Ta'limda nima gap?
76.4K subscribers
374 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari

📝 Jami: 1 ming 775 ta (davlat granti asosida).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2025.pdf
160.1 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun

Bojxona
xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 710 ta (davlat granti asosida).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2025.pdf
248.4 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 9 ming 766 ta (davlat granti asosida):

➖ kunduzgi – 7 420 ta (grant - 1 775, kontrakt - 5 645);
➖ kechki – 1 436 ta (kontrakt);
➖ masofaviy – 910 ta (kontrakt).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
Davlat buyurtmasi parametrlari - 2025-2028.pdf
304.4 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

DAVLAT BUYURTMASI (davlat granti)

✅
Kunduzgi ta’lim shakli uchun

2025/2026-o‘quv yili
va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

➖ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
➖ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
➖ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
➖ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta;

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
Ayrim_ta’lim_yo‘nalishlari_bo‘yicha_qabul_parametrlarining_taqsimlanishi.pdf
191.3 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

✅ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi

Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8⚡2
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi - 2025.pdf
274.2 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

✅ Davlat granti kvotasi ulushi

2025–2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti

❓ Davlat granti kvotasi ulushi nima?

Davlat granti kvotasi ulushi — OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishiga kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotaning qanchasi (foiz hisobida) davlat granti asosida bo‘lishi mumkinligi.

Misol uchun, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi uchun davlat granti kvotasi ulushining chegarasi — 30%.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan jami kvota — 50 ta.

Davlat granti kvotasi ulushining chegarasini aniqlash uchun 50 ta kvotaning 30 foizini hisoblashimiz kerak bo‘ladi.

Demak, O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilishi mumkin bo‘lgan davlat granti asosidagi kvotaning maksimal soni — 15 ta (50 x 30 / 100 = 15).

❕ Bu O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishiga davlat granti asosida ajratilishi mumkin bo‘lgan kvotaning maksimal soni (aniq shuncha oladi degani emas).

Qaysi OTM qancha grant kvota olishi ushbu OTMni tanlagan abituriyentlarning bilimiga bog‘liq.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tezkor: Abituriyent yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida faoliyat yuritayotgan
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti sizga ta’lim olish uchun IMKONIYAT va IMTIYOZLAR taqdim etadi.

✅ 2 milliard so‘mlik grant va stipendiyalar;
✅ Bir oila a’zolari uchun 10% chegirma;
✅ Bir maktab bitiruvchilari uchun 10% chegirma;
✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga 10% chegirma;
✅ Rasmiy ish joyiga ega bo‘lganlarga 10% chegirma;
✅ Til sertifikatiga ega abituriyentlarga 10% chegirma.

🔈 Kelajagingizga investitsiya qilish uchun ayni fursat!

Agar siz ham davlat namunasidagi diplom, sifatli ta’lim va grant qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz — hoziroq qo‘ng‘iroq qiling!

📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
—
Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 ))

Bizning manzillar:

📍Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, "Oqkamar" MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 📷Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
Renessans taʼlim universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

🎓Hurmatli abituriyentlar!


Endilikda siz UZMBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonsiz Renessans taʼlim universiteti talabasi bo‘la olasiz.

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.


📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin 👈

📄 Litsenziya (№ 715272, 18.11.2022)

📍 Manzil: Toshkent shahri , Samarqand darvoza koʻchasi, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
❤1
#Eslatma

Grant taqsimoti uchun ariza berish 10-avgustga qadar davom etadi


🗣Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.

Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

☑️ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);

☑️ Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);

☑️OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli abituriyentlar! Bu videoni ko'rmasdan avval yo'nalish tanlamang!

📈 Har 2 abituriyentdan 1 tasi talaba!
❌ Yo'nalish tanlashga shoshmang!
✅ @DTMSTAT_BOT orqali tahlil qiling!

📉 Har yili yuz minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchungina o'qishga kira olmaydi.

Endi unday bo'lmaydi!
56.7+ ball to'plagan bo'lsangiz bas!

Oʻzida 2021-2022-2023-2024 yillardagi barcha oʻtish ballarini jamlagan @DTMSTAT_BOT sizga toʻgʻri tanlov qilishda yaqindan yordam beradi.

🆔 Shunchaki botga ID raqam kiriting!
✊ Bot shunchaki SUPER!

➡️ @DTMSTAT_BOT
➡️ @DTMSTAT_BOT
➡️ @DTMSTAT_BOT

Yaqinlarga maksimal yuborib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Ertaga “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni
#perevod

Xorijdan, shuningdek, O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat oliygohlardan o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlagan talabgorlar ertaga, 5-avgust kuni, soat 23:59 gacha ariza yuborishlari kerak.

📋 Bunda arizalar quyidagi sahifalar orqali qabul qilinmoqda:

1️⃣ https://my.uzbmb.uz/service/41 sahifasi orqali:

🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.

2️⃣ transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bitta oliygoh ichida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

💰 my.uzbmb.uz sayti orqali ariza yuborganlar testga kirishi kerak. Shu sababli ular test uchun to‘lov qilishlari ham lozim. To‘lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Testdan o‘tish ballari yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan.

