Ta'limda nima gap?
79.1K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Rasman: Kontrakt 4 mlndan 7 mln so‘mgacha arzonlashtirildi

Ko‘plab ota-onalarning to‘lov-kontrakt narxlari borasida bildirgan murojaatlarini inobatga olib, Xalqaro Nordik universiteti xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro kelishgan holda kontraktlarni 30% gacha arzonlashtirdi.

Kontrakt chegirmasi bakalavr yo‘nalishlari (barcha bosqich kunduzgi va sirtqi) talabalari uchun amal qiladi.

📎Kvotalar chegaralangan! Shoshiling!

📃 Hujjatlar qabuli 15-sentyabrga qadar davom etadi. Ikkilanishga hojat qolmadi, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting ⬇️

https://admission.nordicuniversity.org

▶️ Hujjat topshirish uchun video qo‘llanma

Bakalavr
Magistratura
O‘qishni ko‘chirish

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

🔥 +998555084400
💻 @nordikedu    

🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍301
‼️Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

👉Barcha talabalar, shu jumladan, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishi mumkin.

📝Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali «super-kontrakt» uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

Jumladan:

➡️kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

➡️kontraktning kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

➡️xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍396🤔3👀3👌1
📌 Oliy ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

➡️oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

➡️oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24😱21
💳 Talaba va o'quvchilar uchun transport kartalari tariflar

Tarif rejalari Vazirlar Mahkamasining 9-oktabr 2020-yildagi 643-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori tarif rejalarini texnik va moliyaviy amalga oshiradi.

🎓 Talaba uchun tariflar

🚌 — T (Avtobus talaba uchun):
◀️5 kun — 10000 so'm
◀️10 kun — 20000 so'm
◀️15 kun — 30000 so'm
◀️20 kun — 40000 so'm
◀️30 kun — 60000 so'm

🚌🚇 — TM (Avtobus, metro talaba uchun):
◀️5 kun — 14000 so'm
◀️10 kun — 28000 so'm
◀️15 kun — 42000 so'm
◀️20 kun — 56000 so'm
◀️30 kun — 83000 so'm

👨‍🎓 O'quvchi uchun tariflar

🚌 — O (Avtobus o'quvchi uchun):
◀️5 kun — 10000 so'm
◀️10 kun — 20000 so'm
◀️15 kun — 30000 so'm
◀️20 kun — 40000 so'm
◀️30 kun — 60000 so'm

🚌🚇 — O'M (Avtobus, metro o'quvchi uchun):
◀️5 kun — 14000 so'm
◀️10 kun — 28000 so'm
◀️15 kun — 42000 so'm
◀️20 kun — 56000 so'm
◀️30 kun — 83000 so'm

🗣️ Talaba va o'quvchilarga yuboringlar

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🤣92🔥2👏1
☄️Metro halqa yo‘lining 19ta bekatlariga nom berildi

✔️Hukumat qaroriga (349-son, 09.08.2023 y.) ko‘ra “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” yer usti metro halqa yo‘lining “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishi 1–14 bekatlariga, “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1–5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏21🔥1🤔1
‼️Toshkentda avtobus va metro yo'lkira narxlari o'zgarishi kutilmoqda

📌Jamoat transport vositalarida naqd pulda va bank kartasi orqali to'langanida yo'lkiraning bir martalik narxi 2000 so'm, transport kartasi orqali to'lov qiluvchi yo'lovchilar uchun esa 1600 so'm qilib belgilanishi mumkin.

⚡️Yo'lovchi 1 soat ichida avtobusga chiqsa, birinchi to'lovda 1 600 so'm, ikkinchisida 400 so'm to'laydi, keyingilarida yo'lkira bepul bo'ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🤷‍♂135😢43🔥3
👌 Magistraturada ham super-kontrakt bormi?

O'tgan yili qabul komissiyasi C1, B2 sertifikati bor, ammo kvota doirasida talaba bo'lolmaganlarga belgilangan bazaviy to'lov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi to'lov asosida magistraturada o'qish imkoniyatini bergandi.

Bu yil qanaqa boʻlishi aniq emas.

Faqat kutib turilsa, o'qishlar boshlangach, o'tgan yilgi amaliyot takrorlanishi mumkin.

‼️Eslatma: bu usulda talaba bo'ladigan, ya'ni kvotaga ilinmay tabaqalashtirilgan kontrakt to'lab o'qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari qoplanmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141
⚡️Qachondan boshlab super-kontrakt uchun ariza yoziladi?

📌O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar oshirilgan kontrakt asosida o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.

◀️O'tgan yili "super kontrakt" uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali olingan edi. Katta ehtimol bilan bu yil ham shunday. Biroq abituriyent va "perevodchilar"ning ma'lumotlari saytga to'liq kiritib bo'linmagani sababli vazirlik bayonot berayotgani yo'q.

‼️Katta ehtimol bilan oliygohlarda dars jarayonlari boshlanganidan so'ng oshirilgan kontrakt uchun arizalar qabuli ham boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥4👏21🤯1🎉1
⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

‼️Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥21
🎓 Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

📝“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

◀️Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?
Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

⚡️Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.

◀️Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?
Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

ℹ️Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.

◀️“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?
Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

◀️Kimga murojaat qilish kerak?
Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

‼️Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

◀️Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?
Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.

Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

📣Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

✍️Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza koʻrib chiqilishi kerak.

☝️Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍362🔥1
Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

📌BHM – 330 ming so‘m (2022-yil 1-iyundan). 50xBHM=16 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍231🔥1
👩Ikkalasi ham grantga kirgan egizaklar

Suratdagi qizlar — Fotima, Zuhra Rajabboyevalar, navoiylik. Ularning har ikkisi ham bu yil maktabni tugatib, grantga o‘qishga kirdi.

✔️Fotima O'zbekiston madaniyat va san’at institutiga, Zuhra Buxoro davlat pedagogika institutiga grantga kirgan.

📌Ularning otasi Rossiyada ishlaydi, lekin uzoqda bo‘lsa-da, o‘zi vaqti soatida o‘qiy olmagani uchun bolalari o‘qishi uchun sharoit qilib bergan. Onasi esa hamshira.

Qizlar yaqin orada ikki hududda o‘qishni boshlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🤩9👏86😁3🐳3
🎓 4-sentyabrdan o‘quv yili boshlanishi esingizdami?

O‘quv yili boshlanishiga allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgandirsiz. O‘qish joyingizga borib oldingizmi?

👀 Yangi o‘quv yili boshlanishiga oid qanday savollar sizga qiziq? Kommentlarda yozib qoldiring, biz javob beramiz.

📌 Aytgancha, Toshkentda metroga yaqin joylashgan qator OTMlarda dars boshlanish vaqtlari o‘zgargan.

📝Ro‘yxatni ko‘rish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🥱3🥰2
⚡️ Magistratura uchun yana bir marta qabul bo‘ladimi?

Davlat OTM magistraturasiga 17,1 ming kvota ajratilgan edi. Biroq atigi 6,3 ming abituriyent talabni bajarib talabalikka qabul qilindi. Yana 11 mingga yaqin kvota bo'sh qolyapti.

📌Davlat OTM magistraturasiga qabul natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, hujjat topshirgan 20 mingdan oshiq talabgordan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo'lmagani sababli asoslantirilgan holda rad etilgan, talab darajasida bo'lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etgan.

Shundan 6,3 ming nafar abituriyent magistraturaga talabalikka qabul qilindi:

➡️davlat granti-3238 nafar;
➡️to'lov-kontrakt-3155 nafar.

🗣️Bu yil magistratura uchun ajratilgan kvota 17.1 mingta edi.

Ajratilgan kvotaning 11 mingga yaqini bo'sh qoldi. O'tgan yili bunday vaziyatda qishki qabul ham tashkil etilgan. Biroq hozircha bu yil qishki qabul bo'lish- bo'lmasligi aniq emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍262🥰2
⚡️Rasman: 1-kurslarga shartnomasiz ham 2 oylik ijara to'lab beriladi

1-bosqich kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan talabalar ijara xonadonida turganda ularga ham ijara summasining bir qismi to‘lab beriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✔️ Toshkent shahrida –BHMning 1 baravari — 330 ming so‘m;

✔️ Qolgan hududlarda – BHMning yarim baravari — 165 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi.

@talimationuzTAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍253🔥1
👀 Talabalar eslatib o'tamiz nomdor stipendiyalar ro'yxatini

➡️Nomdor stipendyalar kimga beriladi?

Bakalavriatning oxirgi 2 kursida o‘qiydigan, o‘zlashtirishi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), ijodiy ishlarda qatnashadigan talabalar uchun beriladi.

➡️Qaysi yo‘nalishda qaysi stipendiya?

📌texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
📌tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
📌gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
📌tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
📌tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
📌kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
📌tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
📌jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
📌Qoraqalpog‘iston OTMlarida — T.Qaipbergenov va I.Yusupov;
📌barcha yo‘nalishlarda — I.Karimov nomli stipendiyalar beriladi.

‼️ Bizning talabalar bu stipendyalarni qolga kiritishi zarur.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👀32
⚡️Talabalar uchun Toshkentga qo'shimcha avtobus qatnovi yo'lga qo'yilmoqda

🗣️2023 yilning 3 sentyabr kuniga qadar Toshkentga qatnovchi qo'shimcha avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yilmoqda.

Qatnovlar quyidagi yo'nalishlar uchun mavjud:
◀️Urganch-Toshkent;
◀️Xiva-Toshkent;
◀️Buxoro-Toshkent;
◀️Toshkent-G'ijduvon;
◀️Toshkent-Qorako'l;
◀️Toshkent-Shofirkon.

📣 Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥5👌5🥰2🤯2🤣2
😇 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi

🏫 Bugun, 4-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 ming 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi.

⚡️Joriy o‘quv yilida 700 ming nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi.

‼️Umumta’lim maktablarida o’tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥21
Kun surati

‼️Talabalik sizga o‘z aravangizni o‘zingiz tortishni, odamlar bilan muomala qilishni, mustaqil qaror qabul qilishdan tortib mustaqil bozor qilishgacha o‘rgatadi. Xullas, mustaqillik muborak, talabalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🤣52😢9❤‍🔥5🙊32
😂1-sinf o'quvchisi. Maktabning birinchi kuni: borish va qaytish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣135😁35👍17🥰3😱3
👀 Talabalar ustiga qulab tushgan tom

Bugun, 4-sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida faollar zalida o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning tom qismi talabalar ustiga qulab tushgan.

‼️Hozircha vafot etganlar yo‘qligi aytilmoqda. Birlamchi ma’lumotlarga ko’ra, 3 nafar qiz jarohat olgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔17👍4🔥1