Ta'limda nima gap?
55.9K subscribers
278 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash darajasi 50 foizdan oshdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ta’kidlashicha, bugungi kunda talabalarni yotoqxona bilan qamrab olish darajasi 50 foizdan yuqorini tashkil etmoqda. Rejaga ko‘ra, 3 yildan keyin talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qondiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
123👍3
Test imtihonlarini topshirishda biometrik identifikatsiya qanday amalga oshiriladi? #hemis

JAVOB: HEMIS tizimining test imtihonlarini topshirish funksionaliga tinglovchini yuz tasviri (FaceID) asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi.

❗️Mazkur funksiyadan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, u test sozlamalaridagi FaceID parametri orqali boshqariladi.

Jarayon quyidagicha:

1️⃣ funksiyani ishga tushirish uchun imtihon sozlamalarida FaceID parametrini faollashtirish zarur;
2️⃣ shunda talaba kabinetida testni boshlash tugmasi bosilganda, yuz orqali identifikatsiya sahifasi ochiladi;
3️⃣ talaba yuz tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgach, unga test imtihoni ochiladi.

‼️ Muhim!

Talabaning yuzi uning anketasiga yuklangan rasm asosida tekshiriladi.
Agar imtihon sozlamalarida FaceID parametri o‘chirilgan bo‘lsa, test topshirish odatdagidek amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5🔥2👍1
❗️Texnikum oquvchilari uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilidagi qishki ta’til muddati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.

Ta’til davomida:

🔹 kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etiladi;
🔹 ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi o‘tkaziladi


Shuningdek, Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha qatnov va qulayliklar tashkil etiladi. 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha o‘quvchilar temir yo‘l hamda avia chiptalarini 50 foiz chegirma bilan xarid qilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

2025-yil davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalarga bag‘ishlangan brifing

👉 Matn shaklida o‘qish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❗️7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.

Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6
Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi.

Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi.

Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi.

Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.

Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”,

– dedi Prezidentimiz.

Shularni inobatga olgan holda, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4
🇺🇿 Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi.

Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi.

Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1% ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan va tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
Hurmatli tadbirkorlar!

Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha xususiy sektordagi ish beruvchilarning takliflarini o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi.

Sizdan ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, yoshlar bandligini ta’minlash va ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz:
👉https://forms.gle/4mFT8FeD7eSozhM49

So‘rovnomani to‘ldirishga 5 daqiqa vaqt ketadi. Yangi tizimni ishlab chiqishda sizning yordamingiz biz uchun muhim!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram
4
⚡️Ixtisoslashturilgan maktablarda o’qishni ko’chirish tartibi

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili ikkinchi yarim yilligida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushdi.

📆 Arizalarni joriy yilning 30-dekabr sanasidan 2026-yilning 8-yanvar kuniga qadar Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

❗️ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinadi hamda arizalar qabul qilinishi to‘xtatilishidan boshlab 10 ish kunida platforma orqali javob yuboriladi.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:

O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

— Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

— Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

— Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
"Taʼlimda nima gap?" Telegram kanalining 2025-yildagi statistikalari

@talimationuz
153👍3🔥1
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

- Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

- Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7👍1🔥1
❗️Talabalar diqqatiga: Kontrakt muddati uzaytirildi!

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu imkoniyat kimlar uchun?

1-bosqich talabalari:
Ham bazaviy, ham “super-kontrakt” asosida o‘qishga kirganlar.
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar: Maxsus kvota (PF-213) bilan o‘qishga tavsiya etilgan 1-bosqich talabalari.
O‘qishini ko‘chirganlar: Talabalar safini qayta tiklagan yoki o‘qishini ko‘chirgan (perevod) barcha talabalar.

To‘lov miqdori qancha bo‘lishi kerak?

1️⃣ Oddiy kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi.
2️⃣ Super-kontrakt: Bir yillik summaning kamida 50 foizi.

Eslatma: 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt muddatini uzaytirish vakolati bevosita OTM rektorlariga berilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4
Yangi Beginner guruhi ochilmoqda!

🗓 Dars kunlari: juft kunlari
— Seshanba | Payshanba | Shanba

- Vaqti: 14:30 – 16:30

- Oylik to‘lov: 550 000 so‘m

📅 Birinchi dars: 13.01.2026 (kelasi hafta, seshanba)

👨‍🏫 Asosiy Teacher: IELTS 8.5
Olimjon Shokirov

- 9.0 loading …

👩‍🏫 Assistant: IELTS 8.0
Nazokat Isxakova
- 8.5 loading


Kursga ro'yxatdan o'tish uchun: ⤵️
📥 @Olimjon_Mentor
📞 +998993187363
📍@EverestSergeli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xoliqulov Otkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlandi.

O‘. Xoliqulov tayinlovga qadar Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1
Hukumat qarori (30.12.2025 №840 ) bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi yangilandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5👍3
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

✏️ imtihonning yozma qismi — 10-11-yanvar kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-16-, 19-23-, 26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-01-07

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: oliy ta’limda muhim maqsadlar

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 7-maqsadi doirasida oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.

📋 Asosiy yo‘nalishlar va ko‘rsatkichlar:

🔹 yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi — kamida 50 foiz;
🔹 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli pedagoglar bilan ta’minlash — 100 foiz;
🔹 xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari — 200 taga yetkaziladi;
🔹 TOP-500 reytingiga kirgan xorijiy OTMlar bilan kamida 50 ta qo‘shma (ikki diplomli) ta’lim dasturi;
🔹 10 ta OTMni dunyoning nufuzli TOP-1000 (QS, THE, ARWU) reytinglariga kiritish;
🔹 OTMlarda ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va ilmiy salohiyat — 70 foiz;
🔹 bitiruvchilarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi va 1–3 yil davomida ishlashi — 70 foiz.

📝 Strategiya loyihasi bo‘yicha fikr va takliflaringizni bildiring!

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3🔥1
💵 Bakalavriatning oxirgi 2 kursida o‘qiydigan, o‘zlashtirishi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), ijodiy ishlarda qatnashadigan talabalar uchun beriladigan Nomdor stipendiyalar ro’yxati:

texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
Qoraqalpog‘iston OTMlarida — T. Qaipbergenov va I. Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda — I. Karimov nomli stipendiyalar beriladi.

Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71