Ta'limda nima gap?
80.2K subscribers
292 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🌿 Biz sizlarga bu mashaqqatli yo’l davomida qanday ma’lumotlar ulashib yordam qila olamiz?

Izohlarda yozing ⤵️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1610👍53👏1
Ta'limda nima gap?
Fanlar majmuasi — 2026:2027.pdf
Fanlar majmuasi 🔝
🔥19👏85👍5💯3
qabul parametrlari ro‘yxati-5.pdf
209.9 KB
11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

Hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.

Unga ko‘ra 587 ta texnikumga 276 ta kasb bo‘yicha jami 122 860 ta qabul kvotasi tasdiqlandi:

kunduzgi ta’lim shaklida — 78 880 ta;
kechki ta’lim shaklida — 4 380 ta;
dual ta’lim shaklida — 39 140 ta.

Umumiy kvotaning 460 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan:


kunduzgi ta’lim shaklida — 420 ta;
dual ta’lim shaklida — 40 ta.

📌Qabul parametrlarida kvotalarning 44,4 foizi davlat granti va 55,6 foizi to‘lov shartnoma asosida shakllantirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36👍7🔥5
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🗓 Oldin xabar qilingan milliy sertifikat imtihonlarining biologiya fani bo‘yicha imtihonlar yakunlandi.

📍Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2026-yil 28–30-mart kunlari tashkil etildi.

📊 Ularda jami 64 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 29 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Eslatib o‘tamiz: Tarix fanidan imtihonlar 2026-yil 4-, 5-, 7-aprel va fizika fanidan 6-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi bilan kiritiladi.

❗️ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) narsalarni olib kelmaslik so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👍9🔥7💯3
Maxsus sirtqi ta’limga kimlar qabul qilinadi? #abituriyent

📑 Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori (Nizom, 6-band) bilan ushbu ta’lim shakliga qo‘yiladigan qat’iy talablar tasdiqlangan.

Agar siz maxsus sirtqida o‘qimoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarga tayyor turing:

🔹 Faqat o‘zingiz bitirgan yo‘nalish (o‘rta maxsus) bo‘yicha o‘qishni davom ettirish mumkin;

🔹 Tanlangan kasb yoki lavozimda kamida 3 yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lish shart (Pedagoglar uchun — 3 yil pedagogik staj);

🔹 Ish joyingiz (vazirlik yoki yirik idora) sizga o‘qish uchun maxsus tavsiyanoma berishi lozim;

🔹 Hujjatlar joyida bo‘lsa ham, test sinovlari yoki ijodiy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish talab etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
27👍26💯3
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Nogironligi bor (koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan) talabgorlar uchun chet tili imtihoniga ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆 Nogironligi bor (koʻzi ojiz va yozish imkoniyati cheklangan) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 10-aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

🆔 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
415🔥3👏3
🇺🇸🇺🇿American University of Technology (AUT) sizni 24- va 25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Ochiq eshiklar kunlariga taklif qiladi!

Sizni quyidagilar kutmoqda:
- Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar taqdimoti
- Professorlar bilan uchrashuv
- AUT va ASUning qo‘shma diplomini olish haqida ma’lumot
- 2026-yilning kuzgi qabuli va grantlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot
- Kampus bo‘ylab sayohat

Magistratura: 24-aprel, 18:00
Bakalavriat: 25-aprel, 11:00 yoki 14:00

🎓 Tadbirning har bir ishtirokchisi AUTdagi butun o‘qish davri uchun 30% grant sertifikatiga ega bo‘ladi.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
10👏3🔥2🏆1
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi

— 2026-yil 14-martdan 9-aprelgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.

🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏87😭6🔥1
❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi e’lon qilindi! #hemis

Tizimda bir qator muhim o‘zgarishlar va yangi qulayliklar amalga oshirildi:

1️⃣OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi;

2️⃣Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan avtomatik tekshiriladi;

3️⃣ Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi;

4️⃣ Talabalar va mas’ullar endi shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin;

5️⃣ Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi;

6️⃣ Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi;

7️⃣ Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi.

Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki tizimlar bir-biri bilan bog‘landi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍6👏32💯1
🔺 BUGUN ONLAYN TEST KUNI!

Hozirdan barcha 11-sinf bitiruvchilari hamda abituriyentlar uchun barcha yo’nalishlardan onlayn test boshlandi!

Test vaqti: 09:00-23:59 gacha

Hoziroq o'zingizga mos yo‘nalish
tanlab, test yechishni boshlang!

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika

⚡️ Yaqinlarga maksimal tarqating!

👨🏻‍💻 Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @MandatUz_test_bot
👉 @MandatUz_test_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1