Ta'limda nima gap?
56.1K subscribers
278 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Ixtisoslashturilgan maktablarda o’qishni ko’chirish tartibi

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili ikkinchi yarim yilligida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushdi.

📆 Arizalarni joriy yilning 30-dekabr sanasidan 2026-yilning 8-yanvar kuniga qadar Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

❗️ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinadi hamda arizalar qabul qilinishi to‘xtatilishidan boshlab 10 ish kunida platforma orqali javob yuboriladi.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:

O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

— Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

— Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

— Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
"Taʼlimda nima gap?" Telegram kanalining 2025-yildagi statistikalari

@talimationuz
153👍3🔥1
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

- Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

- Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7👍1🔥1
❗️Talabalar diqqatiga: Kontrakt muddati uzaytirildi!

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu imkoniyat kimlar uchun?

1-bosqich talabalari:
Ham bazaviy, ham “super-kontrakt” asosida o‘qishga kirganlar.
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar: Maxsus kvota (PF-213) bilan o‘qishga tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari.
O‘qishini ko‘chirganlar: Talabalar safini qayta tiklagan yoki o‘qishini ko‘chirgan (perevod) barcha talabalar.

To‘lov miqdori qancha bo‘lishi kerak?

1️⃣ Oddiy kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi.
2️⃣ Super-kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi.

Eslatma: 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt muddatini uzaytirish vakolati bevosita OTM rektorlariga berilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4
Yangi Beginner guruhi ochilmoqda!

🗓 Dars kunlari: juft kunlari
— Seshanba | Payshanba | Shanba

- Vaqti: 14:30 – 16:30

- Oylik to‘lov: 550 000 so‘m

📅 Birinchi dars: 13.01.2026 (kelasi hafta, seshanba)

👨‍🏫 Asosiy Teacher: IELTS 8.5
Olimjon Shokirov

- 9.0 loading …

👩‍🏫 Assistant: IELTS 8.0
Nazokat Isxakova
- 8.5 loading


Kursga ro'yxatdan o'tish uchun: ⤵️
📥 @Olimjon_Mentor
📞 +998993187363
📍@EverestSergeli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xoliqulov Otkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlandi.

O‘. Xoliqulov tayinlovga qadar Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1
Hukumat qarori (30.12.2025 №840 ) bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi yangilandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5👍3
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

✏️ imtihonning yozma qismi — 10-11-yanvar kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-16-, 19-23-, 26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-01-07

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: oliy ta’limda muhim maqsadlar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 7-maqsadi doirasida oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.

📋 Asosiy yo‘nalishlar va ko‘rsatkichlar:

🔹 yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi — kamida 50 foiz;
🔹 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli pedagoglar bilan ta’minlash — 100 foiz;
🔹 xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari — 200 taga yetkaziladi;
🔹 TOP-500 reytingiga kirgan xorijiy OTMlar bilan kamida 50 ta qo‘shma (ikki diplomli) ta’lim dasturi;
🔹 10 ta OTMni dunyoning nufuzli TOP-1000 (QS, THE, ARWU) reytinglariga kiritish;
🔹 OTMlarda ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va ilmiy salohiyat — 70 foiz;
🔹 bitiruvchilarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi va 1–3 yil davomida ishlashi — 70 foiz.

📝 Strategiya loyihasi bo‘yicha fikr va takliflaringizni bildiring!

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3🔥1
💵 Bakalavriatning oxirgi 2 kursida o‘qiydigan, o‘zlashtirishi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), ijodiy ishlarda qatnashadigan talabalar uchun beriladigan Nomdor stipendiyalar ro’yxati:

texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘iston OTMlarida — T. Qaipbergenov va I. Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda — I. Karimov nomli stipendiyalar beriladi.

Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71
Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qachondan qabul qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:
akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Muhim eslatmalar:
❗️Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.
❗️ Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

Arizalar belgilangan tartibda oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
2
✍️ Chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari bo‘lib o‘tdi

🗓 2026-yil 10-11-yanvar kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkazildi.

📍 Malaka imtihonlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📊 Unda jami 20 000 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 28 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

🎙 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2026-yil 12-16-, 19-23-, 26-yanvar kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari VMQ-73 son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi. 

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra nomli davlat stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

📌Shu oʻrinda quyidagilarni maʼlum qilamiz.

❗️Mazkur qaror bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi joriy etilgan boʻlib, ushbu tartib 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab belgilangan talab va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

🔥Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
82
❗️Qishki “perevod” uchun arizalar qabuli davom etmoqda

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

🗓️ Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) davom etadi.

📪 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikadagi bir OTMdan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

📄 Talab etiladigan hujjatlar:

akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

ℹ️ Muhim eslatmalar:

🔹
Bahorgi semestr oldidan bir OTMdan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi;
🔹 Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

📩 Arizalar belgilangan tartibda OTMlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.

❗️Ma'lumot uchun, o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3
#sertifikat

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❗️Askarlarga muddatli harbiy xizmat davrida harbiy qismning o’zida oliygohga kirish imtihoni topshirish imkoni beriladi, kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi

Bunda test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishni boshlaydi.

Shuningdek, yoshlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

harbiy qismlardagi asosiy yoʻnalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash boʻyicha 3-6 oylik dasturlar ishlab chiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan oʻtkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi;

har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturchi” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturlari doirasida oʻqitiladi;

shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi;

armiyadan qaytgan yoshlar oliygohlarga kontraktga o’qishga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi;

muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgandan so’ng, tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida bo’lgan yoshlarning kredit xarajati 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi;

davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti joriy qilinadi;

xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi boʻlgan yoshlarga kasbni egallash va sertifikat olish xarajatlari toʻlab beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
#o‘qishni_ko‘chirish

Bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-yanvargacha amalga oshiriladi

Hujjatlar quyidagi platformalar orqali onlayn qabul qilinadi:


transfer.edu.uz
my.gov.uz

📹 Onlayn ariza berish jarayoni haqida videoyo‘riqnoma orqali batafsil bilib olish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍3