Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
❗️Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!

❤4👍1🔥1
Ta'limda nima gap?
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;…
❗️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot
1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?
2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?
3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart
❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.
4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?
❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.
5️⃣ Ariza qanday beriladi?
6️⃣ Rad etish asoslari
7️⃣ Tugatilishi shartlari
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?
➖ yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
➖ o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;
➖ davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
➖ O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
➖ ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;
➖ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.
2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?
Har oy uchun:
➖
Toshkent shahrida
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
(412 ming so‘m)
;
➖
Boshqa hududlarda
— yarim baravar
(206 ming so‘m)
.
3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart
Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk
ijara shartnomasi bo‘lishi kerak,
yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.
Yagona istisno:
1-kurslarga dastlabki
sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan
to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.
Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda,
ularning barchasi
ijara shartnomasida
qayd etilgan
bo‘lishlari shart.
❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.
4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?
— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
— o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.
❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.
5️⃣ Ariza qanday beriladi?
Arizalar har oyning
7-sanasiga qadar
onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:
➖
kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
➖ shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi;
➖
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
6️⃣ Rad etish asoslari
Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa —
rad etiladi
.
Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin.
Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.
7️⃣ Tugatilishi shartlari
Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa —
to‘lov to‘xtatiladi.
Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak.
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤27👍3⚡2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishga kira olmadingizmi? Rossiyaga ketishga shoshilmang !
Kelajakni chetda qidirish shart emas. Navoiy innovatsiyalar universitetining Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi kampusida talabalikni boshlang!
Sizning ham to'g'ri qaror qabul qilish vaqtingiz keldi. Shoshiling, cheksiz imkoniyatlar va grantlar sizni kutmoqda!
📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Kelajakni chetda qidirish shart emas. Navoiy innovatsiyalar universitetining Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi kampusida talabalikni boshlang!
Sizning ham to'g'ri qaror qabul qilish vaqtingiz keldi. Shoshiling, cheksiz imkoniyatlar va grantlar sizni kutmoqda!
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3⚡1
📌 Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan 4 ta pedagogika oliygohiga rektor tayinlandi
➖ Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi;
➖ Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi edi;
➖ Saidov Mash’al Samadovich Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Alfraganus universitetida Menejment va marketing kafedrasi mudiri edi;
➖ Urakov Sherzod Raxmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali direktori edi.

❤14🔥2💯2⚡1
#Infografika_1
📊 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
➖ O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Buxoro viloyati peshqadamlik qilmoqda (96 ball).
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥3💯1
#Infografika_2
✅ Maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari oshmoqda.
P.S. Xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
✅ Maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari oshmoqda.
➖ Ma‘lumot o‘rnida: bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomladi. Ulardan 75 foizi OTMlarga kirish test sinovlarida qatnashdi.
P.S. Xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🔥2
#Infografika_3
📊 Joriy yilgi maktab bitiruvchilarining oliy ta'limga kirish imtihonlarida maksimal ballni egallash ko‘rsatkichi 5 barobarga oshgan.
Joriy yilda davlat granti kvotasining 84,2 foizini (29 881 nafar) bu yilgi bitiruvchilar egallagan.

❤9🔥3👍2⚡1
Bu ko‘rsatkichda yetakchi abituriyentlar: Farg‘ona (113 nafar), Navoiy (105 nafar) va Buxoro (92 nafar) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida:
➖ Farg‘ona viloyati – 113 nafar;
➖ Navoiy viloyati – 105 nafar;
➖ Buxoro viloyati – 92 nafar;
➖ Samarqand viloyati – 79 nafar;
➖ Qashqadaryo viloyati – 74 nafar;
➖ Namangan viloyati – 58 nafar;
➖ Toshkent viloyati – 46 nafar;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 43 nafar;
➖ Toshkent shahri – 42 nafar;
➖ Jizzax viloyati – 42 nafar;
➖ Surxondaryo viloyati – 38 nafar;
➖ Xorazm viloyati – 37 nafar;
➖ Andijon viloyati – 28 nafar;
➖ Sirdaryo viloyati – 23 nafar.
Tavsiya: maksimal ball to‘plagan ushbu talabalar Prezidentning 5172-son qarorini diqqat bilan o‘qib chiqing. Batafsil keyingi postlarda ma’lumot beramiz.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35⚡6👍4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Nodavlat oliygohlarning diplomi o’tmaydi degan mish-mishlar qanchalik to‘g‘ri? Bunday xavotir o‘rinlimi?
Qonunchilikka muvofiq, nodavlat oliygohlarning diplomlari davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan bir xil kuchga ega. Bu savolga batafsil javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Qonunchilikka muvofiq, nodavlat oliygohlarning diplomlari davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan bir xil kuchga ega. Bu savolga batafsil javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤23
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!
Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Navoiy innovatsiyalar universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
📞 Call-markaz: +998555000043
👨💻 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Navoiy innovatsiyalar universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma
📹 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Turin Universitetida oyiga 300 ming so‘m bilan o’qish imkoniyati paydo bo’ldi!
Talaba bo’lish uchun 25–34 mln so‘mlik kontrakt summasi sizni orqaga tortmasin.
Endi abituriyentlar uchun oyiga atigi 300 000 so‘mdan boshlab o‘qishni boshlashi mumkin.
📌 Eng muhimi, bu imkoniyatning barcha shartlari va tafsilotlari 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan yakuniy imtihonda tushuntirib beriladi.
• Bitiruvchilarning 100% ish bilan ta’minlangan.
13-sentabr — bu yil talaba bo‘lishingiz uchun oxirgi imkoniyat. Keyin bu imkoniyat yana bir yilga kechikishi mumkin.
👉 Imtihonga ro’yxatdan o’tish: main.turin.uz
P/s: Imtihonni oflayn va onlayn formatda topshirishingiz mumkin. 13-sentabrda Turin Universiteti binosiga kelsangiz yetarli.
📥 @Turin_support
📞 71-203-07-77

