Ta'limda nima gap?
63.6K subscribers
280 photos
131 videos
99 files
1.06K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
VAKANT KUNDUZGI.pdf
770.5 KB
KUNDUZGI ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
VAKANT-KECHKI.pdf
335.1 KB
KECHKI ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar
VAKANT-MASOFAVIY.pdf
207.5 KB
MASOFAVIY ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
15👍4🔥4
📢Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi bo‘lishning mazkur o’quv yilidagi so’nggi imkoniyati!

Qo‘shma ta’lim dasturlari yo’nalishiga o’qishga kirib, talaba bo’ling va ikki davlat diplomiga ega bo’ling!

🎓Sizni kutmoqda:
•Kunduzgi ta’lim shakli
•Tajribali ustozlar va xorijiy professorlar
•Zamonaviy infratuzilma va ekologik hudud
•Xalqaro sertifikatlar va amaliyot (stajirovka)
•Bakalavr va magistratura yo‘nalishlarini tamomlaganingizdan so‘ng O‘zbekiston va Rossiya yetakchi universitetlarining diplomiga ega bo‘lasiz!
•2 ta davlat diplomi: O’zbekiston va Xitoy;
•2 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va 2 yil Sudjou texnalogiya universitetida o’qish — barchasi bitta joyda!


📥 Onlayn ariza topshirish: https://registration.ttysi.uz/

Bakalavriat

•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot yo‘nalishi;
•Sudjou texnalogiya universiteti- Textile engineering yo‘nalishi;

Magistratura

•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot mutaxassisligi.


Qabul yakunlanmoqda. Bugunoq hujjat topshiring va davlat instituti talabasi bo’ling.

📞 Ma’lumot uchun:
+998917889700
+998990509955
171👍1🔥1💯1
❗️Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2025-yil 11-oktabr (shanba)
kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

11-oktabr kuni test sinovi bitta smenada o‘tkaziladi.

1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 1 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport/ID-karta yoki yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi;

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

🚫 Abituriyentlar test sinovi o’tkaziladigan hududga telefon, kalkulyator, quloqchin, soat, lug’at, “shpargalka” va shu kabi turli vositalarni olib kelishi taqiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
19👍3🔥21
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
19👍102
Qishki o‘qishni ko‘chirish qachondan boshlanadi? #perevod

JAVOB: Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan 20-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi.

Qishki o‘qishni ko‘chirishda qaysi hollarda o‘qishimni ko‘chira olaman?

O‘zbekistondagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga faqat 2 holatda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi:

1️⃣ talaba oila qurganda va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lganda;

2️⃣ davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chganda va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lganda (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun qanday ariza topshiraman?

Qishki o‘qishni ko‘chirish arizalarini vazirlikning transfer.edu.uz platformasi yoki Hududiy ishchi guruhlar orqali topshirish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10💯2🔥1
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 1-3- va 8-9-noyabr kunlari ona tili (o'zbek, qorqalpoq, rus tili) va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍4🔥21
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

🧑‍🎓 Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔸 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

✍️ Imtihonning yozma qismi — 13-15-dekabr kunlari;

🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

🆔 Talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📌 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/chet-tili-12-10-4

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥2💯2
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun:

1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi;
2️⃣ "Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish" xizmati tanlanadi;
3️⃣ kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi.

Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi.

Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
61👍1💯1
❗️Talabalar uchun aviachiptalar chegirmada sotilmoqda

Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi.

Chegirmada sotib olingan chiptalar 26-dekabrdan 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
8💯4👍21
#soʻragan_edingiz

Savol:
Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz.

Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas.

Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos.

Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz.

Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5👍3🔥2
⚡️Davlat grantiga qabul uchun imtihonlar bo'lib o'tdi

🗓 2025-yil 11-dekabr kuni Respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga ajratilgan davlat grantlari uchun test sinovlari o'tkazildi.

📍 Imtihonlar Namangan, Farg'ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahrida tashkil etildi va 764 nafar talabgor ishtirok etdi.

✔️ Test natijalari qaydnomalari abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72👍2🔥2
❗️Talabalarning ishlashi qonunga zid emas

Talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yoʻq. Xohlasa, toʻliq 1 stavkada ham ishlashi mumkin.

Masalan, Pedagogika yoʻnalishi talabalari 3-kursdan boshlab umumtaʼlim maktablarida asosiy ish joyi sifatida dars berish huquqiga ega.

Boshqa tashkilotlarda esa talabalar malaka talab qilinmaydigan ishlar yoki oʻz yoʻnalishi boʻyicha muvofiq ishlarda faoliyat yuritishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda talabaning ishlashi qonuniy, faqat mehnat shartnomasi toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
5
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi

Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.

Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, IDP IELTS hamda AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
7👍2🔥2
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4