Ta'limda nima gap?
56.1K subscribers
278 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
#o‘qishni_ko‘chirish

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-yanvargacha amalga oshiriladi

Hujjatlar quyidagi platformalar orqali onlayn qabul qilinadi:


transfer.edu.uz
my.gov.uz

📹 Onlayn ariza berish jarayoni haqida videoyo‘riqnoma orqali batafsil bilib olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍3
#PrezidentStipendiyasi #NomliStipendiya

2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari oʻtkaziladi

2025/2026-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarning hujjatlari 2025-yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilingan.

Dastlabki ekspertiza jarayonida 98 ta oliy ta’lim tashkilotidan hujjat topshirgan 700 nafardan ortiq talabgorlarning hujjatlarida turli kamchiliklar aniqlangan boʻlib, hozirgi kunda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari 2026-yilning 22–29-yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5
#tayinlov

Kasbiy ta’lim agentligiga matbuot kotibi tayinlandi


Samandarova Sadoqat Sohibjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Sadoqat Samandarova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U turli yillarda “O‘zbekiston” telekanalida muharrir, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida mutaxassis lavozimida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali 1-toifali muxbiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7🔥31👍1
Ijod maktab kvota.pdf
128.3 KB
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.

Quyidagi havolalar orqali maktablar kvotalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

🟢Ixtisoslashtirilgan maktablar kvotasi;

🟢Ijod maktablari kvotasi.


📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning may-iyun oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
📣 Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun navbatdagi imtihon sanasi belgilandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-yanvardagi 226-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-yanvardagi 10-275-son buyrug‘iga muvofiq, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura bosqichi talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar uchun imtihonlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Nomzodlarning Axborot texnologiyalari, Xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun test sinovlari 2026-yil 27-yanvar kuni soat 09:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi.

😎 Test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun talabgorlardan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan hududga soat 27-yanvar kuni 08:30 dan kech qolmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID karta) bilan yetib kelishlari so‘raladi.

🏢 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
🗺 Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/kD9Jdsu3ePGX8fzW9.

📌 Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📚 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 31-yanvar (shanba), 1-2-fevral (yakshanba, dushanba) va 7-8-fevral (shanba, yakshanba) kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
2
#eslatma

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashni unutmang!


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.

Unda:

qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: mazkur muddatni uzaytirish tartibi faqat birinchi bosqichga (bakalavriat va magistratura) qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun ushbu tartib tatbiq etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

o‘z xohishiga ko‘ra;

o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

vafot etganligi sababli.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

🗓 2025-yil 27-30-dekabr kunlari Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

📌 Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM