Ta'limda nima gap?
78.9K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
😏Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

🎓Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

📣Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍303🥰2😁2🔥1
💲2023/2024-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari

Bakalavriat (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy), magistratura hamda ikkinchi mutaxassislik uchun.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥1
Super-kontrakt miqdorlari 2023.pdf
1017.1 KB
✔️2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari

Ushbu miqdorlarni mana bu yerdagi bazaviy kontrakt summasiga ko'paytirgan holda super-kontrakt qancha bo'lishini hisoblash mumkin.

‼️Eslatma: yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlar 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥2
⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida eng yuqori natija ko‘rsatdi

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi asosida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimlik, jami 95 ta davlat tashkilotining raqamli transformatsiya holati baholandi.

➡️ Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu reytingning “yashil” (yaxshi) toifasidan joy olib, vazirliklar ichida birinchi bo‘ldi.

Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

👉 Ochiqlik va elektron ishtirok;
👉 Elektron davlat xizmatlari;
👉 Axborot xavfsizligi;
👉 Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
👉 Tashkiliy masalalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥2
🧐Davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Yana nimalar belgilanmoqda?

2023/2024-o‘quv yili uchun Davlat OTMlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbot xizmati ma’lum qildi.

🗣️ Bu talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tarzida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Bunda, barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat OTMlari hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

👉 Shu bilan birga, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

🗣️ Joriy o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno tarzida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga hamda bir yillik o‘qitish qiymatining 50%ini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

👉 Shuningdek, tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini joriy yilning 15-oktabrigacha to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍246🔥1
🥱 Uyqusizlik bilan qanday kurashish kerak?

👀Uyqusizlik – yuzaki yoki chuqur uyquning tez-tez buzilish holatidir.

Bunday holatni davolash juda muhim sanaladi, chunki uyqusizlik dardiga duchor bo‘lganlar normal uxlay olmaganlari uchun charchash, kunduzgi uyquchanlik, qo‘zg’​aluvchanlik, ish qobiliyatining pasayishi va diqqatni jalb qilish qobiliyati pasayishi kabi holatlardan aziyat chekadilar.

😴Uyqu – bu inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi holatdir.

Uyquga bosh miya markazlari javob beradi va ular gipotalamusda joylashgan bo‘ladi.

💤 Normal uyqu ikki fazani o‘z ichiga oladi: tez (yuzaki) va sekin (chuqur) uyqu.

Uyqu holatida organizm kun davomida sarflagan jismoniy va psixik resurslarni qayta tiklab oladi.

😴 Bolalik davrlarida uyqu vaqtida o‘sish gormonlari ishlab chiqariladi.

Statistika bo‘yicha dunyo aholisining 35 % qismi uyqusizlik dardidan aziyat chekadi.

◀️Uyqusizlik bilan qanday kurashish kerak?
➡️ zararli odatlardan cheklaning;
➡️ jismoniy mashq;
➡️ stressdan qoching;
➡️ fast fud yemang;
➡️ gadjetlardan foydalanmang;
➡️ qorong'ida uxlang.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏4🤯3
❗️Magistratura o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontraklari bepul bo'ldi!

◀️Davlat OTMlari magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan xotin-qizlarning to'lov-kontraktning to'liq summasi byudjetdan qoplab beriladi.

👉 Buning uchun xotin-qizlar rektor nomiga 15-sentyabrgacha ariza berishi kerak.

🙃 Qiz va ayollarga bu xushxabarni zudlik bilan etzkazing.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉52
🇺🇿O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi

Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da O‘zbekiston terma jamoasi o’z tarixida birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

👌Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

👌Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

‼️Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilikka ko’ra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalarida🥉bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍274🤣3🎉1
❗️O'zbekistondagi barcha maktablarga qizil kitob tarqatilmoqda

Mustaqillik bayramining 32 yilligi arafasida jami 40 ming nusxada qizil kitob nashr etilgan. Hozirgacha Xorazm viloyatida 2000 ta, Sirdaryo viloyatida 1250 ta, Jizzaxda 2050 ta, Navoiyda 1400 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 4000 ta kitob o'quvchilar qo'liga etib bordi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤯32
⛅️ Yangi o‘quv yilining 1-haftasi sovuqroq bo‘ladi, talabalar qiynalmayapsizmi?

Bu hafta 1-yarmida kunduzlari 29 darajagacha iliq, kechalari 13 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilindi.

Haftaning 2-yarmida harorat 32 darajagacha ko‘tariladi.

🤒 Salqin havoga mos kiyining va shamollab qolishdan saqlaning. Shamollab qolsangiz, cho'ntakka zarar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4113🔥7
‼️ Talabalar uchun muhum xabar

Moliya yo‘nalishiga superkontrakt uchun hujjat topshirgandim. Men topshirmoqchi bo‘lgan OTM kontrakt narxini belgilanganidan sezilarli darajada oshirib yuboribdi. Oliygoh bunga haqlimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son qaroriga muvofiq tabaqalashtirilgan (“superkontrakt”) toʻlov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam boʻlmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

👉 Masalan, “Moliya” yoʻnalishi boʻyicha oshirilgan kontrakt bazaviy miqdorning 10 barobari etib belgilangan boʻlsa, Toshkent moliya instituti mazkur koʻrsatkichni 15 barobar etib belgilashi, Termiz davlat universiteti esa oʻzgartirmasligi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔8😭76
⚡️ Rasman: Ko'plab xususiy universitetlarda endi imtihon bo'lmaydi.

