Ta'limda nima gap?
76.4K subscribers
374 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️ Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

Abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

✅8-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍2🔥2
Bojxona_2foizli_grant_kvota_2025.pdf
10.1 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha kvota


Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

✅ Jami: 710 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tanlovda birinchi tanlangan taʼlim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. Shu bois, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyentlar birinchi taʼlim yo‘nalishiga albatta kunduzgi ta’lim shaklini tanlashi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤13🔥2⚡1
🤩 Endi hamma talaba bo'ladi!
👎 Endi talaba bo'lmaslikning iloji yo'q!

Bilasiz, hozir kirish imtihonlarining eng muhim – yo'nalish tanlash bosqichi davom etmoqda.

— 58 ball to'pladim, qayerga kirsa bo'ladi?

— 70 ball bilan qayerga grantga kirsa bo'ladi?

— 90 ball tibbiyot yo'nalishiga yetadimi?


Shunga o'xshash savollar ko'pchilik abituriyentlarni qiynamoqda. Endi bu botdagi ma'lumotlarni o'sha abituriyentlarga bemalol pulga sotsangiz ham bo'ladi:

1⃣. @DTMSTAT_BOT ga kirasiz;

2⃣. /start bosib ro'yxatdan o'tib olasiz

3⃣. "QAYERGA TOPSHIRISH MUMKIN?" knopkasini bosasiz;

4⃣. Abituriyent ID raqamni kiriting va tamom! O'zingiz istagan ma'lumotlarni aniqlang!


Bot sizga 2024-yilgi o'tish ballari asosida sizga kirish ehtimolingiz yuqori bo'lgan barcha yo'nalish va universitetlarni taklif etadi. Ro'yxatdagilarni tahlil qiling va to'g'ri tanlovni bajaring!

Barchaga omad! Yaqinlarga yuborib qo'ying!
Talabalikda ko'rishguncha!


👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20
❓Davlat granti uchun chegara nima degani?
#abituriyent

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 145 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi — 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiya kvotasi — 550 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh o’zi uchun uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uchun davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiyasiga jami 550 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu 550 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yo’nalishi uchun grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 55 tagacha grant olishi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 495 ta kvotasi kontrakt bo’ladi.

55 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 145 ta grantning 55 tasini TDYU olsa, qolgan 90 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤24
⚡️To'plagan ballini to'g'ri tahlil qilgan har 2 abituriyentdan 1 nafari talabalikka tavsiya etilishi mumkin!

❌ Faqat, balli 56.7 dan past bo'lmasa!

Shunchaki, botga ID kod yuboring:

📊 Nechinchi o'rinda turganingizni;
📈 Qaysi yo'nalishlarni tanlashingizni;
📉 2021-2022-2023-2024 yilgi o'tish ballarini aniqlang!


Abituriyentlar, DTMSTAT yangilandi

To'plagan ballingizga mos yo'nalishlarni tanlash davomida ularning o'tish ballarini ham ko'rib borishingiz mumkin.

📉 Har yili yuz minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchungina o'qishga kira olmaydi. Bu yil unday bo'lmaydi.

Endi hammasi o'zgaradi. Sinab ko'ring:

👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT

Abituriyentlarga tarqatib qo'ying!
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Hurmatli abituriyentlar! Bu videoni ko'rmasdan avval yo'nalish tanlamang!

📈 Har 2 abituriyentdan 1 tasi talaba!
❌ Yo'nalish tanlashga shoshmang!
✅ @DTMSTAT_BOT orqali tahlil qiling!

📉 Har yili yuz minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchungina o'qishga kira olmaydi.

Endi unday bo'lmaydi!
56.7+ ball to'plagan bo'lsangiz bas!

Oʻzida 2021-2022-2023-2024 yillardagi barcha oʻtish ballarini jamlagan @DTMSTAT_BOT sizga toʻgʻri tanlov qilishda yaqindan yordam beradi.

🆔 Shunchaki botga ID raqam kiriting!
✊ Bot shunchaki SUPER!

➡️ @DTMSTAT_BOT
➡️ @DTMSTAT_BOT
➡️ @DTMSTAT_BOT

Yaqinlarga maksimal yuborib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21⚡4💯4🔥2
Tanlov ustuvorligi
#abituriyent #test2025

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

✅ Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


✅ Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤19👍6💯4⚡3🔥1
❗️KVOTA-2025
#abituriyent

BAKALAVR:

➖ KUNDUZGI — 148 400 nafar;

➖ KECHKI — 28 ming 732 nafar;

➖ MASOFAVIY — 18 ming 195 nafar.

MAQSADLI QABUL:

➖ Sog‘liqni saqlash (1 173);

➖ Maktab ta’limi (626);

➖ San’at sohasi (4).

IMTIYOZLI KVOTALAR:

➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 500 ta);

➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 907 ta).

QOʻSHIMCHA KVOTALAR:

➖Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun (1 953 ta);

➖Qurolli Kuchlar 5 foizli (9 766 ta)

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤17🔥1
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar - 2025.pdf
207.3 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 1 ming 953 ta (davlat granti asosida):

➖ kunduzgi – 1 484 ta;
➖ kechki – 287 ta;
➖ masofaviy – 182 ta.

✅ Ushbu kvota quyidagi abituriyentlar uchun beshta ta’lim yo‘nalishi (oliy ta’lim muassasasi) uchun ham amal qiladi:

— Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari;

— vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar;

— ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan (tashlab ketilgan) ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar;

— nikohda bo‘lmagan onaning (yolg‘iz onaning) vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍1
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

❗️Eslatma: O‘quvchi to‘plagan balli asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya berish huquqiga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤10👍6💯2
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar - 2025.pdf
158.7 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun

Jami
: 2 500 ta (to‘lov-kontrakt asosida)

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

❗️ Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2025.pdf
186.2 KB
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, o‘tgan yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlarga oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan tavsiyanomalar ham mavjud.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤22
⚡️Eslatma: 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish davom etmoqda

O‘tgan yillardagi kabi, joriy yilda ham akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratilgan.

Gap shundaki, 9-sinf bitiruvchilari my.edu.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabinet orqali texnikumlar qabuliga ham bir vaqtning o‘zida onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bu imkoniyat akademik litseylarning saralash bosqichidan o‘ta olmagan abituriyentlarga texnikumlarda o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

🗓 Texnikumlarga ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-avgust (shu kuni ham)

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: my.edu.uz platformasida

▶️ Video yo‘riqnoma

Eslatma: Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga (shu kuni ham) qadar uzaytirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍1
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 2 ming 485 ta (davlat granti asosida):

➖ Milliy gvardiya – 710 ta;
➖ Mudofaa vazirligi – 789 ta;
➖ Harbiy prokuratura – 9 ta;
➖ Ichki ishlar vazirligi – 177 ta;
➖ Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 231 ta;
➖ Davlat xavfsizlik xizmati – 497 ta;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 36 ta;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi – 36 ta.

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari

📝 Jami: 1 ming 775 ta (davlat granti asosida).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2025.pdf
160.1 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun

Bojxona
xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 710 ta (davlat granti asosida).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2025.pdf
248.4 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

QO‘SHIMCHA KVOTA

✅
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti

📝 Jami: 9 ming 766 ta (davlat granti asosida):

➖ kunduzgi – 7 420 ta (grant - 1 775, kontrakt - 5 645);
➖ kechki – 1 436 ta (kontrakt);
➖ masofaviy – 910 ta (kontrakt).

❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
Davlat buyurtmasi parametrlari - 2025-2028.pdf
304.4 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

DAVLAT BUYURTMASI (davlat granti)

✅
Kunduzgi ta’lim shakli uchun

2025/2026-o‘quv yili
va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:

➖ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
➖ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
➖ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
➖ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta;

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
Ayrim_ta’lim_yo‘nalishlari_bo‘yicha_qabul_parametrlarining_taqsimlanishi.pdf
191.3 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

✅ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi

Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8⚡2
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi - 2025.pdf
274.2 KB
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota

✅ Davlat granti kvotasi ulushi

2025–2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti

❓ Davlat granti kvotasi ulushi nima?

Davlat granti kvotasi ulushi — OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishiga kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotaning qanchasi (foiz hisobida) davlat granti asosida bo‘lishi mumkinligi.

Misol uchun, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi uchun davlat granti kvotasi ulushining chegarasi — 30%.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan jami kvota — 50 ta.

Davlat granti kvotasi ulushining chegarasini aniqlash uchun 50 ta kvotaning 30 foizini hisoblashimiz kerak bo‘ladi.

Demak, O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilishi mumkin bo‘lgan davlat granti asosidagi kvotaning maksimal soni — 15 ta (50 x 30 / 100 = 15).

❕ Bu O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishiga davlat granti asosida ajratilishi mumkin bo‘lgan kvotaning maksimal soni (aniq shuncha oladi degani emas).

Qaysi OTM qancha grant kvota olishi ushbu OTMni tanlagan abituriyentlarning bilimiga bog‘liq.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tezkor: Abituriyent yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida faoliyat yuritayotgan
Navoiy Innovatsiyalar Universiteti sizga ta’lim olish uchun IMKONIYAT va IMTIYOZLAR taqdim etadi.

✅ 2 milliard so‘mlik grant va stipendiyalar;
✅ Bir oila a’zolari uchun 10% chegirma;
✅ Bir maktab bitiruvchilari uchun 10% chegirma;
✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga 10% chegirma;
✅ Rasmiy ish joyiga ega bo‘lganlarga 10% chegirma;
✅ Til sertifikatiga ega abituriyentlarga 10% chegirma.

🔈 Kelajagingizga investitsiya qilish uchun ayni fursat!

Agar siz ham davlat namunasidagi diplom, sifatli ta’lim va grant qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsangiz — hoziroq qo‘ng‘iroq qiling!

📞 Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

— Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
—
Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 ))

Bizning manzillar:

📍Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, "Oqkamar" MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 📷Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14