Ta'limda nima gap?
61.8K subscribers
279 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
❗️Fan olimpiadalari g’oliblariga jami 13 mlrd so’m pul mukofoti topshirilmoqda

Ayni daqiqalarda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari bo’lgan o’quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

Joriy yilda bilimli yoshlarimiz jami 210 ta medal, shundan 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.

🔥 Eng qizig’i, joriy yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o’quvchiga 1 mlrd so’mdan ko’proq pul mukofoti berilmoqda!

Masalan, Daler Rahimov hamda Mirjahon Muhammadov 1 mlrd 39 mln so’mdan mukofot olishdi. Chempionlarni tayyorlaydigan ustozlardan Mohira Boltayeva esa 591 mln so’m mukofot pulini qo’lga kiritdi.

Nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IChO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor bo’lgan o’quvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:

🥇Oltin medal uchun: 1 mlrd 30 mln so’m;
🥈Kumush medal uchun: 618 mln so’m;
🥉Bronza medali uchun: 412 mln so’m.

Ularning ustozlariga esa:

🥇Oltin medal uchun: 185 mln 400 ming so’m;
🥈Kumush medal uchun: 103 mln so’m;
🥉Bronza medali uchun: 61 mln 800 ming so’m.

Joriy yilda g’oliblarga jami 13 mlrd so’m mukofot puli berildi. O’tgan yili bu summa 3,5 mlrd so’m edi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
9🔥4💯21
⚡️Xorijdagi ayrim talabalar imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin

Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra:

“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3💯2
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

O. Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
8
Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bog‘cha, 23 ta sport obyektiga ehtiyoj bor.

Tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bog‘cha va sport obyektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bog‘cha hamda 11 ta sport obyekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi.

Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Ya’ni 7-11-sinfdagi 1,5 ming o‘quvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanyapti.

Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027-yilda 33 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍3🔥3
⚡️ Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4🔥2👍1
📢 2025/2026-o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari:

II chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 18-25 dekabr kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi.
📅 Onlayn sinov jadvali:

📌 5-sinf – 18-dekab
📌 6-sinf – 19-dekabr
📌 7-sinf – 20-dekabr
📌 8-sinf – 22-dekabr
📌 9-sinf – 23-dekabr
📌 10-sinf – 24-dekabr
📌 11-sinf – 25-dekabr

Muhim eslatmalar:
🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍4🔥2💯211
🇺🇿 II chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari bo'lib o'tadigan fanlar ro‘yxati.

🇺🇿 II шерек жуу́мағы бойынша орайласқан сумматив баҳалаў сынаўлары болып өтетуғын пәнлер дизими.

🇷🇺 Перечень предметов централизованного суммативного оценивания по итогам II четверти.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2💯21
2025/2026 - o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

26 dekabr kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

26 декабрь күни –дәстүрий (қағаз вариантта) түринде сынаўлар өткериледи. Бунда оқыўшылар қағаз вариантта, оқытыўшылар қадағалаўында

26 декабря – суммативное оценивание пройдет в традиционной (бумажной) форме. В этот день учащиеся будут проходить тестирование на бумажных носителях под наблюдением учителей.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍632💯2
⚡️O‘zbekistonda olingan diplomlar 38 ta davlatda tan olinishi mumkin

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda olingan diplomlar YUNESKO homiyligida qabul qilingan Global konvensiyaga a’zo 38 ta davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishi mumkin. Ushbu hujjat oliy ta’lim sohasidagi birinchi xalqaro miqyosdagi majburiy normalarni belgilaydigan konvensiya hisoblanadi.

Konvensiya ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar o‘zaro diplomlarni tan olish majburiyatini oladi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniyani qamrab olgan ushbu ro‘yxatda Fransiya, Britaniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gruziya, Litva, Ekvador, JAR, Tunis kabi mamlakatlar bor.

Agentlik ta’kidlashicha, xalqaro konvensiya faqat unga a’zo davlatlar o‘rtasida amal qiladi. Shu bois Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hozircha konvensiya ishtirokchilari ro‘yxatida yo‘q. Mazkur davlatlarda olingan diplomlar O‘zbekistonda avvalgiday — nostrifikatsiya jarayoni orqali tan olinadi.

Diplomlarni tan olish tartibi hozirda "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 620-son qarori bilan tartibga solinadi. Agentlikka ko‘ra, ayrim hollardagina xorijiy diplomlar maxsus sinovlarsiz tan olinishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
113💯2
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

- kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

- oʻqituvchilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompьyuter xaridiga 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

- fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi;

- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga oʻqishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;

- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
12👍2💯21
❗️O‘zbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

“Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

🔹 nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitasion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;

🔹 oliy ta’lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashish;

🔹 fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, o‘quv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish;

🔹 ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rash va bepul olish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6👍1🔥1💯1
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash tartibi belgilandi!

Hukumat qarori bilan (796-son, 17.12.2025 y.) “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga koʻra, sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarga quyidagi toʻlovlar toʻlanadi:

▪️ 2026 yil 1 yanvardan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
▪️ 2026 yil 1 iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.

