Ta'limda nima gap?
63.1K subscribers
283 photos
131 videos
99 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ayrim talabalarning to‘lov-kontraktining 50 % gacha qismi to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
— Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
— Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
— Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
— Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
— Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
— Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

🤔 bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

🤔 magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagi toifalarlarga amal qilmaydi:

— ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
— qo‘shma taʼlim dasturlari;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16💯2👍1🔥1
#Qabul2025
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 18-19-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
10👍2🔥1
Ta'limda nima gap?
#Qabul2025 ⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi 📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 18-19-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon…
#Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

📆 Apellatsiya arizalari 24-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11👍4🔥1
🎓 Sizda grant asosida talaba bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bor

Renessans ta'lim universiteti abituriyentlarga yangi imkoniyat taqdim etadi. Endi UZBMB (DTM)da to‘plagan ballaringiz bilan 50% va 25% grant asosida ta’lim olish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi? Buning uchun siz UZBMB (DTM)dan kamida 150 (50% grant) hamda 120 ball (25% grant) to'plagan bo'lishingiz kerak.


Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Grantlar soni cheklangan. Hoziroq quyidagi havola orqali ariza qoldiring.

Ariza topshirish
: 👉 www.renessans-edu.uz

Davlat litsenziyasiga ega hamda davlat namunasidagi diplom taqdim etuvchi 30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlariga ega Renessans taʼlim universiteti talabasiga aylaning.

☎️Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin 👈

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
13👍2💯1
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍6🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DTM natijasi — bu yakun emas! 🎓

Bakalavriatga kirish test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun hali imkoniyatlar eshigi yopilmadi.

Navoiy Innovatsiyalar Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

📞Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Bizning manzillar
:
📌Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti to‘lab beriladi

Buning uchun xotin-qizlar 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozishlari kerak bo’ladi, undan kech qolsangiz, davlat kontarkt pulingizni to’lab bermaydi.

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

🔰 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi:
15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
qo‘shma taʼlim uchun.

📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
16👍53💯1
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 28-avgust kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2 - 5-sentabr va 8-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust-sentabr oylaridagi imtihonlar mavjud (eski) yozma topshiriq formati asosida o‘tkaziladi.

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 15-sentabrda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirtqi ta'lim yopildi, endi part-time'da oʻqiymiz

Prezident farmoni PF-76 soniga koʻra, sirtqi ta'lim oʻrniga part-time joriy etildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
137🔥5
⚡️Yurtimiz maktablarida 2025/2026 o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanadi

Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.

Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o'tkaziladi.

📊 Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍93🔥1💯1
❗️1 yil yo‘qotmagan holda talaba boʻling!

🎓 Hurmatli abituriyentlar!


Endilikda siz UZMBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonlarsiz Renessans taʼlim universiteti talabasi bo‘la olasiz.

RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;


Ariza topshirish: 👉www.renessans-edu.uz

UZBMB (DTM)dan kamida 150 ball to'plagan bo'lsangiz – 50% hamda 120 ball to'plagan bo'lsangiz25% grantni qo'lga kritasiz.


☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | @RTUadmin

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram💻Instagram📝Facebook 🟥Youtube 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!

Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Navoiy innovatsiyalar universitetida qabul davom etmoqda!!

Shoshiling, qabul kvotalari to'lib bormoqda!

📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari




Bizning manzillar:

📌Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
#bilasizmi?

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 340 ming so‘m (2023-yil 1-dekabrdan). 50xBHM=17 000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
13🔥21💯1
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11🔥43👍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⁉️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
11
⚡️Darsga kelmagan akademik qarzdor talabaning kursdan kursga qoldirilish tartibi (kredit-modul tizimi boʻyicha)

🔴1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan deylik;
🔴1 kredit 30 soatga teng hisoblanadi;
🔴1 ta fanning 6 krediti esa 180 soatga teng (6•30=180);
🔴180 soatning 40% (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60% (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.

❗️Agara talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini yaʼni 18 soatni qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba esa akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31👍7💯62🔥2
#mandat #magistratura #qabul2025

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda


2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
23👍1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

❗️Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
4👍1🔥1
Ta'limda nima gap?
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: 1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;…
❗️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot

1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?

yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;
davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Samarqand shahrida ro‘yxatda turgan talaba Samarqand shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Kattaqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;
davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.


2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?

Har oy uchun:

Toshkent shahrida
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
(412 ming so‘m)
;
Boshqa hududlarda
— yarim baravar
(206 ming so‘m)
.


3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart

Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk
ijara shartnomasi bo‘lishi kerak,
yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.

Yagona istisno:
1-kurslarga dastlabki
sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan
to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda,
ularning barchasi
ijara shartnomasida
qayd etilgan
bo‘lishlari shart.

❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.

4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?

— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
— o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.

❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.

5️⃣ Ariza qanday beriladi?

Arizalar har oyning
7-sanasiga qadar
onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:

kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi;
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.


6️⃣ Rad etish asoslari

Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa —
rad etiladi
.

Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin.

Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.


7️⃣ Tugatilishi shartlari

Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa —
to‘lov to‘xtatiladi.


Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak.


ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
27👍32🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishga kira olmadingizmi? Rossiyaga ketishga shoshilmang !

Kelajakni chetda qidirish shart emas. Navoiy innovatsiyalar universitetining Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi kampusida talabalikni boshlang!

Sizning ham to'g'ri qaror qabul qilish vaqtingiz keldi. Shoshiling, cheksiz imkoniyatlar va grantlar sizni kutmoqda!

📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Bizning manzillar:

📌Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, " Oqkamar " MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥31