Ta'limda nima gap?
76.4K subscribers
374 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
#abituriyent #qabul2025


✅ Umumiy qabul kvotalari:

➖ Kunduzgi — 148 ming 400 ta;
➖ Kechki — 28 ming 732 ta;
➖ Masofaviy — 18 ming 195 ta.


📍 Maqsadli qabul kvotalari (kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotalar doirasida):

➖ Maktab ta’limi — 626 ta;
➖ Sog‘liqni saqlash — 1 ming 173 ta;
➖ San’at — 4 ta;


❇️ Qo‘shimcha kvotalar:

➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3 ming 907 ta;
➖ Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar — 1 ming 953 ta;
➖ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 1 ming 775 ta;
➖ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari — 710 ta;
➖ Harbiy tavsiyanoma — 9 ming 766 ta;
➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 4 000 ta (davlat granti);
➖ Besh yil stajga ega xotin-qizlar — 2 ming 500 ta (to‘lov-kontrakt);


❕ Qo‘shimcha ma’lumotlar

➖ Davlat buyurtmasi parametrlari (ta’lim yo‘nalishlari kesimida - 4 yillik);
➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa);
➖ Davlat granti kvotasi ulushi (ta’lim yo‘nalishlari kesimida, foizda);
➖ Tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi”);
➖ Maqsadli qabul;
➖ 2025–2026-oʻquv yili uchun minimal o‘tish ballari;
➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratilgan kvota taqsimlangan sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
➖ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali.

❕ Diqqat! Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari tanlash (my.uzbmb.uz sayti orqali) 8-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18💯2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

⚡️ Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning oxirgi kuni

Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14💯3⚡2👍2
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤16👍2
#magistratura2025

⚡️11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


✅ 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


🟥Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli muayyan (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa) sabablarga koʻra rad etilgan.

⭐️Shuni inobatga olib, my.edu.uz tizimidan magistraturaga oʻqishga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar mavjud boʻlganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

❌Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma, xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar esa koʻrib chiqilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍2⚡1
❗️"Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin! Hatto hujjat topshirishga ulgurmagan va imtihonga kechikkanlar ham!

— Hujjatlar shu yilning 31-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.

❗️56.7 balldan past ball toʻplagan abituriyentlar ham talaba boʻlishlari mumkin!

Yaʼni, abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadi. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, otning kallasidek 200 mlnlab kontrakt toʻlashdan koʻra🙅🏻‍♂ yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun,
— GRANT uchun kvotalar ajratgan;
— Yillik 6 mln so'mlik stipendiya ajratilgan;
— Yotoqxona bilan taminlangan;
— 20 ga yaqin yoʻnalishlari;
— 3 ta magistatura;
— Kontraktni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin boʻlgan


Zamkonaviy innovatsion universitetda, oʻqishni tavsiya qilamiz!

👉 UZBMB natijasi bilan topshirish;
👉 O’qishni ko’chirish;
👉 Magistratura.

murojaat uchun:
+998555000043

Telegram
❤19👍2⚡1🔥1💯1
⚡️Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi

📆 2025-yil 11-avgust kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi.

📍Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshirdi.

✅ Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍5⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Texnikum diplomi bilan qayerlarda ishlash mumkin? Texnikumlarda qanday mutaxassisliklar tayyorlanadi? O‘qishga qabul qilish tartibi qanday?

Ayni shu kabi savollarga “O‘zbekiston24” radiosining “Dolzarb mavzu” eshittirishida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Eslatma: Texnikumlarga hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤13
⚡️ Yakuniy mandat natijalari e’lon qilindi!

Natijangizni @DTMSTAT_BOT orqali darhol ko‘ring.

1️⃣ “MANDAT NATIJASI” ni bosing
2️⃣ Abituriyent ID raqamingizni kiriting
3️⃣ Natijangiz chiqadi


Holat turlari:
🟢 Davlat granti
🟡 To‘lov-kontrakt
🔴 Talabalikka tavsiya etilmadi
+ tanlangan yo‘nalish va tafsilotlar

👉 Hoziroq kiring: @DTMSTAT_BOT

#tezkor #rasman
❤15🔥5⚡2👍1
⚡️DTM BALINGIZ BILAN IMTIHONSIZ TALABA BO'LING!

✅ Test sinovlarida past ball to'plagan bo'lsangiz endi muammo emas! – Siz ham Grant asosida talaba bo‘lishingiz mumkin!

Agar siz ham DAVLAT NAMUNASIDAGI diplom, STIPENDIYA va GRANT qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz — hoziroq qo‘ng‘iroq qiling!

❓Nega Navoiy Innovatsiyalar Universitetini tanlash kerak?
➖ 2 mlrd so'mlik grant
➖ Yiliga 6 mln. so'mlik stipendiya
➖
Davlat namunasidagi diplom
➖ Sifatli ta'lim
➖ Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy o'quv binolari

☎️ Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

Bizning manzillar:
📌 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📌 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 📷Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍1
⚡️Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

✅ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤22💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abu Rayhon Beruniy Universiteti da 2025-2026-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda!

🎓Yo‘nalishlar:

• Yurisprudensiya
• Iqtisodiyot
• Psixologiya
• Tarix
• O‘simliklar himoyasi va karantini

📥Ikkinchi kursdan oʻqishni koʻchirish imkoniyati mavjud. (Перевод)

💸Kontrakt: narxlari 10 mlndan boshlanadi...


📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portal ( arbu-edu.uz ) va telegram bot : @qabul_arbu_bot
orqali qabul qilinadi. Video qoʻllanma

📞Murojaat uchun:
+998559037007 | @arbu_admins

📌Manzil: Toshkent, Quyi Chirchiq.

🖊Litsenziya (№ 363695, 21.08.2024-y.)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?
#abituriyent

❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.

Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.

mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k, yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.

Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
❤33
📈 Diplom yetishmayaptimi?
Daromadingizni oshirish va yangi imkoniyatlar eshigini ochish vaqti keldi!

🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universiteti sizga:
✅ 18 ta zamonaviy bakalavriat va 3 ta magistratura mutaxasisliklari
✅ Amaliyotga yo‘naltirilgan darslar
✅ Ish + o‘qish uyg‘unligi
✅ Ishga joylashishda ko‘mak
✅ 2 mlrd so'mlik grant va stipendiyalar

🏛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida zamonaviy o'quv binolari

— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari

🌟 Bugun hujjat topshiring — kelajagingizga sarmoya kiriting!

📞 +998-55-500-00-43

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
⁉️Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni har yili to'lanadimi

Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
O‘qishga kirishga yetarli ball to‘play olmadingizmi?

“Hammasi tugadi”, - deb o‘ylashga shoshilmang. Sizda yana bir ajoyib imkoniyat bor.

🎓Hurmatli abituriyentlar!

Endilikda siz UZBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonsiz Renessans ta’lim universiteti talabasi bo‘la olasiz.

Davlat litsenziyasiga ega hamda davlat namunasidagi diplom taqdim etuvchi 30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlariga ega Renessans taʼlim universiteti talabasiga aylaning.

Buning uchun hoziroq rasmiy saytimiz orqali ariza topshiring
👉 www.renessans-edu.uz

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, bugunoq talaba boʻling!

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin 👈

📄 Litsenziya (№ 715272, 18.11.2022)

📍 Manzil: Toshkent shahri , Samarqand darvoza koʻchasi, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
❤12
⚡️1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!

2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi.

Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.

Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.

Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤29🔥2💯2