Ta'limda nima gap?
63.4K subscribers
279 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.

Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, IDP IELTS hamda AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7👍2🔥2
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_badiiy_asarlar_ro‘yxati_12_12_2025.pdf
180.8 KB
⚡️ Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati

Milliy test tizimi doirasida ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati qayta shakllantirildi.

📱 Adabiyotlar ro'yxati:
- mazmun jihatdan qisman yangilandi – asarlar janrlar bo‘yicha guruhlandi va ro‘yxatga lirik asarlar kiritildi;
- son jihatdan qisman yangilandi – mazmun va janr rang-barangligini ta’minlash maqsadida yirik hajmli asarlar miqdori kamaytirildi.

📚 Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga:
- 2026-yil 1-aprelga qadar AMALDAGI (40 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida;
- 2026-yil 1-apreldan so'ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi.

✍️ AMALDAGI (40 ta) hamda YANGI (36 ta) mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Tibbiyot oliygohlarini tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlashi uchun alohida imtihon topshiradimi?

JAVOB: Ha, 2024/2025-yil o‘quv yilidan beri imtihon topshirishadi.

Barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

1️⃣ Birinchi bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;

2️⃣ Ikkinchi bosqichda esa klinik fanlardan imtihon topshiradi.

Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍84
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugunning_qahramonlari

🏅O’ZBEKISTON TARIXIDA ILK BORA: OLTIN MEDAL SOHIBLARIGA 1 MLRD SO‘MDAN ORTIQROQ PUL MUKOFOTI BERILADI!

Joriy yilda nufuzli va xalqaro mintaqaviy olimpiadalarda O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani qayd etdi.

🔰 Xususan, xalqaro kimyo olimpiadasida 2 ta oltin va xalqaro informatika olimpiadasida ilk kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

📊 2025-yil avgust oyidan e’tiboran nufuzli fan olimpiadalarida oltin medalga ega bo‘lgan o‘quvchilar 1 030 000 000 soʻm,
mazkur olimpiadalarda oltin medal olgan har bir oʻquvchisi uchun ustozi 185 400 000 soʻm bilan taqdirlanadi.

Biz olimpiada g‘oliblari, ularning ustozi va ota-onalarining fikrlariga quloq tutdik.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
8🔥1
❗️Fan olimpiadalari g’oliblariga jami 13 mlrd so’m pul mukofoti topshirilmoqda

Ayni daqiqalarda 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari bo’lgan o’quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

Joriy yilda bilimli yoshlarimiz jami 210 ta medal, shundan 40 ta oltin, 78 ta kumush va 92 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.

🔥 Eng qizig’i, joriy yilda ilk marta nufuzli xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o’quvchiga 1 mlrd so’mdan ko’proq pul mukofoti berilmoqda!

Masalan, Daler Rahimov hamda Mirjahon Muhammadov 1 mlrd 39 mln so’mdan mukofot olishdi. Chempionlarni tayyorlaydigan ustozlardan Mohira Boltayeva esa 591 mln so’m mukofot pulini qo’lga kiritdi.

Nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO, IChO, IBO, IPhO, IOI) sovrindor bo’lgan o’quvchilarga quyidagi miqdorda pul mukofoti beriladi:

🥇Oltin medal uchun: 1 mlrd 30 mln so’m;
🥈Kumush medal uchun: 618 mln so’m;
🥉Bronza medali uchun: 412 mln so’m.

Ularning ustozlariga esa:

🥇Oltin medal uchun: 185 mln 400 ming so’m;
🥈Kumush medal uchun: 103 mln so’m;
🥉Bronza medali uchun: 61 mln 800 ming so’m.

Joriy yilda g’oliblarga jami 13 mlrd so’m mukofot puli berildi. O’tgan yili bu summa 3,5 mlrd so’m edi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
9🔥4💯21
⚡️Xorijdagi ayrim talabalar imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin

Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra:

“Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.”


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3💯2
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

O. Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
8
Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bog‘cha, 23 ta sport obyektiga ehtiyoj bor.

Tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bog‘cha va sport obyektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bog‘cha hamda 11 ta sport obyekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi.

Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Ya’ni 7-11-sinfdagi 1,5 ming o‘quvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanyapti.

Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027-yilda 33 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍3🔥3
⚡️ Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4🔥2👍1
📢 2025/2026-o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari:

II chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 18-25 dekabr kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi.
📅 Onlayn sinov jadvali:

📌 5-sinf – 18-dekab
📌 6-sinf – 19-dekabr
📌 7-sinf – 20-dekabr
📌 8-sinf – 22-dekabr
📌 9-sinf – 23-dekabr
📌 10-sinf – 24-dekabr
📌 11-sinf – 25-dekabr

Muhim eslatmalar:
🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍4🔥2💯211
🇺🇿 II chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari bo'lib o'tadigan fanlar ro‘yxati.

🇺🇿 II шерек жуу́мағы бойынша орайласқан сумматив баҳалаў сынаўлары болып өтетуғын пәнлер дизими.

🇷🇺 Перечень предметов централизованного суммативного оценивания по итогам II четверти.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2💯21
2025/2026 - o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

26 dekabr kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

26 декабрь күни –дәстүрий (қағаз вариантта) түринде сынаўлар өткериледи. Бунда оқыўшылар қағаз вариантта, оқытыўшылар қадағалаўында

26 декабря – суммативное оценивание пройдет в традиционной (бумажной) форме. В этот день учащиеся будут проходить тестирование на бумажных носителях под наблюдением учителей.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍632💯2
⚡️O‘zbekistonda olingan diplomlar 38 ta davlatda tan olinishi mumkin

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda olingan diplomlar YUNESKO homiyligida qabul qilingan Global konvensiyaga a’zo 38 ta davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishi mumkin. Ushbu hujjat oliy ta’lim sohasidagi birinchi xalqaro miqyosdagi majburiy normalarni belgilaydigan konvensiya hisoblanadi.

Konvensiya ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar o‘zaro diplomlarni tan olish majburiyatini oladi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Okeaniyani qamrab olgan ushbu ro‘yxatda Fransiya, Britaniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gruziya, Litva, Ekvador, JAR, Tunis kabi mamlakatlar bor.

Agentlik ta’kidlashicha, xalqaro konvensiya faqat unga a’zo davlatlar o‘rtasida amal qiladi. Shu bois Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hozircha konvensiya ishtirokchilari ro‘yxatida yo‘q. Mazkur davlatlarda olingan diplomlar O‘zbekistonda avvalgiday — nostrifikatsiya jarayoni orqali tan olinadi.

Diplomlarni tan olish tartibi hozirda "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 620-son qarori bilan tartibga solinadi. Agentlikka ko‘ra, ayrim hollardagina xorijiy diplomlar maxsus sinovlarsiz tan olinishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
113💯2
Prezidentimiz pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

- yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

- kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

- oʻqituvchilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompьyuter xaridiga 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

- kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

- fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi;

- bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

- dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga oʻqishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;

- reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
12👍2💯21