Ta'limda nima gap?
79.3K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
🚇 Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi bilan talabalar bilan bo'lishing

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍83
🫠Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

🙋🏻‍♂️erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻‍♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

👨‍🎓Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🔹 100 491 nafari (52 %)erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;

🔵 to‘lov-kontrakt asosida:

👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

▶️Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

🔸Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸“Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

⬇️Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤔43👏2🥰1
⚡️Talaba-yoshlar uchun ajoyib yangilik!

Bu ajoyib tashabbusga o'xshaydi! “MAAB Innovation” MChJ tomonidan taqdim etilayotgan “Roommate” ilovasi oliy o‘quv yurtiga kirayotgan talabalar uchun o‘z universitetidan mos ijaraga turar joy va potentsial xonadoshlarni topish uchun qulay platformani taqdim etadi.

🌐Ushbu innovatsion ilova yordamida yashash uchun joy izlayotgan talabalar oʻz universitetidagi boshqalar bilan bogʻlanib, ijaraga uyni baham koʻrish uchun mos xonadosh topishlari mumkin.

Ushbu tashabbus talabalar uchun munosib turar joy topish jarayonini osonlashtirish va universitet talabalari oʻrtasida hamjamiyat hissini rivojlantirishga qaratilgan.

📱Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏1
🏠 Yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

‼️Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 240 o‘rinli davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

☝️Unda institut faollari, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etdi. Yangi binoda dars tayyorlash uchun alohida xonalar, kutubxona, karaoke zali, kompyuter xonasi, qizlar hamda yigitlar uchun alohida sport xonalari mavjud bo‘lib, unda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari mumkin.

📌Shuningdek bugun 375 o‘rinli talabalar turar joyining taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimot ishtirokchilariga yotoqxonaning avvalgi va hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi. Qayd etilganidek, turar joy sport maydoniga katta o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, futbol maydoni to‘liq sun’iy chim bilan qoplangan. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha sport jihozlari o‘rnatilib, binoning hovli qismi obodonlashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍181
🔥 Kunning imkoniyati

Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships

Gollandiyada magistratura dasturlari uchun to'liq stipendiya. Qabul qiluvchi davlat Delft Texnologiya Universiteti, dunyodagi eng yaxshi texnik universitetlardan biri.

Universitetning istalgan bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Grantlar o'qish to'lovlarini qoplaydi va talabalarga yashash uchun nafaqa beradi.

Grantning muddati ikki yil.

Tugash muddati: 1 dekabr.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍41🐳1
‼️Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤔42
👩‍👩‍👦Ota-ona istalgan payt bolasining sinfini o‘zgartira oladimi?

✔️Ha, ota-onalar o‘quv yili davomida yoki undan keyin farzandlarining sinfini o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun ular maktab direktori nomiga o‘tkazish sababini ko‘rsatgan holda ariza yozishlari kerak. Tegishli hujjatga ko‘ra!

👀Direktor rad etishi ham mumkinmi?

Arizani direktor 1 ish kunida ko‘rib javob aytishi kerak. Sinfdagi o‘quvchilar soni normadan ko‘p bo‘lganda o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazishni rad qilish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233🔥1
➡️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari

📆 2023-yil 29-30-avgust kunlari o‘tkazilgan Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍31
📌 O‘qituvchilar toifa oladigan imtihon o‘zgaryapti

Endi o‘qituvchilar oldingiday test ko‘rinishida emas, balki boshqacha 2 ta bosqichli imtihondan o‘tib toifa oladi.

1️⃣-bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar 2-bosqichga o‘tadi.

2️⃣-bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Yangi tartib bu yil 20 ta tumanda sinovdan o‘tadi.

◀️Butunlay qachon amalga kiritiladi?

