Ta'limda nima gap?
80.3K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Bu safar 10 kishiga nasib etadi
1👍4817💯54🔥3
Sharti oddiy shunchaki ko'rsatilgan 2 ta

@talimationuz va @oliygoh kanallarida obuna bo'lsangiz bo'ldi 30-may kun telegram aftomatik g'oliblarni aniqlaydi va hisoblariga 100 tadan yulduzcha tashlab beradi
2👍56💯2010🔥9😁43
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.


❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4018🔥10💯6
⚡️SAT imtihonlari Agentlikda tashkil etiladi.

Joriy yilning 22-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda “College Board” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

🔰Memorandum doirasida SAT imtihonlarini respublikaning barcha hududlarida tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlarini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

🌐 Bu hamkorlik natijasida mamlakatimizdagi talabgorlar o‘z qobiliyatlarini xalqaro darajada namoyon etish, dunyo miqyosidagi oliy ta’lim muassasalariga yo‘l ochish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998-95-515-68-68

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41🔥16👍12😁6💯3
🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service

🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46🔥11👍8
Keyingisini ham boshlab yuboramiz aktiv bo'ling🔥
🔥2913👍7💯5
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
56👍19🔥5💯2
Kommentda aktiv bo'ling!
🔥25👍15💯11102😁1
📊 Ayni damdagi statistika

Eng ko'p xabar yozganlar va Eng ko'p guruhga odam qo'shganlar

Siz ham faol bo'ling hafta davomida eng faol izoh yozuvchilar rag'batlantiriladi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4120👍144😁4💯3
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 3–4–5-may kunlari kimyo va biologiya hamda 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72🔥1513👍7💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️Universitet, institut, akademiya farqi nimada va qaysi birini nufuzi balandroq?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥4835💯97👍2😁1
Bu e'lon bo'yicha nimalarni tushunib oldingiz?

Qoidalarga e'tibor bering!
Comment yozganlar aktivligi kuzatiladi
Yozuvlarida ma'nosi bo'lmagan izoh yozuvchilar g'olib deb topilmaydi
Hafta davomida g'olib aniqlanib rag'batlantiriladi


Sizda bular bo'yicha yana qanday savollar mavjud?

Yozib qoldiring...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
334🔥19💯65👍4😁1
Fanlar majmuasi 2025-2026 o‘quv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
#abituriyent_2025
#fanlar_majmuasi

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi.

Mazkur fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
249🔥9💯7👍5😁32
📢 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📅 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

🎙 Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;


📍Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!

❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
19611🔥8😁8👍4💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍🕸

2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi


📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
70🔥17👍63💯2😁1
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
93👍14🔥145