💸 Sugʻurtalangan shaxslarga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, toʻlovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:

🔹 davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olish huquqi quyidagi davrlardan birida yuzaga kelganda:

▪️ sugʻurtalangan shaxslar ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda;
▪️ yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmat koʻrsatayotgan davrda;
▪️ qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band boʻlgan davrda;

🔹 homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida 10 oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida 6 oy sugʻurta staji mavjud boʻlsa.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi boʻyicha toʻlovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendarь yil davomida 182 kalendarь kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi.

📑 Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdorini hisoblashda sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qoʻllaniladi:

10 oydan 24 oygacha (24-oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 75 foiz;
25 oydan 60 oygacha (60-oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 85 foiz;
61 va undan ortiq oy sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 100 foiz.

📜 Sugʻurtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
6👍1🔥1💯1
Ayrim yoshlarning toʻlov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2026 yil 1 fevraldan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

🔹 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul oʻtash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;

🔹 “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:

▪️ avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;

▪️ kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 oʻquv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;

▪️ ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan koʻpi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10👍4💯3
Bakalavriat_taʼlim_yoʻnalishlari_bitiruvchilariga_beriladigan_k.pdf
726.1 KB
Qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkin?

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida beriladigan kvalifikatsiyalar ro‘yxati. Ushbu ro‘yxat asosida qaysi yo‘nalishda o‘qib, qaysi kasb egasi bo‘lish mumkinligi bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
2💯2
🏆 TA'LIM MUASSASALARI REYTINGI — 2025

📊 So'rovnomada ishtirok eting:

Eng yaxshi davlat oliygohi
Eng yaxshi nodavlat oliygoh
Eng yaxshi akademik litsey
Eng yaxshi kasb-hunar maktabi
Eng yaxshi kollej
Eng yaxshi texnikum
Eng yaxshi xususiy maktabi

Natijalar 5-yanvarda e'lon qilinadi
🎁 G'oliblar maxsus mukofot bilan taqdirlanadi


👉 OVOZ BERISH

Tashkilotchi: @talimuz
4🔥2💯2
Test imtihonlarini topshirishda biometrik identifikatsiya qanday amalga oshiriladi? #hemis

JAVOB: HEMIS tizimining test imtihonlarini topshirish funksionaliga tinglovchini yuz tasviri (FaceID) asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi.

❗️Mazkur funksiyadan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, u test sozlamalaridagi FaceID parametri orqali boshqariladi.

Jarayon quyidagicha:

1️⃣ funksiyani ishga tushirish uchun imtihon sozlamalarida FaceID parametrini faollashtirish zarur;
2️⃣ shunda talaba kabinetida testni boshlash tugmasi bosilganda, yuz orqali identifikatsiya sahifasi ochiladi;
3️⃣ talaba yuz tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgach, unga test imtihoni ochiladi.

‼️ Muhim!

Talabaning yuzi uning anketasiga yuklangan rasm asosida tekshiriladi.
Agar imtihon sozlamalarida FaceID parametri o‘chirilgan bo‘lsa, test topshirish odatdagidek amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
💯2
❗️Tyutor vazifalari funksionali joriy etildi #hemis

HEMIS tizimiga yangi Tyutor vazifalari funksionali qo‘shildi. Ushbu imkoniyat orqali har bir tyutor o‘zining ish rejasini shakllantirishi, bajarilgan ishlar natijasini kiritishi hamda hisobotlarni yuklab borishi mumkin.

Funksional qanday ishlaydi?

1️⃣ Yangi vazifa bo‘limida vazifaning nomi, qisqacha izohi va bajarish muddati kiritiladi. Shundan so‘ng vazifa Topshiriqlar ro‘yxatida aks etadi.
2️⃣ Ro‘yxatdagi vazifa nomi ustiga bosish orqali uni tahrirlash yoki natijalarni qayd etish bo‘limiga o‘tish mumkin.
3️⃣ Vazifa bajarilgach, sahifaning “Natija ma’lumotlari” qismida:

vazifaning bajarilish izohi yoziladi;
hisobot fayli yuklanadi;
vazifa statusi “Tugallangan” holatiga o‘tkaziladi.

‼️ Muhim!

Har bir tyutor o‘z shaxsiy ish rejasini mustaqil shakllantiradi va ularning ma’lumotlari boshqa tyutorlarga ko‘rinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
71
Talabgorlar ro‘yxati.pdf
615.1 KB
❗️Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2025-yil 25-dekabr kuni o‘tkaziladi.

📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
3
😎 Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

🗓 Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 27–30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍2
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

- kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

- o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;

- fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;

- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;


- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;

- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endilikda Hemis platformasiga qo‘yilgan baholarni dekanat yoki o‘qituvchilar o‘zgartirolmaydi! — oliy ta’lim vaziri

Agar talaba qo‘yilgan bahosidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya beradi, uni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tahlil qilib, haqiqatdan ijobiy bo‘lsa, o‘zgartirish huquqi bor.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
16🔥4👍1