Ta'limda nima gap?
94.3K subscribers
355 photos
147 videos
152 files
1.17K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Biz “Talimda nima gap?” Jamoasi mana bir necha yildirki sizlarga foydali ma’lumotlar, eng so’nggi yangiliklarni ulashib bormoqdamiz.

Izohlarga e’tibor qaratishga, ko’proq so’ralgan va sizni qiynayotgan savollarga batafsil post ko’rinishida javob berishga harakat qilmoqdamiz.

Sahifalarimizni kuzatib boring va bizni qo’llab - quvvatlash uchun izohlarda faol bo’lishni va mehnatimizni reaksiyalar orqali baholab borishingizni so’raymiz!

Biz bilan birga ekanligingiz uchun tashakkur.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍1710👏5🏆3🔥21
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi

15-iyun soat 6:40 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 154 819 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11🔥52👍2👏1😭1
❗️Akademik litseylarga qabul boshlandi

10-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Talabgorlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Tizimga shaxsiy ma’lumotlar kiritilganda, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar FHDYO organi bazasidan, maktab va shahodatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali avtomatik tarzda olinadi.

📝 Yo‘nalish tanlash tartibi: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlarga uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini (barcha tanlangan litseylarda ta'lim tili bir xil bo'lishi shart) tanlash imkoniyati beriladi.

Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi akademik litseyga yetarli bo‘lsa, u yerga o‘qishga qabul qilinadi va uning natijalari o‘sha litseyda e’lon qilinadi. Bunday holatda uning ikkinchi va uchinchi litseylar tanlovida ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.

Agar ballari birinchi va ikkinchi litseylarga yetmay, uchinchi litseyga yetarli bo‘lsa, uning natijalari faqat uchinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

ℹ️ Talabgorlar roʻyxatdan oʻtishda qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi hamda oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6👍32🔥1👏1
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

🗓 2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari o‘tkazilishi belgilangan Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e'lon qilindi.

🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 va undan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

🏢 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍5👏2💯2
🩺Tibbiyot sohasida ta'lim olishni rejalashtiryapsizmi?

Shifokor bo'lish — bu nazariyani bilish bilan cheklanmaydi. Asl mahorat amaliyotda, real vaziyatlarda tez va to'g'ri qaror qabul qilish orqali shakllanadi.

💙Osiyo Xalqaro Universitetining Buxoro va Xorazm filiallarida bu imkoniyatlarning barchasi yaratilgan:

➡️ Zamonaviy jihozlangan Simulyatsiya markazi
➡️Xalqaro klinikalarda amaliyot o'tash imkoniyati
➡️Grant va Rektor stipendiyasi orqali qo'llab-quvvatlash
➡️Talabalar uchun yotoqxona


Murojaat uchun:

Buxoro fililiali: +998553050009
Xorazm fililiali :
+998553100009
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boshlanadi

📣 Prezidentning “Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 16-iyundagi PQ-227-son qarori qabul qilindi.

📨 Unga ko‘ra, Soliq oliy maktabi Soliq qo‘mitasi huzuridagi alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, soliq organlari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, soliq sohasida fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boruvchi respublikaning bazaviy ilmiy-metodik markazi va tayanch davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

➡️ Oliy maktabga qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqillikka oid tartib-taomillar tatbiq etiladi.

📑 Oliy maktabda:

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgorlar o‘qishga qabul qilinadi;

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi joriy etiladi;


➡️ Oliy maktabda soliqlar va soliqqa tortish, raqamli soliq ma’murchiligi, soliq huquqi va moliyaviy nazorat kabi yo‘nalishlarda kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

📄Oliy maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom bilan birga soliq maslahatchisi va auditor malaka sertifikatini olish uchun o‘quv kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi hujjat beriladi.

🖋 Buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotlarning sertifikatlarini (ACCA, DipIFR, CAP/CIPA, CIA, ACA) olgan Oliy maktab talabalariga ushbu sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘qish xarajatlari Oliy maktab tomonidan qoplanadi.

☑️
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:


har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda Oliy maktab uchun
davlat granti bo‘yicha 50 ta,
lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda qabul kvotalari ajratib boriladi;

♻️
soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi bo‘yicha davlat buyurtmasining ustuvor ravishda Oliy maktabga ajratiladi.


📆 Ma’lumot uchun, hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3👍2
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi

Akademik litseyga qabul boʻyicha jami 12 108 ta ariza kelib tushdi.
Ma’umotlar 17-iyun soat 18:05 holatiga ko‘ra

📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5👍2🔥2💯1
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi

🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.

🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍2👏2
⚡️Rasman: Abituriyentlar uchun yutuqli BEPUL onlayn imtihon tashkil etiladi!

🏆 Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm!