O‘zi Ta’lim inspeksiyasi tugatilib, bahorgi attestatsiya o‘tkazilmagandi. O‘qituvchilarga birdan yangi tartib bo‘yicha imtihon topshirishlari aytilgandi. Endigi vaziyat qanday bo‘ladi, 20 ta tumanda yangi tartib qo‘llansa, qolganlar eski tartib bo‘yicha attestatsiyadan o‘tib turadimi, bu aniq emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212
🎓1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

📣 O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

Kanselyariya buyumlaridan:

Qalam (rangli ixtiyoriy)
Daftar (5-6 dona)
Matnni belgilash uchun markerlar
Mavzularni yozib olish uchun kundalik
Fayllar
Qog'oz qisqichlari
Stapler
Oddiy qalam
Lineyka (foydali)

💻 Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

📌 Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49😁199🤣8🤔6🔥2
14 ta ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul yopilgan

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

📝2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan tanishib o'tishingiz mumkun.

📣 Ushbu tartib Respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliygohlar uchun taalluqlidir.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🤔53🤯3🔥2
‼️Talabalar diqqatiga!

2023–2024-yil oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni oʼz vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yoʼnalishlarda qoʼshimcha avtobus qatnovlari yoʼlga qoʼyildi:

🚂Urganch-Toshkent
🚂Xiva-Toshkent
🚂Buxoro-Toshkent
🚂Toshkent-G‘ijduvon
🚂Toshkent-Qorako‘l
🚂Toshkent-Shofirkon

☝️Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentyabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

🚍Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki elektron tarzda xarid qilish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍202🤔2🔥1
⚡️Qo'shma ta'lim dasturidan nodavlat oliygohga o'qishni ko'chirish mumkin

Qo'shma ta'lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar o'qishini nodavlat oliygohlariga ko'chirishi mumkin. Bu bo'yicha cheklov yo'q, quyidagi qarorda ham faqatgina davlat oliygohiga ko'chirish mumkin emasligi keltirilgan.

📌 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarorining 4-bob, 28-bandida qo'shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan talabalar "...boshqa O'zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim tashkilotiga ko'chirishiga ruxsat etilmaydi" deyilgan.

⚠️ Shunday ekan, nodavlat oliygoh rasmiylari bemalol qo'shma ta'lim dasturi talabalarini o'qishga qabul qilishingiz (o'qishini ko'chirishingiz) mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥32
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 32 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

✍️ 32 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Bilimni baholash agentligi jamoasi O‘zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ va ulug‘ ayyom bilan qizg‘in muborakbod etadi! Shu bilan birga, mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad tilaydi! 

Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥8👏42
⚡️Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni har yili to'lanadimi?

Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍263🔥2🤔1
👀Kontraktni bo‘lib to‘lash muddatlari qanday?

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:

➡️ belgilangan to'lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:

➡️1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:

➡️belgilangan to'lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;

➡️75% 1-aprelgacha;

➡️100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

➡️xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤔52😢2
🎓Talabalarga yotoqxonadan joy tarqatish davom etmoqda

✔️my.gov.uz portali orqali ko‘plab talabalar hujjat topshirgani quvonarli.

☝️31 avgust soat 21:00 holatiga ko‘ra talabalar turar joylariga joylashtirish uchun 12 728 ta yo‘llanma shakllantirildi.

Qolgan arizalarni ko'rib chiqish hali ham davom etmoqda.

👆Yotoqxonaga yo’llanma yuqoridagi rasmdagidek ko’rinishga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤯2
💵 Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab berishi kerak. Kimlarniki to‘lanadi?

🎓 Har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.

👩 Qaysi toifadagi qizlar?

➡️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
➡️yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
➡️boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.

Shu toifaga kirsa ham, lekin:

➡️ikkinchi mutaxassislikda;
➡️O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥32
🚇 Imtiyozli transport kartalari

◀️Imtiyozli transport karta nima?
Imtiyozli transport karta o’quvchi, talaba, nafaqaxo’r va nogironlar uchun maxsus tarif xarid qilingan taqdirda 50% chegirma bilan imtiyoz evaziga yo’l haqi uchun to’lash imkonini beradi.

