Ta'limda nima gap?
79.1K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
😇 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi

🏫 Bugun, 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 ming 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi.

⚡️Joriy o‘quv yilida 700 ming nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

‼️Umumta’lim maktablarida o’tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥21
Kun surati

‼️Talabalik sizga o‘z aravangizni o‘zingiz tortishni, odamlar bilan muomala qilishni, mustaqil qaror qabul qilishdan tortib mustaqil bozor qilishgacha o‘rgatadi. Xullas, mustaqillik muborak, talabalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🤣52😢9❤‍🔥5🙊32
😂1-sinf o'quvchisi. Maktabning birinchi kuni: borish va qaytish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣135😁35👍17🥰3😱3
👀 Talabalar ustiga qulab tushgan tom

Bugun, 4-sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida faollar zalida o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning tom qismi talabalar ustiga qulab tushgan.

‼️Hozircha vafot etganlar yo‘qligi aytilmoqda. Birlamchi ma’lumotlarga ko’ra, 3 nafar qiz jarohat olgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔17👍4🔥1
💲Kontrakt narxlari qachon e’lon qilinadi?

‼️JAVOB: bilmadim.

🧐Ammo haligacha 2023-yil uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilingani yo‘q. Ota-onalar va talabalar qancha pul topishi kerakligi haqida bilishmaydi. Qancha mol-qo’y sotish kerak, qancha qarz olish kerak, hozircha aniq emas. Banklardan taʼlim krediti ham olisholmayapti. Umuman olganda to‘lov-kontrakt bilan bog‘liq butun tizim to‘xtab turibdi.

Tasavvur qilyapsizmi, yuz minglab talabalar butun boshli yangi o’quv yilini kontrakt narxini bilmasdan boshlayapti.

➡️Mana bu ham yana bir bor davlat hamma narsaning tepasida turishi, bir hovuch masʼul amaldorlar hamma narsani boshqarishi kerak, degan tamoyil naqadar noto‘g‘ri ekanligining yaqqol isboti. Jumladan, oliy taʼlimda.

Mustaqillik, mustaqillik va yana mustaqillik! Oliy taʼlim rivojlanishi uchun eng birinchi mana shu kerak. Men ishonaman, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari va sog‘lom raqobat taʼlimni Hukumat yoki vazirlikdagi masʼullardan yaxshiroq boshqara oladi. Davlatning ishi esa, o‘yin qoidalarini aniq belgilab, bozordagi o‘yinchilar uchun sharoit yaratib berishdan iborat. Bo‘ldi. Boshqasi ortiqcha.

📌Buni tezroq tushunib yetmasak, yana uzoq yillarga kechikamiz. Yurtimizda Oksford va Kembridj haqida orzu qilish tugul, TOP-500 likdagi darajaga mos universitetlar ham yaqin 50 yilda chiqmasligi mumkin (mingtalikka bir amallab kirvolsa bo’ladi).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28👍20🔥3👏21💯1
🚌 Toshkentda qo‘shimcha 7ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Qanday yo‘nalishlarda harakatlanadi?

Joriy yilning 4-sentabridan Toshkentda qo‘shimcha 7ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

◀️Xususan, poytaxtdagi ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yili boshlanishi sabab, jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni ortadi.

👉Shuning uchun, ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi avtobus yo‘nalishlari soni 167taga yetkazilib, kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700taga oshirilmoqda.

Yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida, 4-sentabrdan poytaxtda qo‘shimcha 7ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda hamda ular quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanadi:

🗣️Bundan tashqari, “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati sentabr oyidan kunlik tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilar soni haqida ma’lumot berdi.

‼️Avtobuslar soni 1700ta oshirilishi natijasida yo‘lovchilar sig‘imi 131 mingtaga (2 barobar), qatnovlar soni 22,5 mingga (2 barobar) hamda yo‘lovchilar soni 800−850 mingtaga (2 barobar) oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, oraliq interval 8−10 daqiqani tashkil etishi mumkin.

Umumiy uzunligi 42 km bo‘lgan 13ta ko‘chada alohida avtobus yo‘lagi tashkil etilib ushbu yo‘laklardan harakatlanuvchi 125ta yo‘nalishlarda harakat muntazamligi ta’minlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132🔥2
‼️Yurtimizdagi bir qator banklarning qisqa "Call"-markazi raqamlari:

☎️ Xalq banki – 1106;
☎️ O'zmilliybank - 1344;
☎️ TBS bank – 1150;
☎️ Asakabank – 1152;
☎️ O'zSQB – 1180;
☎️ Infinbank – 1214;
☎️ Agrobank – 1216;
☎️ Turonbank – 1220;
☎️ Ipoteka-bank – 1233;
☎️ Tenge Bank – 1245;
☎️ Qishloqqurilishbank – 1254;
☎️ Hamkorbank — 1256;
☎️ Davrbank – 1284;
☎️ Mkbank – 1285;
☎️ Trastbank – 1287;
☎️ Anorbank – 1290;
☎️ Ziraat Bank – 1293;
☎️ Ipak yo'li banki – 1296;
☎️ O'zmilliybank – 1344.

👀 Talabalar uchun Ta'limda nima gap? adminlaridan qulaylik.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍261🔥1
O‘qishni_ko‘chirish_statistikasi_2023_2024_o‘quv_yili_uchun.pdf
681.6 KB
📌O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)

👨‍🎓 Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

📈 Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.