📆 Yakshanba 21-iyun, Osiyo Xalqaro Universiteti homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 94-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!


🎓 Yo'nalish tanlang:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

💙OXU - 90 dan ortiq yo’nalishda Buxoro va Xorazmda filillari mavjud. 320 ta Grant, AQSH bilan qo’shma dasturi mavjud!


👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
19-iyun kuni soat 18:17 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 371 429 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11😭8👏3🔥1
⚡️Ertaga abituriyentlar uchun BEPUL onlayn test!

🏆Umumiy sovrin jamg‘armasi: 1.000.000 so'm!

📆 Yakshanba 21-iyun, Osiyo Xalqaro Universiteti homiyligida Oliygoh.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL 94-onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!


🎓 Yo'nalish tanlang:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

💙OXU - 90 dan ortiq yo’nalishda Buxoro va Xorazmda filillari mavjud. 320 ta Grant, AQSH bilan qo’shma dasturi mavjud!


Testda qatnashish mutlaqo BEPUL!

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3💯2👍1
Texnikum yo‘nalishlari.pdf
696.5 KB
❗️Texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy ta’limga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Bunda o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10🔥2👏2
#Qabul2026: Abituriyentlar statistikasi

2026-yil 20-iyun kuni soat 18:20 holatiga ko‘ra, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni:
Jami: 432 805 nafar
Muhim eslatma:
Ro‘yxatdan o‘tish joyi: Ariza topshirish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Muddat: Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi joriy yilning 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
24👍9🔥4👏2
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi

Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 22-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 22 751 ta ariza kelib tushdi.

📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍5🔥2
Fanlar majmuasi-2026(@talimgaoid).pdf
649.9 KB
⚡️Fanlar majmuasi yangilandi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi


Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
12👍5🔥3
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi


23-iyun kuni soat 08:26 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 558 694 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).

Eslatma: Onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10👍10👏5😭5💯1
Forwarded from Abituriyentga Xos
Abituriyentlarga tavsiyalar

🔹 Hujjat topshirish jarayonini oxirgi kunlarga qoldirmang. Sertifikatlar, imtiyozlar va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri aks etganini oldindan tekshirib chiqing.

🔹 SAT, milliy yoki xalqaro sertifikatlardan foydalanishda tanlagan ta’lim yo‘nalishingizga qaysi sertifikat tatbiq etilishini aniqlab oling.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tishda faol foydalaniladigan telefon raqamini kiriting. Barcha muhim xabarnomalar va tasdiqlash kodlari shu raqamga yuboriladi.

🔹 Test sinovlariga ruxsatnoma shakllantirilganidan keyin uni o‘z vaqtida yuklab oling va unda ko‘rsatilgan sana, vaqt hamda manzilga e’tibor bering.

🔹 Test sinovlari yakunlangach, tanlov bosqichini o‘tkazib yubormang. Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlamasangiz, tanlovda ishtirok etmagan hisoblanasiz.

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ustuvorliklarni puxta o‘ylab belgilang. Birinchi ustuvorlik sifatida eng ko‘p o‘qishni istagan yo‘nalishni tanlash maqsadga muvofiq.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!
27🔥43😭3💯1
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi


☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi.

➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

📝 Bunda:

🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi;

🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi;

🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi;

🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;

🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥2👏2👍1
⚡️Rasman: 25-iyun, ya’ni bugun qabul jarayonlari yakunlanadi!

25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

📚 Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga Bilim va malakalarni baholash agentligi standartlariga muvofiq tuzilgan mutaxassislik hamda majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash tavsiya etiladi.

❗️Bu abituriyentlarga test sinovlari formatiga moslashish, bilimlarini mustahkamlash va imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Hozirdanoq bilimingizni tekshiring va olgan balingiz bilan qaysi yo‘nalishlarga kirish imkoniyatingiz borligini bilib oling.

📲 Testga kirish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10💯4👍3👏1
Ta'limda nima gap?
⚡️Rasman: 25-iyun, ya’ni bugun qabul jarayonlari yakunlanadi! 25-iyun 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 📚 Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan…
👍👍👍👍👍🕸

Bugun ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni, agar hali ham ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz so’nggi daqiqalarni kutmang, tezroq topshiring.

Sababi oxirgi kunni kutgan bir nechta abituriyentlar bor va hamma bir vaqtda saytga kirishi hisobidan sayt qotib qolishi, sekin ishlashi yoki ishlamay qolish xolatlari kuzatilishi mumkin. Shu sababli ham tezroq harakat qiling)

Bugun to’lov qilishning ham so’nggi kuni. E’tiborli bo’ling! Agar siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz-u, vaqtida to’lov qilmagan bo’lsangiz siz imtihonda qatnasha olmaysiz.


📌 Ta’limga oid yangiliklar albatta @talimkanali da!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29💯73