◀️Qanday turdagi imtiyozli transport kartalari mavjud?
Ayni paytda jamoat transportida - o'quvchi (yashil), talaba (sariq), nafaqaxo'r va nogironlar uchun ijtimoiy (qizil) imtiyoz evaziga yo’l haqi uchun to’lov amalga oshirish huquqiga ega bo'lgan yo'lovchilar uchun uch xil turdagi transport kartalari muomalaga kiritildi.

◀️Imtiyozli transport karta nima bilan farq qiladi?
Imtiyozli transport kartasi Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga va jamoat transportida imtiyoz orqali foydalanish huquqini beruvchi hujjat raqamiga (maktab/litsey/ta'lim muassasidan olingan ma'lumotnoma, talaba guvohnomasi raqami, nogiron yoki nafaqaxo’r guvohnomasi) bog'liq.

◀️Imtiyozli transport kartani qayerdan sotib olish mumkin?
Hozirgi vaqtda imtiyozli transport kartalarini faqat "Toshyo’lovchitrans" UKning oylik yo’l chiptalari savdo shahobchalarida xarid qilish mumkin. Kartaning narxi 10 000 so'm.

◀️Imtiyozli transport kartani olish uchun qanday hujjatlar kerak?

imtiyozli transport kartasini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

👉Talabalarga- pasport va talabalik guvohnoma nusxasi;
👉Nafaqaxo'rlarga- pasport va nafaqaxo'r guvohnomasi nusxasi;
👉O'quvchilarga- ota-onalardan birining pasportining nusxasi,maktab/licey/ta'lim muassasidan olingan ma'lumotnoma, o'quvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi.

◀️Imtiyozli transport kartasi uchun tarifni qanday sotib olish mumkin?

Tegishli tarifni bir necha usulda tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin:

👉«АТТО» mobil ilovasi orqali
👉atto.uz saytining shaxsiy kabineti orqali
👉«Toshyo’lovchitrans» AJ ning savdo shahobchalari orqali

Shuni ta'kidlash kerakki, agar yo'lovchi transport kartasi balansini to'ldirgan va tarif rejasini sotib olmagan bo'lsa, yo'l davomida pul oddiy transport kartadan yechib olingani kabi yo'l haqi uchun 1400 so'mdan yechiladi.

◀️«АТТО» imtiyozli transport karta balansini qanday to'ldirish mumkin?

👉АТТО» transport karta balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Apelsin va boshqa elektron to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali to'ldirish mumkin.
👉O'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari orqali «АТТО» tizimiga ulangan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi infokiosklari joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar to'ldirish bo'limida ko'rsatilgan.
👉"Toshyo’lovchitrans" UKning barcha oylik yo’l chiptalari savdo shahobchalari orqali to’ldirish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍142🔥1
🏫 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi joriy etiladi

Kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi.

🇺🇿 Respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda, Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” bo‘ladi.

👉 Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi (bunga kelgusi yilda 250 milliard so‘m ajratiladi).

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri viloyat hokimlari bilan birga, kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yadi.

Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

📣 Kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi. Shu bilan birga, bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi.

Viloyat hokimlari bir hafta muddatda ularning uy-joy masalasini hal qilib beradi. Vazir yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib keladi.

☝️Bu yil maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika budjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi. Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan 200 milliard so‘m, viloyat hokimlari ham yana 200 milliard so‘m ajratadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍332🔥1🤔1
🫠Maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining oyligi oshiriladi

Maktab ta’limida boshqaruv tizimi o‘zgaradi. Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o‘qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi “Direktorlar maktabi” tashkil qilindi. Maktabda ta’lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

📣Endi, direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi. Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligi 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqi esa 30 foizga oshiriladi. Bunda, kelgusi yil budjetida 500 milliard so‘m nazarda tutiladi.

👨‍🏫Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi. Buning uchun, Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi Pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.

🗣️Kelgusi o‘quv yilidan kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Ya’ni, kelasi yillardagi talabni hozirdan aniqlab, zarur mutaxassisliklar bo‘yicha muallimlarni oldindan tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Maqsadli buyurtma asosida o‘qituvchilarni tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍303🤯3🙉2👏1