❗️Arizangiz hali ham “ko‘rib chiqilmoqda” maqomida turgan bo‘lsa, bundan xavotir olmang, demak, hujjatlaringiz o‘rganib chiqilmoqda. Agar mabodo arizangiz rad etilsa, qayta tahrirlash va xatoni to‘g‘rilash uchun qo‘shimcha vaqt beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤19⚡2💯1
❓ Maqsadli qabul nima?

✅ Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun maktab ta’limiva sog‘liqni saqlash sohalariga tumanlar kesimida, san’at sohasiga teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan.

Maqsadli kvota uchun tanlovda faqatgina ushbu hududda doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan) abituriyentlargina qatnasha oladi.

Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga davlat granti to‘liq o‘qish davri (4 yil yoki 6 yil) uchun beriladi.

Bunda abituriyentga OTMni tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

— — —

❓ Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi?


✅ Javob: maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli kvota bo‘yicha, ham umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi.

Misol uchun, Zomin tumanidan bo‘lgan abituriyent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kunduzgi ta’lim shakli, o‘zbek tili, “Davolash ishi (Zomin tumani)” ta’lim yo‘nalishini tanlasa:

1️⃣ Dastlab Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Zomin tumani uchun Davolash ishi yo‘nalishiga ajratilgan 3 ta maqsadli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

2️⃣ Agar maqsadli kvotaga bali yetmasa, ushbu ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❕ Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent umumiy tanlovda ishtirok etmaydi.

— — —

❓ Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak?

✅ Javob: Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q.

Abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlasa ham, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlasa ham maqsadli qabul uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin.

— — —

❓ Abituriyent 5 ta yo‘nalishdan nechtasini maqsadlidan tanlashi mumkin?


✅ Javob: maqsadli kvota ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda hech qanday cheklov yo‘q.

Abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishini ham maqsadli kvota ajratilgan yo‘nalishlardan tanlashi mumkin (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa).

— — —

❓ Abituriyent barcha ta’lim yo‘nalishlarini maqsadli bo‘yicha tanlasa, tanlov qanday amalga oshiriladi?


✅ Javob: maqsadli kvota ajratilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlarlar har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dastlab maqsadli, soʻngra umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❕ Agar abituriyent maqsadli kvota doirasida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16⚡1👍1💯1
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar - 2025.pdf
180.7 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 4 ming ta (davlat granti asosida):

➖ aniq va tabiiy fanlar – 806;
➖ texnika fanlari – 161;
➖ tibbiyot fanlari – 1 046;
➖ boshqa yo‘nalishlar – 1 987.

Hududlar bo‘yicha:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍 Andijon viloyati – 312;
📍 Buxoro viloyati – 180;
📍 Jizzax viloyati – 233;
📍 Qashqadaryo viloyati – 337;
📍 Navoiy viloyati – 196;
📍 Namangan viloyati – 382;
📍 Samarqand viloyati – 508;
📍 Surxondaryo viloyati – 318;
📍 Sirdaryo viloyati – 140;
📍 Toshkent viloyati – 218;
📍 Farg‘ona viloyati – 529;
📍 Xorazm viloyati – 275;
📍 Toshkent shahri – 88.

❗️
Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat KUNDUZGI ta’lim shakli uchun amal qiladi.

✅ Mazkur
tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16⚡2💯1
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2025

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2025–2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlangan.

✅ Unga ko‘ra:

➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%).

📌 Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu toifadagi abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida tanlovni amalga oshirishda minimal oʻtish bali istisno tariqasida 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilangan.

❗️ Diqqat! Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar (imtiyozga ega abituriyentlar ham) oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16⚡3💯1
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha asosiy ma’lumotlar
#abituriyent #qabul2025


✅ Umumiy qabul kvotalari:

➖ Kunduzgi — 148 ming 400 ta;
➖ Kechki — 28 ming 732 ta;
➖ Masofaviy — 18 ming 195 ta.


📍 Maqsadli qabul kvotalari (kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotalar doirasida):

➖ Maktab ta’limi — 626 ta;
➖ Sog‘liqni saqlash — 1 ming 173 ta;
➖ San’at — 4 ta;


❇️ Qo‘shimcha kvotalar:

➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3 ming 907 ta;
➖ Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar — 1 ming 953 ta;
➖ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 1 ming 775 ta;
➖ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari — 710 ta;
➖ Harbiy tavsiyanoma — 9 ming 766 ta;
➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 4 000 ta (davlat granti);
➖ Besh yil stajga ega xotin-qizlar — 2 ming 500 ta (to‘lov-kontrakt);


❕ Qo‘shimcha ma’lumotlar

➖ Davlat buyurtmasi parametrlari (ta’lim yo‘nalishlari kesimida - 4 yillik);
➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa);
➖ Davlat granti kvotasi ulushi (ta’lim yo‘nalishlari kesimida, foizda);
➖ Tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi”);
➖ Maqsadli qabul;
➖ 2025–2026-oʻquv yili uchun minimal o‘tish ballari;
➖ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratilgan kvota taqsimlangan sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;
➖ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali.

❕ Diqqat! Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari tanlash (my.uzbmb.uz sayti orqali) 8-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18💯2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

⚡️ Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning oxirgi kuni

Bugun, 8-avgust soat 23:59 ga qadar oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar quyidagilarni tanlashi lozim:

➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14💯3⚡2👍2
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤16👍2