Yuqori natija qayd etgan OTMlar:

🔹PDP University100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹Toshkent shahridagi INHA universiteti100 % (2 nafardan 2 nafari);
🔹MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
🔹Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
🔹O‘zbekistondagi Sharda universiteti43,9 % (57 nafardan 25 nafari).

ℹ️ Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

▶️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅Maktabda hamma bolalar 5 bahoga o'qisin, deb 5 raqamini osmonga uchirishdi...

Natijani esa o'zingiz ko'ring👆

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣97😁36👍9🤔3👏1
😇Bugun 732 ming nafardan ortiq bola 1-sinfga qadam qoʻydi

2023/2024 oʻquv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga oʻqishga bordi.

☝️O‘tgan yili 1- sinfga oʻqishga 702 ming nafar bola qabul qilingan edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥11😁9👏5
💲Ta'lim krediti haqida eng muhim ma'lumotlar

To‘lov shartnoma asosida o‘qiyotganlar uchun ajratiladigan ta’lim krediti faqat davlat OTMlari talabalariga emas, balki xususiy OTMlar talabalariga ham ajratiladi.

◀️Kredit olish imkoniga kimlar ega?
Respublikadagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan xususiy va xorijiy oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalari. O‘qishini "perevod" qilganlar ham kredit ololishi mumkin.

📄Bunda talaba kontrakt qog‘ozini (OTM bilan tuzilgan kontrakt shartnomasi) bankka topshiradi va bir yillik kontrakt summasiga teng kredit ola oladi.

Lekin super-kontrakt uchun kredit berilmaydi.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kreditni muddatidan oldinroq ham to‘lab qo‘ysa bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍395🔥1
⚡️ Bugundan metroda poyezdlar kelish vaqti 5 daqiqagacha qisqartirildi

Kecha darslar boshlanishi munosabati bilan metro tezroq harakatlanadi.

Tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berilgan.

💬 Siz qaysi yo‘nalishlar bilan o‘qishga qatnaysiz?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😁42🥰1
⚡️Xususiy OTMda o‘qiyotgan talabalarning kontraktini ham davlat to‘lab beradi

👥 Kimlarnikini:

"Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kirgan talabalar, davlat, xususiy OTMda, kollej yoki texnikumda o‘qisa ham farqi yo‘q. Shu daftarlardan birida bo‘lishi kerak.

◀️Qancha to‘lab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda (16 mln 500 ming so‘mgacha) to‘lanadi.

◀️Kimga qachon murojaat qilish kerak?
Arizani istalgan paytda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga topshirish kerak. Kontrakt nusxasi ham qo‘shib topshiriladi.

Eng uzog‘i 11 kunda arizaga javob berilishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤯73
❗️Davlat oliy o'quv yurtlari magistraturasiga kontrakt asosida o'qishga kirgan va ta'lim olgan ayollarning kontrakt to'lovi byudjet hisobidan moliyalashtiriladi

📣Buning uchun ayollar 15 sentyabrgacha rektorga murojaat qilishlari kerak.

➡️Ushbu muddatdan keyin berilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104👏2
⚡️5-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 23 141 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Shundan:
◀️Kunduzgi – 10 387 nafar;
◀️Sirtqi – 10 586 nafar;
◀️Kechki – 76 nafar;
◀️Dual – 2 092 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121🔥1
⚡️5-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 100 199 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

Shundan:
◀️Kunduzgi – 90 697 nafar;
◀️Sirtqi – 8153 nafar;
◀️Kechki – 86 nafar;
◀️Dual – 1 263 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🤣3🔥1😁1
😏Talabalar uchun xushxabar: to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

🎓Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

📣Shuningdek, yana bir yengillik — tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍303🥰2😁2🔥1
💲2023/2024-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari

Bakalavriat (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy), magistratura hamda ikkinchi mutaxassislik uchun.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥1
Super-kontrakt miqdorlari 2023.pdf
1017.1 KB
✔️2023-yilgi super-kontrakt miqdorlari

Ushbu miqdorlarni mana bu yerdagi bazaviy kontrakt summasiga ko'paytirgan holda super-kontrakt qancha bo'lishini hisoblash mumkin.

‼️Eslatma: yuqoridagi faylda ko'rsatilgan miqdorlar 56,7 balldan ko'p to'plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o'qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥2
⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vazirliklar ichida eng yuqori natija ko‘rsatdi

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi asosida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimlik, jami 95 ta davlat tashkilotining raqamli transformatsiya holati baholandi.

➡️ Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu reytingning “yashil” (yaxshi) toifasidan joy olib, vazirliklar ichida birinchi bo‘ldi.

Baholash 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

👉 Ochiqlik va elektron ishtirok;
👉 Elektron davlat xizmatlari;
👉 Axborot xavfsizligi;
👉 Faoliyatning raqamlashtirilganligi;
👉 Tashkiliy masalalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥2
🧐Davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Yana nimalar belgilanmoqda?

2023/2024-o‘quv yili uchun Davlat OTMlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbot xizmati ma’lum qildi.

🗣️ Bu talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tarzida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Bunda, barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat OTMlari hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

👉 Shu bilan birga, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

🗣️ Joriy o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno tarzida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga hamda bir yillik o‘qitish qiymatining 50%ini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

👉 Shuningdek, tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini joriy yilning 15-oktabrigacha to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10% miqdorida chegirma taqdim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍246🔥1