Ta'limda nima gap?
56.4K subscribers
285 photos
132 videos
103 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

🗓 2025-yil 27-30-dekabr kunlari Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

📌 Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥31
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi


Qaror bilan ayrim Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabulda:

🔹 B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;

🔹 B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

Ilgari mazkur yoʻnalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6👍2💯21
#Natija_chet_tili

🧑‍🎓 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil 10-26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥32💯2
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro‘yxati
 
Oliy ta’lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yo‘nalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib o‘tilgan.

📚Kitoblar ro‘yxati quyidagicha:

1. Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar”;
2. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”;
3. O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”;
4. O‘tkir Hoshimov “Nur borki soya bor”;
5. Mirmuhsin “Me’mor”;
6. Cho‘lpon “Kecha va kunduz”;
7. Abdurauf Fitrat “Abdulfayzxon”;
8. Abdulla Oripov “Sohibqiron”;
9. O‘tkir Hoshimov “Urushning so‘nggi qurboni”;
10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
31🔥74👍2
Talabalar TTJ qarori VMQ-32 28.01.2026.pdf
903.6 KB
❗️Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. To‘lovlar talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
17👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtiyoz

“Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalari uchun yotoqxona xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi:

talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi;
talabalar TTJga ustuvorlik bilan (navbatsiz) qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasasining rektori nomiga har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi;
TTJda yashash xarajatlari — har oy to‘lov sifatida talabaga beriladi;
to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning plastik kartasiga o‘tkaziladi;
talabalar yotoqxona to‘lovini oldindan amalga oshirgan taqdirda, ushbu mablag‘lar belgilangan tartibda talabaning bank plastik kartasiga to‘liq qaytarib beriladi.

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida bunday toifadagi talabalar soni 5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7👍2🔥21
#XalqaroHamkorlik

Navoiy davlat universiteti qoshida Sejong instituti tashkil etiladi


27-yanvar kuni Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov hamda Janubiy Koreyaning Calvin universiteti rektori Hvang Kun Yung hamkorlik memorandumi (MOU) hamda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (MOA) imzoladilar.

Endilikda tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya va seminarlar doirasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar almashinuvini kengaytirish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi.


Shuningdek, 2026-yilda Navoiy davlat universiteti huzurida Sejong institutini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7
UnicornTech startap ekotizimi, investitsiya bozori va texnologik rivojlanish bo‘yicha tahliliy axborot manbai.

Kanalda:
•global va mintaqaviy startup ekotizimi bo‘yicha monitoring;
•venture capital va investitsiya; •strategiyalari tahlili;
•texnologik trendlar va ularning iqtisodiy ta’siri;
•sun’iy intellekt, product development va raqamli transformatsiya bo‘yicha sharhlar;
•ma’lumotga asoslangan xulosalar va professional insight’lar.


Agar siz startaplar va texnologiyalar olamidagi yangiliklardan eng birinchi bilishni istasangiz bizga obuna bo'ling
👉Kanal linki bu yerda

Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2026-2027 fanlar majmuasi.pdf
649.9 KB
#abituriyent2026
#fanlarmajmuasi

⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥6💯2
Dushanba / Chorshanba / Juma

- Daraja: Beginner
- Vaqti: 18:30 – 20:30
- Oylik to‘lov: 550 000 so‘m
- Manzil: Everest Sergeli, Toshkent
- Ustoz: Olimjon Shokirov (IELTS 8.5)

👨‍🏫 Asosiy Teacher: IELTS 8.5
Olimjon Shokirov

- 9.0 loading …

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun: ⤵️
📥 @Olimjon_Mentor
📞 +998993187363
📱 Everest Sergeli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
232
Talabalar Ramazon hayitida necha kun dam olishadi?

Talabalar Ramazon hayitida necha kun dam olishi siz o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qish tizimiga bog‘liq. Ya’ni, agar sizda 5 kunlik o‘qish bo‘lsa — 4 kun, 6 kunlik o‘qish bo‘lsa — 3 kun dam olish mumkin.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

🔹 5 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun:

20-mart (juma) — Ramazon hayiti;
21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;
22-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
23-mart (dushanba) — Navro‘z bayrami uchun ko‘chirilgan dam olish kuni.
📚 24-mart (seshanba) — odatdagi darslar boshlanadi.

🔹 6 kunlik o‘qish tizimidagi talabalar uchun:


20-mart (juma) — Ramazon hayiti;
21-mart (shanba) — Navro‘z bayrami;
22-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.
📚 23-mart (dushanba) — darslar davom etadi.

❗️Eslatma:
19-mart (payshanba) kuni bayram arafasi bo‘lgani sababli ko‘plab OTTlarda darslar odatda qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍1071🔥1💯1
Fanlar majmuasi — 2026:2027.pdf
649.9 KB
❗️Yangi o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi #abituriyent

Eslatma: 2026/2027-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍91🔥1💯1
❗️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!

Mutlaqo bepul ishtirok etasiz!
Abituriyentlarning bilimlarini sinaymiz

Yakunda barchaga sertifikat beriladi

📆 Yakshanba, 15-mart kuni @TALIMUZ hamda MANDAT.UZ platformasi tomonidan navbatdagi onlayn test tashkil etiladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar ishtirok etishi lozim!


📆 Test vaqti: 15-mart (09:00-23:59)
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika

Yaqinlarga maksimal tarqatib qo'ying!

👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish

@mandatuz
👍21
TOP reyting (2026).pdf
1.6 MB
⚡️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2026-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi

Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
2
⚡️ONLAYN TEST BOSHLANDI!

Hozirdan boshlab 23:59 gacha boʻlib oʻtadi!

Yakunda barchaga sertifikat beriladi!

📆 Bugun, 15-mart kuni @TALIMUZ tomonidan navbatdagi onlayn test tashkil etiladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar ishtirok etishi lozim!

📆 Test vaqti: 15-mart (09:00-23:59)
💳 Ishtirok etish narxi: BEPUL
📲 Ro‘yxatdan o‘tish shart!

Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika


Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
2