❤3
#XUSHXABAR
⚡️Rasman! Pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun A. Avloniy nomli davlat stipendiyasi joriy etildi
Prezidentning 2025-yil 10-sentyabr kuni ‘‘Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida’’ PF-162-son Farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
Bunda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda akademik o‘zlashtirishda yuqori natijalarni qayd etgan bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

❤30👍2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Qabul jarayonlari yakunlanmoqda!
Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🎓 Poytaxtga ketmasdan ham, o‘z hududingizda zamonaviy ta'lim olishingiz mumkin.
— Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/cv
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt
Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
🎓 Poytaxtga ketmasdan ham, o‘z hududingizda zamonaviy ta'lim olishingiz mumkin.
— Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Bu borada Turkmaniston, Hindiston va Tojikiston yetakchi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 10,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 22,4 foizga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
🇹🇲 Turkmaniston — 3197 nafar;
🇮🇳 Hindiston — 2846 nafar;
🇹🇯 Tojikiston — 1246 nafar;
🇨🇳 Xitoy — 532 nafar;
🇰🇷 Janubiy Koreya — 428 nafar;
🇵🇰 Pokiston — 377 nafar;
🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi — 286 nafar;
🇺🇸 AQSh — 254 nafar;
🇦🇫 Afg‘oniston — 193 nafar;
🇹🇷 Turkiya — 181 nafar;
🌍 Boshqa davlatlar — 1161 nafar.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga!
Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Eslatma: Ariza yuborishning so’nggi kuni 15-sentabr. Shoshiling!
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat!
Qabul jarayonlari yakunlanmoqda – bu imkoniyatni boy bermang. Bugun qilgan qaroringiz kelajagingizni belgilaydi.
Navoiy Innovatsiyalar Universitetida:
✅ Kunduzgi va kechki ta’lim shakllari
✅ 18 ta bakalavriat va 3 ta magistratura mutaxassisliklari
✅ 4+2 dasturi — 4 kun nazariya + 2 kun amaliyot
✅ Surxondaryo kampusida zamonaviy sharoit, xalqaro darajadagi ta’lim
✅ Yoshlar qulay va do’stona muhitda ta’lim olish uchun qulay sharoitlar mavjud.
🎓 NIU bitiruvchilari ish qidiruvchi emas, balki ish topuvchi va ish yaratuvchi mutaxassislar bo‘lib yetishadi!
📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/cv
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )
Bizning manzillar:
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt
Qabul jarayonlari yakunlanmoqda – bu imkoniyatni boy bermang. Bugun qilgan qaroringiz kelajagingizni belgilaydi.
Navoiy Innovatsiyalar Universitetida:
🎓 NIU bitiruvchilari ish qidiruvchi emas, balki ish topuvchi va ish yaratuvchi mutaxassislar bo‘lib yetishadi!
— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )
Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Maktab bitiruvchilari yakuniy imtihon natijasi bilan xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
– dedi Prezident.
Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti.
✅ Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.
O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,
– dedi Prezident.
Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi.
Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti.
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.
O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥5👍2
Forwarded from Abit.uz | Rasmiy kanali
Super-kontrakt qachon e’lon qilinadi?
Hozircha aniq sanani hech kim ayta olmaydi. Chunki qonunchilikda super-kontraktni e’lon qilish muddati belgilanmagan. “Bugun”, “erta”, “hafta yakuni” kabi taxminlarning barchasi rasmiy emas. Davlat qabul komissiyasi bayoni tasdiqlanmasdan turib, hech kim aniq sanani aytolmaydi. Ishonch bilan aytish mumkinki, vazirlikdagilar ham jarayonni cho‘zib o‘tirishdan manfaatdor emas, ular topshiriqni imkon qadar tez bajarishga intilishmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, hech bir yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlarga vakant o‘rinlardan tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘pchilik “6-yo‘nalish” deb atagan ushbu jarayon ham ochilishi kutilmoqda. Shu bois bu yana qo‘shimcha vaqt olishi tabiiy.
Qonunchilikda tartib qanday?
Super-kontrakt miqdori, qo‘llanishi va boshqa tartiblari alohida qonun yoki kodeksda emas, balki ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinadi. Ammo qaysi muddatda e’lon qilinishi aniq ko‘rsatilmagan.
Abituriyent nima qilishi kerak?
➖ Rasmiy manbalarni kuzatish
➖ Asossiz gaplarga ishonmaslik – ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlar emas, faqat rasmiy xabar asosli hisoblanadi.
➖ Hujjat va mablag‘ni tayyorlab qo‘yish – muddat qisqa bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldindan tayyorgarlik muhim.
@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus🔴

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍9🔥9
📌 O'zbekistonda yangi texnika universiteti tashkil etildi va unga rektor tayinlandi
Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, universitet muhandislik sohasi uchun xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlaydi hamda akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.
Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, Xudoyqulov Adxam Yusupovich “ToshTech” texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori edi.
Universitet faoliyati "Boston consulting group" (BSG) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni esa 2026/2027-o‘quv yilidan yo‘lga qo‘yiladi. 2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.
Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi. 2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

❤11🔥4👍1