi toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani.


Hujjatning rasmiy toʻliq matni:
https://lex.uz/uz/docs/-8263908

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥3👏3👍2
⚡️Rasman: Qabul yakunlandi!

imtihonga tayyorlanish uchun BEPUL sinov testlar boshlandi!

Hoziroq yap-yangi eng SARA ORGINAL testlarni ishlang!😎

Edu-talim.uz platformasi hamda Tashkent Metropolitan University hamkorligida navbatdagi BLOK Test tashkil etilmoqda!


📆 Test 28-iyun 23:59 gacha;

Joriy yilda ko’pchilik abituriyentlarda milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud. Shu sababli onlayn testni o’zingizga qulay formatda yechishingiz mumkin:

Mutaxassislik blokdan test
📝 Ona tili va adabiyot
🧮 Matematika
🌏 Geografiya
🧬 Biologiya
🇺🇸 Ingliz tili
📋 Huquq
⚛️ Kimyo
💻 Fizika
⚔️ Tarix

Majburiy blokdan test
📕 Ona tili
📕 Matematika
📕 Tarix


5 blokli test
(
2 mutaxassislik + 3 majburiy fan)

😭 TMU - Toshkentdagi “yurisprudensiya” yoʻnalishiga ega, 100% lik GRANT imkoniyati mavjud hamda IELTS 6.5 yoki CEFR B2 sertifikati bilan BEPUL o’qitiladigan universitet.


Ishtirok etish uchun hoziroq ro’yxatdan o’ting:
👉 @TESTOLOGBOT
👉 @TESTOLOGBOT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯Bugungi tanlovingiz — ertangi kelajagingizni belgilaydi!

Aynan hozir — to‘g‘ri qaror qabul qilish vaqti!
📚Bilim, amaliyot, xalqaro imkoniyatlar, yashash sharoitlari — barchasi bir joyda!

Siz orzu qilgan ta’lim maskani shu yerda:
🎓Axborot texnologiyalari va menejment universitetida qabul davom etmoqda!

📥Hujjat topshiring. O‘zingizga investitsiya qiling.
📌Kelajagingizni bugundan boshlab quring!

Hujjat topshirish uchun QABUL DAVOM ETMOQDA.

20 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisliklar mavjud.

kunduzgi va kechki ta’lim
300 ta grant o‘rinlari
17 000 dan ortiq faol talabalar

📌Imtihonsiz qabul!
📌Kontrakt to‘lovlarini bo‘lib to‘lash va ta’lim krediti rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

📍Manzil 1; Manzil 2

📞 Murojaat uchun: (55)404-55-55; (95)247-55-55

🌐
qabul.atmu.uz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube 🌍Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2👏1
❗️Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, akademiya magistraturasiga qabul kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Har ikki ta’lim shaklida o‘qish muddati 1 yil etib belgilangan. Kechki ta’limda mashg‘ulotlar odatda haftasiga 5 kun o‘tkazilib, haftalik o‘quv yuklamasi 20 akademik soatni tashkil etadi.

Magistraturaga yurisprudensiya hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov, qoida tariqasida, avgust oyida o‘tkaziladi.

🗓 Hujjatlar har yili 1–30-iyul kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
8👏3🔥2👍1
#foydali

​​🔥 IELTS IMTIHONIGA TAYYORLANISH UCHUN 10 TA ENG YAXSHI MANBA

👉 Elc.polyu.edu.hk - ushbu saytda siz IELTS topshiriqlari bilan tanishishingiz va imtihonning har bir qismiga tayyorgarlik bo'yicha ko'plab foydali maslahatlarni olishingiz mumkin.

👉 Splendid-speaking.com - ushbu imihondan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar bilan suhbatlar.

👉 Takeielts.britishcouncil.org - British Councilning ushbu saytida siz ko'plab foydali ma'lumotlarni topasiz, ular maslahatlar va kichik maqolalar ko'rinishida taqdim etiladi.

👉 ielts.allearsenglish.com - IELTSga tayyorgarlik ko'rish uchun yana bir ajoyib sayt, unda imtihonda uchraydigan juda ko'p turli xil mashqlar mavjud.

👉 Netlanguages.com - bu yerda siz bepul amaliy mashg'ulotlardan foydalanishingiz mumkin.

👉 Ieltsforfree.com - bu yerda siz to'liq sinovdan o'tishingiz yoki alohida qismlarni mashq qilishingiz mumkin.

👉 Examenglish.com - ushbu saytda siz nafaqat IELTS, balki TOEFL, TOEIC, CAE, FCE, KET, PETga topshirishga ham tayyorlanishingiz mumkin.

👉 Itests.com - ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz bepul sinov sinovlaridan foydalanishingiz mumkin.

👉 Ielts-exam.net - bu IELTS ga tayyorgarlik ko'radigan eng yirik saytlardan biri.

👉 Scribd.com - skanerdan o'tgan IELTSga tayyorgarlik kitoblari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Ushbu postni IELTS imtihoniga tayyorlanayotganlarga yuborib qo'ying!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏6🔥3
#Abituriyent2024

Testga nimalar olib kirish mumkin?

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
— abituriyent ruxsatnomasi;
— kepka yoki panama;
— oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
— optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
— pul;
— dastroʻmol;
— kalit.

‼️Quyidagilar mumkin emas:

— telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
— shpargalka, kalkulyator; va h.k.
— ruchka (ichkarida beriladi);
— suv (ichkarida beriladi);
— qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
— Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
— tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
— mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
438💯4👏3🏆2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda!

💙Osiyo Xalqaro Universitetida abituriyentlar uchun 90+ ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.

🎓Siz ham o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bo‘yicha imtihonda ishtirok etib, talabalik sari ilk qadamni qo‘ying!

🎓Siz ham OXU talabasi bo‘lishni xohlaysizmi?

📌Hoziroq qabul.oxu.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va navbatdagi kirish imtihonlarida ishtirok eting!

📞Batafsil ma’lumot uchun:
Buxoro filiali: +998553050009
Xorazm filiali:
+998553100009
Qabul kanali:
@oxu_qabul_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16
Ta’lim biznesining asosi endi mustahkam ustav kapitali va real infratuzilma bo‘lishi kerak

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari endi ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minot va infratuzilmani qamrab olgan holda ustav kapitalini shakllantirishi shart. Bu talab, avvalo, muassasaning daromad emas, imkoniyat asosida faoliyat boshlashi kerakligini anglatadi.

Eng muhimi, talabalar soni ortgani sari ustav kapitali ham bosqichma-bosqich oshirilishi kerak. Boshqacha aytganda, talabalar ko‘payishi faqat daromad ko‘zlashga emas, balki infratuzilmani parallel rivojlantirish majburiyatiga ham bog‘lanadi.

Bu jarayonda nodavlat OTMlardan yuqori darajadagi rejalashtirish, sohaga jiddiy qarash va mas’uliyat talab qilinadi. Demak, endi ta’limni boshlashdan oldin shunchaki ro‘yxatdan o‘tish yetarli emas. Tayyor infratuzilma, yetarli moddiy resurs va strategik reja ham bo‘lishi shart.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
14👍4👏3