🎓 Talabalar uchun SIRTQI, KUNDUZGI ta'lim shakllarida STOMOTOLOGIYA, DAVOLASH ISHI, FARMATSEVTIKA, PEDAGOGIKA va PSIXOLOGIYA, INGLIZ TILI va ADABIYOTI hamda boshqa ko'plab yo'nalishlar va fakultetlar mavjud xususiy universitetlar kvota ajratishgan.

🇺🇿 Bu dasturlar boʻyicha olingan diplom Oʻzbekistonda tan olinadi.

✔️ 10 milliondan 25 milliongacha bo'lgan to'lov shartnomasi mavjud.

☝️ Agar aniq savollaringiz boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot zarur boʻlsa, koʻrsatilgan telefon raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
☎️ +998996879909 | ☎️ +998996749909
☎️ +998976439999 | ☎️ +998996739909
💬 Xabar orqali yozish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🤯10❤‍🔥3👏2
💊Tibbiyot sohasida o‘qish mumkin bo‘lgan nodavlat (xususiy) oliygohlarning kontrakt narxlari:

🏛 Akfa universiteti (Toshkent)
👉 58 000 000 so'm

🏛 Yevropa tibbiyot universiteti (Toshkent)
👉 36 000 000 – 45 000 000 so'm

🏛 Impuls tibbiyot instituti (Namangan)
👉 33 000 000 so'm

🏛 Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti (Farg'ona)
👉 30 360 000 so'm

🏛 Buxoro innovatsion tibbiyot instituti (Buxoro)
👉 30 360 000 so'm

🏛 Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent)
👉 29 900 000 so'm

🏛 Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti (Toshkent)
👉 26 000 000 – 29 000 000 so'm

🏛 Turon Zarmed universiteti (Buxoro)
👉 27 000 000 so'm

🏛 Osiyo xalqaro universiteti (Buxoro)
👉 26 000 000 so'm

🏛 Alfraganus universiteti (Toshkent)
👉 24 000 000 – 25 000 000 so'm

🏛 Valley innovatsion universiteti (Farg'ona)
👉 24 000 000 so'm

📈 Yuqoridagi narxlari 2023/2024 o'quv yili uchun belgilangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤯142🥰2
💲O‘zbekistonda talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

😢 Ya’ni ko‘plab talabalar hech qanday stipendiya olmay o‘qiydi.

◀️Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
◀️Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

📌 Nomdor stipendiyalar:

◀️Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
◀️Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari – 1 461 028 so‘m.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30😁42
O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

‼️ Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉123🔥1
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga 2.6 ball yetmay qoldi. Shu ko‘rsatkich bilan o‘qishga qabul qilinishim uchun qancha miqdorda kontrakt to‘lashim kerak bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari qo‘shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq to‘plagan ballari minimal balldan kam bo‘lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilangan.

Тo‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

➡️1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
➡️1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
➡️2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
➡️3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Demak, Siz o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 2,5 barobar to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2🤯1
Super-kontrakt miqdorlari 2023 (1).pdf
1.8 MB
⚡️Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Mazkur faylda 2023/2024 o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

➡️ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤔4🤯31🔥1🥰1
🎓 Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?

✔️ O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.

✔️ Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?
Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.

◀️Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?
Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda

◀️Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?
Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

‼️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 % stavkada) ajratiladi.

Imtiyozli kredit xotin-qizlarga ajratilganda kreditning foiz to‘lovi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

📌“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🌚53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

"Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍284🔥3🦄1
📌 "Biz oldin juda yuqori ball bilan kirganmiz, buncha past ball bilan kiribsiz" deganlarga yuboring

Bu yil kirish imtihonlarida kirish ballarining o‘ta pastligi jamoatchilikni xavotirga qo‘ydi. "Biz 187 bilan talaba bo‘lolmaganmiz, biz boshqacha o‘qirdik..." mazmunidagi gaplar urchidi.

➡️ Lekin, ayrim jihatlarni inobatga olishimiz kerak, deb o‘ylayman. Avval kimning bilimi emas xotirasi kuchli bo‘lsa, X variant olsa, "gaplashib qo‘ygan" bo‘lsa yuqori ball olardi. "Axborotnoma" ni qoridek yodlab o‘qishga kirganmiz o‘zimiz ham.

◀️Haqqoniy bilim bilan 10-15% abituriyent o‘qishga kirsa qolgan aksariyat "tanka" orqali kirardi. Testlar sotilardi.

Hozir esa bu narsalar sezilarli kamaygan. Savollar o‘ta ko‘pligidan yodlashning imkoni yo‘q. Kimga qanday test tushishini avvaldan uyushtirib bo‘lmaydi. Tabiiy ki, bunda kirish balli pasayadi.

🔥 Yangi o‘quv yili boshlandi. Bolalarim, jiyanlarim, yaxshi o‘qing! Shunday o‘qingki, sizni bilimi pastlikda ayblaganlar hijolatdan yorilay desin!

Kuch — bilimda!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥8😁5🥰42🤔2
🇺🇿 Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan

Respublikada jami 211 ta oliygoh faoliyat yurimoqda va ularda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil olishi ko‘zda tutilgan.

ℹ️ Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida ma’lum qildi.

Ikkinchi va undan yuqori kursda 950 ming nafar, birinchi kursda 250 ming nafar talaba tahsil oladi.

👉 Talabalarga 39 533 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Oliygohlarning o‘rtacha ilmiy salohiyati 39,8 foizni tashkil etadi.

Hozirgi kungacha 116 ta davlat oliy ta’lim muassasalariga 193 761 nafar yoshlar birinchi bosqichga qabul qilindi va yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 42 foizga yetkazildi.

🎓 Magistraturaga 105 ta davlat oliygohiga ajratilgan 17 128 ta qabul parametrlari doirasida 7 232 nafar yoshlar o‘qishga qabul qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143🔥2🤯1